Tarix fakulteti 01-guruh talabasi Avazxonov Tohirning Falsafa fanidan Mustaqil ishi Mavzu: Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari


Download 477.93 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi477.93 Kb.
#1194182
Bog'liq
Avazxonov Tohir Falsafadan


Tarix fakulteti 01-guruh talabasi
Avazxonov Tohirning Falsafa fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu:Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari

Reja:


* Oddiy hukmlarda terminlar hajmi.
* Oddiy hukmlar o‘rtasidagi munosabatlar.
* Murakkab hukmlarning turlari.
Tayanch iboralar: termin, predikat, juziy inkor, birlashtiruvchi, ayiruvchi, shartli, dizyunktiv.
Oddiy hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasi yoki hukmlarning asosiy turlari. Bunda hukmlarning sifati va sub’ektning miqdori hisobga olinadi. Hukmlarning asosiy turlari quyidagilardir:
1)Umumiy tasdiq hukmlar. A harfi bilan belgilanadi, «hamma S R dir» formulalari orqali ifodalanadi. Masalan, «Hamma O‘zbekiston fuqarolari dam olish huquqiga ega».
2) Juz’iy tasdiq hukmlar J harfi bilan belgilanadi, «ba’zi S R dir» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Ba’zi talabalar mantiqni chuqur o‘rganganlar».
3) YAkka tasdiq hukmlar. A harfi bilan belgilanadi, «bu S R dir» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Bu talaba iqtisodchidir» va «Kant nemis filosofidir».
4) Umumiy inkor hukmlar. E harfi bilan belgilanadi, «hech bir S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Hech bir kitob mehnatsiz yaratilmaydi».
5) Juz’iy inkor hukmlar. O harfi bilan belgilanadi, «ba’zi S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Ba’zi yoshlar mantiqni o‘rganmagan».
6) YAkka inkor hukmlar. E harfi bilan belgilanadi, «bu S R emas» formulasi orqali ifodalanadi. Masalan, «Xalilov birinchi kursda o‘qimaydi».
Voqelik (assertorik) hukmlarda biror fakt qayd qilinadi. Masalan, «O‘zbekiston 1991 yil 1 sentyabrda mustaqil deb e’lon qilindi. Ehtimollik (problematik) hukmlarda biror predmet va hodisa haqida hali tekshirilmagan, ehtimoliy fikr ifodalanadi. Masalan, «Toshkentda noyabr oyida qor yog‘ishi mumkin», «ehtimol bu kitob Qohirada nashr etilgan». Zaruriylik (apodiktik) hukmlarda zaruran ro‘y beradigan voqealar haqida fikr ifodalanadi. Masalan, «Parallel chiziqlar kesishmaydi».
*Oddiy hukmlar o‘rtasidagi munosabatlar. Har qanday ikki hukm o‘rtasida emas, balki moddiy jihatdan bir xil hukmlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida fikr yuritamiz. Sub’ektlari bir xil, predikatlari bir xil hukmlar moddiy jihatdan bir xil hukmlar deyiladi. Hukmlar sifat va miqdr jihatdan farq qilishlari mumkin.
*Oddiy hukmlar o‘rtasida quyidagi munosabatlar bo‘lishi mumkin:
zidlik munosabati, umumiy tasdiq va juz’iy inkor (A—O) hamda umumiy inkor va juz’iy tasdiq (E—J) hukmlar o‘rtasida bo‘ladi. Masalan, A «Hamma talabalar a’lochi», E «hech bir talaba a’lochi emas». Juz’iy qarama qarshilik
munosabati, juz’iy tasdiq va juz’iy inkor hukmlar o‘rtasida bo‘ladi. Masalan, J «Ba’zi qishloqlar obod», O «ba’zi qishloqlar orod emas». Bo‘ysunish munosabati umumiy tasdiq va juz’iy tasdiq hamda umumiy inkor va juz’iy inkor hukmlar o‘rtasida bo‘ladi. (Masalan, A «Hamma domlalar professor», J «ba’zi domlalar professor».
Murakkab hukmlar. Yuqorida bayon qilinganlardan ma’lumki, hukm terminlari birdan ortiq bo‘lsa, ularni murakkab hukmlar deb yuritamiz. Murakkab hukmlarni turlarga, ajiratganda ularning tarkibidagi mantiqiy bog‘lovchining mazmuniga e’tibor beramiz. Shunga qarab murakkab hukmlarning quyidagi asosiy turlarini ko‘rsatish mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi va shartli hukmlar.
Birlashtiruvchi hukmlarda sub’ektiv predikat, ba’zan ikkalasi ham birdan ortiq bo‘ladi. Ularning tarkibida terminlarning teng bog‘lovchi «va» (uning o‘rniga mos keluvchi boshqa bog‘lovchi) mavjud bo‘ladi. Masalan, «Kant va Feyrbax nemis filosoflaridir», «Hamza shoir, dramaturg, kompozitor, ma’rifatparvar ».
Ayiruvchi hukmlar tarkibida «yoki» bog‘lovchisi bo‘lib, bir qancha predikatlarni bir biridan ayirib turadi. Masalan, «Qodirov yo psixologiya, yoki siyosiy iqtisod, yoki filosofiya bo‘limida o‘qiydi».
Shartli hukmlar tarkibida odatda «...sa, ...bo‘ladi» so‘zlari mavjud bo‘ladi. Ko‘pincha ikki bog‘liq hodisa haqida fikr bayon qilinadi. Shartli hukmning sabab va oqibatini ifodalaydigan qismlarida sub’ekt va predikat alohida-alohida bo‘ladi. Masalan, «Agar jism qizdirilsa, u kengayadi».
Birlashtiruvchi hukmlar kon’yuktiv,
ayiruvchi hukmlar diz’yunktiv - ayiruvchi hukmlar «S yoki R, yoki R1, yoki R2 dir» formulasi;
shartli hukmlar implikativ hukmlar - shartli hukmlar «Agar S R bo‘lsa, S1 Pt dir» formulasi orqali beriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


I. Davronov Z. va boshqalar. Falsafa O‘quv-uslubiy majmua. – Toshkent, 2019. – B. 159,160
II. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.:“O’zbekiston”, 2014. 24 b
III. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF4947- sonli Farmoni.
IV. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
V. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.
VI. Karimov I.A. Asarlar to‘plami. 1-24 jildlar.- T.: O’zbekiston 1996-2016.
VII. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 2 nashr –T.:Ma’naviyat, 2016 176-b.
VIII. Sharipov M. Fayzixo’jayeva D. Mantiq. – T.: Unversitet, 2007. 214 b.
IX. Xayrullaev M, Haqberdiev M. Mantiq. - T.: o’qituvchi, 1993.
X. Sharipov M. Fayzixo’jayeva D. Mantiq. O’quv qo’llanma, -T., 2004
Etiboringiz uchun raxmat!
Download 477.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling