Tarix fanlaridan bitiruv nazorat imtihon materiallari va javoblar


Download 0.72 Mb.

bet2/12
Sana16.04.2018
Hajmi0.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Qo’qon xonligida Norbo’tabiy madrasasi. XVIII asrning oxirida bunyod etilgan. U tog’ri to’rtburchakli , bir qavatli,hovlili 

va to’rt minorali me’moriy obida. Madrasada gumbazli masjid va panjaralar o’rnatilgan 12 ta derazali darsxona ham mavjud. 

hovlisi atrofida esa peshayvonli hujralar joylashgan 

3.

 

Mahmudxoja Bexbudiy hayoti va faoliyati. 


http://imtihon.basbro.ru/

 

http://basbro.ru/



 

http://telegram.me/imtiht

 

Bizni telegramda kuzating 



@imtih

 

 



 



Mahmudhoʻja Behbudiy (1875 Samarqand — 1919.25.3, Qarshi)— dramaturg, publitsist, din va jamoat arbobi, jadidchilik 

harakati yetakchilaridan biri. Yassaviy avlodidan. 18 yoshidan qozixonada mirzalik qiladi, qozi, mufti darajasiga koʻtariladi. 

Behbudiy haj safarida boʻlgan chogʻida Arabiston, Misr, Turkiyani kezib chiqqan (1899—1900). Sayohat davomida yangi 

maktab (usuli jadid) ochish fikri mustahkamlanib bordi. Samarqand yakinidagi Halvoyi qishlogʻida Ajziy, Rajabaminda 

Abdulqodir Shakuriylar bilan hamkorlikda yangi maktab ochadi. Behbudiy Qozon va Ufaga borib (190304), u yerdagi yangi 

usul maktablari bilan tanishadi, tatar ziyolilari bilan aloqani yoʻlga qoʻyadi. Yangi maktablar uchun darsliklar tuzishga kirishadi. 

„Risolai asbobi savod“ („Savod chiqarish kitobi“, 1904), „Risolai jugʻrofiyai umroniy“ („Aholi geografiyasiga kirish“, 1905), 

„Muntaxabi jugʻrofiyai umumiy“ („Qiskacha umumiy geografiya“, 1906), „Kitobat ulatfol“ („Bolalar xati“, 1908), „Amaliyoti 

islom“ (1908), „Tarixi islom“ (1909) kabi kitoblar chop ettiradi. Keyinchalik (1908 yilda) Shakuriyning Rajabamindagi 

maktabini Samarqanddagi oʻz hovlisiga qoʻchirib keltiradi. Behbudiy 1911 yilda „Padarkush“ dramasini yozdi. Bu birinchi 

oʻzbek dramasi edi. 3 parda 4 manzarali bu asar mazmunan sodda boʻlib, oʻqimagan, johil va nodon bolaning oʻz otasini 

oʻldirgani haqida edi. Behbudiy bu asar janrini „milliy fojia“ deb atagan. Nashr qilishga chor senzurasi yoʻl qoʻymaydi. 

„Borodino jangi va Rusiyaning fransuzlar bosqinidan xalos boʻlishining 100 yillik yubileyi sanasiga bagʻishlanadi“ degan vaj 

bilan Tiflis (Tbilisi) senzurasidan oʻtkazadi. Drama 1913 yil bosilib chiqqan, ammo sahnaga qoʻyish uchun yana bir yilcha vaqt 

ketadi. Asar Samarqandda 1914 yil 25 yanv.da sahnaga qoʻyildi. Drama xalqqa kuchli taʼsir koʻrsatadi. Abdulla Qodiriy 

„Baxtsiz kuyov“ dramasini shuning taʼsirida yozgani maʼlum. „Padarkush“ ham janr, ham mazmuniga koʻra yangi oʻzbek 

adabiyotini boshlab bergan asar boʻldi. Drama Toshkentda 1914 yil 27 fev.da Avloniy tomonidan qayta sahnalashtiriladi. 

Behbudiy 19Z yilda „Samarqand“ gaz.ni chiqaradi. Gazeta oʻzbek va tojik tillarida, haftada 2 marta chop etildi. 45soni  

chiqqach, moddiy tanqislik tufayli nashr toʻxtadi. Shu yil 20 avgdan u „Oyna“ jur. chikara boshladi. Haftalik, suratli bu jur. 

asosan oʻzbekcha boʻlib, sheʼr, maqola (forscha), eʼlonlar (ruscha) ham berib boriddi. Jur. Kavkaz, Tatariston, Eron, 

Afgʻoniston, Hindiston, Turkiyagacha tarqaddi. Behbudiy kitob nashrini ham yoʻlga qoʻyadi. Fitratning „Bayonoti sayyohi 

hindi“sini ruschaga tarjima kiddirib bostirdi (1913). Behbudiy 1914 yil 29 mayda ikkinchi marta Arab mamlakatlariga sayohatga 

chiqadi. Sayohati davomida Bayramali, Ashxobod, Krasnovodsk, Kislovodsk, Pyatigorsk, Jeleznovodsk, Rostov, Odessa 

shaharlarida boʻladi, 8 iyunda Istanbulga keladi. Undan Adrnaga utib, yana Istanbulga qaytadi va 20 iyunda Ismoilbek 

Gasprinskiy bilan uchrashadi. Soʻng Quddus, Bayrut, Yofa, Xalil arRahmon, PortSaid, Shom shaharlarida boʻladi. Sayohat 

xotiralari „Oyna“ jur. da bosilib turadi. Bu „xotiralar“ har jihatdan muhim boʻlib, anʼanaviy tarixmemuar janrining 20-asr 

boshidagi oʻziga xos namunasi edi. Muallif unda yoʻl taassurotlariga, kishilar bilan uchrashuvlarining ibratli tomonlariga keng 

oʻrin beradi. Qaysi shaharga bormasin, uning tarixi, obidalari, u yerdan chiqqan buyuk zotlar haqida maʼlumotlar toʻplaydi. 

Turlituman millatlar, ularning urfudumlari, turmush madaniyati bilan qiziqadi. Ayniqsa, din, eʼtiqod masalalariga katta ahamiyat 

beradi. 

Behbudiy birinchi oʻzbek dramaturgi va teatr arbobi. „Padarkush“ p’esasini yozdi va bu asar Samarqand (1914 15 

yanvar), Toshkent (1914 27 fevral)da („Turon“ truppasi) sahnalashtirildi. 

Behbudiy publitsist sifatida 1901 yildan boshlab Turkiston va hatto undan tashqaridagi koʻplab matbuot namunalarida 300 dan 

  

ortiq maqolalar eʼlon qilgan. 



1919 yilda Buxoro amiri va rus sovet chekasining xodimi yordamida Qarshida qoʻlga olinib, qatl etilgan. Qarshi shahri 1926— 

1937 yillar davomida Behbudiy nomi bilan atalgan. 

4.

 

“Respublika” atamasiga izoh bering.Lotinchadan tarjima qilganda "respublika" so`zi "xalq ishi, umumiy ish" degan 



ma'nolarni anglatadi ("res" — ish, "publika" — xalq) 

 

 



4-

 

Bilet 


1.

 

XVIII asr boshlarida Qo’qon xonligi. 

Farg'ona vodiysi Buxoro xonligi tasarrufida edi. XVIII asr boshlarida Buxoro xonligi ichki kurashlar oqibatida zaiflashadi. Bunday 

vaziyatdan foydalangan jung'arlar Farg'ona vodiysiga tez-tez bostirib kirib, talon- taroj qila boshladilar. Vaziyat ichki kuchlarni 

birlashishga, mustaqil davlat tuzishga undamoqda edi. Dastlab Chust yaqinidagi Chodak qishlog'i xo'jalar jamoasi o'z mulklarini 

mustaqil  deb  e'lon  qildilar.  Vodiydagi  ming  qabilasi  oqsoqollari  yig'ilishib,  Buxoro  xonligidan  mustaqil  davlat  tuzishga  qaror 

qilishgan.  Ming  qabilasi  yo'lboshchilaridan  biri  Shohruxbiy  hukmdor  (1710—1721)  deb  e'lon  qilinadi.1710-yilda  minglar 

chodaklik din peshvolari hokimiyatini ag'dardilar va Farg'ona vodiysida hokimiyatni o'z qo'llariga oldilar. Shu tariqa, Markaziy 

Osiyoda  keyinchalik  Qo'qon  xonligi  deb  atalgan  yangi  davlat  vujudga  keldi.  Tepaqo'rg'on  Shohruxbiyning  qarorgohig 

aylantirildi.Shohruxbiyning o'g'li Abdurahimbiy (1721 — 1733) davrida Xo'jand, O'ratepa viloyatlari qo'shib olindi. U Shahrisabz 

ostonalariga qo'shin tortib bordi va uning hokimi bilan Qo'qonga tobelik haqida bitim tuzishga erishadi. Keyin Samarqandni va 

Jizzaxni egallaydi.  Abdurahimbiy Xo'jandga qaytib  kelgach, qattiq betob bo'lib, vafot etadi. Qo'qon xonligi taxtiga uning inisi 

Abdulkarimbiy  o'tiradi  (1733  —  1750).  U  Eskiqo'rg'on  qal'asi  yonida  hozirgi  Qo'qon  shahriga  asos  solib,  o'z  poytaxtini 

Tepaqo'rg'ondan  Qo'qon  shahriga  ko'chiradi.  Shahar  atrofmi  devor  bilan  o'ratadi.Erdona  hukmronligi  davrida  (1751—1762) 

xonlikning qudrati ortdi. U O'sh va O'zganni bo'ysundirdi. Erdona davrida Qo'qon xonligi g'arbda  Buxoro, sharqda Xitoy bilan 

tengma-teng  kurash  olib  bora  olgan  davlatga  aylandi.  Biroq  hukmronlik  davri  urushlar  bilan  o'tdi.  Toj-u  taxt  uchun  kurash 

kuchaydi.  Nihoyat,  1763-  yilda  taxtga  Abdukarimbiyning  nabirasi  Norbo'tabiy  o'tqizildi  (1763  —  1798).  U  dastlab  Chust  va 

Namangan  hokimlarining  isyonini  bostirdi.  Xo'jandni  qayta  bo'ysundirdi.  Manbalarda  keltirilgan  ma'lumotlarga  qaraganda, 

Norbo'tabiy  davrida  ekinlardan  mo'l  hosil  olinib,  bozorlarda  narx-navo  arzonlashgan.  Har  tomonlama  mamlakatning  qudrati 

o'sgan.Norbo'tabiy vafot etgach, taxtga uning o'g'li Olimbek o'tqizildi. Uning davrida (1798  — 1810) Qo'qonning siyosiy mav- 

qeyi yanada kuchaydi. U Ohangaron vohasini, Toshkent, Chimkent, Sayram va Turkistonni o'ziga bo'ysundirdi. Natijada Rossiya 



 

 



bilan savdo yo'li ochildi. Orenburgga boradigan savdo yo'llari tutashgan joyda xonlikning chegara qal'asi Oqmasjid qurildi. U o'z 

davlatini 1805-yili rasman Qo'qon xonligi deb, o'ziga esa „xon" rutbasini oldi va uni Olimxon deb atay boshlashdi. Olimxonning 

markazlashgan kuchli davlat tuzishga intilayotganligi ayrim qabila boshliqlari orasida keskin norozilik tug'dirdi.Qo'qon xonligi 

davlat  tuzumiga  ko'ra  mutlaq  monarxiya  edi.  Davlat  boshlig'i  xon  bo'lib,  u  rasman  cheklanmagan  huquqqa  ega  bo'lgan.  Xon 

davlatni hukmron qabila, ruhoniylar, boshqa qabilalarning nufuzli tabaqalari, davlat boshqaruvi amaldorlari va harbiylarga tayanib 

boshqargan.Mulla Olim Mahdumxo'ja Toshkandiyning 1915-yilda Toshkentda nashr etilgan „Tarixi Turkiston" asarida Qo'qon 

xonligidagi mansablarga ta'rif berilgan.Unda ta'kidlanishicha, xondan keyingi o'rinda qo'shbegi turgan. 

 

2.



 

Ismoil Somoniy maqbarasi to‘g‘risida ma'lumot bering. 

X asrda qurilgan Ismoil Somoniy maqbarasi Buxorodagi eng qadimiy va chiroyli yodgorliklardan biridir.U hozirgi paytda ham 

xuddi 1000 yil ilgarigidek chiroyli ko'rinishga ega. Somoniylar asli fors bo'lgan birinchi tojik hukmdorlaridir (eramizning 875- 

999 yillari). Ular poytaxti Buxoro bo'lgan buyuк davlatni barpo etishgan. O'sha davr qurilish, san'at turlari, matematika, 

geometriya, fizika singari aniq fanlarning yuksak darajada rivojlanishi bilan xarakterlanadi.Buxorodagi Ismoil Somoniy 

maqbarasi Buxoro shahri hududida aniq hisob-kitoblarga asosan qurilgan dastlabki bino edi. Butun ilm ahli bu hisob-kitoblar 

qanchalik o'ta mantiqiy va shu bilan birga chiroyli chiqqaniga hali ham ajablanadi. Tikka, ko'ndalang, to'g'i burchak ostida 

terilgan pishiq g'ishtlar quyoshning turli darajadagi nurlari bilan yoritilgan. Maqbara devorlari naqshinkor quti yoki ba'zan 

majnuntol xivichlaridan to'kilgan savatga o'xshab ketadi. Buxoroga safar qilsangiz siz albatta bu yodgorlikni borib ko'rishingiz 

lozim. Buxoro ahlining ishonchi komil: agar siz maqbarani ko'rmagan bo'lsangiz — siz Buxoroni ko'rmabsiz. 



Al-Xorazmiyning hayoti va ilmiy faoliyati.Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy - (taxminan 780-850 yillarda 

yashagan) - mashhur Markaziy Osiyolikqomusiy olim.U taxminan, 780-yilda Xorazmda

[1] 

(hozirgi Xivada, Oʻzbekiston) 



dunyoga kelgan va 850-yillarda Bag'dodda vafot etgan. Al-Xorazmiy oʻz umrining aksariyatini Bagʻdodda Bayt ul- 

Hikmada olim sifatida faoliyat yuritdi.Uning Algebra asari chiziqli va kvadrat tenglamalarning tizimli yechimi toʻgʻrisidagi 

birinchi kitobdir. Shu sababdan, u Diofant kabi "algebra fanining otasi" degan unvonga sazovor boʻldi.

[2] 


Uning hind raqamlari 

haqidagi Arifmetika asarining Lotin tiliga tarjimasi 12-asrda Gʻarb olamiga oʻnlik raqamlar tizimi haqidagi tushunchani olib 

kirdi.

[3] 


Al-Xorazmiy Batlimusning "Joʻgʻrofiya" asarini koʻrib chiqib, yangiladi va shuningdek, uning oʻzi ham astronomiya va 

astrologiyaga oid bir qancha asarlar yaratdi.Al-Xorazmiy nafaqat matematika sohasiga, balki shuningdek tillarga ham katta hissa 

qoʻshqan olimdir. "Algebra" soʻzi, olimning kitobida qayd etilishicha, kvadrat tenglamani yechishda qoʻllaniladigan 2 

amaliyotning biri nomidan olingandir. "Algoritm" soʻzining oʻzagi esa Algoritmi boʻlib, u olimning 

ismini Lotinlashtirishdan kelib chiqqan.

[4] 


Shuningdek, ispan tilidagiguarismoʻ'

[5] 


va portugal tilidagi algarismoʻ' soʻzlari 

ham(ikkalasi ham raqam maʼnosini beradi) uning ismidan kelib chiqqan. 1973 yilda Xalqaro astronomiya 

ittifoqi Oydagi kraterni Al-Xorazmiy nomi bilan atadi. Al-Xorazmiy krateri Oyning Yerga teskari tomonida ekvatorga yaqin 

joylashgan. 



Xorazmiy, Abu Jaʼfar (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (783, Xiva — 850, Bagʻdod) — matematik, 

astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Dastlabki maʼlumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim boʻlib 

shakllangan. Bunda arab istilosidan soʻng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani anʼanalari asosiy rol 

oʻynagan. Xalifa Horun ar Rashidning oʻgʻli va uning Xurosondagi voliysi al Maʼmun huzuriga — Marvga taklif etilgan. 819 

yilda Bagʻdodni egallagan al Maʼmun Markaziy Osiyolik olimlardan X., Ahmad al Fargʻoniy, Habash al Hosib Marvaziy, Abul 

Abbos Javhariy va boshqalarni oʻzi bilan olib ketib, oʻziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki 

rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa — "Bayt ul Hikmat" ("Donishmandlik uyi") ning asosini tashkil etgan. Bu 

akademiyada X. yetakchi olim va ilmiy rahbar boʻlgan. U shu davrdan boshlab Bagʻdodda al Maʼmun (813 — 833), soʻng al 

Moʻʼtasim (833 842), al Vosiq (842 —847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan. 

3.

 



“Enolit” atamasini tushuntirib bering. Mis-tosh, lotincha "eneus" — "mis" va yunoncha "litos" — "tosh" so‘zlaridan. m.a 

4-3 ming yilliklar 

 

5-

 

bilet 


1.

 

Afina davlati qadim zamonlarda. 

O`rta Yunonistonning janubi sharqiy qismida tog`lik Attika viloyati joylashgan yarimorol mavjud edi. Mil. avv. 2-mingyillikda 

Attikaning g`arbiy qismida yunonlar "Akropof, ya'ni "Yuqori shahar" deb atalgan qal'a quradilar. Bora-bora Akropol tevaragiga 

odamlar ko`chib kelib o`rnasha boshladilar, shu tariqa Afina shahri dunyoga keldi. Attika aholisi uch katta guruhga bo`lingan 

edi, jumladan: qullar, ajnabiylar (meteklar) va fuqarolar. Otasi va onasi ozod afinalik bo`lgan erkaklargina Afina fuqarosi bo`la 

olar edi. Afina davlati fuqarosi bo`lish nafaqatfaxrli, qolaversa foydali edi, negaki miloddan avvalgi V asrdan boshlab davlat 

organlarida ishlashga muayyan haq to`lana boshladi. 

Eslab qoling! Attika aholisi uch katta guruhga bo`lingan edi, jumladan: qullar, ajnabiylar (meteklar) va fuqarolar. 

Faqat fuqarolar barcha huquqlardan foydalanardilar. Fuqarolar shuningdek og`ir mehnat va salomatlikka zarar yetkazuvchi 

ishlardan ozod qilingan edilar. Forslar ustidan g`alaba qozonilganidan keyin quldorlar qullar hayotini qadrlamay qo`yishdi, 

chunki ular shu qadar ko`payib ketganki, arzimas pulga sotilar edi. 

Kumush konlari mahsuloti va tuz qazib olish Afina davlatiga katta daromad keltirar edi. Bundan tashqari, Afina dengiz ittifoqi 

mustahkamlanishi bilan dengiz savdosi ham rivoj topdi. Afinaning asosiy portiga aylangan Pirey bandargohidan mamlakatga 

minglab qullar va xilma-xil tovarlar keltirilar edi. 

Eslab qoling! Yunon haykaltaroshlari haykallarorqali har bir o`spirinkuchJi, jismonan baquvvat va o`z vatanini himoya qilishga 

tayyor bo`lishi losimligini ifodalaganlar. Afina dengiz ittifoqi g`aznasi Afina shahrida joylashgan, shahar hukmdorlari undan o`z 

ixtiyoriga ko`ra foydalanar edi. 

2.

 

D.Defoning 

“Robinzon 

Kruzoning 

hayoti 

va 

ajoyib 

sarguzashtlari” 

romanidagi 

bosh g‘oya 

D. Defoning qahramoni Robinzon Kruzo ishbilarmon, mehnatsevar, o'z kuchiga ishonuvchi inson.Robinzon kimsasiz orolda 



http://imtihon.basbro.ru/

 

http://basbro.ru/



 

http://telegram.me/imtih

 

Bizni telegramda kuzating 



@imtih

 

 



 

tirishqoqlik bilan uy quradi, idish-tovoq tayyorlaydi. Mebel yasaydi, hayvonlarni o'ziga о'rgatadi va ularni ko'paytiradi. Robinzon 

boshqalarni ham ishlashga majbur qila oladi. Bunga o'limdan qutqarib qolingan yovvoyi Jumavoy obrazi misoldir. Robinzon uni 

o'ziga  xizmatkor  qilib  oladi.  Robinzon  -  yangi  shakllanayotgan  qatlam  -  burjuaziya  vakili  obrazidir.  Unda  uchinchi  tabaqa 

vakilining uddaburonligi va sog'lom fikri aks etgan. Asar mehnat, aniq insoniy fikr, tirishqoqlik va jasorat madhiyasi bo'lib qoldi. 

3.

 

Maxmud Zamaxshariyning hayoti va ilmiy faoliyati. 

Xorazm vohasida azaldan jahon fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ko‘plab allomalar yetishib chiqqan. Ayniqsa, 

o‘rta asrlarda bu diyor ilm-fanning turli sohalari bo‘yicha samarali ijod qilgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon al- 

Beruniy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Ibn Miskavayh, Abu Nasr al-Iroq, Abu Sayhl Masihiy, Abul Xayr ibn al-Hammor 

kabilarning dong‘i butun Mag‘ribu Mashriqqa tarqalgan. Xorazm zaminida tavallud topgan buyuk allomalardan biri Abul Qosim 

Mahmud az-Zamaxshariydir. Uning to‘liq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad (ba’zi manbalarda Ahmad) 

bo‘lib, u hijriy 467-sana rajab oyining yigirma yettinchsiesda- chorshanba kuni (milodiy hisobda 1075 yilning 19 martida) 

Xorazmning katta qishloqlaridan biri Zamaxsharda tavallud topgan. Shu boisdan ham az-Zamaxshariy taxallusini olgan. U 

Makkada yashagan paytda iskandariyalik bir shogirdi, “Al-Aqd as-samiyn fi ta’rix al-balad al-amiyn” nomli tarixiy asarning 

muallifi Shahobuddin Ahmad ibn al-Husniy al-Molikiyga yo‘llagan maktubida o‘zi haqida “Men Mahmud ibn Umar ibn 

Muhammad ibn Ahmad al-Xorazmiyman, keyin az-Zamaxshariyman. Xorazmning bir qishlog‘iga (Zamaxsharga) mansubman. 

Zamaxshar to‘g‘ilgan yurtimdir”,-deb yozgan. 

Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, Mahmud az-Zamaxshariy avval o‘z yurti Xorazmda, undan keyin Buxoroda taxsil 

ko‘rgan. Ko‘pgina xorijiy ellarga, jumladan, Marv, Nishopur, Damashq, Bog‘dod, Makka va Hijozga safar qilgan. U 

tilshunoslik, lug‘atshunoslik, adabiyot, jo‘g‘rofiya, tafsir, hadis, fiqh ilmlarida ellikdan ortiq yirik asarlar yaratgan bo‘lib, 

ularning aksar qismi bizgacha yetib kelgan. Az-Zamaxshariy 1144 yilda Xorazmda vafot etgan. 

Buyuk mutafakkir az-Zamaxshariy biz avlodlarga boy va ulkan me’ros qoldirgan. U tilshunoslik, lug‘atshunoslik , 

adabiyot, aruz, jo‘g‘rofiya, tafsir, fiqh va ilm-al qiroatga oida oltmishga yaqin asar yaratgan bo‘lib, baxtimizga ularning 

aksariyati bizgacha yetib kelgan. 

Darhaqiqat, o‘z bilim  tafakkurining chuqurligi va noyob iste’dodining keng qamrovligi tufayli az-Zamaxshariy o‘z 

davrida “ustoz ul-arab va-l-ajam”(“arablar va g‘ayri arablar ustozi”), “Faxru-l-Xvarazm”(“Xorazm faxri”), Makkada o‘zoq vaqt 

yashaganligi uchun Jorulloh (“Allohning qo‘shnsies”) kabi sharafli nomlarga sazovor bo‘lgan edi. Hind Xusayn Toho 

ta’kidlaganidek, u o‘z yurti Xorazmda bo‘lsa ham yoki o‘zi ziyorat qilgan Sharqning ko‘plab shaharlarida ham doimo mashhur 

olimlar shoir va adiblar davrasida bular, ular bilan qizg‘in ilmiy bahslar, munozaralarda ishtirok qilardiyu ilm ahllari uning 

fikriga qo‘loq solar edilar. Manashu ulkan obro‘-e’tibor va buyuk daho e’timol unga o‘z asarlaridan birida “va inniy fi Xorazm 

kaabat ul-adab” “rostdanham men Xorazmda adiblar uchun (bir) Ka’baman” deb yozishga asos bo‘lgan bo‘lsa kerak. 

Xajm jixatidan juda katta bo‘lgan va ba’zi hollarda iboralarni idrok etib chuqur anglash murakkablik tug‘dirganidan 

az-Zamaxshariydan so‘ng o‘tgan ba’zi mualliflar bu asarni qisqartirib, soddalashtirib, uni muhtasar xolga keltirganlar. Shular 

jumlasidan Mavlona Muhiddin ibn al-Xatiyib Qosim ibn Yaqub (U 940/1534 yilda vafot etgan) az-Zamaxshariyning ushbu 

as

8



arini muxtasar holga keltirib, uning g‘oyatda foydali o‘rinlarini olib, “Ravzu-l-axbor al-muntaxab  min Rabiy’u-l-abror” 

  

(“Rabiy-ul-abror ” dan tanlab (saralab) olingan xabarlar chamanzori) deb nomlab, 92(tuqson ikki) bobdan iborat bo‘lgan asar 



aslini “50(ellik) chamanzor” (ravza)ga keltirib qisqartirgan. Bundan tashqari asarning boshqa qisqartirilgan nushalarini ham 

ko‘rish mumkin. Jumladan Turkiyaning Stanbul shahridagi OYA So‘fiya nomli kutibxonasida 4331 raqami ostida 

saqlanayotgan bir qo‘lyozma “Nuzhatu-l-musta’nis va nuzhatu-l-muqtabis” (“Sururga intilganlar oromi va talabgorlar uchun 

(qulay) fursat ”) nomi bilan atalgan va u “Robiy’ ul-abror” ning qisqartirilgan muhtasar nusxasidir. Shuningdek Hindiston 

(Dehlidagi) Xudabaxsh kutibxonasida saqlanadigan 2607 raqami ostidagi qo‘lyozma “Nafahatu azhor Rabiy’ul abror” (“Rabiy’ 

ul-abrordagi gullar xushbuyliklari”) deb atalib, u ham az-Zamaxshariyning “Rabiy’ ul-abror” asarining soddalashtirilgan nusxasi 

hisoblanadi. 

4.“Jadid” atamasiga izoh bering. Jadid (arabcha) - yangi, yangilik tarafdori, yangilik uchun kurashuvchi. 

 

6-



 

bilet 


XVI asrda Xiva xonligi. Xorazim hududida jami 20ga yaqin o’zbek qabilasi istiqomat qilar edi. Ular orasida qo'ng'irot, 

mang'it, nay man, qipchoq va qiyot qabilalari ko'p sonli va eng kuchli qabilalar bo'lgan.Shayboniyxon bosqini arafasida 

Xorazm Тemuriy Sulton Husayn Boyqaro boshliq Xuroson davlati tasarrufida edi. Xorazmda qo'ng'irot qabilasidan chiqqan 

Chin So'fi hokim edi. U rasman Husayn Boyqaro noyibi hisoblanardi.1505-yili Shayboniyxon, 1510-yilda esa Eron hukmdori 

shoh Ismoil Xorazmni bosib oldilar. Biroq shoh Ismoilning hukmronligi uzoqqa bormadi. Vazir shahri qozisi Umar qozi 

yetakchiligida safaviylar hukmronligiga qarshi harakat boshlanadi.Xorazmning mo'tabar zotlari mamlakat taxtiga Shaybon 

avlodlaridan Berka Sultonning o'g'li Elbarsxonni o'tqizishga qaror qildilar. U bu davrda Dashti Qipchoqda edi. Berka Sultonning 

xonadoni Shayboniyxon xonadoni bilan garchand bir shajaradan bo'lsa-da, ular o'zaro dushmanlik munosabatida edilar. 1480- 

yilda o'zaro toj-u taxt uchun kurashda Muhammad Shayboniyxon tomonidan o'z bobokaloni Shaybonxon avlodiga mansub 

Berka Sultonning o'ldirilganligi buning sabablaridan biri edi.Xorazmning erksevar xalqi Elbarsxon yetakchiligida 1511— 1512- 

yillarda Eron qo'shinlarini mamlakatdan butunlay quvib chiqarishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa 1511-yilda Xorazm mustaqilligi 

tiklandi va bu davlat endi Xiva xonligi deb atala boshlandi. Bu davlat asoschisi ham shayboniylar vakillari bo'ldi. Xiva xonligida 

shayboniylar hukmronligi 1770-yilgacha davom etdi.Elbarsxon davrida mamlakat poytaxti Vazir shahridan Urganch shahriga 

ko'chirildi. Elbarsxon Vazir shahrini Eron qo'shinlaridan ozod etgach, bu g'alaba sharafiga o'z o'g'illari nomiga „g'ozi" laqabini 

qo'shib aytislmi buyurgan. Elbarsxon davrida Dashti Qipchoqdan Xorazmga ko'pgina qabilalarning ko'chib kelishi yanada 

kuchaydi. Natijada xonlik hukmdoriarining ijtimoiy tayanchi mustahkamlandi. Bu omil Xiva hukmdoriga xonlik hududini 

qo'slmi davlatlar hisobiga kengaytirib olish imkonini berdi. Chunonchi, Elbarsxonning 1516-yilgacha bo'lgan hukmronlik 

davrida Shimoliy Xuroson, Saraxs, Oral va Mang'ishloq egallandi.Movarounnahrdagi Shayboniylar davlati singari Xiva xonligi 

ham bir qancha katta kichik mulklarga bo'lingan.Xiva xonligining aholisi etnik, madaniy va til jihatdan bir-biridan keskin farq 



 

 



qiluvchi uch guruhga bo'lingan:1qadimiy xorazmliklarning bevosita avlodlari;2turkman qabilalari;3Dashti Qipchoqdan 

Xorazmga ko'chib kelgan qabilalar. Ayni paytda ular markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslikka,mustaqillikka intilishgan. Bu hol 

o'zaro nizolarni keltirib chiqargan.Xiva xonligida yirik o'zbek qabilalarining boshliqlari amalda mustaqil mulk egalariga 

aylangan. Ular xonlikning butun ijtimoiy- siyosiy hayotiga hal etuvchi ta'sir ko'rsatib kelganlar.XVI asrda Xiva xonligi iqtisodiy 

inqirozga duchor bo'ldi. Buning asosiy sabablaridan biri — Amudaryoning o'z o'zanini o'zgartirib, 1573-yildan boshlab Kaspiy 

dengiziga oqmay qo'yganligi bo'ldi. Daryo 15 yil davomida Oral dengizi yo'nalishiga burildiki, natijada eski o'zan atrofidagi 

yerlar cho'lga aylandi. Aholi esa xonlikning boshqa hududlariga ko'chib o'tishga majbur bo'lgan. Bundan tashqari, Xiva 

xonligining XVI asrda ikki marta Buxoro xonligi tomonidan bosib olinishi, shuningdek, o'zaro qabilaviy urushlar, og'ir soliqlar 

hamda turli to'lov va jarimalar mamlakat aholisini xonavayron qilgan. Bu hoi savdo-sotiqqa katta putur yetkazgan. Markaziy 

Osiyoda dastlab tashkil topgan Buxoro munosabatlari sida doimo o'zaro dushmanlik munosabatlari hukm surgan. Buning asosiy 

sababi — xonliklarning doimo bosqinchilik urushlari hisobiga o'z hududlarini kengaytirishga urinishlari bo'lsa, ikkinchisi, 

Buxoro va Xiva xonligida hukmron sulolalarning bir-biriga g'anim bo'lib qolgan xonadonlarga mansubligi edi.Xivani Buxoroga 

bo'ysundirish harakati Ubaydullaxon davrida boshlandi. Ubaydullaxon 1537—1538-yillarda Xorazmga hujum qilib, Xiva 

xonligini Buxoroga bo'ysundiradi. Xiva xoni Avaneslixon (1525—1538) qo'shinlari tor-mor keltirildi, xonning o'zi esa o'ldirildi. 

Ubaydullaxon o'g'li Abdulazizni Xorazmga noib etib tayinladi. Biroq bu ahvol uzoq davom etmadi. Mahalliy xalq Avaneslixon 

avlodlari boshchiligida mamlakatni ozod etdi. Ubaydullaxon yuborgan qo'shin ham tor-mor keltirildi. Abdulazizxon 

Urganchdan Buxoroga qochib ketadi. Keyingi hukmdorlar davrida ham bu ikki xonlik o'rtasidagi adovat va dushmanlik 

to'xtamadi.Jumladan, Buxoro xoni Abdullaxon II 1593-yili Xiva xonligini bosib oladi. Xiva xoni Hojimxon (1558—1602) oilasi 

bilan Eron shohi Abbos huzuriga qochishga majbur bo'ladi. 1595- yilda Xiva sultonlari xonlikning yirik shaharlarini 

egallaydilar. Lekin shu yili Abdullaxon II Xiva xonligi ustiga yana qo'shin tortib keladi. Hoji Muhammad (Hojimxon) yana 

Eronga qochadi. Faqatgina 1598-yili Abdullaxonning vafotidan keyin Buxoro xonligida boshlangan o'zaro toj-u taxt uchun 

kurashlar oqibatida Hojimxon Xiva xonligi taxtini qayta egallashga va o'z hokimiyatini mustahkamlab olishga erishadi. Bu 

davrda Xiva xonligi Mang'ishloq, Bolxon tog'lari, Dehiston, O'zboy, Shimoliy Xuroson hududlarini ham o'z tasarrufiga olgan 

edi. 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling