Tarix falsafasi tushunchasi
Download 136 Kb.
|
MI FALSAFA 302(KECHKI) JANIQULOV JAVOHIR
Formatsion yondashuvlar.
Avvalgi paragriflarda qayd etilganidek, formatsion nazariya K.Marks nomi, u ishlab chiqqan jamiyat xaqidagi talimot bilan bog‘liq. Umuman olganda, Marks о‘z davridagi global tasavvurlarga, xususan, Gegelning u umumiy qonuniyatlar hamda yagona yо‘nalishga ega bо‘lgan jahon tarixi haqidagi g‘oyalarga ergashgan edi. Bu tasavvurlar tarixga materialistik yondashuv asosida qayta ishla chiqilgan bо‘lib unga kо‘ra insoniyat tarixi tabbiy, о‘z ichki qonuniyatlariga ega bо‘lgan holda sodir bо‘ladigan formatsiyalarning almashinish jarayonidan iborat. Formatsiya deganda qandaydir empirik jamiyat (ingliz, fransuz yoki boshqa) geopolistik jamiyat (sharq, G‘arb) emas, balki jamiyat ijtimoiy tuzilmasining negizini tashkil etuvchi jamiyat tushuniladi. YAni, formatsiya – jamiyatning muayyan tarixiy tipidir. Har bir formatsiyaning asosini о‘ziga xos ishlab chiqarish usuli tashkil etib, uning strukturasida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish qurollari, ularning rivojlanish darajasi va xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan bog‘liq bо‘lib, ishlab chiqarish munogsabatlari siyosiy huquqiy ustqurmaga, shuningdek ijtimoiy ongning boshqa shakllariga nisbatan asos, bazis rо‘lini о‘ynaydi. Formatsion talimotga kо‘ra jamiyatning quyi shakldan yuqori shakllarga, ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyati orqali feodalizmga, undan kapitalizmga xamda yeng oliy maqsad, insoniyatning “oltin” asri kommunizmga qarab harakat qildi. Bir formatsiyadan ikkinchi о‘tish yangi ishlab chiqarish kuchlari va eskirib qolgan ishlab chiqarish munosabatlari о‘rtasidagi ziddiyatlar hamda ixtiloflar natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy inqilob orqali sodir bо‘ladi. XIX asrning oxiri – XX asr о‘rtalariga kelib, formatsion talimot nafaqat ijtimoiy nazariya bо‘libgina qolmay, balki kuchli etiqodga tayangan mafkuraviya talimot darajasigakо‘tariladi. Rossiyada 1917 yil oktabr tо‘ntarishi va ayniqsa, 1945 yildan sо‘ng “real sotsializm” deb atalmish mamlakatlarning rasmiy mafkurasiga aylandi. Ayni paytda Marksizmning tanqidi G‘arbning bu mamlakatlarga qarshi yо‘naltirilgan mafkuraviy qarashining muxim yunalishlari-dan biri bо‘lib qoldi. Sotsiolistik tizim inqirozga yuz tutganidan sо‘ng formatsion talimot tanqidi, ayniqsa postsotsiolistik makonda yanada kengroq va keskinroq tus oldi. U bir qator xususiyatlarga kо‘ra tanqid qilinadi. Xususan, u о‘ziga xos G‘arbiy Yevropa tarixini butun jahon tarixiga kо‘chirish asosida ishlab chiqilganligi ; ijtimoiy – iqtisodiy omilning rolini mutloqlashtirgan holda, boshqa omillar ayniqsa, jamiyatning manaviy sohasi axamiyatini qashshoqlashtirib, uni faqat antogonistik sinflar manfaatlari inkosi sifatidagina qaralgan tarixiy bilishda uni asossiz ravishda yagona evristik konsepsiya rolini bajaradi, degan xulosalari shular jumlasidandir. Hozirgi zamon tarixini kapitalizm rivoji istiqbol-larini anglashda, formatsion talimot xulosalarining xaqiqatga mos kelmasligi, “real sotsializm” mamlakatlarida amalga oshirilgan keng qamrovli sotsialistik tajribaning muvaffaqiyatsiz intihosi marksizmcha tarixiy konsepsiyaning tanqidini xal etuvchi argument bо‘ldi. Sivilizatsion yondashuvlar. Formatsion yondashuvdan farq qilib, sivilizatsion yondashuv yagona yaxlit tizimga tushirilgan talimot sifatida shakllangan emas “Sivilizatsiya” tushunchasi (lotincha civilize fuqarolarga, davlatga xos) ilk bor XVIII asrda yevropalik marifatparvarlarning asarlarida qо‘llana boshladi. U jiddiy evolyusiyaga yuz tutib, hozirgi paytgacha bir qancha manolarda qо‘llaniladi1[3]. Dastlabki davrlarda u tabiat olami tuzilishidan farqli ravishda umuman insoniyatni, uning ijtimoiy tuzilishini anglatgan va birlik shaklda ishlatilgan. Keyinchalik u yovvoyilik va johillikdan keyin keluvchi ijtimoiy rivojlanish bosqichini bildirgan. Sо‘ngra u qadriyaviy xususiyat kasb etib, madaniyat, yani kishilarning, halqlarning mentaliteti manosiga yaqinlashib qoldi. Amerikalik olimlar A. Kreber va K. Klakxan 1925 yilda “madaniyat” terminining 164 ta tarifini elon qildilar va kо‘p xollarda uni “sivilizatsiya” termini bilan bir qatorda qо‘llanilganligini qayd etdilar2[4] “Sivilizatsiya” va “madaniyat” tushunchalari kо‘pincha sinonimlar sifatida ishlatib kelindi. XIX asrning ikkinchi yarimidan sivilizatsiya tushunchasini butun bir xalqlar va mamlakatlarning rivojlangan xolatiga “oliy darajadagi madaniy tuzilmalarga tatbiqan, kо‘plik shaklida qо‘llanila boshlandi. 1861 yilda Zalsburgda insoniyat sivilizatsion rivojining rang-barangligi nazariyasini, tarixga madaniy-tarixiy yoki sivilizatsion yondashuvni shakllantira boshlagan madaniy-tarixiy maktab paydo bо‘ldi. N.Y. Danilevskiy (1822-1865), O. Shpengler (1880-1936), A.Toynbi (1889-1975), P.A.Sarokin (1889-1968) va boshqalar ushbu maktabning mashxur namoyandalari edi. Ularning har biri “sivilizatsiya” terminiga о‘z talqinlarini berganlar. Danilevskiy “Madaniy tarixiy tiplar”, Shpengler “yetuk madaniyatlar”, Toynbi “lokal sivilizatsiyalar”, Sarokin “madaniy supersistemalar” g‘oyalarini ilgari surishgan. Ularning ichida eng ommaviylashgani “lokal sivilizatsiyalar” termini bо‘ldi. Umuman olganda, madaniy-tarixiy yо‘nalish namoyandalari sivilizatsiyani, odatda etnik chegaralar bilan mos tushmaydigan etnoslararo xarakterga ega bо‘lgan madaniyat tiplari tarzida tushinganlar. Lekin etnoslararo sivilizatsiyalar muayyan madaniy markazlarning kuchli tasiri ostida vujudga keladi. Xususan Qadimgi Sharqqa nisbatan Yaqin Sharq, Hind va uzoq sharq sivilizatsiyalari, Yevropaga nisbatan esa antik sivilizatsiya haqida fikr yuritilib, ular mos ravishda Qadimgi Mesopotamiya, Shimoliy Hind, Xitoy va Gretsiya tasirida paydo bо‘lgan, sivilizatsion yondashuvda sivilizatsion ayniyat (identichnost) mezonlari yani madaniyatning u yoki bu tipini qanday belgilar asosida aniqlashi masalasi nihoyatda muxim ahamiyatga ega bо‘ladi. Shunga bog‘liq holda ularning soni klassifikatsiyasi va о‘zaro aloqadorligi muammosi turlicha xal etiladi. Masalan O. Shpengler sivilizatsiya shakllanishida dinning belgilovchi axamiyat kasb etishini kо‘rsatib, 8 ta buyuk madaniyatlar yoki sivilizatsiyalar nomini keltiradi. Bular Misr, Bobil, Hind, Xitoy, Appolon (Yunon – Rim) arab (afsunkor) Meksika, G‘arb (faust) madaniyatlari yoki sivilizatsiyalaridir3[5]. A. Toynbi sivilizatsion ayniyatning mezoni sifatida, din, tarix, til, anana va madaniyatni qabul qiladi.hamda shu asosida 5 ta “jonli” sivilizatsiyalarni ajratadi G‘arb xristianligi orqali birlashgan G‘arb jamiyati; janubiy sharqiy Yevropani Rossiya bilan birlashtirgan provaslav- xristian jamiyati Shimoliy Afrikadan tortib, buyuk Xitoy devori xududigacha bо‘lgan islom jamiyati, tropik- subkontenental Hindistondagi hind jamiyati, janubi-sharqiy Osiyoning subtropik va mо‘tadil hududlarida shakllangan uzoq sharq jamiyati4[6]. N. Danilevskiy 10 ta sivilizatsiyani yoki uning iborasi bilan aytganda madaniy-tarixiy tiplarni farqlaydi. Bular: Misr, Ossuriya, Bobil – Finikiya – Xaldey (qadimgi somiy), Xitoy, Hind, Eron, Yaxudiy, Yunon, Rim, Arab, (yangi somiy) Yevropa (romano – german) sivilizatsiyalaridir5[7] svilizatsion konsepsiya tarafdorlari rivojlanishininig davriyligi nuqtai nazardan turib sivilizatsiyaninig vujudga kelishi gullab yashnashi va halokati bosqichlarini ajratadilar uni о‘simliklar, jonivorlar va inson hayoti davrlari bilan qiyoslab svilizatsiyalar “tug‘iladi, rivojlanishining turli bosqichlaridan о‘tadi qariydi, sо‘nadi, xalok bо‘ladi” deb xisoblashdi. Umuman olganda tarix ularning fikricha, jaxon tarixi miqyosida muayyan tarzda о‘zaro aloqada bо‘lgan, rivojlanib boruvchi lokal sivilizatsiyalar majmuini tashkil etadi. Jaxon sivilizatsiyasi esa turli sivilizatsiyalarning о‘zaro tasiri natijasidir. Shunday qilib sivilizatsiya – tarixning madaniy-tarixiy konsepsiyasi nuqtai nazaridan sotsiomadaniy asosoga kо‘ra bir-biridan farq qiluvchi mamlakat va xalqlarning yirik xamda uzoq davom etadigan mustaqil umumiyati bо‘lib, ularning о‘ziga xosligi tabbiy oxir-oqibat hayotning obyektiv sharaoitlari, shuningdek ishlab chiqarish usuliga bog‘liq bо‘ladi. Bu umumiyatlar vujudga kelish shakllanish, inqiroz va barham topish bosqichlarini bosib о‘tdilar. Sharq – G‘arb dualligi Tarixning megadavriy gipotezasi. XX asrning oxirlariga kelib, ayrim analetiklar tomonidan dunyoning ikki yarim sharli tuzilishi va tarixining mega sikllik (megadavriy) xarakteri konsepsiyasi ilgari surila boshladi Bu talimotning zaminida insoniyat tarixini avval boshdanoq Sharq va G‘arbga bо‘lingan sotsiomadaniy tizimlar tarzida talqin etish g‘oyasi yotadi. Mashhur nemis faylasufi K. Yaspers (1883-1969) yozishicha: “Dastlabki qutblanish (Sharq va G‘arb) turli kо‘rinishlarda asrlar davomida hayotiyligini saqlab kelgan”. Yunonlar va Forslar Rim imperiyasining g‘arbiy va sharqiyga bо‘linishi, g‘arbiy va sharqiy xristianlik, G‘arb dunyosi va islom Yevropa va Osiyoni bular birining о‘rnini boshqasi ketma-ket egallagan ushbu qarama- qarshilikning timsolidir Bu nuqtai nazarning tarafdorlari takidlashicha, uzoq о‘tishdayoq Sharq va G‘arb о‘rtasida muayyan mehnat taqsimoti vujudga kelgan.ulardan birinchisi - manaviy tashabbuslar bilan chiqqan bо‘lsa, (buyuk johon dinlarining aynan sharqda paydo bо‘lganligi ham bejiz emas), ikkinchisi – innovatsion g‘oyalarni ilgari surgan. Insoniyatni Sharq va G‘arbga ajratishni ular inson miyasini chap va о‘ng yarim shariga bо‘linishi bilan qiyoslaydilar. Jahon tarixi katta megadavrdan iborat bо‘lib, uning doirasida u yoki bu bosqichda sharqiy – g‘arb yoki, g‘arbiy-sharq farazlari alohida ajralib, bir-birlarini о‘rnini egallab turganlar. Bunga goh Sharq, goh G‘arb sayyoramizning dunyoviy tizimida yetakchilik qilgan. Birinchi sharqiy yarim shar fazasi (dunyoga Shumer, Ossuriya – Bobil, Misr sivilizatsiyalarini bergan) jahon tarixi rivojidagi jamoatchilikka asoslangan bosqich bо‘lib, bunda sivilizatsiyalashuv umumiylikning alohidagi jamoatchilikning individualikka nisbatan ustvorligini anglatgan. Bu fazaning eng yuqori nuqtasi о‘zining kuch-qudrati bilan individual-xususiy tashabbuslarni yо‘qqa chiqargan sharqoni davlatning shakllanish davriga tо‘g‘ri keladi. Megatsiklning ikkinchi fazasida tashabbus g‘arbiy yarim sharga о‘tdi. Uning eng rivoj topgan, gullab yashnagan davri Qadimgi Yunon, keyinchalik Rim sivilizatsiyalariga tо‘g‘ri keldi. Ularning о‘ziga hos tomonlari iqtisodiyotning davlatdan ajralishi, xususiy mulkning paydo bо‘lishi, fuqarolik jamiyati va ijtimoiy tartibotning demokratik elimentlarni shakllanishi, gedonizm g‘alabasi, yani jamoa oldidagi burchga nisbatan individual ehtiyojlarning ustuvor kelishi bilan xarakterlanadi. Uchinchi faza – Rimning inqirozidan G‘arb renissanisigacha bо‘lgan davrni о‘z ichiga olib, sharqiy – g‘arb, yani feodalizm fazasi hisoblanadi. Bunda jamoatchilik ahloqiga qaytish, ijtimoiy burch va shaxsiy vazminlik tan olindi. Tо‘rtinchi faza – katta johon tarixiy megadavrning g‘arbiy fazasi, XX asrda boshlangan modern davriga tо‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, sharqiy faza g‘arbiy faza bilan va aksincha almashganida, jahon tarixining birligi saqlanib qoladi. Hamda bu har bir fazada muqobil fazaning dominantligi bilan belgilanadi. Insoniyatning har bir “yarim shari” о‘zida ham g‘arb, ham sharq impulslarini qabul qilgan bо‘lib, ular tegishli dominantlari bilangina farq qiladilar. Dominantlarning almashinuvi muayyan manaviy mexanizmning tasiriga bog‘liq bо‘lib, u yoki bu sivilizatsiya (g‘arbiy yoki sharqiy jamiyat) inqirozi harbiy geosiyosiy muvaffaqiyatsizliklarda yaqqol namoyon bо‘lgunga qadar, u ustuvor qadriyatlar, motivatsiyalar doirasida paydo bо‘la boshlaydi. Yuqorida keltirilgan konsepsiya asosida sо‘nggi – yillarda nashr etilgan adabiyotlarda tarixning katta shaklida hozirgi zamon g‘arbiy fazalarining sharqiy fazaga almashinishi (g‘arbiy – sharq fazasining sharqiy – g‘arb fazasiga)haqidagi gipotezalar ilgari surilmoqda.bugungi kunda ham tabiat, madaniyat modernizatsiyaning ekologik iqtisodiy va kulturologik yukidan shunchalik xoriganki, g‘arbiy faza ilgari inkor etgan olamni jonli mushohada etish va ijtimoiy tartibot shakllarini tiklash zarurati vujudga keldi. Kelajakning bunday belgilari sifatida “yaqin sharq”fenomeni Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlarning tarixiy rivojlanish suratlari va mazmunidagi muvaffaqiyatlari keltiriladi. Jahon tarixining megadavriylik konsepsiyasi о‘zining gipotetik va sxematik xususiyatlariga qaramay, jahon tarixini birlikda, Sharq va G‘arbning о‘zaro dialektik aloqadorligida anglashga yо‘naltirilgan zamonaviy nuqtasi nazarlaridan biri sifatida muayyan etiborga loyiqdir. Informatsion va sivilizatsion yondashuvlar rivojining nisbati va istiqbollari. Formatsion va sivilizatsion yondashuvlar bir-biridan farq qiladi. Ammo bir-birlarini tо‘liq inkor etmaydilar, ular bir-birini о‘zaor tо‘ldiradi. Agar formatsion yondashuv tarixning ijtimoiy-iqtisodiy kesimi bо‘lib, tarixni moddiy ishlab chiqarish usuli asosida tahlil etsa, sivilizatsion yondashuv madaniyat omiliga, madaniyatga, asosan xulq-atvor harakteriga, ananalarga, urf-odatlarga, turmush tarziga mentalitetlikka etibor qaratadi. Formatsion yondashuv jamiyatni vertikal kesmasi bо‘yicha rivojlanishini quyi bosqichdan yuqoriga qarab murakkablashib borishini kо‘rsatsa, sivilizatsion yondashuv jamiyatni gorizantal yо‘nalishdagi rivojini tarixiy makondagi, tarixiy tuzilmalar, sivilizatsiyalar, unda yashovchi, ong va irodaga, muayyan qadriyatlarga ega bо‘lgan kishilarning о‘ziga xos madaniyatlari, turmush tarzilarining tahlilidan iborat. Formatsion nazariya yangilanishi mumkin va zarur, shu asosida ham, о‘z navbatida, sivilizatsion yondashuv ham insoniyat tarixining yaxlit manzarasini aks ettiruvchi formatsion nazariyaning oqilona elmentlari hisobiga yangilanishi mumkin. Formatsion yondashuvlar. Avvalgi paragriflarda qayd etilganidek, formatsion nazariya K.Marks nomi, u ishlab chiqqan jamiyat xaqidagi talimot bilan bog’liq. Umuman olganda, Marks о’z davridagi global tasavvurlarga, xususan, Gegelning u umumiy qonuniyatlar hamda yagona yо’nalishga ega bо’lgan jahon tarixi haqidagi g’oyalarga ergashgan edi. Bu tasavvurlar tarixga materialistik yondashuv asosida qayta ishla chiqilgan bо’lib unga kо’ra insoniyat tarixi tabbiy, о’z ichki qonuniyatlariga ega bо’lgan holda sodir bо’ladigan formatsiyalarning almashinish jarayonidan iborat. Formatsiya deganda qandaydir empirik jamiyat (ingliz, fransuz yoki boshqa) geopolistik jamiyat (sharq, G’arb) emas, balki jamiyat ijtimoiy tuzilmasining negizini tashkil etuvchi jamiyat tushuniladi. YAni, formatsiya – jamiyatning muayyan tarixiy tipidir. Har bir formatsiyaning asosini о’ziga xos ishlab chiqarish usuli tashkil etib, uning strukturasida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish qurollari, ularning rivojlanish darajasi va xarakteri muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning ijtimoiy hayotning boshqa sohalari bilan bog’liq bо’lib, ishlab chiqarish munogsabatlari siyosiy huquqiy ustqurmaga, shuningdek ijtimoiy ongning boshqa shakllariga nisbatan asos, bazis rо’lini о’ynaydi. Formatsion talimotga kо’ra jamiyatning quyi shakldan yuqori shakllarga, ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyati orqali feodalizmga, undan kapitalizmga xamda yeng oliy maqsad, insoniyatning “oltin” asri kommunizmga qarab harakat qildi. Bir formatsiyadan ikkinchi о’tish yangi ishlab chiqarish kuchlari va eskirib qolgan ishlab chiqarish munosabatlari о’rtasidagi ziddiyatlar hamda ixtiloflar natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy inqilob orqali sodir bо’ladi. XIX asrning oxiri – XX asr о’rtalariga kelib, formatsion talimot nafaqat ijtimoiy nazariya bо’libgina qolmay, balki kuchli etiqodga tayangan mafkuraviya talimot darajasigakо’tariladi. Rossiyada 1917 yil oktabr tо’ntarishi va ayniqsa, 1945 yildan sо’ng “real sotsializm” deb atalmish mamlakatlarning rasmiy mafkurasiga aylandi. Ayni paytda Marksizmning tanqidi G’arbning bu mamlakatlarga qarshi yо’naltirilgan mafkuraviy qarashining muxim yunalishlari-dan biri bо’lib qoldi. Sotsiolistik tizim inqirozga yuz tutganidan sо’ng formatsion talimot tanqidi, ayniqsa postsotsiolistik makonda yanada kengroq va keskinroq tus oldi. U bir qator xususiyatlarga kо’ra tanqid qilinadi. Xususan, u о’ziga xos G’arbiy Yevropa tarixini butun jahon tarixiga kо’chirish asosida ishlab chiqilganligi ; ijtimoiy – iqtisodiy omilning rolini mutloqlashtirgan holda, boshqa omillar ayniqsa, jamiyatning manaviy sohasi axamiyatini qashshoqlashtirib, uni faqat antogonistik sinflar manfaatlari inkosi sifatidagina qaralgan tarixiy bilishda uni asossiz ravishda yagona evristik konsepsiya rolini bajaradi, degan xulosalari shular jumlasidandir. Hozirgi zamon tarixini kapitalizm rivoji istiqbol-larini anglashda, formatsion talimot xulosalarining xaqiqatga mos kelmasligi, “real sotsializm” mamlakatlarida amalga oshirilgan keng qamrovli sotsialistik tajribaning muvaffaqiyatsiz intihosi marksizmcha tarixiy konsepsiyaning tanqidini xal etuvchi argument bо’ldi. Download 136 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling