Tarix falsafasi va falsafa tarixi uyg'unligi
Download 156.24 Kb.
|
Oxunjonov Olimjon
Diniy an'ana tarixning butunlay boshqacha talqinini taklif qildi. O‘rta asrlarda ilohiy taqdir asosiy tarixiy kuch sifatida e'tirof etildi. Tarixiy voqyealarning ichki mantiqi alohida mazmun kasb etdi: Xudo nafaqat tarixiy jarayonni boshqaradi, balki adashgan insoniyatga gunohlardan forig‘ bo‘lish, jannatdagi boqiy hayotga erishish yo‘lini ko‘rsatadi. Avreliy Avgustin o‘zining «Ilohiy shahar haqida» asarida boqiylik va muvaqqatlik, ilohiylik va dunyoviylikning birligi to‘g‘risida so‘z yuritadi. Uning fikricha, Iso Masih insoniyatga boqiylik sari yo‘l ko‘rsatgan. Tarixning mazmuni – boqiylikka eltuvchi yo‘ldan borishda, inson hayotining mazmuni esa – Xudoga xizmat qilish, gunohlardan forig‘ bo‘lishdadir.Ibn Xaldun tarixning mazmuni haqida mulohaza yuritar ekan, uni, inson hayotining mazmuni kabi, tarix tugaganidan keyingina aniqlash mumkinligini qayd etadi. Ammo, shunga qaramay, tarixning mazmuni haqida erkinlik, ijod tushunchalariga tayanib so‘z yuritish mumkin, deb hisoblaydi. Tarixning harakatida Ibn Xaldun ob'ektivlashuvning inson ustidan hukmini kamaytiradigan, uning erkinligi va ijodining tantanasini qaror toptiradigan jarayonlarni aniqlashga harakat qiladi.Tarixda mazmunning mavjudligi haqidagi tasavvur, shuningdek O‘rta asrlar falsafasi ilk bor ta'riflab bergan insoniyatning taraqqiyoti g‘oyasi ancha yashovchan bo‘lib chiqdi: u turli yo‘nalish va oqimlarga mansub faylasuflar tomonidan muayyan falsafiy ta'limotlar nuqtai nazaridan u yoki bu tarzda talqin qilingan. Masalan, Ma'rifat davrida barcha tarixiy voqyealarga oqilonalik mezoniga muvofiq baho berilgan. Mazkur konsepsiya eng mukammal ko‘rinishda D.Didro tashabbusi bilan yaratilgan «Ensiklopediya»ning faol ishtirokchilaridan biri, fransuz ma'rifatchisi Nikolay Kondorse asarida o‘z aksini topgan. U o‘zining «Inson tafakkuri taraqqiyotining tarixiy manzarasiga chizg‘i» deb nomlangan risolasida kishilik jamiyatining barcha jabhalariga tafakkurning kirishi g‘oyasini mazkur jamiyat rivojlanishining uzoq istiqboli sifatida asoslashga harakat qiladi.Download 156.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling