MAVZULARNING MAZMUNI RASMLARDA NOMAYON” USULINI QO’LLASH PAYTIDA ENG KO’P NIMAGA E’TIBOR BERISH KERAK?
۞ Biror bir mavzuga oid rasmlarni o’quvchilar o’zlari hohlagancha belgi, rasm, jadvallarni chizishlari kerak. Bu yerda rasmni chiroyli chizish emas, eng muhimi o’quvchi o’zining bor imkoniyatini ishlata olishiga yo’l qo’yib berish;
۞ O’quvchining har qanday fikrini hurmat qilish;
۞ O’quvchilarning hatti-harakatlarini rag’batlantirib borish;
۞ Fikr va tahlillarning uzluksizligini ta’minlash;
۞ Dars bosqichlarini tashkil etish ,berilgan vaqtdan unumli foydalanish.
NURG’OZIYEV SHUHRAT XASANOVICH – DO’STLIK TXTMFMT VA TEB GA QARASHLI 10-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI TARIX FANI O’QITUVCHISINING «TARIX DARSLARIDA QIZIQARLI O’YINLI USULLARDAN FOYDALANISH» MAVZUSIDAGI USLUBIY QO’LLANMASIDAN
On 02.05.2017 By shuhrat In 1)Darsning tashkiliy qismi uchun tavsiya, O'QITUVCHILARGA, Qiziqarli darslarni tashkil etish, Taqdimotlar, TAVSIYA ETAMIZ 0 fikr
Men o’z pedagogik faoliyatim davomida darsning tashkiliy qismida kunning muhim voqealarini aytib o’taman. Sizlarga hozir 8-sinf jahon tarixi darsining «Ilm-fan taraqqiyoti» mavzusi 17-oktabr sanasiga to’g’ri kelganligi bois o’sha kunning muhim voqealari uchun yaratilgan taqdimotdan namuna keltirmoqchiman.
O’qituvchi tomonidan 17-oktabr kunida tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |