13. Microsoft Office Power Point dasturi menyusidagi «Dizayn» bandining vazifasi nima?
*a) slaydlarning fonidagi rangni o’zgartirish
b) slaydlar namoyishini tashkil etish
c) slaydlardagi ob’yektlarning harakatini ta’minlash
d) slaydlarga tovush va kliplar qo’yish
14. Global tarmoqlar (Wide Area Network, WAN) – …
*a) o’ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yo’ldosh) aloqalari tarmog’i orqali bog’lagan yirik tarmoq
b) bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni o’zaro bog’lagan tarmoq
c) mamlakat, shahar va viloyatlar darajasida kompyuterlarni va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali o’zaro bog’lagan tarmoqlar
d) bir nechta qurilmalarni bitta umumiy segmentga birlashtiruvchi tarmoq
15. O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’i «ZiyoNet»ning asosiy maqsadi nima?
*a) ta’lim tizimida respublika yoshlari hamda ta’lim oluvchilarni bilim olish jarayonida axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatish
b) ta’lim tizimida respublika yoshlari hamda ta’lim oluvchilarni o’quv-uslubiy va didaktik materiallar tayyorlashni o’rgatish
c) ta’lim tizimida respublika yoshlari hamda ta’lim oluvchilarni kompyuterlar parkiga texnik va serviz xizmatini ko’rsatish
d) ta’lim tizimidagi pedagog xodimlarining malakasini oshirishni ko’rsatish
16. aci.uz – bu domen qaysi portalga tegishli?
*a) O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi portali
b) O’zbekiston ta’lim portali
c) milliy elektron pochta xizmati
d) milliy axborot qidiruv tizimi
17. Brauzer nima?
*a) web-sahifalarni ko’rish dasturi
b) katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash dasturi
c) elektron pochta xizmatini tashkil qilish va qo’llab-quvvatlash dasturi
d) uzoq masofadagi do’stlar bilan suhbatlashish dasturi
Do'stlaringiz bilan baham: |