Tarix falsafasining mazmun-moxiyati
Download 17.65 Kb.
|
TARIX FALSAFASINING MAZMUN-MOXIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixning mazmunini aniqlash yo‘lidagi izlanishlar.
- Foydalanilgan adabiyotlar
TARIX FALSAFASINING MAZMUN-MOXIYATI REJA: 1. Tarix falsmafasining tuzilishi va funksiyalari 2.Tarix falsafasida tarixiy taraqqiyot g‘oyasi. 3.Tarixda shaxsning roli. Ma'lumki, har qanday ijtimoiy hodisaning mohiyatini va uning jamiyatning rivojlanish jarayonidagi o‘rnini faqat u butun jamiyatning rivojlanish jarayoniga bog‘lab, ya'ni umumiy tarixiy jarayon doirasida o‘rganilgan taqdirdagina tushunish mumkin. Bundan muqarrar tarzda butun insoniyat tarixiga tegishli bo‘lgan savollar kelib chiqadi: tarixiy rivojlanishning biron-bir maqsadi mavjudmi; jahon tarixi qaysi yo‘nalishda harakatlanadi; tarix biron-bir muayyan mazmunga egami? Bu savollarning barchasiga falsafaning «tarix falsafasi» degan nom olgan bo‘limi javob beradi. Hozirgi darsliklarda tarix falsafasining predmetini, uning tuzilishi va funksiyalarini yoritishga lozim darajada e'tibor berilmaganini hisobga olib, mazkur bo‘limni ayni shu muammolarning tahlilidan boshlaymiz. Tarixning mazmunini aniqlash yo‘lidagi izlanishlar. Bilimning integral shakli sifatida falsafa jamiyat, tarix va inson haqidagi muayyan-ilmiy tasavvurlarni sintez qiladi. U gumanitar fanlar – psixologiya, san'atshunoslik, semiotika, san'atga murojaat etadi. Tarix falsafasining asosiy vazifalaridan biri – o‘zgaruvchan va murakkab ijtimoiy dunyoda hayot mazmuniga doir mo‘ljallarni topish, insoniyat mavjudligining har bir muayyan davrida uning oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilashdir. Har bir inson va kishilik hamjamiyati hayotining burilish davrlarida uning oldida hayot mazmuni nimada degan savol ko‘ndalang bo‘ladi. Tarixning mazmun va mohiyatini anglab yetish borasidagi ilk urinishlarga qadimgi faylasuflarning asarlarida duch kelish mumkin. Tarix ularning talqinida oldinma-ketin yuz beradigan voqyealar majmui sifatida namoyon bo‘lgan. Tarix tavsifi ancha to‘liq bo‘lgan, ba'zan bo‘yab ko‘rsatilgan, lekin ularning hikoyatlari tarix haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini bermagan. Bu narrativ tarixdir.(tarixchining talqini, interpretatsiyasi) Keyinchalik qadimgi faylasuflar tarixni uzluksiz takrorlanib turadigan jarayonlar, «abadiy ortga qaytish» (F.Nitsshe) sifatida tasavvur qilganlar. Diniy an'ana tarixning butunlay boshqacha talqinini taklif qildi. O‘rta asrlarda ilohiy taqdir asosiy tarixiy kuch sifatida e'tirof etildi. Tarixiy voqyealarning ichki mantiqi alohida mazmun kasb etdi: Xudo nafaqat tarixiy jarayonni boshqaradi, balki adashgan insoniyatga gunohlardan forig‘ bo‘lish, jannatdagi boqiy hayotga erishish yo‘lini ko‘rsatadi. Avreliy Avgustin o‘zining «Ilohiy shahar haqida» asarida boqiylik va muvaqqatlik, ilohiylik va dunyoviylikning birligi to‘g‘risida so‘z yuritadi. Uning fikricha, Iso Masih insoniyatga boqiylik sari yo‘l ko‘rsatgan. Tarixning mazmuni – boqiylikka eltuvchi yo‘ldan borishda, inson hayotining mazmuni esa – Xudoga xizmat qilish, gunohlardan forig‘ bo‘lishdadir. Ibn Xaldun tarixning mazmuni haqida mulohaza yuritar ekan, uni, inson hayotining mazmuni kabi, tarix tugaganidan keyingina aniqlash mumkinligini qayd etadi. Ammo, shunga qaramay, tarixning mazmuni haqida erkinlik, ijod tushunchalariga tayanib so‘z yuritish mumkin, deb hisoblaydi. Tarixning harakatida Ibn Xaldun ob'ektivlashuvning inson ustidan hukmini kamaytiradigan, uning erkinligi va ijodining tantanasini qaror toptiradigan jarayonlarni aniqlashga harakat qiladi. Tarixda mazmunning mavjudligi haqidagi tasavvur, shuningdek O‘rta asrlar falsafasi ilk bor ta'riflab bergan insoniyatning taraqqiyoti g‘oyasi ancha yashovchan bo‘lib chiqdi: u turli yo‘nalish va oqimlarga mansub faylasuflar tomonidan muayyan falsafiy ta'limotlar nuqtai nazaridan u yoki bu tarzda talqin qilingan. Masalan, Ma'rifat davrida barcha tarixiy voqyealarga oqilonalik mezoniga muvofiq baho berilgan. Mazkur konsepsiya eng mukammal ko‘rinishda D.Didro tashabbusi bilan yaratilgan «Ensiklopediya»ning faol ishtirokchilaridan biri, fransuz ma'rifatchisi Nikolay Kondorse asarida o‘z aksini topgan. U o‘zining «Inson tafakkuri taraqqiyotining tarixiy manzarasiga chizg‘i» deb nomlangan risolasida kishilik jamiyatining barcha jabhalariga tafakkurning kirishi g‘oyasini mazkur jamiyat rivojlanishining uzoq istiqboli sifatida asoslashga harakat qiladi. Tafakkurning tantanasi g‘oyasi insoniyat tarixining mazmuni sifatida Gegel tomonidan ham asoslangan. U tarixga mutlaq ruh, olamiy Aql taraqqiyoti sifatida yondashgan. Gegel fikriga ko‘ra, mazkur taraqqiyot o‘zining alohida vazifasini ado etishi lozim bo‘lgan ayrim xalqlar ruhi orqali amalga oshadi. Foydalanilgan adabiyotlar: Karimov I.A. O‘zbekiston mustaillikka erishish ostonasida.T.: o‘zbekiston, 2011 386 b Karimov I.A. Buyuk va muqaddassan mustaqil vatan.O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruza. T.: O‘zbekiston, 2011 Romanenko Y.M. Bitiye i yestestvo: Ontologiya i metafizika kak tipi filosofskogo znaniY. – M., 2003. 784 s. Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005 Shermuxamedova N.A. GnoseologiY. –T.O‘FMJ. 2007 G‘arb falsafasi. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005. Nazarov Q.N. Bilish falsafasi. –T.: Universitet, 2005. Falsafa. Ahmedova M. Tahriri ostida –T.: OFMJ, 2006 Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. Nazarov Q. tahriri ostida. –T.: Sharq, 2004 Shermuxamedova N. A. Falsafa va fan metodologiyasi. –T.: Universitet, 2005. Download 17.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling