Tarix fanlaridan bitiruv nazorat imtihon materiallari va javoblar


Download 0.72 Mb.

bet12/12
Sana16.04.2018
Hajmi0.72 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

2.

 

Qo’qon xonligida shoira Nodira (Mohlaroyim) ijodidagi asosiy g’oyalar. 

Nodira (taxallusi; ismi Mohlaroyim) (1792, Andijon —1842, Qoʻqon) — shoira, maʼrifatparvar va davlat arbobi. "Komila" va 

"Maknuna" taxalluslari bilan ham sheʼrlar yozgan. Otasi Andijon hokimi Rahmonqulbiy — ming qabilasidan, Fargʻona 

hukmdori Olimxonning togʻasi. Olimxon ukasi Umarxonga Margʻilon hokimligini beradi va uni 1807 yilda N.ga uylantiradi. 

N.shu xonadonda sheʼr yezishni mashq qiladi, shoira Uvaysiy bilan tanishadi, uni muallima sifatida saroyga taklif etadi. N.ning 

turmush yoʻldoshi Amir Umarxon ham Amiriy taxallusida ijod qilgan. 

N.ning adabiy merosi oʻz gʻoyaviybadiiy ahamiyati nuqtai nazaridan mumtoz sheʼriyatning goʻzal namunalaridandir. N. 

sheʼriyatining asosini lirika tashkil etadi. N. muhabbat, sadoqat va vafo kuychisidir. U goʻzallik va sadoqatni, Sharq xotin- 

qizlarining dardalamlari, ohu figʻonlarini kuyladi. Shoira oʻzini ishq oynasi deb atar ekan, bu oynada insonning hayotga umid 

bilan qarashi, ezgu istaklari va orzusi aks etgan. U muhabbat Alloh tomonidan insonlar qalbiga solingan mangu yogʻdu 

ekanligini kuyladi:Muhabbatsiz kishi odam emasdur, Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et!N.ning muhabbat tushunchasi chuqur 

ijtimoiy mazmun kasb etadi. Muhabbat shaxsiy tuygʻular doirasidan yuqori koʻtarilib, odamiylikni chuqur idrok qilish vositasiga 

aylantiriladi. N. insonning eng yuksak fazilati vafodorlikda deb biladi. Shoiraning forstojik tilidagi mebosh radifli gazalida vafo 

mavzui keng doirada kalamga olinadi. 

Shoira himmat, sabr, qanoat, nomus, hayo kabi hislatlarni maʼrifat, yaʼni Xudo vasliga erishishni yaqinlashtiruvchi manzillar 

sifatida qayd etadi, odam ana shu sharafli hislatlarni oʻz ruhiga mukammal singdirib olishi va uni sobitkadamlik bilan koʻngil 

ganjinasida asramogʻini obrazli qilib tasvirlaydi. Odamzod shu sifatlardan maxrum boʻlar ekan, u riyo yoʻliga kirib ketadi. 



3.

 

Burxoniddin Marg’inoniyning hayoti va faoliyati. 

BURHONIDDIN MARGʻINONIY (toʻliq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Fargʻoniy al-Rishtoniy al- 

Margʻinoniy) (1123.23.9, Rishton tumani, Dahbet qishlogʻi — 1197.29.10, Samarqand)— buyuk faqih, imom. Dastavval otasi 

Abubakr ibn Abduljalil, soʻng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qoʻlida tahsil koʻrdi. Rishton, Margʻilon, 

Buxoro, Samarqand va Movarounnaxrning boshqa shaharlarida islomiy taʼlim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi sifatida 

nom qozondi. Shayxulislom boʻlib yetishdi. 1149 yil haj safariga bordi. B. M. Samarqand shahridagi Chokardiza kabristonga 



http://imtihon.basbro.ru/

 

http://basbro.ru/



 

 

Bizni telegramda kuzating 



@imtih

 

 



 

dafn etilgan. B. M. fiqh boʻyicha asosiy asari "Bidoyat ul-mubtadiʼ" ("Boshlovchilar uchun qoʻllanma")ni hanafiya 

nazariyotchisi, shariat asoschilaridan Abul Hasan al-Quduriy (1029 yil v.e.) va Muhammad ash-Shayboniy (884 yil v.e.) 

asarlariga tayanib yozgan. B. M.ning ushbu kitobi nazariy asar edi, undan amaliy jihatdan foydalanish qiyin boʻlgan. Shu sababli 

B. M.ning oʻzi 8 jildli sharh — "Kifoyat ul-Muntahiy" ("Yakunlovchilar uchun tugal taʼlimot")ni yozishga karor qilgan. 

Keyinchalik bu kitobi asosida "Kitob al-Hidoya" (qisqacha nomi "Hidoya" — "Toʻgʻri yoʻl")ni yaratadi (1178). B. M. bu 

kitobda oʻsha zamonlarda moʻminmusulmonlar duch keladigan dolzarb hayotiy masalalar, jumladan oilaviy va ijtimoiy 

munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoyat va jazo, insonning burch va masʼuliyatlariga taalluqli juda koʻp murakkab 

muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib berdi. Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom sharqida 

bir necha tillarga tarjima etilib maʼlum va mashhur boʻlib ketdi. Bu kitob fiqh ilmi boʻyicha eng aniq, izchil, mukammal asar 

boʻlgan. Undan asrlar davomida islom huquqshunosligi boʻyicha nufuzli huquqiy manba — asosiy qoʻllanma sifatida 

foydalanilgan (q. Hidoya). Shu sababli alloma nafaqat ulamolar, balki oddiy xalq orasida ham "hidoyat yoʻlining sarboni" deya 

katta hurmat-eʼtibor topdi. Burhoniddin valmilla (islom dinining dalili, isboti) degan sharafli nomga sazovor boʻldi. 

B.M. yana bir qancha asarlar yozgan: "Nashr al-mazhab" ("Mazhabning tarqalishi"), "Kitob at-tajnis val-maziyd" ("Fuqarolik 

huquqini taqdim etish"), "Kitob ul-faroiz" ("Majburiyatlar haqida kitob"), "Maziyd fi furu ulhanafiy ("Hanafiya mazhabiga 

qoʻshimchalar") va boshqa U oʻz asarlarida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning turli shakllari (davlat va xususiy 

mulkchilik), moliyaviy faoliyat, jinoyat va jazoning huquqiy asoslarini, fuqarolik huquqi nazariyasi va amaliyoti, qozilik 

muassasalari tarkibi, tartibi va jinoiy ishni koʻrish masalalarini batafsil yoritib berdi. Bu asarlarda adolat tuygusi, oʻz davrining 

huquqiy mszonlari asosida yashash, oʻzganing mol-mulkiga koʻz olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, 

mehroqibat kabi ezgu tushunchalarning mohiyati ochib berilgan. B. M.ning oʻzi hayoti davomida ana shunday insoniy 

fazilatlarga amal qilib yashadi. Ilmu urfon yoʻlidagi fidoyiligi, kamtarligi oʻz asarlarida bir"on marta ham "men" degan soʻzni 

ishlatmay, "bu zaif banda aytadi", deya hokisorlik bilan izoh berishida ham koʻrinib turadi. 

B. M.ning ilmiy merosi oʻz ahamiyatinn yoʻqotmagan. Jahondagi koʻp oliy oʻquv yurtlarida musulmon huquqshunosligi fanlari 

B. M.ning fiqh taʼlimoti asosida oʻrganiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng uning ilmiy merosini har tomonlama 

chuqur oʻrganish, asarlarini chop etish ishlariga katta eʼtibor berila boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov 

tashabbusi bilan B. M. vafotining 800 yilligi (1997), tavalludining 910 yilligi (hijriy sana boʻyicha) (2000) keng nishonlandi. 

Shu munosabat bilan Margʻilon shahri markazida B. M. yodgorlik majmui bunyod etilib, shu yerda uning ramziy maqbarasi 

oʻrnatildi. 

4. 

“Traktat” so’ziga izoh bering. –xalqaro shartnoma, bitim 

 

30-



 

bilet 


1.

 

XIX asrda Liberiya davlati. 

X

40



o'sh, Afrikada mustaqil Liberiya davlati qay tariqa tashkil topgan edi? Uning tashkil topishi AQSHda qulchilikka qarshi kurash 

bilan bog 'liqdir. 1816- yilda AQSHda erkinlikka erishgan qora tanli qullarni Afrikaga joylashtirish harakati boshlandi. Natijada, 

1821- yilda Gvineya qirg'oqlarida 13 ming km

yer maydoni sotib olindi. U yerda Monroviya (AQSH Prezidenti Monro nomidan 



olingan) manzilgohi tashkil etildi va Amerikaning sobiq qul negrlaridan bir qismi bu yerga joylashtirildi. Joylashib olgan sobiq 

qui negrlar manzilgoh hududini tobora kengaytirib bordilar. 1847- yilda esa Liberiya (erkin) davlati tuzilganligini e'lon qildilar. 

O'z  davlatlarida  G'arbiy  Yevropa  va  Shimoliy  Amerikaning  ilg'or  andazalaridagi  tartib-qoidalarni  joriy  etdilar.  Mamlakat 

konstitutsiyasi barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini, yashash, erkinlik, xavfsizlik va baxt har bir fuqaro huquqi ekanligini 

e'lon  qildi.  Ayni  paytda  xalq  hokimiyatning  manbai  ekanligi,  e'tiqod  erkinligi,  matbuot  va  so'z  erkinligi,  sudning  mustaqilligi 

tamoyillari  ham  belgilab  qo'yildi.  Liberiya  Buyuk  Britaniya  va  Fransiya  о'rtasidagi  raqobat  munosabatlaridan  ustalik  bilan 

foydalanib, o'z mustaqilligini saqlab qola oldi 

2.

 

Samarqanddagi Ulug’bek rasadxonasi. 

Ulug’bek rasadxonasi 1424 – 1428 – yillar mobaynida Samarqand shahri yaqinidagi Obirahmat anhori bo’yida qurilgan. 

Rasadxona Mirzo Ulug’bek farmoniga muvofiq qad ko’targan bo’lib, uni bunyod etishda Ulug’bekning ustozi Qozizoda Rumiy 

va G’iyosiddin Jamshid bosh – qosh bo’ladilar. Rasadxona joylashgan ushbu mavze mahalliy aholi o’rtasida,, Naqshi jahon,, 

degan nom bilan mashhur bo’lgan. Rasadxonaning asosiy qismi radiusi 40,2 metrli sekstant bo’lgan. Ulug’bek rasadxonasida 

olib borilgan kuzatishlar va tadqiqotlar tufayli 1018 ta qo’zg’almas yulduzlarning o’rni va holati aniqlanib, ularning astranomik 

jadvali tuzildi. Shu davrda olib borilgan tadqiqotlar asosida matematika va astranomiya fanlariga oid ko’plab nodir asarlar 

yaratildi. Mirzo Ulug’bekning say’ — harakatlari natijasida rasadxona o’z zamonasi sharoitiga mos mukammal astranomik 

asbob va uskunalar bilan jihozlangan oliy darajadagi ilmgohga aylanadi. Bundan tashqari ushbu rasadxona qoshida fanning 

deyarli barcha sohalariga tegishli qariyb o’n ming jild kitob mavjud bo’lgan zamonasining boy kutubxonasi ham  tashkil 

qilinadi. Ulug’bekning vafotidan so’ng (1449) rasadxona qarovsiz holga kelib, xaroba holga kelib qoladi, uning asboblari buzib 

tashlanadi. olimlar Samarqandni tark etishadi. Rasadxona ayovsiz urushlar tufayli XVI – XVII asrlarda yo’q bo’lib ketadi. 

Nihoyat arxeolog olim V. L. Vyatkin XVII asrga oid bir vaqf hujjatni Samarqandlik keksa olim qo’lidan olishga muvaffaq 

bo’ladi. Shu asosda rasadxonaning saqlangan yer osti qismini topadi. Rasadxona qoldiqlari topilgan tepalik yer sathidan 

balandligi taxminan 21 metr, sharqdan g’arbga cho’zilgan kengligi qariyb 85 metr, janubdan shimolga cho’zilgan uzunligi 170 

metr keladigan tabiiy toshli balandlikdan iborat. Qazishma ishlari olib borilgan vaqtda turli rangdagi ko’pgina koshin 

g’ishtchalar, shuningdek, mozaika bo’lakalari ham topilgan. Tarixiy manbalardan ma’lum bo’lishicha, devordagi suratlarda 

osmon gumbazi, samoviy jismlar, ularning joylashishi, sayyoralarning orbitalari, qo’zg’almas yulduzlar, dengizlar, okeanlar, 

tog’lar bo’yicha iqlim mintaqalariga bo’lingan yer kurrasi va h. k. lar tasvirlangan. XVII – XVIII asrlarga oid adabiyotlarda 


41 

 

 



Ulug’bek rasadxonasi haqida gapirilib, uning ulkanligi va ulug’vorligi ko’rsatib o’tilad. Rasadxonaning balandligi 31 metr 

bo’lgan va rasadxona tevaragida olimlar va xizmatchilar uchun katta – kichik hujralar qurilgan. 

 

3.

 

I. Gasprinskiy hayoti va faoliyati. 

Sharq  bilan  G’arbni  takoslab,  musulmonlar  va  turkiylar  dunyosi,  hususan  Rossiya  tassarrufidagi  musulmonlarning  jaxon 

tarakkiyotidan uzilib kolayotganini krim-tatar farzandi Ismoil Gaspirali (1851-1914) birinchi bo’lib angladi. U turkiy xalqlardagi 

jaholatni  yo’k  qilish,  ma’naviyat-ma’rifat  orkali  tarakkiy  topgan  mamlakatlar  darajasiga  ko’trish  harakatini  boshlab  berdi.  U 

maorifni isloh qilish, maktablarda dunyoviy fanlarni o’kitish masalalarini ko’tardi. Gaspirali 1884 yilda Krimdagi Bokchasaroyda 

birinchi jadid maktabiga asos soldi. U tashkil kilgan maktab o’kuvchilari uchun o’kuv dasturi tuzdi va darsliklar yozdi. 40 kun 

ichida  12  ta  o’kuvchining  savodini  chikarib,  tezda  shuhrat  kozondi.  «Tarjimon»  gazetasini  chikarib,  o’z  g’oyalarini  tarkata 

boshladi. 1888 yilda  «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh» kitobini nashr etib, jadid maktablarining kurilishi, dars 

o’tish mazmuni, jihozlanishi, sinov va imtixonlar olish usullarini ko’rsatdi. 

Ismoil Gaspirali g’oyalari Turkiston, Buhoro amirligi va Xiva xonligiga ham kirib keldi. U 1893 yilda O’rta Osiyoga 

kelib, ilg’or ziyolilar bilan uchrashdi. Buhoro amiri huzurida bo’lib, bitta jadid maktabi ochishga rozilik oldi. Ana shundan keyin 

Turkiston ziyolilari jadidlar g’oyasini ko’llab maorifni isloh qilish, «usuli jadid» maktablarini ochishga kirishdilar. 

4.

 

“Imperiya” so’ziga izoh bering-hukmdorning cheklanmagan hokimyati joriy etilgan, boshqa ko’plab xalqlarni bo’ysindirgan 



davlat 

 

 



 

 

Instagram: 



http://instagram.com/basit_bro/

 

Telegram: 



http://telegram.me/imtih/

 

Telegram Bot: 



http://telegram.me/ImtihBot/

 

WebSite: 



http://BasBro.ru/

 

WebSite: 



http://imtihon.basbro.ru

 

 



 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling