Tarix fanining boshqa fanlar ichida tutgan o’rni va ahamiyati


Download 17.02 Kb.
Sana22.01.2023
Hajmi17.02 Kb.
#1109030
Bog'liq
Maxsus tarix


Tarix fanining boshqa fanlar ichida tutgan o’rni va ahamiyati.
Tarix ijtimoiy-gumanitar fan bo‘lib, insonlar o‘z-o‘zini anglashining muhim shakli hisoblanadi. Ammo tarix jamiyat taraqqiyotini o‘rganuvchi yagona fan emas. Tarix bilan bir qatorda ijtimoiy ongning muhim sohalari bo‘lmish falsafa (tabiat, jamiyat va va inson tafakkurining eng muhim qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan), iqtisodiy nazariya (ishlab chiqarish jarayonida odamlaming o'zaro munosabatlari va jamiyatning iqtisodiy tizimini o‘rganadigan fan), yurisprudensiya (davlat va huquq muammolarini tadqiq etuvchi fan), lingvistika (til haqidagi ta’limot) va boshqa fanlar ham mavjud. Shuningek, ijtimoiy hodisa va jarayonlami o‘rganish bilan sotsiologiya va demografiya, psixologiya va mantiq, etika va estetika, adabiyotshunoslik va geografiya kabi fanlar ham shug'ullanadi. Yuqorida ko4rsatib o4ilgan fanlarning har bin ijtimoiy jarayonning ayrim qirralarini o‘rganib, jamiyatning yaxlit bir butun organizm sifatida idrok etishga o4z hissasini qo‘shadi. Uiaming barchasi birgalikda ijtimoiy taraqqiyotning ilmiy asoslangan to‘liq va izchil manzarasini yaratish imkoniyatini beradi. Jamiyat haqidagi fanlar tizimida tarix muhim va faxrli o‘rin egallaydi. U boshqa ijtimoiy fanlar bilan mustahkam bogMiqdir. Tarixiylik tamoyilini qo4llamasdan, tarix fani to‘plagan boy konkret materiallardan foydalanmay turib, boshqa ijtimoiy fanlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi amri maholdir. Ayni vaqtda falsafa, iqtisodiy nazariya, davlat va huquq to4g4risidagi fanni bilmay turib, tarix sohasida samarali tadqiqotlar olib borish, hatto oddiy tarzda tarixni o4quv fan sifatida o‘zlashtirish ham mumkin emas. Tarix fanini boshqa ijtimoiy fanlar bilan yaqinlashtiruvchi jihatlar ko‘p. Awalambor, uiaming o‘rganish obyekti bir - bu jamiyatdir. Ijtimoiy fanlarning vazifalari va tadqiqot usullari ham bir-biriga o‘xshashdir. Ammo tarix barcha boshqa fanlar singari o4z predmetiga ega, uning aniq belgilangan vazifalari va tadqiqot usullari bor. Demak, tarix fani boshqa ijtimoiy fanlardan o‘zining qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tarix fanining birinchi xususiyati shundan iboratki, u о ‘tmishda ro‘y bergan hodisa va jarayonlar (ya’ni, allaqachon boshlanib, o4z poyoniga yetgan va ma’lum oqibatlarga olib kelgan voqealar) ni o‘rganadi. Tarixiy qarash - bu, asosan, retrospektiv qarash, ya’ni u o'tmishga tashlangan nigohdir. Ammo bundan, tarix eskirgan va o4z ahamiyatini mutlaqo yo4qotgan hodisalami o‘rganar ekan, degan xayolga bormaslik kerak. 0 ‘tmish ma’lum ravishda reallik darajasiga ega, chunki muqaddam ro‘y bergan voqealar izsiz yo'qolib ketmaydi, ular odamlaming xotirasida va tarixiy yodgorliklarda, to4plangan ijtimoiy tajribada, ajdodlar tomonidan orttirilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarda yashaydi. 0 ‘tmishdan hikoya qiluvchi va uni tahlil etuvchi tarix fani hozirgi kunga va kelajakka ham nazar tashlaydi, zamonaviy dolzarb va muhim ijtimoiy muammolarni hal etishda ishtirok etadi. 0 ‘tmishni hozirgi kundan ajratib turuvchi chegara o‘zgaruvchan va doimiy emas. Hayot uzluksiz davom etadi va bugun ro‘y bergan voqea ertaga tarixga aylanadi. Shuning uchun tarix va hozirgi zamon aslida ajralmas tushunchalardir. Rus mutafakkiri A.I.Gertsen aytganidek, “tarixning so‘nggi sahifasi - bu bizning bugungi hayotimizdir”. Shunday bo‘lsa-da, tarix - bu insoniyatning o4tmish hayoti to‘g‘risidagi fan bo‘lib, u asosan muqaddam ro‘y bergan ijtimoiy jarayonlami o‘rganadi. Tarix fanning ikkinchi xarakterli xususiyati shundan iboratki, nazariy xarakterga ega bo‘lgan boshqa ijtimoiy fanlardan farqli ularoq, u mutlaqo konkret fandir. Tarix fani o'tmish voqealarini izchil xronologik tartibda o‘rganadi, ulami real tarzda qayta tiklashga intiladi, alohida tarixiy hodisalarda jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarining namoyon bo4lishini ko‘rsatishga harakat qiladi. Shunday qilib, tarix fani nafaqat sodir bo‘lgan hodisalar, jarayonlar, faktlaming abstrakt mohiyatini ochib beradi, balki ulaming o'zaro aloqadoriikda va bir-biriga ta’sir etgan holda rivojlanib borishini namoyon etadi. Shu ma’noda tarix tabiatshunoslikning qator sohalari kabi aniq fanga o‘xshab ketadi: unda aniq fanlarga xos bo‘lgan unsurlar (faktlar va voqealar, sanalar, tarixiy arboblaming ismishariflari, voqealar ro‘y bergan joylar, ilmiy xulosalar va baholar, tarixiy atamalar va h.) muhim o‘rin egallaydi. Tarix fanining uchinchi xususiyati shundan iboratki, u jamiyat va insonlaming hayotini statik (turg‘un, o‘zgarmas) holatda emas, balki dinamik tarzda, ya’ni uzluksiz siljishlar va sifat o‘zgarishlari ro‘y berayotgan jarayon tariqasida, taraqqiyotning qo‘yi bosqichidan yuqoriroq bosqichiga o‘tish jarayoni sifatida o‘rganadi. Ushbu jarayonning konkret qanday kechishi va, umuman olganda, jamiyat va insonlar hayotining muttasil o‘zgarib borishi tarix fanining eng muhim tadqiqot obyektidxr. Tarix fani qalashib yotgan son-sanoqsiz voqealar va faktlami o‘zaro bog‘lab turuvchi aloqalarni ko‘rsatishga va shu asnoda butun jamiyat hamda uning alohida bo4g4nlarining faohyatiga xos umumiy qonuniyatlami topishga harakat qiladi. Nihoyat, tarixning to'rtinchi xususiyati - bu uning har tomonlama, serqirra fan ekanligidir. Bu holat tarix fani vazifalarining xilma-xilligi va tadqiqot usullarining rang-barangli bilan bog‘liqdir. Tarixning vazifasi ijtimoiy taraqqiyotning biron-bir alohida sohasini emas, balki jamiyat rivojlanishining barcha jihatlari - iqtisodiy tarix, ijtimoiy struktura, davlat tuzumi, ichki va tashqi siyosat, etnik jarayonlar va milliy mentalitet, ijtimoiy tafakkur va madaniyat, kundalik hayot va hokazolarni ochib berishdan iboratdir, Shuning uchun ma’lum ma’noda tarixni turli ijtimoiy fanlarning o‘ziga xos sintezi deb atash mumkin. Tarix faniga muayyan darajada universallik xos, desak xato qilmaymiz.


O’zbekiston Milliy universiteti tarixi.
Download 17.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling