15-mavzu. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Turkistonda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
Iqtisodiyotning mustamlakachilik manfaatlariga bo‘ysundirilishi. 1867-1900-yillarda Turkiston general-gubernatorligida ishga tushirilgan 175 ta sanoat korxonasi ishlab turdi. Paxta xom ashyosiga bo‘lgan ehtiyoj. 1884-yilda Turkistonda yangi paxta navi (Amerika navi) yetishtirish boshlandi.
Takrorlash (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
IV BO‘LIM. XIX ASR OXIRIDA TURKISTONDA MILLIY OZODLIK HARAKATLARI
(A1 5 soat, A2+ 6 soat)
16-mavzu. Turkistonda milliy ozodlik harakatlarining boshlanishi va uning sabablari (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
Mustamlakachilik jabr-zulmining kuchayishi. Turkistonda milliy ozodlik harakatlarining sabablari. Milliy ozodlik harakatlarining boshlanishi. Xalq harakatlariga qarshi jazo tadbirlarining kuchayishi.
17-mavzu. Toshkentda “Vabo isyoni” (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
Qo‘zg‘olonning boshlanish sabablari. Qo‘zg‘olonning boshlanishi. “Vabo isyoni”, “Toshotar voqeasi”. Qo‘zg‘olon bostirilgandan keyingi chora-tadbirlar. 1892-yil 18-iyundan «Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoida» kuchga kirdi.
18-mavzu. Andijon qo‘zg‘oloni (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
Qo‘zg‘olonning sabablari. 1891-yilda Rossiyadan aholining Farg‘ona viloyatiga ko‘plab ko‘chirib keltirilishi. Qo‘zg‘olonning boshlanishi. Qo‘zg‘olonchilarning xatolari. Qo‘zg‘olonning bostirilishi.
19-mavzu. Milliy ozodlik harakatlarining ahamiyati (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
XIX asr oxiridagi qo‘zg‘olonlarning umumiy xususiyatlari. Qo‘zg‘olonlarning ahamiyati. Milliy ozodlik harakatida. O‘zbeklar, qirg‘izlar, tojiklar, turkmanlar bir bo‘lib mustamlakachilarga qarshi kurash olib borganlar.
Takrorlash (A1 1 soat, A2+ 1 soat).
Manbalar bilan ishlash (A2+ 1 soat).
V BO‘LIM. XIX ASR IKKINCHI YARMI – XX ASR
BOSHLARIDA QORAQALPOQLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |