Tarix fanidan nazorat ishlari
Download 150.02 Kb.
|
Nazorat ishlari 6-7-sinflar (2)
53-umumiy o’rta ta’lim maktabi TARIX FANIDAN NAZORAT ISHLARI DAFTARI O’quvchining FISH:____________________ O’qituvchi: Babajanov Davlatyor Shampan 2023 yil Nazorat ishi-I(6-sinf) 1) Qadimgi dunyo tarixi qaysi davrlarni o’z ichiga oladi. a) Rim shahriga asos solingandan to parchalangunga qadar bo’lgan davr. b) Yer yuzida odam paydo bo’lgandan to milodiy 476-yilda G’arbiy Rim imperiyasi qulagguniga qadar bo’lgan davr. c) Mill.avv.I mingyillikdan milodiy I asrgacha bo’lgan davr. d) Ilk paleolit davridan temir davri boshlangunga qadar bo’lgan davr. 2) Qadim zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda va turarjoylarda qazishma ishlarini amalga oshiruvchi olimlar kim deb ataladi? Etnograflar b) Antropologlar c) Arxeologlar d) Numizmatlar 3) Qadimgi dunyo tarixida ishlab chiqaruvchi xo’jalik deb qaysi sohalarga aytiladi? a)Termachilik,ovchilik va baliqchilik. b)Dehqonchilik va chorvachilik. c)Kulolchilik d)To’quvchilik 4) O’rta Osiyodagi mezalit davriga oid manzilgohlar to’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang. a)Machay,Obishir,Qo’shilish b)Ko’lbuloq,Lasko,Zarautsoy c)Selung’ur,Ko’lbuloq,Teshiktosh d)Obishir,Teshiktosh,Selung’ur 5) Mezolit va neolit davrida odamlar toshdan yasagan mayda tosh qurollar nima deb ataladi? a)Mikrolit b)Chopper c)Altamir d)Makrolit 6) Fetishizm nima? a)Odamlarning biror hayvon yoki o’simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga ishonish. b)Odamni o’rab turgan muhitdagi har bir narsaning joni va ruhi borligiga ishonish. c)Qadimgi odamlarning u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni daf qilishiga ishonishi. d)Quyoshni muqaddas bilib,unga sig’inish. 7) Kulolchilik charxi va g’ildirak qaysi davrda kashf qilindi? a) Paleolit davrida b) Temir davrida c) Mezolit davrida d) Bronza davrida 8) Orta Osiyoda temirdan yasalgan ilk mehnat qurollari nechanchi asrlarga tegishli? a) Mil.avv IX-VIII asrlar b) Mil.avv VIII-IX asrlar c)Milodiy I-II asrlar d)Mil.avv X-IX asrlar 9) Mil.avv 4-mingyillikda O’rta Osiyoning qaysi qismida sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik vujudga keldi? a) Sharqida b)Janubida c)Shimolida d) G’arbida 10)Quyidagi ilonlar tasviri tushirilgan ilonlar tasviri qaysi davrga tegishli? a) Mil.avv 1-mingyillik b) Mil.avv 2-mingyillik c)Milodiy II asr d) Mil.avv 3-mingyillik
Nazorat ishi-II(6-sinf) 1) Misr Afrikaning qaysi qismida joylashgan? a)Shimoli-g’arbida b) Shimoli-sharqida c)Janubida d) Janubi- g’arbida 2)Qadimgi Misrda tashkil topgan shahar-davlatlar nima deyilgan? a)Veda b) Nom c) Memfis d) Nomarx 3)Misrni bosib olgan fors shohi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. a)Kir II b) Doro I c) Kambiz II d) Tutmos II 4) Nil daryosi to’g’risidagi to’g’ri ta’rifni aniqlang. a) Uzunligi 10 ming km,kengligi 3km dan 22 km gacha b) Uzunligi 6 ming km,kengligi 20 km dan 22-km gacha c) Uzunligi 8 ming km,kengligi 4 km dan 18 km gacha d) Uzunligi 6 ming km dan 3kmdan 22 km gacha 5)Qadimgi Misr hunarmandlarining necha xil kasb-korlari bo’lgan? a) 100dan ortiq b) 60ga yaqin c) 30dan ortiq d) 30ga yaqin 6) Mesopotamiya so’zining ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang. a) Daryoning narigi tomoni b) Ikki daryo oralig’i c) Tog’li hudud d) Odamlar qo’li bilan o’zlashtirilgan cho’l-voha 7)Qadimgi misrliklarning yozuvi iyerogliflarni o’qishga muvaffaq bolgan olimni aniqlaang. a) Valdzemyuller b) V. Kostetskiy c) Jak-Fransua Shampolyon d)Kolumb 8)Misrliklar tomonidan qurilgan piramida-maqbaralarning eng kattalaridan biri bo’lmish Xufu piramidasini yunonlar qanday ataganlar? a) Xeops b) Xufu c) Xafra d) Menkaura 9)Qadimgi Misrning janubdagi qo’shnisi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang? a) Liviya b) Falastin c) Suriya d) Nubiya 10)Mil.avv 3000-yilda Misrdagi ikki podsholik birlashtirilib,yagona davlatga aylandi.Birlashgan davlatning 1-hukmdori nomi nima deb atala boshlandi. a) Nomarx b)Fir’avn c) Shoh d)Sulton 11)Quyidagi suratda nima tasvirlangan? a)Osiris sudi tasviri b) Dafn marosimi c)Majlis d) To’y marosimi 12)Suratda ko’rsatilgan inshootning nomi nima? a) Piramida b) Sfinks c) Fir’avn xaykali d)Menkaura 13) Xeops piramidasi qachon qurilgan? a) Mil.avv 2-mingyillikda b) Mil.avv 1750-yil atrofida c) Mil.avv 1-mingyillikda d)Mil.avv 2600-yil atrofida 14) Qadimgi yunonlar misrliklar yozuvini nima deb atashgan? a) Iyeroglif (muqaddas bitiklar) b) Mixxat (mixga o’xshagan yozuv) c) Piktogrif(rasmli yozuv) d) Rozett 15) Mesopotamiyaning qadimiy ibodatxonalari nima deyilgan? a) Cherkov b) Sinogoga c) Zikkurat d) Masjid
Nazorat ishi-III(6-sinf) 1) Mil.avv II mingyillikda Mesopatamiyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo;lgan Bobil podshosi ismi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang. a) Ishtar b) Kserks c)Xammurapi d) Sargon 2) Mil.avv II mingyillikda Old Osiyoda tashkil topgan Ossuriya davlatining avvalgi va keyingi poytaxtlarini aniqlang. a) Tushpa,Teyshebani b) Suza, Bobil c) Ashshur,Nineviya d)Tir,Sidon 3) Ahamoniylar sulolasidan bo’lgan podsho Kir II tomonidan batcha forslarni o’z hokimiyati ostida birlashtirgan sana to’g’ri ko’rsatilgan javobni ko’rsating. a) Mil.avv 552-yil b) Mil.avv VII asr c) Milodiy 558-yil d) Mil.avv 558-yil 4) Ahamoniylar davrida muhim savdo markazlari bo’lgan shaharlarni aniqlang. a) Suza, Ekbatana b) Tushpa,Sidon c) Ugarit,Persopol d) Nineviya, Uruk 5) Bobil so’zi qanday ma’noni anglatadi? a) Tepalikdagi shahar b) Xudolar darvozasi c)Ibodatxona d) Muqaddas bitik 6) Jahon tarixida 1-bo’lib muntazam qo’shin tuzgan hukmdor kim? a) Sargon I b) Kir II c) Gilgamish b) Sargon II 7) Mesopatamiyaning shimoliy qismi nima deyilgan? a) Shumer b) Akkad c) Sippar d) Lagash 8) Mesopotamiya rivoyatlarining eng sevimli qahramoni bo’lgan Gilgamish qaysi shahar podshosi bo’lgan? a) Ur b) Lagash c)Umma d) Uruk 9) Mil.avv VII asrda vujudga kelgan Yangi Bobil podsholigi qaysi hukmdor davrida o’z ravnaqining cho’qqisiga erishdi? a) Sargon I davrida b) Ashshurbanapal davrida c) Navuxodonosor II davrida d) Kambiz II davrida 10) Finikiyaliklarning dengizbo’yi shaharlari ko’rsatilgan javobni aniqlang. a) Umma,Lagash,Tir b) Sidon,Ugarit,Tir c) Tushpa,Urmiya,Suza d) Van,Ur 11)Quyidagi suratda ko’rsatilgan inshooot qaysi davlatga tegishli? a) Ossuriya b) Elam c) Urartu d) Bobil 12) Davlatlarni poytaxtlari bilan muvofiqlashtiring. a)Tushpa, b)Suza, c)Nineviya d)Persopol 1)Elam 2)Urartu 3)Ossuriya 4) Bobil 5)Ahamoniylar A)a-4,b-2,c-1,d-3 B)d-2,c-3,b-1,a C)a-2,b-1,c-3,d-5 D)a-5,b-3,c-2,d-1 13) Suratda kimning rasmi ko’rsatilgan? a)Doro I b)Ashshurbanipal c)Kir II d)Gilgamish 14) O’zini “to’rt iqlim mamalakati podshosi” deb e’lon qilgan hukmdor bu… 15) Mil.avv X asrda Finikiyada …………… harfdan iborat alifbo yaratildi.
Nazorat ishi-IV(6-sinf) 1) Qadimgi hindlarning boshi filnikiga o’xshagan donishmandlik ma’budi nomi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang. a) Indra b) Ganesha c) Brahman d) Kshatriy 2) Xitoydagi ilk sivilizatsiya qaysi daryolar bo’yida vujudga keldi? a) Xuanxe va Ganga b) Dajla va Yanszi c) Yanszi va Xuanxe d) Nil va Frot 3) Qadimgi Xitoy tarixida ko’p podsholiklar davri nechanchi asrlarni o’z ichiga oladi? a) Milodiy V-VII asrlar b) Mil.avv V- III asrlar c)Mil.avv VII-V asrlar d) mil.avv VI-IV asrlar 4) So’g’diyonaliklarning eng yaqin qo’shnilari kimlar edi? a) Shoshliklar b) Xorazmliklar c) Baqtriyaliklar d) Massagetlar 5) Qadimgi shaharlarning hozirgi hududi bilan muvofiqlashtiring. I.Afrosiyob, II.Ko’ktepa, III.Yerqo’rg’on, IV.Ko’zaliqir, V.Qiziltepa VI.Uzunqir A-Xorazm,B-Zarafshon vohasi,C-Qashqadaryo,D-Samarqand, F-Surxondaryo a) I-C, II-A, III-F, IV-B, V-D, VI-B b) I-F, II-B, III-C, IV-A, V-F, VI-D c) I-D, II-B, III-C, IV-A, V-F, VI-C d) I-B, II-D, III-A, IV-C, V-D, VI-F 6) Ossuriya podshosi Ninning Baqtriyaga yurishi haqida qaysi tarixchi yozib qoldirgan? a) Plutarx b) Arrian c) Geradot d) Ktesiy 7) Qadimda shahar mudofaasi maqsadida darvozaga kirish yo’lini suv bilan to’ldirilgan chiqur qazib to’sib olingan.Ana shu chuqur nomi nima deyiladi? a) Zovur b) Ariq c) Kanal d) Xandaq 8) Paydo bo’lgan davrda xudolarsiz din bo’lib, keyinchalik bu din targ’ibotchisini o’zini xudo deb bilib, unga sig’ina boshlagan din nomi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan. a) Zardushtiylik b) Animizm c) Buddaviylik d) Majusiylik 9) Mil.avv I-mingyillikda O’rta Osiyoda zardushtiylik deb atalgan din keng tarqaladi.Zardushtiylar nimalarni ilohiylashtirib,ularga sig’inishgan? a) Olov,yer,suv va yuldular b) Quyosh,tuproq,ruhlar c) Yulduzlar,ruhlar va suv d) Tuproq,havo,ajdodlar ruhi 10) Zardushtiylik diniga ko’ra hosildorlik ma’budasi nima deb atalgan? a) Ahuramazda b) Mitra c) Anaxita d) Ahriman 11) Hindistonda mil.avv VI asrda paydo bo’lgan buddaviylik dinining asoschisi nomi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang. a) Bodh Gaya b) Mahabodhi c) Siddhartha Gautama d)Brahmaputra 12) Ma’lumki qadimgi hindlar qanday yumushlar bilan shugullanishiga qarab to’rt tabaqaga ajratilgan edi.Tabaqalarning to’g’ri tartibda joylashtirilan qatorini toping. a) Brahmanlar-vayshilar-kshatriylar-shudralar b)Vayshilar-brahmanlar-shudralar-kshatriylar c) Brahmanlar-kshatriylar-vayshilar-shudralar d) Kshatriylar-vayshilar-brahmanlar-shudralar 13)” Avesto” so’zining ma’nosi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang. a) Muqaddas bitik b) Buyuk maqsad c) Qat’iy belgilangan qonun qoidalar d) Ma’budlar kalomi 14)Ma’lumki mil.avv 246-yilda Xitoyni o’z hokimiyati ostida birlashtirgan hukmdor Sin Shixuandi tirikligidayoq o’ziga atab maqbaara qurishga farmon bergan. Ushbu maqbara necha yil davomida va qancha odam tomonidan qurilgan? a) 25 yil davomida 270 ming odam tomonidan b) 30 yil davomida 270 ming odam tomonidan c) 28 yil davomida 570 ming odam tomonidan d) 37 yil davomida 720 ming odam tomonidan 15) Buyuk Xitoy devori nechanchi asrdan qurila boshlagan? a) Mil.avv V asrdan b) Mil.avv VI asrdan c)Mil.avv IV asrdan d) Mil. avv III asrdan 16) Fir’avnning jasadi solingan toshtobut... 17) Bugungi kunda Rozet bitiktoshi qayerda saqlanmoqda? 18) Qadimgi Misrda yagona o’lchov birligi bo’lgan “podsho tirsagi” deb nomlangan o’lchov birligi bo’lgan.Bu o’lchov birligi qancha miqdorga teng bo’lgan? 19) Mino og’irlik o’lchovi miqdorini aniqlang. 20) Shumerliklarda oy yili necha kundan iborat edi?
Nazorat ishi-V(6-SINF) 1) Ma’lumki Yunoniston hududining katta qismini tog’lar egallagan.Ularning eng baland cho’qqisi bo’lgan Olimp tog’i mamlakatning qaysi qismida joylashgan? a) Janubi-g’arbida b) Shimoli-sharqida c) Janubi-sharqida d) Shimoli-g’arbida 2) Qadimda Afinada necha yoshdan boshlab erkak fuqarolar Xalq majlisida ishtirok eta olardilar? a) 30 yoshdan b) 40 yoshdan c) 20 yoshdan d) 50 yoshdan 3) Forslar Yunonistonga qachondan boshlab tahdid sola boshladilar? a) Milod.avv VI asrdan b) Mil.avv V boshlaridan c) Mil.avv IV asr oxiridan d) Mil.avv V asrdan 4) Yunonlar yunon bo’lmagan xalqlarni nima deb ataganlar? a) Varvarlar b) Varyaglar c) Kolonlar d) Ellinlar 5) Ma’lumki, qadimda Afina aholisi uchta katta guruhga bo’lingan.Ular to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang. a) Patritsiylar,Periyeklar va Qullar b) Fuqarolar,kolonlar,qullar c)Periyeklar,fuqarolar,qullar d) Fuqarolar, meteklar, qullar 6) Miken sivilizatsiyasi kimlar tomonidan vayron qilingan? a) Giksoslar b) Doriylar c) Axeylar d) Afinaliklar 7) Qaysi hukmdorning qonunlari xalq tomonidan “siyoh qolib, qon bilan yozilgan “deya ta’rif berilgan? a) Drakont qonunlari b) Solon qonunlari c) Perikl qonunlari d) Sargon qonunlari 8) Quyidagi suratda qaysi inshoot tasvirlangan? a) Bobildagi Semiramida b) Yunonistondagi Parfenon c) Rimdagi Panteon d) Kolizey amfiteatri 9) Qadimgi Yunon shaharlarining ko’pchiligi bir qancha manzilgohlar birlashishidan tashkil topgan. Bunday shaharlar yunonchada nima deyilgan? a) Goplit b) Falanga c) Polis d) Metek 10) Quyidagi xaritada Yunonistonning qaysi yarimoroli ko’rsatilgan? a) Krit b) Rodos c)Peloponnes d) Lakonika 11) Yunonistonda puldorlarning farzandlari o’qiydigan xususiy gimnastika maktablari nima deyilgan? a) Sinagoga b) Periyek c) Palestra d) Stil 12) Yunonlarning Qora dengiz bo’ylaridagi koloniyalari to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang. A) Olviya,Xersones,Pantikipey b) Karfagen,Kirena,Tir c) Korsika,Sardiniya d) Milet,Karfagen,Olviya 13) Yunonistonda xalq yig’iladigan joy-shahar maydoni nima deyilgan? a) Forum b) Agora c) Akropol d) Koloniya 14) Buyuk Yunon koloniyalashtirish davri nechanchi asrlarni o’z ichiga oladi? a) Mil.avv IX-VI asrlar b) Mil.avv VII-VI asrlar c) Mil.avv VIII-VI asrlar d) Milodiy VI-VIII asrlar 15) Afina kimning davrida eng qudratli davlatga aylandi? a) Solon b) Drakont c) Perikl d) Leonid 16) Xeroniya voqeasi haqida ma’lumot bering. 17) Gomerning “Iliada” va “Odissey” asarlari qaysi voqealar hadida yozilgan? 18) Olimpiada haqida ma’lumot bering. 19) Ellada deganda nimani tushunasiz? 20) Goplit nima?
Nazorat ishi-VI(6-SINF) 1) Xitoy manbalarida poytaxtining nomi Bityan deb atalgan davlatga qachon va kimlar tomonidan asos solingan? a) Mil.avv IV asrda kushonlar b) Mil.avv III asrda saklar c) Mil.avv III asrda massagetlar d) Mil.avv V asrda shoshliklar 2) Quyidagi qaysi hudud I-VIII asrlarda o’z taqvimlaridan foydalanganlar? a) Xorazm b) Davan c) Qang’ d) So’g’d 3) Qadimda Baqtriya va So’g’diyonani bog’lab turgan muhim tog’ yo’lini qo’riqlagan yunon-makedon jangchilarining garnizoni joylashgan qal’a to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang. a) Kampirtepa b) Jonbosqal’a c) Zartepa d) Uzundara 4) Qadimda Zarafshon daryosi qanday nom bilan atalgan? a) Politimet b) Sayhun c) Jayhun d) Yaksart 5) Makedoniyalik Aleksandr saklarga qarshi kurashish uchun qaysi hududda qal’a barpo ettiradi? a) Xo’jand yaqinida b) Hisor tog’larida c) Baqtrada d) Toshkent vohasida 6) Hozirda Britaniya muzeyida saqlanayotgan Amudaryo xazinasi nechanchi yili topilgan? a) 1787-yili b) 1825-yili c) 1877-yili d) 1886-yili 7) Qadimgi Yunonistonda ikkinchi darajali deb bilingan ma’budlar nima deb atalgan? a) Poseydon va Aid b) Zevs va Gera c) Dionis va Ares d) Satirlar va nimfalar 8) Olam atomlardan tashkil topgan degan fikrni ilgari surgan yunon olimi kim? a) Diogen b) Demosfen c) Demokrit d) Geraklit 9) Makedoniyalik Aleksandrning sharqqa yurishi nechanchi yili boshlandi va necha yil davom etdi? a) Mil.avv 336-yili,10 yil b) Mil avv 330-yili,15 yil c) Mil.avv 334-yili,10 yil d) Mil.avv 328-yili, 13 yil 10) Suratdagi oltin bilaguzuk qaysi hududdan topilgan? a) Tutanxamon maqbarasidan b) Sinshixuandi maqbarasidan c) Ajanta g’oridan d) Amudaryo xazinasiga oid 11) O’rta Osiyoda dastlabki tanga pullar qachondan boshlab tarqala boshlagan? a) Mil.avv VII-IV asrlarda b) Mil.avv VII-V asrlarda c) Mil.avv V-IV asrlarda d) Mil. avv VI- III asrlarda 12) Yunon-makedonlarning sara otliq gvardiyasi nima deyilgan? a) Suvoriy b) Ritsar c) Samuray d) Agema 13) Shiroq haqidagi afsonalar qaysi tarixchi tomonidan yozib qoldirilgan? a) Geradot b) Plutarx c) Poliyen d) Suqrot 14) Yunon-baqtriya davlati nechanchi yil tashkil topgan? a) Mil.avv 140-yil b) Mil.avv 250-yil c) Mil.avv 312-yil d) Mil avv 323yil 15) Spartada to’la-to’kis huquqqa ega bo’lmagan fuqarolar nima deyilgan? a) Patritsiylar b) Kolonlar c) Periyeklar d) Meteklar 16) “Tarixning otasi” degan nom olgan shaxs haqida ma’lumot bering. 17) Satrapiya haqida ma’lumot bering. 18) “Oks xazinasi” kitobi muallifi haqida ma’lumot bering. 19) Mil.avv 323-yil Makedoniyalik Aleksandr vafot etgach,u tuzgan davlat… 20) Mil.avv II asrda Shoshtepada…
Nazorat ishi-VII(6-SINF) 1) Quyidagi qaysi hududdan Kushon hukmdorlari saroyi joylashgan? a) Qoratepa b) Ayritom c) Xolchayon d) Dalvarzintepa 2) Yuechji qabilalarining mulklarini birlahstirgan 1- kushon hukmdor kim edi? a) Kanishka b) Vima Kadfiz c) Kudzula Kadfiz d) Divashtich 3) Buyuk ipak yo’lining uzunligi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? a) 10 ming km b) 13 ming km c) 12 ming km d) 14 ming km 4) Fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari topilgan hudud to’g’ri ko’rsatilgan hududni aniqlang? a) Dalvarzintepa b) Ayritom c) Eski Termiz d) Fayoztepa 5) Kushon hukmdorlaridan qaysi birining hukmdorligi davrida pul islohati o’tkazilgan. a) Kudzula Kadfiz b) Vima Kadfiz c) Kanishka d) Xuvishka 6) Buyuk ipak yo’li qachon vujudga kelgan? a) Mil.avv I asrda b) Milodiy II asrda c) Mil.avv IV asrda d) Mil.avv II asrda 7) Kushon davlati qaysi asrda parchalanib ketgan? a) Mil.avv III asrda b) Milodiy III asrda c) Mil.avv II asrda d) Mil.avv IV asrda 8) O’rta Osiyoga buddaviylik qaysi davlat mavjud bo’lgan davrda kirib kelgan? a) Qang’ b) Kushon c) Davan d) Xorazm 9) Buyuk ipak yo’liga shu nom kim tomonidan berilgan? a) G. Valdzemyuller b) F.Rixtgofen c) Sima Szyan d) Chjan Szyan 10) Davan davlatining yuksak taraqqiy etgan davrini aniqlang. a) Mil.avv III asr b) Mil.avv IV asr c) Mil avv II-I asrlar d) Milodiy II asr 11)Xitoy elchisi qaysi davlatni 70 dan ortiq shahri bo’lganligini yozgan? 12) Kushon podsholigi davrida buddaviylik ibodatxonalari mavjud bo’lgan hududlarni aniqlang. 13) Buyuk ipak yo’li nechanchi asrgacha G’arb va Sharq o’rtasida muhim o’rin tutgan edi? 14) Farg’ona samoviy otlari haqida ma’lumot bering. 15) Milodiy III asrda barham topgan davlatlarni aniqlang.
Nazorat ishi-VIII(6_SINF) 1) Iso Masih qaysi shaharda tavallud topgan? a) Quddusda b) Rimda c) Vifleyemda d) Konstantinopolda 2) Rimda respublika tuzumi nechanchi yildan boshlangan? a) Mil.avv 753-yil b) Mil.avv 509-yil c) Mil.avv 476-yil d) Milodiy 313-yil 3) Italiya qaysi yarimorolda joylashgan? a) Piriney yarimorolida b) Apennin yarimorolida c) Arabiston yarimorolida d) Xindiston yarimorolida 4) Rimda qaysi davrdan boshlab barcha fuqarolar mavqeidan qat’iy nazar qonun oldida teng deb hisoblanadigan qonunlar qabul qilingan? a) Mil.avv III asr oxiridan b) Mil.avv IV asr boshidan c) Mil.avv II asrdan d) Mil.avv III boshlaridan 5) Qadimgi Rimdagi eng katta amfiteatr hisoblangan Kolizeyga qancha odam sig’gan? a) 25 ming b) 35 ming c) 50 ming d) 10 ming 6) Qadimgi Rimda Spartak qo’zg’oloni bostirilgach,hokimiyat uchun kurash qaysi sarkardalar o’rtasida olib borildi? a) Krass,Pompey va Sezar b) Krass, Antoniy va Brut c) Oktavian,Brut va Sezar d) Sezar, Brut va Pompey 7) Ma’lumki, qadimgi rimliklarning dini ko’p xudolik ya’ni majusiylik edi.Ularning savdo-sotiq ma’budi nima deyilgan? a) Vulqon b) Mars c) Neptun d) Merkuriy 8) “ Buzoqchalar mamlakati “ ma’nosini anglatuvchi davlat nomi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang? a) Ispaniya b) Italiya c) Karfagen d) Afina 9) Milodiy 313-yili xristianlik boshqa dinlar bilan bir din degan farmon chiqarilishi va davlat miqyosida tan olinishi kimning nomi bilan bog’liq? a) Trayan b) Neron c) Kaligula d) Konstantin 10) Spartak qo’zg’oloni bo’lib o’tgan yillar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni aniqlang. a) Mil.avv 49-44-yillar b) Mil.avv 74-71-yillar c) Milodiy 98-yil d) M.av. 509-yil 11) Lotinchadan tarjima qilinganda “oqsoqollar kengashi” ma’nosini anglatuvchi so’z ko’rsatilgan qatorni aniqlang. a) Kandida b) Senat c) Plebey d) Konsul 12) Rim shahri qaysi daryo bo’yida qad ko’targan? a) Dunay daryosi b) Frot daryosi c) Tibr daryosi d) Po daryosi 13) Qadimgi Rimda konsulni qo’riqlab yuruvchi 12 kishidan iborat faxriy qorovullar nima deyilgan? a) Liktorlar b) Kandidatlar c) Kolonlar d) Diktatorlar 14) Rimliklar qaysi ma’budalrini bosh xudo,Rim davlatining homiysi deb bilganlar? a) Mars b) Merkuriy c) Neptun d) Yupiter 15) Qadimgi Rimda qachondan boshlab muntazam yollanma qo’shinlarga tayanuvchi harbiy boshliqlar haqiqiy kuchga aylandilar? a) Mil.avv I asrda b) Mil.avv II asrda c) Milodiy I asrda d) Milodiy II asrda 16) Mil.avv VIII asrda etrusklar… 17) Qadimgi Rimda Xalq majlisi… 18) Rim respublikasida xalq tribuni… 19) Diktator… 20) Mozaika va freskalar....
Download 150.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling