Tarix fakulteti "tarix" kafedrasi


XIX asrda Rossiyaning ijtimoyi, iqtisodiy va siyosiy hayot


Download 197 Kb.
bet3/5
Sana10.11.2023
Hajmi197 Kb.
#1763549
1   2   3   4   5
Bog'liq
XIX asr oxirida Fransya va Rossiya

2.XIX asrda Rossiyaning ijtimoyi, iqtisodiy va siyosiy hayot


Rossiya imperiyasi (boshqa nomi Podsho Rossiyasi) — Rossiya davlati asosida shakllangan davlat. 1721-yilda Pyotr I tomonidan imperiya deb eʼlon qilingan. Rossiya imperiyasi tarkibiga Boltiqboʻyi, Oʻng qirgʻoq Ukraina, Belarus, Polshaning bir qismi, Bessarabiya, Shimoliy Kavkaz (XIX asrdan), shuningdek, Finlandiya, Kavkazorti,
Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo va Pomir kirgan. XIX asr oxiriga kelib Rossiya imperiyasi hududi 22,4 million km² ga yetgan. 1897-yilgi aholi roʻyxatiga koʻra, imperiyada 128,2 million kishi, jumladan, Rossiyaning Yevropa qismida 93,4 million, Polsha podshohligida 9,5 million, Finlandiya Buyuk knyazligida 2,6 million, Kavkaz oʻlkasida 9,3 million, Sibirda 5,8 million, Oʻrta Osiyoda 7,7 million kishi yashagan. 100 dan ziyod xalqlar ushbu hududda istiqomat qilgan; aholisining 57 % ni rus boʻlmagan xalqlar tashkil etgan. 1 Rossiya imperiyasi hududi 1914-yil 81 guberniyaga va 20 oblastga boʻlingan; 931 shahar mavjud boʻlgan. Guberniya va oblastlarning bir qismi general-gubernatorliklarga (Varshava, Irkutsk, Kiyev, Moskva, Amurboʻyi, Dasht, Turkiston va Finlandiya) birlashtirilgan. Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiya imperiyasining rasmiy vassallari boʻlgan. 1914-yil Uryanxay oʻlkasi Rossiya imperiyasi protektorati (homiyligi) ga oʻtgan. Rossiya imperiyasi merosiy monarxiya boʻlib, uni mutlaq hokimiyatga ega podsho boshqargan. Uning oila aʼzolari va qarindoshlari podsho xonadonini tashkil etgan. Hukmron cherkov pravoslaviye boʻlib, uni podsho Sinod orqali idora etgan. Barcha aholi P. R. fuqarolari hisoblangan, erkak aholi (20 yoshgacha) podshoga sadoqati haqida qasamyod ettirilgan. Rossiya agrarindustrial davlat edi. Mamlakat aholisining 85 %i qishloqlarda yashardi Rossiya imperiyasi fuqarolari 4 tabaqaga ajratilgan: dvoryanlar, ruhoniylar, shahar va qishloq aholisi. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Sibir va boshqa mintaqalarning mahalliy aholisi alohida tabaqaga — „gʻayrirus“ aholiga ajratilgan. Rossiya imperiyasining gerbi — ikki boshli burgut, davlat madhiyasi — „Boje, sarya xrani“ („Podshoni oʻzing asra, xudoyim“). Umumdavlat tili — rus tili. 1917-yildagi Fevral inqilobi monarxiyani agʻdargan: 1917-yil 14-sentabrda Muvaqqat hukumat Rossiyani respublika deb eʼlon qilgan. Shundan boshlab Rossiya Federatsiyasi davlati vujudga keladi va asta sekin markaziy Osiyo davlatlarini birin ketin Sovet ittifoqi tasarrufiga oʻtkazish va qaram mamlakatga aylantirish boshlanadi.
Shunday bo'lsa-da, Rossiyada kapitalizm shiddat bilan rivojlanib bordi. XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiyada kapitalistik munosabatlar rivojlanishda davom etdi. Ularning rivojlanishi jamiyat xayotining xamma soxalariga juda katta ta’sir qildi. Sanoat rivojlandi, yangi sanoat rayonlari vujudga keldi, qishloq xo’jaligi tobora bozor bilan boѓlana bordi. Dexqonlarning xunarmandchiligi o’sdi, rayonlarning iqtisodiy ixtisoslashuvi jarayoni davom etdi.
Biroq sanoat va iqtisodning yanada rivojlanishiga umuman olganda krepostnoy huquq to’sqinlik qilardi. Mamlakatdagi mavjud qarama-qarshiliklar sinfiy kurashning keskinlashuviga, dexqonlar xarakatining kuchayishiga olib keldi. Feodal-krepostnoy tuzumning inqirozi Rossiyaning Qrim urushida maѓlubiyatga uchrashi bilan yanada ko’proq keskinlashdi. Bu maѓlubiyat Rossiyaning g’arb mamlakatlaridan xar soxada orqada qolib ketganligini ochiq-oydin ko’rsatib qo’ydi. Inqirozdan qutilish uchun
Aleksandr II davrida qator isloxotlar o’tkazishga qaror qilindi.
Ushbu isloxotlar orasida krepostnoy huquqni va dvoryanlarning yerga nisbatan monopoliyasini bekor qiluvchi 1861 yilgi dexqonlar isloxoti aloxida o’rin tutadi. Dexqonlar isloxotini tayyorlashga ancha vaqt ketgan edi. 1857 yilda imperator farmoni bilan Maxfiy komitet tuziladi. U keyinchalik qishloq xo’jaligi tuzilishi bo’yicha Bosh komitet deb qayta nomlanadi. Ushbu komitet boshchiligida dexqonlar isloxotlari loyixalari tayyorlanadi. Loyixalar dvoryanlarning guberna komitetlarida xam ko’rib chiqiladi. Ishlab chiqilgan va muxokamalardan o’tgan loyixalar maxsus taxrir komissiyalari tomonidan ko’rib chiqilib, tuzatishlar bilan 1860 yilda Dexqonlar ishi bo’yicha bosh komitetga yuboriladi.2
1861 yil 19 fevralda Aleksandr II krepostnoy qaramlikdan ozod qilish xaqida
Manifest chiqardi. Manifest bilan bir qatorda «Krepostnoy qaramlikdan chiqqan dexqonlar xaqidagi umumiy nizom», «Pul to’lab qutulish xaqidagi nizom», «Guberna va uezd dexqonlari ishlari bo’yicha muassasalar xaqidagi nizom», Rossiyaning turli gubernalaridagi dexqonlarning yer tuzilishi xaqidagi 4 ta maxalliy qonunlar, Dexqonlar xaqidagi nizomlarni amalga kiritish xaqidagi qoida chiqarildi.
1863 yilda davlat, saroy va udel egaliklari yerlarida ishlovchi dexqonlar xaqidagi Nizom tasdiqlandi. Isloxotlar munosabati bilan davlat dexqonlariga nisbatan 1866 yilda «36 ta gubernada davlat dexqonlarining yer tuzilishi xaqida»gi qonun qabul qilindi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda, bir necha maxsus xujjatlar bilan chekka milliy rayonlarda dexqonlarni krepostnoy qaramlikdan ozod qilinganligi e’lon qilindi. 1857 yildan boshlangan dexqonlar isloxotlarini tayyorlash ishlari to’la dvoryanlar qo’lida bo’lgan edi, bu, tabiiyki, ular tomonidan tayyorlangan yuqoridagi xujjatlarda o’z aksini topdi. Dexqonlar xaqidagi isloxot dexqonlarning huquqiy xolatida muxim o’zgarishlar yasadi. Juda oѓir tabaqaviy cheklovlar tugatildi. Umumiy nizom bo’yicha, dexqonlar «xam shaxsan, xam mulk bo’yicha bir joyda uzoq yashovchi erkin qishloq kishilari huquqlariga» (2-modda) ega bo’ldilar. Dexqonlar pomeshchik roziligisiz nikoxga kirish, guvoxlikka o’tish va kafillikka o’tish kabi huquqlarni oldilar (21-24moddalar).
Umumiy nizomda dexqonlarning fabrikalar va boshqa sanoat korxonalari ochish va saqlash, savdo va sanoat bilan erkin shuѓullanish kabi huquqlari xam mustaxkamlandi. Bu o’z navbatida dexqonlarning yuqori qismi – boyigan quloqlarni Rossiyada kapitalistik munosabatlarning rivojlanishida ishtirok etishiga imkon tuѓdirdi.
Ta’kidlash joizki, dexqonlar «erkin qishloq kishilari» huquqlarini birdaniga va to’liq darajada olmadilar. Umumiy nizomga ko’ra, pomeshchiklar bilan dexqonlar o’rtasidagi yer munosabatlarini belgilovchi ustav yorliqlarini tuzish uchun ikki yillik muddat o’natilgan edi. Buning ustiga krepostnoy huquq bekor qilingandan so’ng dastlabki ikki yil o’tgandan keyin xam dexqonlar xali ma’lum darajada o’zlarining ilgarigi xo’jayinlariga majburiyatlar o’tab, qaram bo’lib qolaverdilar.
Pomeshchiklar Nizom e’lon qilingan paytdan boshlab dexqonlarni sotish, xizmatga yoki boshqa ishlarga berish, ko’chirish xamda axloq-tuzatish muassasalariga berish huquqlaridan maxrum bo’ldilar (2-modda).
Isloxotlar natijasida dexqonlar asosan 2 turkumga: vaqtinchalik majburiyatli dexqonlar va mulkdor dexqonlarga bo’lingan.
Chet el kapitalining kirib kelishi tufayli ogir sanoat tezlik bilan ilgariladi. Uning metallurgiya, mashinasozlik, neft va komir qazib olish kabi tarmoqlari yuksala boshladi. Rossiya qisqa vaqt ichida (1898—1901) neft qazib chiqarish boyicha AQShni ham ortda qoldirdi va dunyoda birinchi oringa chiqdi. Chetga asosan kerosin eksport qilindi. Metall eritish boyicha dunyoda 4- orinni egalladi. 1905- yilga kelganda ishchilarning soni 500 dan ortiq bolgan korxonalarda butun ishchilarning deyarli 50 foizi ishlar edi. Shu davr Rossiya iqtisodiy taraqqiyotiga xos yana bir xususiyat bu — monopoliyalarning vujudga kelganligi edi. Chunonchi, Rossiya Janubining qora metallurgiyasida bu yillarda «Prodmet» degan yirik monopolistik tashkilot qaror topdi. Bu tashkilot amalda bir qancha sindikatlarning birlashmasidan iborat bolib, metalluigiya sanoatining eng asosiy mahsulot turlari: sortli temir va tunuka, balkalar, relslar va boshqa shu kabilar savdosini monopoliya qilib oldi. Metallurgiya zavodlarining faqat ayrim xil mahsulotlari savdosinigina oz qoliga olgan monopolistik birlashmalar («Truboprodaja», «Krovlya») vujudga keldi. Rangli metallurgiyada mis prokati zavodlari sindikatlari (1903) bilan «Med» jamiyati (1907) hal qiluvchi mavqeni egallab oldi.
1909- yil 1- yanvarida Rossiyada 45 sanoat tarmogida 140 ta monopolistik birlashmalar (sindikatlar) bolib, ularning eng yirigi «Prodmet» va «Produgol» edi. Rossiya iqtisodiy taraqqiyotiga xos yana bir xususiyat — Rossiya kapitalini chetga chiqarishdan kora chetdan Rossiyaga kapital kiritishning ustunligi edi. Bu, bir tomondan, Rossiya kapitalizmining zaifligi oqibati bolsa, ikkinchidan, Rossiyada chet el kapitaliga katta foyda keltiruvchi sohalarning, mintaqalarning kopligi hamda arzon ishchi kuchining mavjudligi bilan ham izohlanardi.
Mamlakat sanoatiga qoyilgan chet el kapitalining asosiy qismi (24%) Fransiya kapitali edi. Angliya va Germaniya kapitali 2—3orinlarni egalladi. Ayni paytda, Rossiya chet el davlatlaridan tez-tez qarz ham olib turdi. 1914- yilga kelganda bu qarzlar 5,4 mlrd. rublni tashkil etdi. 3
Rossiya qishloq xojaligi ham sekinlik bilan bolsa-da, taraqqiy etdi. Qishloq xojaligi mahsulotlarini eksport qilishi ham osdi. Asosiy eksport mahsuloti—galla edi. Agar 1876—1880- yillarda 277 mln. pud galla eksport qilingan bolsa, bu korsatkich
1886—1900- yillarda 444 mln. pudga yetdi. galla eksporti jami eksport qiymatining
47% ini tashkil etdi. Rossiya konstitutsiyali monarxiyaga oʻta boshladi; Davlat dumasi taʼsis etildi, yangi siyosiy partiyalar (Konstitutsion-demokratik, 17-oktabr ittifoqi, Rus xalqi ittifoki va boshqalar) maydonga chikdi. 1914–18 yillardagi Birinchi jahon urushida Rossiya Antanta tarkibida qatnashdi. Bu urush 1917-yil Fevral inkilobiga olib kelgan yana bir ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy inqirozning asosiy sabablaridan boʻldi. Bu inqilob samoderjaviyeni agʻdarib tashladi. Muvaqqat hukumat tuzildi, 1917-yil 1sentabrda Rossiya respublika deb eʼlon qilindi. 1917-yil 25-oktabrda Oktabr inqilobi sodir boʻldi. Vladimir Lenin boshchiligidagi bolsheviklar hokimiyat tepasiga chiqdi. Ishchi, soldat va dehqon deputatlari soveti hokimiyati eʼlon qilindi. 1918-yil yanvarda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) tuzildi, shu yil iyulda sobiq imperator Nikolay II otib tashlandi. 1917 –22 yillardagi Fuqarolar urushi va harbiy intervensiya tufayli mamlakatdagi bolsheviklar partiyasidan tashqari barcha siyosiy partiyalar 100 dan ziyod xalqlar ushbu hududda istiqomat qilgan; aholisining 57 % ni rus boʻlmagan xalqlar tashkil etgan. Rossiya imperiyasi hududi 1914-yil 81 guberniyaga va 20 oblastga boʻlingan; 931 shahar mavjud boʻlgan. Guberniya va oblastlarning bir qismi general-gubernatorliklarga (Varshava, Irkutsk, Kiyev, Moskva, Amurboʻyi, Dasht, Turkiston va Finlandiya) birlashtirilgan. Buxoro amirligi va Xiva xonligi Rossiya imperiyasining rasmiy vassallari boʻlgan. 1914-yil Uryanxay oʻlkasi Rossiya imperiyasi protektorati (homiyligi) ga oʻtgan. Rossiya imperiyasi merosiy monarxiya boʻlib, uni mutlaq hokimiyatga ega podsho boshqargan. Uning oila aʼzolari va qarindoshlari podsho xonadonini tashkil etgan. Hukmron cherkov pravoslaviye boʻlib, uni podsho Sinod orqali idora etgan. Barcha aholi P. R. fuqarolari hisoblangan, erkak aholi (20 yoshgacha) podshoga sadoqati haqida qasamyod ettirilgan. Rossiya imperiyasi fuqarolari 4 tabaqaga ajratilgan: dvoryanlar, ruhoniylar, shahar va qishloq aholisi. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Sibir va boshqa mintaqalarning mahalliy aholisi alohida tabaqaga — „gʻayrirus“ aholiga ajratilgan. Rossiya imperiyasining gerbi — ikki boshli burgut, davlat madhiyasi — „Boje, sarya xrani“ („Podshoni oʻzing asra, xudoyim“). Umumdavlat tili — rus tili. 1917-yildagi Fevral inqilobi monarxiyani agʻdargan: 1917-yil 14-sentabrda Muvaqqat hukumat Rossiyani respublika deb eʼlon qilgan. Shundan boshlab Rossiya Federatsiyasi davlati vujudga keladi va asta sekin markaziy Osiyo davlatlarini birin ketin Sovet ittifoqi tasarrufiga oʻtkazish va qaram mamlakatga aylantirish boshlanadi. Rossiyada kapitalizm taraqqiy etishi bilan moliya kapitali ham vujudga keldi. «Peterburg xalqaro banki», «Azov Don» va «Rus-Osiyo» banklari mamlakat hayotida yetakchi rol o’ynay boshladi.
XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Rossiya ortacha taraqqiy qilgan davlat edi. U sanoatrjshlab chiqarish hajmi boyicha dunyoda 5orinda edi. Aholi jon boshiga hisoblaganda, Germaniyaga nisbatan 13 marta, Angliyaga nisbatan 14 marta, AQShga nisbatan esa 21,5 martaga yaqin kam sanoat mahsuloti ishlab chiqarardi.
Rossiya bu davrda cheklanmagan monarxiya edi. Butun hokimiyat podsho (sar) qolida toplangan edi. (Tarix kitoblarida podsho hokimiyatiga nisba- tan «chorizm», «samoderjaviye» iboralari ham ishlatiladi.) Podsho hokimiyatining asosiy tayanchi pomeshchiklar hamda pra- voslav cherkovi edi. Podsho xonadonining ozi eng katta pomeshchik bolib, 7 mln. desyatina (1 desyatina =1,1 gektar) yerga egalik qilardi. Pomeshchik xojaligi Rossiyaning kapitalistik taraqqiyoti yolidagi asosiy tosiq edi. Pomeshchiklar jon-jahdlari bilan eski tartiblarning saqlanib qolishiga harakat qilar edilar. Rossiyada burjuaziya sinfi ham bor edi. Ularning sarmoyalari hajmi tobora osib bordi. Biroq burjuaziyaning siyosiy nufuzi past, davlatni boshqarishdagi ishtiroki deyarli sezilmas edi. Ayni paytda, burjuaziya siyosiy hokimiyatga intilayotgan ham edi.
Rossiya imperiyasi tarkibida 100 dan ortiq millat va xalq yashar edi. Ularning davlatlari turli asrlarda, turli tarixiy sharoitlarda Rossiya tomonidan istilo etilgan edi. Istilo etilgan olkalarda ruslashtirish siyosati olib borildi. Bosqinchilar zulmiga qarshi kotarilgan milliy-ozodlik harakatlari esa ayovsiz bostirildi. Bosib olingan olkalar Rossiya sanoatining xomashyo manbayiga aylantirildi. Hukmron tabaqalar 1905- yildagi inqilob saboqlaridan tegishli xulosalar chiqardi. Uning asosiysi—dehqonlarni inqilobiy harakatdan chetlatish haqidagi xulosa edi. Ikkinchisi, qishloqlarda podsho hokimiyatining kuchli ijtimoiy tayanchini vujudga keltirish muammosi edi.
Bu maqsadlarni royobga chiqarish uchun agrar islohot otkazishga qaror qilindi. Podsho 1906- yil 9- noyabrda agrar islohot va dehqonlarni kochirish togrisida farmon chiqardi. Bu islohot Bosh vazir Stolipin tashabbusi bilan bogliq bolganligi uchun u tarixga «Stolipin agrar islohoti» nomi bilan kirgan. Unga kora dehqonlarning oz xususiy yeriga ega bolishi masalasini quyidagi 3 usul orqali amalga oshirilishi moljallandi:
— jamoa yer egaligini bekor qilish va dehqonlarga sotib olgan jamoa yerini xususiy mulkka aylantirishga ruxsat etish va dehqonga oz chekini sotish huquqini ham berish; — dehqonlarning davlat va pomeshchiklarga qarashli yerlarni sotib olishlari uchun ularga Dehqonlar banki orqali yordam berish;
— yer tanqisligi kuchli bolgan markaziy mintaqalardagi dehqonlarning bir qismini Sibir, Uzoq Sharq va imperiyaning milliy chekka olkalariga kochirish.
Stolipin agrar islohoti qishloq aholisining tabaqalanishini va ichki bozorning osishini kuchaytirdi. Badavlat dehqonlar (quloqlar)ning mavqeyini mustahkamladi. Biroq agrar islohot pomeshchikyeregaligini tugata olmadi. Qishloq jamoasi ham butunlay yoq bolib ketmadi. Bundan tashqari, kochib ketganlar yana awalgi joylariga qayta kochib kelishga majbur bola boshladilar. Chunki kochirish moddiy jihatdan yetarli ta'minlanmadi, ular oz holiga tashlab qoyildi. Buning oqibatida 1911- yilda kochib ketganlarning (ularning soni 3,5 mln. dan ortiq edi) yarmidan kopi qayta kochib keldiBundan tashqari, kochirish siyosati milliy chekka olkalardagi siyosiy vaziyatni keskinlashtirdi. Bunga chekka olkalardagi, xususan, orta Osiyodagi aholiga qarashli eng yaxshi yerlarni kochib kelganlarga berilganligi, yerli aholining esa yomon yerlarga surib chiqarilganligi sabab boldi. Shu tariqa, Stolipin mamlakatni «tinchlantira» olmadi. Hukmron tabaqalar uning iste'fo berishini talab eta boshladilar. 1911- yilning sentabrida Stolipin otib oldirildi. Lekin barcha nuqsonlariga qaramay Stolipin agrar siyosati qishloqda kapitalizmning taraqqiy etishiga yo'1 ochdi.
Islohot -biror sohadagi mavjud tartiblarni tubdan ozgartirish. Agrar islohot -yersuv, yerga egalik va yersuvdan foydalanishga oid tartibni qayta ozgartirishdir. Chorizm — Rossiya podshosining, monarxiyaning cheklanmagan hokimiyatini asoslagan davlat tuzumi. Bolgariyada ham shunday podsholik bo’lgan. Ustav yorliqlari imzolangandan so’ng va buning oqibatida dexqonlar yer ulushi olganidan keyin pomeshchiklar va dexqonlar o’rtasida majburiy yer munosabatlari kelib chiqdi.
Pomeshchiklar vaqtincha majburiyatli dexqonlarga nisbatan boshqa huquqlarga xam ega edilar. Masalan, pomeshchiklar, Umumiy nizomning VI bobida ko’rsatilganidek, votchina politsiyachiligi huquqini: «jamoat tartibini va jamiyat xavfsizligini qo’riqlashni» nazorat qilish huquqini saqlab qolgandilar. Bundan tashqari, pomeshchik isloxot bo’yicha ta’sis etilgan dexqonlarning o’zinio’zi boshqarish organlarini, qishloq oqsoqollarini va volost boshliqlarini, qishloq va volost yiѓinlarini nazorat qilish, kuzatib turish huquqini olgan. Pomeshchik qishloq oqsoqollarini va boshqa qishloq mansabdor shaxslarini almashtirilishini talab qilish huquqiga ega edi; qishloq oqsoqoli qator masalalarda pomeshchik talablarini so’zsiz bajarishi lozim edi; pomeshchik jamoa xukmini bekor qilishni talab qilish, qishloq yiѓinini chaqirish va boshqa huquqlarga ega edi.
Yer ulushlari (chek yerlar)ni sotib olganidan so’ng (yoki sotib olish xaqidagi bitim tuzilganidan keyin) dexqonlar mulkdor dexqonlar darajasiga o’tganlar. Nizomlarda dexqonlarning pul to’lab yer va ozodlik sotib olishi muddatlari ko’rsatilmagan edi. Bu pomeshchiklarning ixtiyori bilan amalga oshirilardi. SHuning uchun ko’p pomeshchik dexqonlarining vaqtincha majburiyatli dexqonlar soni umumiy dexqonlarning 32,5 foizidan ortiѓini tashkil qilardi.4


Download 197 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling