Tarix fanlaridan bitiruv nazorat imtihon materiallari va javoblar


Download 0.72 Mb.

bet1/12
Sana16.04.2018
Hajmi0.72 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

 

 



 

2016-2017-O‘QUV YILIDA 

UMUMIY 

O’RTA TA’LIM 



MAKTABLARINING 

9-

 



SINF  O‘QUVCHILARI UCHUN 

TARIX   FANLARIDAN BITIRUV 

NAZORAT IMTIHON 

MATERIALLARI VA JAVOBLAR 

TO’PLAMI 

 

 



 

 

 



Toshkent – 2017 

http://telegram.me/imtih

 

Bizni telegramda kuzating 



@imtih

 

http://imtihon.basbro.ru/



 

http://basbro.ru/

 

 

 





1-

 

Bilet 


1.

 

Mayalar davlati haqida so’zlab bering. 

Mayyalar davlati. Markaziy Amerikaning Yukatan yarimorolida (hozirgi Meksika) qadimdan mayya xalqlari yashab kelgan. 

Milodiy I ming yillikda mayyalarda shahar- davlatlar vujudga keladi. Ularning har birini “buyuk kishi” — hukmdor boshqarib, 

uning hokimiyati merosiy bo‘lgan. 

Mayyalaming iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti milodiy asr boshlarida yozuvni yaratish imkonini beradi. Kohinlar qil- qalam 

bilan iyerogliflarni bitib, ular rasmlar bilan bezatilgan. 

Mayyalar hayotida kohinlar muhim o‘rin tutgan. Ular jamoa a’zolariga dehqonchilik ishlarini bajarish muddatlarini belgilab 

berganlar.  Mayyalar  eng  aniq  taqvimlardan  birini  yaratganlar.  Matematikaga  “nolni  anglatuvchi  belgi  mayyalar  tomonidan 

hindlardan ham avval kiritilgan. Mamlakat poytaxti — Chichen-Itsada rasadxona qurilgan. Unda kohinlar sayyoralaming Quyosh 

tevaragida aylanishi vaqtini hisoblab chiqqanlar va Quyosh va Oyning tutilishini oldin- dan aytib bera olganlar. 

Mayyalar maxsus tepaliklar yasab, baland poydevorlar ustida o‘zlarining zinapoyali ehromlarini, saroy va ibodat- xonalarini 

barpo etganlar. Saroy va ibodatxonalarning derazalari bo‘lmasdan, ular eshiklar orqali yoritilgan. Shahar ko‘chalari tekis va ravon 

bunyod etilgan. 

Asteklar davlati. Markaziy Amerikaning hozirgi Meksika hududida joylashgan. Bu yerlarga shimoldan kelgan asteklar katta 

ko‘l o‘rtasidagi orollarda XII asrda Tenoch- titlan shahriga asos soladilar, ular sun’iy to‘g‘onlar bunyod etishgan, ibodatxonalar 

va saroylar qurishgan. 

Asteklarda yer taqchil bo‘lganidan ko‘l tagidan suv o‘simliklari va unumdor loyni ko‘tarib, sollarda “suzuvchi dalalar” ham 

yaratganlar. Bu o‘ziga xos ekinzorlardan yiliga bir necha marta hosil olingan. 



2.

 

Bog‘doddagi Bayt-ul hikma (Donishmandlar uyi) to‘g‘risida ma'lumot bering. 

VIII 


asr oxiri IX 

asr boshida xalifalikning markazi 

Bogʻdodda 

ilm-fan 


rivojlandi. 

Qadimgi yunon olimlari Platon (Aflotun), Aristotel (Arastu), Sokrat (Suqrot), Gippokrat (Buqrot), Galen (Jolinus), Yevklid (Iqli 

dus) kabilarning asarlari arab tiliga tarjima qilindi. Xristian va islom olimlari oʻrtasida hamkorlik ishlari amalga  oshirildi.  Xalifa 

Xorun ar-Rashid oʻlimidan soʻng(813-yil), uning oʻgʻli al-Ma'mun xalifa etib tayinlandi. U ilm-fan, madaniyatga qiziqqan odam 

boʻlib,  unga  qadar  xalifalikning  Markaziy  Osiyo  va  Xuroson  boʻyicha  vakili  sifatida  Marvda  hokimlik  qilar  edi.  Otasining 

oʻlimidan  soʻng  xalifa  sifatida  Bogʻdodga  koʻchgach,  u  yerda  ilmiy  markaz  tashkil  etib,  unga  barcha  musulmon  oʻlkalari, 

jumladan,  Movarounnahrdan  ham  olimu  fozillarni  toʻpladi.  Bu  markazda  Movarounnahr,  Xurosondan  chiqqan  Muso  al- 

Xorazmiy, Ahmad al-Farg`oniy, Marvaziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar faoliyat koʻrsatib, Bogʻdodda ilm va madaniyat, 

hamda arab ilmini olamga mashhur qilishda ulkan hissa qoʻshdilar. Bu ilmiy markaz „Bayt al-hikma“ deb ataldi. 

3.

 

Al-Farg‘oniyning hayoti va faoliyati. 

Ahmad al-FARG‘ONIY (to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibi Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniy) (taxm. 797, Farg‘ona — 865, 

Misr) — astronomiya, mat., geogr. va b. ilmiy yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatgan o‘zbek qomusiy oli-mi. Sharkda Al-Farg‘oniy, 

Yevropada Alfraganus (Alfraganus) taxalluslari bilan mashhur. Uning hayoti va ilmiy fa-oliyati to‘g‘risida juda oz, u ham 

bo‘lsa, uzuq-yuluq ma’lumotlar yetib kelgan. A. al-F. hayoti, ilmiy izlanishlari va kamoloti Abbosiylar sulolasi hukm surgan, 

Arab xalifaligi jahonning eng yirik saltanatlaridan biriga ay-lanib, uning ijtimoiy-siyosiy va ma-daniy hayotida Movarounnahr, 

Xorazm va Xurosondan kelgan ko‘plab mutafak-kirlar muhim o‘ringa ega bo‘la boshlagan tari-xiy davrda kechdi. A. al-F. 

Xalifa Xorun ar-Rashid (786 — 809) vorisla-857ri al-Ma’mun (813 — 833), Mu’tasim (833 -842) va Mutavakkil (846 — 861) 

hukmronlik qilgan davrda yashadi hamda avval Marv, so‘ngra Bag‘dod, Damashq va Qohira shaharlarida ilmi hay’at (fala- 

kiyotshunoslik — astronomiya), riyoziyot (mat.) va jug‘rofiya (geografiya) fanlari bilan shug‘ullandi hamda qator ilmiy va 

amaliy asarlar yozib qoldirdi.A. al-F. dastavval (taxm. 811 y.) Farg‘onadan Marvga kelgan. Ilk o‘rta asrlardayoq Marv sh. O‘rta 

Osiyoning yi-rik madaniy va ilmiy-ma’rifiy markaz-laridan biri bo‘lgan, bu maskanda o‘sha davrlardayoq Movarounnahr, 

Xorazm va Xurosondan ko‘plab olimlaru fozillar va mutafakkirlar to‘planib, Ajamnij madaniy hayotida muhim ahamiyat kasb 

et-ganlar. Hatto 651 y.da so‘nggi Sosoniylar shahanshohi Yazdigard III ibn Shahriyor (632 — 651) arablar ta’qibidan qochib, 

poytaxt kutubxonasidagi kitoblarni o‘zi bilan Marvga olib kelgan. Xalifalik qo‘l ostiga o‘tgach ham Marv o‘zining qad. 

mavqeini yo‘qotmay, nafaqat ilmiy va madaniy markazga, balki fath etilgan sharqiy viloyatlarning siyosiy markaziga 

aylangan.Horun ar-Rashid vafoti (809 y.)dan so‘ng xalifalik taxtiga Muhammad al-Amin (809 — 813) chiqadi. Uning aka-si 

Abdulloh bilan taxt uchun (809 — 813 y.larda) olib borgan kurashi (Xorun ar-Rashid o‘g‘li Abdullohni 806 y.da Movarounnahr 

va Xurosonning noibi etib Marvga yuborgan edi) Abdullohning g‘alabasi bilan tugaydi. Muhammad al-Amin qatl etiladi. O‘sha 

yili (813 y.) Abdulloh al-Ma’mun nomi bilan taxtga o‘tiradi. Biroq u xalifalik poytaxti Bag‘dodga bormay, to 819 y.ga qadar 

Marv-da yashaydi. U o‘z atrofiga olimlaru fo-zillarni to‘playdi. 819 y. al-Ma’mun barcha saroy a’yonlari va olimlari bilan birga 

Maradan Bag‘dodga ko‘chadi. Ular orasida A. al-F. ham bo‘lgan. Bu davrda xalifalikda Horun ar-Rashid farmoni bilan bino 

qilingan ikkita rasadxona va boy kutubxona bor edi. Abu Rayxon Beru-niy ma’lumotiga Karaganda, rasadxona-lardan biri 

Bag‘dodning ash-Shammosiya mahallasida va ikkinchisi Damashq yaqinida Kasiyun nomli tog‘da joylash-gan edi. 

Rasadxonalarda Horun ar-Rashid asos solgan ilmiy markaz "Bayt ul-hikmat" ("Donishmandlar uyi") olim-lari i. t.lar olib 

borardi. Ular orasi-da A al-F. xdm bor edi. 

4.

 

“Parlament” atamasiga izoh bering. fransuz tilidan parle -“gapirmoq” so’zidan olingan. Birinchi parlament 1265-yilda 

Angliyada. 

 

2-

 

Bilet 


 

 



1.

 

XVII asr boshlarida Buxoro xonligi.

 

Ashtarxoniylar Jo'jixon naslidan bo'lib, XIV asrning 80-yillaridan boshlab Ashtarxon (Hoji Tarxon, Astraxan) va uning atrofidagi 

yerlar  va  xalqlar  ustidan  hukmronlik  qilgan.  1556-yilda  Astraxanni  Rusiya  bosib  olgach,  Yormuhammadxon  oila  a'zolari  va 

qarindosh-urug'i bilan Buxoroga keladi.Ularni Buxoro xoni Iskandarxon (Abdullaxon II ning otasi) izzat- ikrom bilan kutib oladi. 

Iskandarxon qizi Zuhrabegimni Yormuhammadxonning o'g'li Jonibek Sultonga beradi. Jonibek Sulton Zuhrabegimdan uch o'g'il 

(Dinmuhammad,  Boqi  Muhammad,  Vali  Muhammad)  ko'radi.  Jonibek  Sulton  va  uning  o'g'illari  Buxoro  xonligida  yuksak 

mavqega erishib, Buxoro xonligi  viloyatlarida hokim  vazifasida faoliyat  yuritadilar. 1601-yilda Jonibek Sultonning o'g'li Boqi 

Muhammad  Buxoro  taxtiga  o'tqizildi.  Buxoro  xonligi  tarixida  yangi  sulola  —  ashtarxoniylar  sulolasi  hukmronligi  boshlanib, 

qariyb 1,5(175 yil) asr davomida mamlakat shu sulola tomonidan boshqariladi. Boqi Muhammad (1601-1605) mamlakat sarhadlari 

jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko'p urindi. 1602-yilda Eron safaviylariga zarba berib, Balxni kuch 

bilan  bo'ysundirdi  va  ukasi  Vali  Muhammadni  hokim  etib  tayinladi.  1603-yilda  Eron  safaviylarining  Balxga  hujum  qilgan 

qo'sliinlarini mag'lubiyatga uchratdi. Boqi Muhammad Toshkent uchun qozoq sultonlariga qarshi kurashdi. 1604-yilda qozoq xoni 

Keldimuhammad qo'sliinlarini mamlakat hududidan haydab chiqarib, qator hududlarni Buxoro xonligiga bo'ysundirdi. 1605-yilda 

Boqi  Muhammad  vafot  etgach,  uning  ukasi  Vali  Muhammad  taxtga  o'tqizildi.  Ichki  kurash  yana  avj  oldi.  Qabila  beklari  xon 

hokimiyatiga bo'ysunmay, muxolifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirganligidan xabar topgan 

Vali Muhammad farzandlarini olib Eronga qochadi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadxorming o'g'li Imomqulixonni (1611—1642) 

o'tqizdilar.  U  Vali  Muhammad  boshlab  kelgan  Eron  qo'shinlarini  tor-mor  keltirib,  mamlakat  mustaqilligini  saqlab  qoldi.  Vali 

Muhammad asir olinib, qatl etildi. Imomqulixon Toshkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar, asosiy negizi 

oyrotlardan kelib chiqqan jung'orlar va qalmiqlarga hamda qoraqalpoqlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi.  1613-yilda 

Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o'z tasarrufiga kiritdi. O'g'li Iskandar Sultonni Toshkent hokimi 

etib tayinladi. Iskandar Sulton boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko'paytirib, aholiga qattiq zulm o'tkazdi. Bunga qarshi Toshkentda 

qo'zg'olon  ko'tarildi  va  Iskandar  Sulton  o'ldirildi.  Bu  voqeadan  xabar  topgan  Imomqulixon  Toshkent  ustiga  qo'shin  tortdi. 

Qo'zg'olonchilar ayovsiz jazolandi, Iskandar xuni  uchun aholi qirg'in qilindi. Imomqulixon davrida markaziy davlat  hokimiyati 

nisbatan  mustahkamlandi.  Imomqulixondan  keyin  taxtni  egallagan  Nodir  Muhammad  (1642—1645)  davrida  ijtimoiy-  siyosiy 

tarqoqlik yana kuchaydi. Xonning o'zi mamlakatning asosiy viloyatlarini 12 nafar o'g'li, 2 nafar jiyani va nabirasiga mulk qilib 

taqsimlab  berdi.  Oqibatda  davlatchilik  asoslarini  zaiflashtirdi.  1645-yilda  qozoqlar  yana  Movarounnahrga  yurish  qilib, 

Xo'jandgacha  yetib  keladilar.  Nodir  Muhammad  ularni  quvib  chiqarish  uchun  o'g'li  Abdulaziz  boshchiligidagi  katta  qo'shinni 

safarbar etadi. Xondan norozi bo'lgan bir guruh amirlar yurish davrida Abdulazizni xon deb e'lon qiladilar. Abdulaziz Buxoroga 

keladi,  aslzodalar  uni  taxtga  o'tqizadilar.  Nodir  Muhammad  Balxga  qochib  ketadi  va  toj-u  taxtni  qaytarib  olish  maqsadida 

Hindiston podshohi temuriyzoda Shoh Jahondan yordam so'raydi. Shoh Jahon Balx viloyatini o'ziga bo'ysundirish maqsadida u 

yerga o'g'illari Murodbaxsh va Avrangzeb boshchiligida katta qo'shin yuboradi. Nodir Muhammad Shoh Jahon o'g'illari yordamga 

emas,  Balx  viloyatini  egallash  uchun  kelayotganini  bilgach,  ularga  qarshi  chiqadi.  Maymana  yo'lida  bo'lgan  jangda  Nodir 

Muhammad yengilib, Eronga qochadi va shoh Abbos huzurida panoh topadi. 1647-yilda Shoh Jahon o'g'illari Balxni egallaydi. 

Nodir  Muhammad  shoh  Abbos  yordamida  Balxni  qayta  egallaydi.  Bu  voqealardan  tashvishga  tushgan  Abdulazizxon  ukasi 

Subhonquli  yetakchiligida  Balxga  katta  qo'shin  yuboradi,  1651-yilda  Subhonquli  Balxni  egallaydi  va  u  Balx  hokimi  etib 

tayinlanadi. Nodir Muhammad Makkaga hajga borayotib yo'lda vafot etadi. Abdulazizxon davrida (1645—1681) Xiva xonlarining 

talonchilik yurishlari kuchayadi. 1655- yilda Xiva xoni Abulg'oziyxon katta qo'shin bilan yurish qilib, Buxoro atroflarini ikki bor 

talon-taroj qiladi. Qorako'l aholisining bir qismini asir olib, Karmanani vayronaga aylantiradi. 1658-yildaVardonzeni talab, 1662- 

yilda  Buxoro  shahrigacha  yetib  boradi.  Tinimsiz  urushlar,  ichki  ziddiyatlar  Buxoro  xonligining  ijtimoiy-iqtisodiy  ahvolini 

murakkablashtirib yuborgandi, siyosiy vaziyat izdan chiqqandi. Keksayib qolgan Abdulazizxon 1681- yilda taxtdan voz kechib, 

Makkaga hajga ketadi va o'sha yerda vafot etadi. Abdulazizxondan keyin taxtga o'tirgan Subhonqulixon (1681— 1702) davrida 

ham  ahvol  o'nglanmadi.  Subhonqulixon,  bir  tomondan,  Balx  viloyatlarida  hokimlik  qilayotgan  o'g'illariga  qarshi,  ikkinchi 

tomondan, Movarounnahr viloyatlaridagi amir va beklarga qarshi urushlar qilishga majbur bo'ldi. Uchinchi tomondan, Xiva xoni 

Anushaxon qo'shinlari hujum qilib, Buxoro, Karmana va Vardonzeni egalladi, hatto Samarqandni ham ishg'ol qildi. Samarqandda 

Anushaxon nomiga xutba o'qitilib, uning nomidan tanga pullar zarb etiladi. Subhonqulixon qatag'on urug'idan bo'lmish Badaxshon 

hokimi  Mahmudbiy  otaliq  yordamida  Xiva  qo'shinlarini  Samarqanddan  quvib  chiqarishga  erishdi.  Samarqandliklar  qattiq 

jazolandi.  So'ngra  Balxga  yurish  qilib,  isyonkor  o'g'li  Siddiq  Muhammadga  zarba  beradi  va  zindonband  qilib,  o'ldiradi.  Balx 

hokimligi yuz qabilasining sardori Muhammad hoji otaliqqa topshiriladi. Subhonqulixon Balxdaligidan foydalangan Anushaxon 

Buxoro atroflariga yana bostirib kelib, u yerlarni talon-taroj qiladi va katta o'ljalar bilan qaytib ketadi. Subhonqulixon fitnasi bilan 

1686-yilda  Xiva  xoni  Anushaxon  ko'ziga  mil  tortilib  ko'r  qilinadi  va  taxtdan  tushiriladi.  Subhonqulixon  1688-yilda  Xivadagi 

tarafdorlari xizmatidan foydalanib, Xiva xoni Erengxonning o'ldirilishiga erishadi va Xorazm Buxoro xonligi tasarrufiga olinadi. 

Subhonqulixon  Amir  Shohniyozni  Xivaga  hokim  etib  tayinlaydi.  Qirg'in-barot  urushlar,  ichki  nizolar  mamlakat  iqtisodiyotini 

chuqur tanazzulga tushiradi. Ashtarxondan Buxoro xonligiga ko'chib kelgan Jo'ji avlodlari ashtarxoniylar deb atalgan. 1601- yilda 

Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi o'rnatildi. Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi Buxoro xonligida 1,5 asrcha 

davom etdi. 

2.

 

Abu Mansur al-Moturidiyning ijodidagi asosiy g’oyalari.

 

Moturidiy, Abu Mansur al Moturidiy (toʻliq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Maxmud al-hanafiy al-Moturidiy 

asSamarqandiy) (870 — Samarqand — 944) — imom, fikdolimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. “Imom al-xudo”, 

“Imom al-mutakallimin”  (“Hidoyat  yoʻli imomi”, “Mutakallimlar imomi”) nomlari bilan ulugʻlangan. Moturid qishlogʻi (hoz. 

Jomboy  tumani)da  tavallud  topib,  to  umrining  oxirigacha  shu  yerda  yashagan,  bu  yerda  katta  bogʻ  ham  barpo  etgan.  M. 

Samarqanddagi al-Ayoziy madrasasida oʻqidi, mahalliy hanafiy faqixlardan taʼlim oldi, Abu Bakr Ahmad al-Juzjoniy, Abu Nasr 

Ahmad ibn al-Husayn al-Iyodiy, Nusayr ibn Yahyo al-Balxiy, Muhammad ibn Muqotil ar-Roziy unga ustozlik qilishdi. Keyin oʻzi 

fiqh va kalom ilmlaridan dare berdi. Abu Ahmad al-Iyodiy, Abulhasan Ali ibn Sayyid ar-Rustugʻfaniy, Abu Bakr as- Samarqandiy, 

Makhul  an-Nasafiy,  Abulmuʼin  an-Nasafiy,  Abulyusr  alPazdaviy  kabi  shogirdlar  yetishtirdi.  Vasiyatiga  koʻra,  Samarqanddagi 

Chokardiza qabristoniga dafn etildi. 

M.ning  asosiy  asarlari  “Kitob  attavhid”  (“Yakkaxudolik  haqidagi  kitob”),  “Taʼvilot  axl  assunna”  (“Sunniylik  anʼanalari 

sharhi”)dir.  “Kitob  attavhid”  bilish  nazariyasi  bayon  qilingan  musulmon  ilohiyotshunosligining  birinchi  asari hisoblanadi. 


http://imtihon.basbro.ru/

 

http://basbro.ru/



 

http://telegram.me/imtih

 

Bizni telegramda kuzating 



@imtih

 

 



 

Kitobning kalom ilmi taʼrifi berilgan muqaddimasida bilimning 3 manbai: hissiy (sezgi) aʼzolari vositasida, nakl  — rivoyatlar 

vositasida va aql-idrok vositasida axborotlar olish mumkinligi haqida gapiriladi. M. sof din doirasidan chiqmagan xrlda aklidrokni 

ulugʻlaydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini taʼkidlaydi. Kitobda oʻsha davrdagi adashgan firqalar qarashlarining 

haqiqatdan  yiroq  ekanligi  taxlil  etilgan.  M.  “din  yoʻlidagi  barcha  adashuvlarning  sababi  —  riyokor  kimsalarga  koʻr-koʻrona 

ergashishdadir”, deb taʼkidlagan edi.M. ilohiyotchi olim sifatida muhim aqidaviy masalalar — juzʼiy ixti-yor, eʼtiqod, oxirat hayoti 

kabilarni qamrab oluvchi risolalar bitdi. “Maʼ-xaz ashshariʼa” (“Shariat asoslari sarasi”), “Kitob al-usul” (“Diniy taʼlimot asoslari 

kitobi”), “Kitob aljadal” (“Dialektika haqidagi kitob”) kabi asarlari shular jumlasidandir. M. Abu Hanifa qarashlarini tushuntirib 

berib, uni rivojlantirdi. Abul Xasan al-Ashʼariy (873—935) ishlab chiqqan islom aqidasi asoslarini takomillashtirib, uni sunniylik 

eʼtiqodiga  kirib  qolgan  notoʻgʻri,  gʻayri  sahih  aqidalardan  tozaladi.  M.  qarashlari  oʻz  davrida  mintaqaning  madaniy  va  ilmiy 

ravnaqita  sabab  boʻlgan.  Chunki  M.  din  asoslarini  mantiqan  tushuntirgan,  tanlov  huquqi,  dinlararo  bagʻri-kenglik,  ijtimoiy 

hamjihatlikni qaror topdirish gʻoyalarini rivojlantirgan. M. jami 15 ga yaqin asar taʼlif etgan. Uning kalomga oid 7 ta va huquqqa 

oid 2 ta asari boʻlib, ular saqlanib qolmagan. M.ning bizgacha yetib kelgan asarlari qisman tadqiq qilingan. 

 

3.Alisher Navoiy hayoti va faoliyati. 



Alisher Navoiy (1441, 9 fevral-1501, 3 yanvar) ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi 

boʻlgan.


[1][2][3] 

G‘arbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va din“ (din va millatning 

nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi. 

Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tugʻilib, shu yerda umrining asosiy qismini oʻtkazgan. Navoiyning otasi 

G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin boʻlgan. Sheʼr zavqi va isteʼdodi erta uygʻongan. Bolalikdayoq Farididdin 

Attorning „Mantiqut-tayr“ asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga 

yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan.Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim 

olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli 

Hirotdan yiroqroqda yashagan.Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich 

boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar 

mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 

xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga „muqarrabi hazrati sultoniy“ („sulton 

hazratlarining eng yaqin kishisi“) degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.Alisher 

Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks 

etgan. 

Oʻzbek olimlari Ozod Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Yahyo Gʻulomov, Izzat Sulton, A.Zohidov, V.Abdullaev, 



A.Qayumov, S.Gʻanieva v.b. Navoiyning hayot yoʻli haqida asarlar yaratishgan. 

„X

4

amsa“ Alisher Navoiy ijodining yuksak choʻqqisi „Xamsa“ asari (1483-85)dir, shoir birinchilardan boʻlib, turkiy tilda 

  

toʻliq „Xamsa“ yaratdi va turkiy tilda shunday koʻlamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. Ushbu toʻplamni Nizomiy 



Ganjaviyning „Panj Ganj“ („Besh xazina“) asariga havas sifatida yozilganligini oʻquvchilarga anglatmoq 

maqsadida „Xamsa“ning kirish qismida: 



„Emas oson bu maydon ichra turmoq, 

Nizomiy panjasigʻa panja urmoq.“ 

deya taʼkid etadi.„Xamsa“ tarkibiga "Hayrat ul-abror", "Farhod va Shirin", „Layli va Majnun“, „Sabʼai sayyor“, „Saddi 

Iskandariy“ kabi dostonlar kiradi. 

Tasavvufiy asarlari 

Navoiyning tasavvufiy qarashlari deyarli barcha asarlarining ruhiga singigan boʻlsa-da, maxsus "Lison ut- 

tayr" dostoni(1499)da, "Nasoyim ul-muhabbat" (1495-96)da, "Tarixi anbiyo va hukamo"(1485-8), „Arbain“, „Munojot“ singari 

asarlarida aks etgan. 

"Lison ut-tayr"da borliq va ilohiyot haqidagi qarashlarini, inson, tabiat va hayot haqidagi fikrlarini qushlar tili va sarguzashtlari 

orqali bayon qilgan.Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Navoiy asarlarini diniy va soʻfiylik jihatidan oʻrganish 

kengaydi, ular obʼektiv va ilmiy bahosini olmoqda. „Arbain“, „Munojot“ kabi asarlari chop etildi. Jomiyning „Nafahotul-uns 

min hazarotil-quds“ tazkirasini tarjima qilib va toʻldirib, soʻz yuritilgan 618ta shayxlar sonini 770 taga yetkazdi. 

"Mahbub ul-qulub"(1500-1501) Navoiyning soʻnggi yirik asari boʻlib, unda ulugʻ mutafakkir adibning hayoti davomidagi 

kuzatishlari, toʻplagan boy tajribasi oʻz yuqori darajasida aksini topgan. Uch qismdan iborat bu asarda „Soriun-nosning afʼol va 

ahvolining kayfiyati“ (1), axloqiy muammolar (2), „mutafarriqa favoyid va amsol surati“ (3) masalalari ifodalangan.„Xamsatul- 

mutahayyirin“(„Besh hayrat“,1494) asarida ustozi va doʻsti Abdurahmon Jomiy, uning hayoti lavhalari, tariqati, yozishmalari, 

asarlari haqida hayratomuz hikoyalar keltiriladi. 

„Holoti Sayyid Hasan Ardasher“ (1488-89), „Holoti Rahlavon Muhammad“(1493) asarlari manoqib-holot yoʻnalishida boʻlib, 

ularda shoirga ustozlik qilgan buyuk shaxslar hayoti, faoliyati yoritilgan. 

„Munshaot“ (1498-1499) Navoiyning maktublari toʻplami (jami 88 ta xat) boʻlib, ular sogʻinchlik xatlari, navroʻz tabriklari, 

taʼziyanomalar, siyosiy oʻgitlar, sulhnomalar va boshqa yoʻnalishlardadir. Ular Husayn Boyqaro, Badiuzzamon va boshqa 

tarixiy shaxslarga bitilgan. 



4.“Demokratiya” atamasiga izoh bering. ya'ni bu atama "xalq hokimiyati" degan ma'noni anglatadi ("demos" — xalq + 

"kratos" — hokimiyat). 



3-

 

Bilet 


 

 



1.

 

XVIII asr o’rtalarida Buxoro amirligi. 

1740-yilda  Eron  qo'shinlari  Nodirshoh  boshchiligida  Buxoroga  qarshi  yana  hujum  boshladi.  Buxoro  va  Xiva  xonlari  umumiy 

dushmanga  qarshi  kurashish  uchun  birlasha  olmadilar.  Bu  ham  yetmaganidek,  Buxoroning  o'zida  xoinlik  yuz berdi.  Xonlikda 

yetakchi  mavqega ega bo'lib  olish niyatidan qaytmagan Qarshi hokimi Muhammad Hakimbiy Nodirshoh tomoniga o'tib ketdi. 

Abulfayzxon  Eron  bosqiniga  qarshi  kurashni  uyushtira  olmadi  va  taslim  bo'ldi.  Nodirshoh  Buxoro  xonligining  taslim  bo'lish 

shartlarini  Muhammad  Hakimbiy  orqali  Abulfayzxonga  jo'natdi.  Taslim  bo'lish  haqidagi  shartnomani  imzolash  uchun 

Abulfayzxon Zarafshon daryosining bo'yidagi Chorbakr qo'rig'iga  — Nodirshoh huzuriga borishga majbur bo'ldi. Shartnomaga 

ko'ra, Nodirshoh qo'shinlari uchun 8 yilga yetadigan 200 ming xarvor bug'doy va arpa to'plab beradi. Bundan tashqari, Buxoro 

xonligi  aholisidan  10  ming  nafarli  qo'shin  to'planib,  Nodirshoh  ixtiyoriga  jo'natiladi.  Bu  qo'shinga  Muhammad  Hakimbiyning 

o'g'li  Muhammad  Rahim  qo'mondon  etib  tayinlandi.  Abulfayzxon  amalda  Eronga  qaram  qo'g'irchoq  hukmdorga  aylandi. 

Muhammad Hakimbiy esa qo'shbegi lavozimini egalladi. Butun  hokimiyat amalda  uning qo'lida to'plandi. Endi ashtarxoniylar 

hukmronligining barham topishi muqarrar bo'lib qoldi. Buxoroda ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi davrida o'zbek qabilalaridan 

mang'itlar va qo'ng'irotlarning nufuzi baland edi. Bu ikki qabila haqiqiy hokimiyat ashtarxoniylar qo'lida bo'lib turgan davrlarda 

ularga  sadoqat  bilan  xizmat  qilgan  edilar.  Biroq,  keyinchalik,  Buxoroda  mang'itlar  alohida  nufuzga  ega  bo'lish  uchun  astoydil 

kurashdilar. Hakimbiy davrida bu maqsadga erishdilar. Muhammad Hakimbiy 1743-yilda vafot etgan edi. Uning o'g'li Muhammad 

Rahimbiy  o'zining  muntazam  qo'shinga  egaligidan  foydalanib,  hokimiyatda  otasi  kabi  alohida  mavqe  uchun  da'vogarlik  qila 

boshladi.  So'nggi  ashtarxoniy  Abulfayzxon  unga  Bosh  vazirlik  lavozimini  berishga  majbur  bo'ldi  va  oxir-  oqibatda  markaziy 

hokimiyat  uning  qo'lida  to'plandi.  Nodirshoh  1747-yilda  o'ldirilganidan  so'ng  Eronda  boshlangan  ichki  kurashlar  Muhammad 

Rahimbiyning Buxoro taxtini egallashiga yo'l ochib berdi. Uning buyrug'i bilan Abulfayzxon ham 1747-yili o'ldirildi. Muhammad 

Rahimbiy taxtga Abulfayzning o'g'li Abdulmo'minni o'tqizdi (soxta xon) va uni o'ziga kuyov qilib oldi. Ko'p o'tmay Muhammad 

Rahimbiy kuyovi  Abdulmo'minni, uning o'rniga o'tqizilgan soxta xonlar — Ubaydullaxon va Sherg'oziyxonlarni ham qatl ettirdi. 

Muhammad Rahimbiy Buxoro aslzodalari va ruhoniylarining qo'llab-quvvatlashi bilan 1756-yilda o'zini hukmdor deb e'lon qildi. 

Biroq mang'itlar chingiziylar nasliga mansub bo'lmaganligi uchun mang'it hukmdorlari o'zlarini xon deb emas, amir deb ataganlar. 

Ular Buxoro mintaqasining diniy hukmdori — amir ul-mo'minin hisoblanganlar. 

Shunday qilib, 1756-yili Buxoroda hokimiyat tepasiga yangi sulola — mang'itlar sulolasi keldi va davlatni 1920- yilgacha idora 

qildi. Shundan boshlab Buxoro xonligi endilikda Buxoro amirligi deb ataladigan bo'ldi. Mang'itlar 92 o'zbek qabilasining biri edi. 

Mang'it  hukmdori  Muhammad  Rahimbiy  (1756—1758)  mamlakatda  o'zining  mutlaq  hukmdorligini  o'rnatish  hamda  ichki 

boshboshdoqlikni  tugatish  siyosatini  tutdi.  Bunday  siyosatdan  ko'zlangan  maqsad  —  markazlashgan  davlatni  tiklash  edi. 

Muhammad Rahimxon bu siyosatni ro'yobga chiqarishga qat'iy kirishdi. U barcha mahalliy hukmdorlarni o'z huzuriga chorlab, 

ularga o'zining asl maqsadini, o'z boshqaruv dasturini ma'lum qildi. Lekin davom etayotgan ichki nizolar, urushlar  mamlakatni 

xonavayron qilayotganligi, xo'jalik, savdo-sotiq ishlarining izdan chiqayotganligi, agar bu jarayonlar bundan buyon ham davom 

etadigan  bo'lsa,  davlat  halokati  muqarrar  ekanligini  alohida  ta'kidladi.  Qaysi  mahalliy  hukmdor  markaziy  hokimiyatga 

bo'ysunmasa, ayovsiz jazoga tortilishini ogohlantirdi. Muhammad Rahimxon mustaqillikni da'vo etib yurgan Miyonqol, Nurota, 

Qo'bodiyon,  Boysun,  Shahrisabz  hamda  Urgut  bekliklarini  to'rt  yil  davomida  o'ziga  bo'ysundirdi.  Ayni  paytda,  u  markaziy 

hokimiyatga  bo'ysunmaslikka  urinayotgan  qabilalarni  turgan  joyidan  ko'chirtirib  yuborish  siyosatini  tutdi.  Masalan,  burqut, 

qipchoq,  yetti  urug',  bahrin,  yuz,  kenagas,  saroy  va  boshqa  qabilalarga  nisbatan  ana  shunday  siyosat  yuritildi.  Muhammad 

Rahimxon  yirik  yer  egalarining  davlatni  boshqarish  ishlarida  shu  vaqtgacha  davom  etib  kelgan  arala  shuvlarini  keskin 

kamaytirishga erisha oldi. Shunday bo'lsa-da, u barcha bekliklarning markaziy hokimiyatni tan olishlariga to'la erisha olmadi. 

Muhammad Rahimxon vafotidan so'ng uning amakisi Doniyolbiy otaliq hokimiyatni o'z qo'liga oldi (1758—1785). U o'zini xon 

atamadi va Abulfayzxonning nabirasi Abulg'oziyni taxtga o'tqizdi. Doniyolbiy ham otaliq mansabini, ham amaldagi hukmdorlikni 

o'z qo'lida saqlab qoladi. U o'z qo'shinlarini mustahkamlashga, unga tayanib ish ko'rishga harakat qildi. Barcha mang'it beklariga 

katta  yer-mulkni  tanho  qilib  berdi.  Xalqdan  olinadigan  soliqlarni  ko'paytirdi.  Uning  davrida  Balx,  Hisor,  Ko'lob,  O'ratepa 

bekliklarining mustaqillikka intilishlari kuchaydi. Katta yer egalari, qushbegi va qozikalonlarning o'zboshimchaligini esa sindira 

olmadi. O'g'illaridan biri Shohmurod darvishona hayot kechirar, shayx maslahati bilan bozorda yuk tashuvchilik qilardi. Keyin 

esa pichoqqa qin yasab sotib, shu orqali ro'zg'or tebratardi. Xalq orasida obro'si katta bo'lgani uchun Doniyolbiy unga hokimiyatni 

topshirdi. Amir Shohmurod (1785—1800) Amir Doniyolbiy otaliqning to'ng'ich o'g'li bo'lib, yoshligidan xudojo'y, porso bo'lib 

o'sgan. Madrasani bitirib, darvishlik suluki tarafdori, targ'i- botchisidan biriga aylanadi. Shohmurod Abulg'oziyni hokimiyatdan 

chetlatib, o'zini Buxoro amiri deb e'lon qiladi va taxtni egallaydi. Xalq unga hurmat bilan „amiri ma'sum" (begunoh amir) unvonini 

bergan. Shohmurod o'z faoliyatida ommaga tayanib ish tutdi. Adolat tamoyillariga qattiq amal qildi. O'zi ham nihoyatda kamtarin 

hayot kechirgan. Masalan, bir yilda bir olacha chopon, bir bo'z ko'ylak kiygan. Boshiga olti gazli bo'z salla, oyog'iga echki terisidan 

tikilgan saxtiyon mahsi hamda kavush kiygan. Amir Shohmurod Samarqand shalirida katta bunyodkorlik ishlarini amalga oshirdi. 

Shahar markazida olti qirrali chorsu qurilib, „Toqi musaddas" deb atalgan. Samarqandning har bir madrasasiga imom, muazzin, 

mudarrislarni o'zi tayinlagan. Talabalar va mudarrislarning maoshi uchun vaqf yerlari va mulklar ajratgan. 

Amir Shohmurod ba'zi islohotlar o'tkazib, davlatni mustahkamlashga erishdi. Boj va xirojdan boshqa barcha soliqlarni kamaytirdi. 

Rais mansabini va qo'shin tarkibida qozi askar lavozimini joriy qildi. Mamlakat iqtisodini yo'lga qo'yishda Shohmurod o'tkazgan 

pul islohoti muhim ahamiyat kasb etdi. Ashtarxoniylar davrida zarb qilingan tangalarda kumush miqdori kamaytirib yuborilgan 

edi. Shohmurod joriy qilgan qonun bo'yicha kim mol-mulkka xiyonat qilsa, jamiyatdagi martabasidan qat'iy nazar qattiq jazoga 

tortilishi lozim edi. Bu tadbir xalq manfaatlariga tajovuzning oldini oldi. Suluk — jamoa. Xarvor — bir eshakka yuk bo'ladigan 

og'irlik o'lchovi. 1747-yilda Buxoroda hokimiyat amalda mang'itlar sulolasi qo'liga o'tdi. Rasman esa bu voqea 1756-yilda amalga 

oshdi.  1756-yildan  boshlab  Buxoro  xonligi  Buxoro  amirligi  deb  atala  boshlandi.  Mang'itlar  sulolasi  1920-yilgacha  Buxoro 

xonligida hukmronlik qildi. 

2.

 




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling