Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi


Bayramlar va olimpiya o’yinlari


Download 1.03 Mb.
bet21/83
Sana15.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1480184
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
Bog'liq
Tarix fakulteti jahon tarixi kafedrasi jahon tarixi

3. Bayramlar va olimpiya o’yinlari. Qadimgi Yunoniston shunday madaniy qoidalar bo'lganki, bu qoidalar turli shaharlarni bamisoli bir butun qilib bog'lagan va yunon elini birlashtirgan. Bolqon yarim orolining shaharlari o'z bayramlari, o'yinlari, orakullari (valiylari) bilan yunon elini birlashtiruvchi markazlar bo'lgan. Yunonistonda xudolarga atalgan maxsus bayramlar mavjud bo'lgan, bu bayramlar faqat diniy xususiyatga ega bo'lmagan, chunki bu bayramlarida sport musobaqalari, musiqa, qo'shiq va raqslar ijro etilgan.
Bu bayramlarga Yunonistonning hamma polislaridan odamlar yig'ilib kelishgan. Pelaponnesdagi Argos shahrida Gera sharafiga, Afinada ma'buda Afina sharafiga Panafeniya bayrami o'tkazilgan. Bu bayramlar chog'ida Afinaga Yunonistonning turli shaharlaridan ko'p odamlar kelgan. Afinada ayollarning namoyishlari, ayniqsa, shuhrat qozongan. Odatda ayollar uylaridagi maxsus binolarda - chinekeyalarda o'tirganlar va deyarli hech joyga bormaganlar. Ammo Panafeniya bayramlarida ayollar ma'buda Afina sharafiga bag'ishlangan tantanali yurishda qatnashganlar. Ular bayram liboslariga yasanib, bemalol ko'chaga chiqqanlar. Bu bayramlar tantanali suratda o'yin-kulgu bilan o'tkazilgan. Bu kuni qo'shiqlar aytishganlar, davra olib raqsga tushganlar, laparlar aytganlar, oxirida teatr tomoshalar qo'yib berilgan.
Bayramlardan tashqari, yunonlarni umumyunon musobaqalari birlashtirgan. Peloponnesdagi Olimpiyada o'tkizib kelingan olimp o'yinlari, ayniqsa, mashhur bo'lgan. Bu o'yinlar xudolar otasi, chaqmoqsochar Olimplik Zevs sharafiga o'tkazilgan. Olimpiyada Zevsning ibodatxonasi bo'lib, u yerda Zevsning kattakon haykali turgan.
Olimp o'yinlari har to'rt yildan bir marta beshinchi yilga o'tar chog'ida boshlangan. Rivoyatlarga ko'ra, birinchi olimpiada mil.av. 776 yilda o'tkazilgan. Qadimgi yunonlar keyinchalik o'z vaqt hisoblarini olimpiadalar asosida yurgiza boshlaganlar.
O'yinlar vaqtida unda hamma yunonlar qatnasha olishi uchun urushlar to'xtatilgan. U chinakam tinchlik darakchisi bo'lgan. Musobaqalarda yugurish, sakrash, disk irg'itish, aravachalarda ot choptirish va ko'pgina gimnastika mashqlari o'tkazilgan. Bundan tashqari dramaturglar, shoirlar, ashulachilar, sozandalar ham musobaqalashgan. Jismoniy mashqlarda erkaklar ishtirok etgan, ayollardan faqat spartalik qizlar qatnashgan. Olimp o'yinlarining g'oliblari oddiygina mukofot - muqaddas zaytun daraxti barglaridan to'qilgan gulchambar olganlar. U oliy faxrli mukofot hisoblangan. G'alaba qilgan kishi izzat-ikrom qilingan. Faqat o'zi emas, oilasi ham, tug'ilgan shahri ham ulug'langan. Ular sharafiga she'rlar to'qilgan, qo'shiqlar aytilgan. Haykaltaroshlar ularning haykalini yasashgan. Olimp o'yinlari butun Yunonistonning madaniy taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi41.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling