Tarix fanlaridan bitiruv nazorat imtihon materiallari va javoblar


Download 0.72 Mb.

bet3/12
Sana16.04.2018
Hajmi0.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

2.

 

Onore de Balzakning “Inson komediyasi” romanidagi bosh g‘oya. 

XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan yozuvchilardan biri fransiyalik Onore de Balzak (1799-1850) edi.U burjuaziya jamiyatini 

haqqoniy  tasvirlashda  beqiyos  yozuvchi  bo'lgan.  Balzak  o'z  asarlarini  «Insoniy  komediya»  degan  umumiy  nom  ostida 

yaratdi.Uning maqsadi badiiy obrazlar orqali jamiyatning ma'naviy qiyofasini ochib berishdan, jamiyatdagi barcha tabaqalarning 

tipik vakillarini kо'rsatishdan iborat edi.Balzak romanlarining qahramonlari jinoyatlar evaziga о 'z boyliklarini ko'paytirayotgan 

bankirlar va savdogarlar, berahm va shafqatsiz sud- xo'rlar, o'z hayotini behuda o'tkazayotgan mansabparast va shuhrat- parast 

kishilar - o'z maqsadlariga har qanday vositalar bilan erishadigan kishilardir. Balzak asarlari burjuaziya jamiyatiga qarshi o'ziga 

xos aybnoma edi. 



3.

 

Imom al-Buxoriy hayoti va faoliyati. 

 

 

Imom al-Buxoriy (asl ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy) (810.21.7, Buxoro — 870.31.8, Samarqand 

yaqinidagi Xartang qishlog‘i) — islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muhaddis. Muhaddislar imomi, hadis ilmining 

sultoni deb ham yuritiladi. 

Otasi Ismoil o‘z davrining yetuk muhaddislaridan, Molik ibn Anasning shogirdi va yaqinlaridan biri bo‘lib, tijorat ishlari bilan 

shug‘ullangan. Onasi taqvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5— 

6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (sav)ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishadi. 

Taniqli muhaddislar — al-Doxiliy, Muhammad ibn Salom al-Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf al-Poykandiy, Abdulloh ibn 

Muhammad al-Masnadiy va boshqalardan saboq olgan. Azaldan muhaddislar safarga chiqishdan oldin o‘z yurtidagi 

roviylardan birorta ham hadis qoldirmasdan yozib olgan bo‘lishi va shundan keyingina boshqa shahar yoki mamlakatga safarga 

otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga yetguncha, o‘z yurtidagi mashoyixlardan hadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli 

viloyatlari tomon yo‘l oladi. 

825 yili Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi 

Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan mashoyixlarning ilmiy yig‘inida qatnashadi. 827 yili Madinaga boradi. 

Madinadagi mashhur ulamolardan Ibrohim ibn al-Munzir, Mutrif ibn Abdulloh, Ibrohim ibn Hamza va boshqalar bilan 

muloqotda bo‘lib, ulardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda Rasulullohning sahobalari, sahobalarning izdoshlari turli 

mamlakatga tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muhammad(as)ning hadislarini to‘plash turli shahar va mamlakatlarga 

borishni taqozo qilar edi.Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o‘lmas merosi elyurti bag‘riga qaytdi. O‘zbekiston Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasining «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash 

to‘g‘risida»gi qarori (1997 yil 29 aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, xotirasini 

abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998 yil 23 oktyabrda Samarqandda yubiley to‘ytantanalari bo‘lib o‘tdi. Alloma 

abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Xartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi.Buxoriyning boy ma’naviy 

merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi 

bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi tuzildi (1998 yil 4 noyabr; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamg‘armaning asosiy 

vazifasi Qur’oni karim va Buxoriyning «al-Jomi’ as-sahih»i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk 

islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniy-falsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar o‘tkazish va shular yordamida yosh 

avlodni milliy an’analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000 yildan boshlab mazkur jamg‘arma o‘zining 

ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy «Imom al-Buxoriy saboqlari» jurnalini nashr eta boshladi. Jurnal xalqimizni milliy-ma’naviy 

merosimizdan bahramand etish, milliy, diniy qadriyatlarning sog‘lom idrok etilishiga yordam berishni uz oldiga maksad qilib 

qo‘ygan. O‘zbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. 

Toshkent Islom institutiga Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bag‘ishlab bir necha tillarda kitob-albom, 2 

qismli film (1995), «Hadis ilmining sultoni» 4 qismli kinoqissa (1998) yaratilgan. 



http://imtihon.basbro.ru/

 

http://basbro.ru/



 

http://telegram.me/imtih

 

Bizni telegramda kuzating 



@imtih

 

 



 

 

4.“Renesans” atamasiga ta’rif bering.(fransuzcha-qayta yuzaga kelmoq,yangidan tug’ilmoq)-G’arbiy Yevropada uyg’onish 

davrini anglatuvchi atama 

 

7-



 

bilet 


1.

 

O‘rta Osiyoda Ahamoniylar davlati.

 

Mil. avv. VI asrda hozirgi Eron hududida  Ahamoniylar sulolasi- ga mansub shohlar asos solgan Fors podsholigi vujudga 

keldi. Ahamoniylar podsholigi jahondagi eng yirik davlatlardan biri bo'lgan. Bu hududda qadim zamonlarda  kassiylar, elamiy- 

lar singari turli qabilalar yashab kelgan. Mil avv. IX asrda bu mamlakatga midiyaliklar va forslar ko'chib o'rnashadi. 

Eron o'zida katta yassitog'likni mujassam etgan mamlakatdir. Mamlakat hududi deyarli hamma to- monidan o‘rmon bilan 

qoplangan  tog'lar  bilan  qur-  shalgan.  Tog'oldi  vodiylarda  aholi  dehqonchilik  bilan  shug'ullangan,  jazirama  cho'l  mintaqalarida 

chorva- dorlar mehnat qilgan va kun kechirgan. 

Eron ham Kichik Osiyo, Mesopotamiya, Kavkazorti, Orta Osiyo va Hindiston mamlakatlarini bog'lab turgan karvon yo'llari 

chorrahasida joylashgan edi. 



Mil. avv 3-ming yillikda Eronning g’arbiy qismida Msopotamiya bilan chegarada Elam davlati vujudga keldi. Bu davlatning 

poytaxti Suza shahri bo'lgan. Elamda jahondagi eng qadimiy yozuv- lardan biria yaratilgan edi. 

Mil. avv. IX asrda Kaspiy dengizidan janubi g'arbda joylashgan Midiyada qabilalar ittifoqlari vujudga keldi. Mil. avv. VII asrda 

podsho Kiaksar hukmronligi davrida Midiya qudratli davlatga aylandi. Mil. avv. 612—605- yillarda Midiya davlati Bobil bilan 

ittifoq bo'lib Ossuriyani bosib oldi. 

Eron janubida, Fors ko‘rfaziga tutashib ketgan yerlarda Fors viloyati — qadimgi forslar o'rnashgan o‘lka joylashgan edi. 

Mil. avv. 558- yilda Ahamoniylar sulolasidan bo‘1- mish podsho Kir II barcha forslarni o‘z hokimiyati ostida   birlashtirdi. 

Midiya podsholigini bo'ysundirganidan so'ng Kir II ulkan lashkar tuzdi va bosqinchilik yurish- larini davom ettirdi. Armaniston, 

Midiya va Bobil zabt etildi (mil. 539-yil). Eronliklar 0‘rtayer dengizi sohili- ga chiqdilar, Falastin va Finikiyani itoatga kirgazdilar. 

Kir II ning Orta Osiyoga, saklarvmassagetlarustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Kir II ning istilochilik siyosatini vorislari 



Kambiz va Doro I ham davom ettirdilar. Kambiz Misrni zabt etishi bilan Eron davlati hududini nihoyatda kengaytirdi. 

Miloddan avvalgi 522- yilda shoh Doro I (mil. avv. 522 — 486-yillarda hukmdor) Qadimgi Fors davlati taxtiga chiqdi. Bu 

paytda bosib olingan barcha mamlakatlarda qo'zg'olonlar alangalanib ketdi. Ahamoniylar shohi Doro I ularni bostirishga kirishdi. 

Doro I butun mamlakat uchun “doroyi” deb nom- langan yagona oltin tangani muomalaga kiritdi. Persepoldan 0‘rtayer 

1

de

0



ngiziga 

qadar “shoh yo'li” degan podsho savdo yo'li qurilgan edi. Doro I armi- yani qaytadan tuzdi, saltanatni “satrapliklar” 

deb nomlangan alohida harbiy o'lkalarga taqsimladi. 

Doro I Qora dengiz bo'ylarida yashovchi skif- lar ustiga yurish qildi. Doro I ning Kichik Osiyo- dagi yunonlar koloniyalari 

va Frakiyani bosib oli- shi yunon-fors urushlari boshlanib ketishiga sabab bo'ldi. Doro I hukmronligi davrida Hindiston shimoli- 

dan 0‘rtayer dengiziga qadar yastangan ulkan im- periya barpo etildi. 

Suza, Ekbatana va b shaharlar ahamoniylar davlatidagi muhim savdo markazlari edi. 

Persepol shahrida Doro I va Kserksning muazzam xo- nalar va yuz ustunli zali bo'lgan saroyining qoldiql&ii saqlanib qolgan. 

Saroy afsonaviy  va  xayoliy qushlar tasviri bilan bezatilgan edi. Persepol bo'rtma naqsh- larida ahamoniylar itoatga  kirgazgan 

ko'pgina xalqlar va elatlarning nomlari saqlanib qolgan. Ular asosan Eron shohlariga peshkash va o'lpon keltirayotgan ho- latda 

tasvirlangan. 

Qadimgi forslar mixxatsimon belgilar bilan yo- zishgan. Fors shohlarining bitiklari Behistun va Naqshi Rustam qoyalariga, 

shuningdek, Persepol saroyi de- vorlariga chekib yozilgan. Ular yurishlar, qo‘zg‘olonlar va davlat hayotidagi muhim voqealar 

haqida ma’lumot beradi. 

Makedoniyalik  Aleksandr  mil.  avv.  330-yilda  Fors  davlatini  bosib  oldi.  Ahamoniylar  davlati  ikki  yuz  yildan  ziyod 

hukmronlik qilgan. 

2.

 

Qoraqalpoq adabiyotining asoschisi Berdaq ijodida asosiy g‘oyalari.

 

Berdaq o‘zining axloqiy qarashlarida Sharqning eng yaxshi an’analarini davom ettirdi. U “Izladim”, “Xalq uchun”, 

“Yaxshiroq”, “Menga kerak” kabi she’rlarida kishilarning halol mehnatini ulug‘laydi. Uningcha, har bir odamning asosiy burchi 

xalqqa va uning farovonligi yo‘lida xizmat qilishdir. Berdaq axloqiy qarashlarining yana bir muhim tomoni – kishilarni hurmat 

qilish, ayniqsa, qarilar, zaif va nogironlar, kambag‘al va beva-bechoralarni izzat nafsiga tegmaslik, ularga iloji boricha yordam 

ko‘rsatishdir. Berdaq xuddi Navoiy kabi odamlarni axloq-odobiga qarab, ularni ikkiga: yaxshi va yomonga bo‘ladi. Yaxshi 

odam deganda, u butun insoniy fazilatlarni o‘zida to‘plagan dono, aqlli, bilimdon, o‘zgalarga yordam beruvchi, fe’l-atvori go‘zal 

kishilarni ko‘z oldiga keltiradi. Yomon odam esa Berdaqning nazarida, xalqning ofatidir, u xalqni ham, og‘a-inini ham qadriga 

yetmaydi. Umuman olganda, shoir axloqiy qarashlarining markazida insoniylik turadi. 

Berdaq qo‘p she’rlarida bolalarni tarbiyalash, kattalarni hurmat qilish, yosh avlodga vatanparvarlik, o‘z xalqiga muhabbat, 

xalqlar o‘rtasida do‘stlik va birodarlik g‘oyalarini singdirishga intildi. 


11 

 

 



Berdaq qoraqalpoq xalqining mashhur shoiri, asl farzandidir. Qoraqalpog‘istondagi ko‘pgina maktablar, ko‘chalar, kinoteatrlar, 

kutubxonalar shoirning nomiga qo‘yilgan. Shuningdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat mukofoti ta’sis etilgan. Bu 

mukofot badiiy adabiyot, san’at va me’morchilik sohasidagi eng yaxshi ishlarga beriladi. 

Berdaqning yuksak insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan adabiy, ijtimoiy-siyosiy va falsafiy g‘oyalari hozirga mustaqillik 

sharoitida ham o‘z tarbiyaviy ahamiyatini saqlab qolmoqda. 

3.

 



Abu Ali ibn Sino hayoti va faoliyati.Abu Ali ibn Sino Oʻrta Osiyolik olim, faylasuf. 980-yilning 18- 

iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037-yilning 16-avgustidaHamadonda vafot etgan. 

Gʻarbda Avitsenna (ingl. Avicenna) ismi bilan mashhur. 

Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga 

koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlogʻida Sitora ismli qizga uylanib ikki oʻgʻil 

farzand koʻradi. Oʻgʻillarining kattasi Husayn (I. S), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, I. S. lar oilasi poytaxt — 

Bu-xoroga koʻchib keladi va uni oʻqishga beradilar. 10 yoshga yetaretmas I.S. Qurʼ-on va adab darslarini toʻla oʻzlashtiradi. 

Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shugʻullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. I. S.ning ilm sohasidagi 

dastlabki ustozi Abu Abdulloh. Notiliy edi. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur boʻlgani uchun otasi I.S.ni unga 

shogirdlikka berdi. Notiliyning qoʻlida olim mantiq, handasa va falakiyotni oʻrgandi va baʼzi falsafiy masalalarda ustozidan ham 

oʻzib ketdi. I. S.ning aql-zakovatini koʻrgan ustozi otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shugʻullantirmaslikni tayinlaydi. 

Shundan soʻng ota oʻgʻilga ilm oʻrganish va bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Abu Ali tinmay 

mu-tolaa qilib, turli ilm sohalarini oʻzlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni oʻqidi, xususan, tabobatni 

sevib oʻrgan-di va bu ilmda tez kamol topa boshladi. 

I.

 

S. ning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur alhasan ibn Nuh alQumriyning 



xizmati katta boʻldi. I. S. undan tabobat darenii olib, bu ilmning koʻp sirlarini oʻrgangan. Qumriy bu davrda ancha keksayib 

qolgan boʻlib, 999 y. da vafot etdi. 

I. S. 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. Oʻsha kezlarda hukmdor Nuh ibn Mansur betob boʻlib, 

saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrugʻi butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif 

qiladilar. Uning muolajasidan bemor tezda sogʻayib, oyoqqa turadi. Evaziga I. S. saroy kutubxonasidan foydalanish 

imkoniyatiga ega boʻladi. Somoniylarning kutubxonasi oʻsha davrda butun Oʻrta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy 

kutubxonalardan sanalardi. I. S. bir necha yil davomida shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashgʻul boʻlib, oʻz 

davrining eng oʻqimishli, bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu paytdan boshlab oʻrta asr falsafasini musta-qil 

oʻrganishga kirishdi. U yunon mualliflarining , xususan, Aristotelning "Metafizika" asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu 

kitobda bayon qilinganlarning aksariyati I. S. ga tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qoʻliga Abu Nasr Forobiyning 

"Metafizika"ning maqsadlari haqida"gi kitobi tushib qoladi va uni oʻqib chiqibgina I. S. metafizikani oʻzlashtirishga muvaffaq 

boʻladi. Shunday qilib, I. S. zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi. U Nuh 

ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, "Urjuza" tibbiy sheʼriy asari, oʻz qoʻshnisi va doʻsti Abu-lhusayn al- 

Aruziyning iltimosiga binoan, koʻp fanlarni oʻz ichiga olgan "Alhikmat al-Aruziy" ("Aruziy hikmati") asarini taʼlif etdi. Undan 

tashqari, boshqa bir doʻsti faqih Abu Bakr albar qiy (yoki Baraqiy) ning iltimosiga kura, 20 jildli "Alhosil val-mahsul" ("Yakun 

va natija") qomusiy asari hamda 2 jildli "Kitob al-bir val-ism" ("Sahovat va jinoyat kitobi")ni yozdi.Qoraxoniylar 999 y. 

Buxoroni zabt etib, somoniylar davlatini agʻdarganidan keyin I. S. hayotida tashvishli, notinch va ogʻir damlar boshlandi. 1002 

y. uning otasi vafot qildi. Ikki sulola vakillarining taxt uchun kurashi 1005 y. gacha davom etib, oxiri krraxoniylarning butkul 

gʻalabasi bilan tugadi. Bundam vaziyatda Buxoroda ortiq qolib boʻlmas edi. Shu bois I. S. oʻz yurtini tark etib Xorazmga bosh 

olib ketdi. 11-a. boshlarida Xorazm qoraxoniylar hujumidan birmuncha tinch boʻlib, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha 

rivojlangan oʻlka edi. Xorazm-shohlar Ali ibn Maʼmun (997—1009) va Maʼmun ibn Maʼmun (1009—1017) ilmfanga eʼtiborli 

hukmdorlar boʻlib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit yaratib bergan edilar. Shu bois bu davrda Xorazmning poytaxti 

Gurganj (Urganch) da zamonasining koʻpgina taniqli olimlari toʻplandi. I. S Hamadonda 1023 y. gacha istiqomat qiladi va ayrim 

siyosiy sabablarga kura, shu yili Isfahonga joʻnab ketadi. Umrining qolgan 14 yilini shu yerda oʻtkazdi. Bu yerda ham u tinimsiz 

ilmiy ish bilan mashgʻul boʻlib, bir qancha asarlar yaratdi. Ular orasida tib, falsafa, aniq fanlar, tilshunoslik kabi fanlarga oid 

kitoblar bor. "Kitob ash-shifo" ning qismlari, fors tilidagi "Donishnoma" va 20 jildli "Insof-adolat kitobi" shular 

jumlasidan.Juzjoniyning yozishicha, I. S. garchi, jismoniy juda baquvvat boʻlsada, birok, shaharma-shahar darbadarlikda yurish, 

kecha-kunduz tinim bilmay ishlash va bir necha bor taʼqib qilinib, hatto hibsda yotishlar olimning salomatligiga jiddiy taʼsir 

etdi. U qulanj (kolit) kasalligiga chalindi. Alouddavlaning Hamadonga yurishi vaqtida I. S. qattiqbetobligiga qaramay, u bilan 

birga safarga chiqadi. Yulda dardi qoʻzgʻab olimning tamomila madori kuriydi va oqibatda u shu darddan 57 yoshida vafot 

etadi. Olim Hamadonda dafn etiladi. Uning qabri ustiga1952y. maqbara ishlangan (meʼ-mori X. Sayxun). Makbara I. S.ga ba- 

gʻishlangan muzey xonalarini ham oʻz ichiga oladi. 

4.

 

“Xonaka” so‘ziga izoh bering. xonaqoh-g’aribxona,musofirxona 



 

 

8-



 

bilet 


1.

 

XVI asrda Buxoro. 

Shayboniyxon halok bo'lgach, uning 

o'rniga amakisi Ko'chkunchixon taxtga o'tirdi. Ko'chkunchixondan so'ng taxtga o'g'li 

Abu Said (1530—1533) o'tirdi. Undan keyin esa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o'g'li Ubaydullaxon 

(1533—1540)  qo'liga  o'tdi.  Ubaydullaxon  poytaxtni  Samarqanddan  Buxoroga  ko'chirtirdi.  Ubaydullaxon  Buxoroga  ota-meros 

mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokimligini ukasi Mahmud Sulton (Ubaydullaxonning otasi)ga 

bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning Movarounnahrda  tashkil etgan davlati endilikda rasmiy ravishda  Buxoro xonligi  deb 

ataladigan bo'ldi. Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Avvalo, u Ismoil Safaviy va qizilboshlilar (Ular 12 shia imomi 

sharaftga 12 qizil yo'llik matodan salla o'rab yurishgan)ning hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy-siyosiy 

tazyiqlaridan  saqlab  qoldi.  Ubaydullaxon  hukmronligi  davrida  Buxoroning  markaz  sifatidagi  nufuzi  har  tomonlama  o'sdi. 

Ubaydullaxon  o'z  davlatining  chegarasini  Shayboniyxon  davridagi  sarhadlarda  qayta  tiklashga  harakat  qildi.  U  Hirotni  ishg'ol 

etgan  qizilboshlilarni  bir  necha  marta  mag'lubiyatga  uchratgan  edi.  Ayni  paytda,  u  mamlakat  ichkarisidagi  o'zaro  kurash  va 


http://imtihon.basbro.ru/

 

http://basbro.ru/



 

http://telegram.me/imtih

 

Bizni telegramda kuzating 



@imtih

 

 



 

12

 



tarqoqlikka  barham  berdi.  Ubaydullaxon  vafot  etgach,  ichki  ziddiyatlar  yana  kuchaydi.  Hokimiyat  uchun  qattiq  kurashlar 

boshlandi.  Shayboniyxon  avlodlarining  har  birida  10—12  nafardan  o'g'il  bo'lib,  ularning  har  biri  toj-taxtga  da'vogar  edilar. 

Ularning har biri o'z otamerosi bo'lgan hududlarda o'z qo'shiniga bosh bo'lib, mustaqillikka intilar, o'zini oliy hukmdor deb his 

etar hamda imkoni bo'lsa, xonlik taxtini egallash ishtiyoqida edilar. Ubaydullaxondan so'ng shayboniylar sulolasi vakillari o'rtasida 

o'zaro  nizolar  avjiga  chiqdi.  Buning  oqibatida  Abdullaxon  I  ning  qisqa  hukmronligi  (1540—1541)  dan  so'ng  mamlakatda 

qo'shhokimiyatchilik vujudga keldi. Ya'ni bir davlatda ikki hukmdor paydo bo'ldi. Biri — Ubaydullaxonning o'g'li Abdulazizxon 

Buxoroda, ikkinchisi — Ko'chkunchixonning o'g'li Abdulatifxon Samarqandda hukmdorlik qila boshladilar. Mamlakat bir necha 

mustaqil hokimliklarga bo'linib ketdi. Biroq qachondir, kimdir bu holatga chek qo'yishi kerak edi. 

Mamlakatdagi parokandalikka chek qo'yish uchun markaziy hokimiyatni yana tiklash va kuchaytirish zarur edi. Bu zaruriyatni 

qonli urushlarsiz amalga oshirib bo'lmas edi. Ana shunday sharoitda kurash maydoniga Miyonqol hukmdori Iskandar Sultonning 

o'g'li  Abdullaxon  II  (1534—1598)  chiqdi.  Iskandarxon  xonadoniga  Buxoro  yaqinidagi  Jo'ybor  qishlog'ida  istiqomat  qiluvchi, 

g'oyatda  katta  nufuzga  ega  bo'lgan  shayx  Muhammad  Islom  (1493—1563)ning  ixlosi  baland  bo'lganligi  Abdullaxonga  bu 

kurashda juda  katta  madad bo'ldi. Muhammad Islom  va uning avlodlari o'zlarining  kelib chiqishini ota tomondan Muhammad 

payg'ambar avlodlariga, ona tomondan esa Chingizxon va Jo'jiga ular edilar. Aslzodalik va tasavvuf tariqatidagi mavqeyiga ko'ra, 

Jo'ybor shayxlari somoniylar davridan boshlaboq davlat ishlarida muhim mansablarni egallab kelar edilar. XVI asrning ikkinchi 

yarmida  Shayx  Muhammad  Islom,  keyinchalik  uning  o'g'li  Shayx  Abubakr  Sa'd  Buxoroda  shayxulislom  lavozimini  egallagan 

edilar.1556-yili Muhammad Islomning ko'magida Abdullaxon amalda Buxoro taxtini egallaydi. Muhammad Islom Alloh nomidan 

Abdullaxonning faoliyatiga oq fotiha bergan edi. Abdullaxon II avval amakisi, Balx va Badaxshon hukmdori Pirmuhammadni 

(1557—1561), keyin otasi Iskandarxonni (1561—1583) xon deb e'lon qilgan bo'lsa-da, amalda mamlakat hukmdori Abdullaxon 

II  ning  o'zi  edi.  Abdullaxonning  butun  hukmronlik  davri  tinimsiz  urushlarda  kechdi.  Chunonchi,  1574-yili  Balxni,  1578-yili 

Samarqandni,  1583-yili  Toshkent  va  Farg'onani,  1584-yili  Badaxshonni,  1595-yili  Xorazmni  zabt  etdi  va  o'z  davlati  tarkibiga 

qo'shib  oldi.  Shundan  keyin  uning  davlati  sarhadlari  janubda  Hirotdan  Mashhadgacha,  shimolda  Oral  dengizigacha,  Kaspiy 

dengizidan Issiqko'lgacha yetdi. Butun Movarounnahr, Xorazm va Xuroson yana yagona hukmdor qo'li ostida birlashtirildi. XVI 

asr oxirlariga kelib Buxoro xonligi nisbatan markazlashgan ulkan davlatga aylandi. Shunday qilib, XVI asrdagi davlatchiligimiz 

tarixida yetakchi sulola — shayboniylar sulolasi bo'ldi. Bu sulola o'zbek davlatchiligi rivojiga ma'lum darajada hissa qo'shdi. 

Sulolaning eng qudratli vakili Abdullaxon II davrida esa o'zbek davlatchiligi o'z tarixida yana bir bor yuksak darajaga ko'tarila 

oldi.Abdullaxon  II  mamlakatni  birlashtirish  yo’lida  shayboniy  sultonlarning  markaziy  hokimiyatni  kuchsizlantirishga 

urinishlariga qarshi tinimsiz va shafqatsiz kurash olib bordi. Bu maqsad yo'lida qarindoshlariga ham shafqat qilmadi. Abdullaxon 

II  garchand  davlatni  markazlashtira  olgan  bo'lsa-da,  davlatdagi  ichki  nizolarga  to'la  barham  bera  olmadi.  Shunday  qilib, 

Abdullaxon  II  vafotidan  atigi  3  yil  o'tgach,  bir  asr  davom  etgan  shayboniylar  sulolasi  hukmronligi  barham  topdi.  Shayboniy 

Abdullaxon II 1598-yil fevral oyida vafot etgach, taxtga uning o'g'li Abdulmo'min o'tqizildi. Biroq o'sha yili — 1598-yil iyul oyida 

Abdulmo'min fitnachilar tomonidan O'ratepa va Zomin oralig'ida o'ldirildi. Undan qolgan ikki yashar o'g'ilning xonlik huquqini 

hech  kim  tan  olmadi.  Taxt  uchun  kurash  boshlandi.  Buxoroning  bir  guruh  amirlari  shayboniylardan  Ibodulla  Sultonning  o'g'li 

Abdulaminni xon qilib ko'tarishga urindilar. Shayboniylarning boshqa guruhi esa Abdullaxon II ning jiyani, Sulaymon Sultonning 

  

o'g'li  Balx  hokimi  Pirmuhammadni  shayboniylarning  oliy  xoqoni  deb  e'lon  qiladilar.  Ichki  kurash  natijasida  Pirmuhammad 



Balxdan chaqirib olinadi va taxtga o'tqiziladi. Ichki nizolar tufayli Buxoro xonligida sodir bo'lgan og'ir vaziyatdan foydalangan 

Eron hukmdori shoh Abbos bostirib kirib, Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirotni egallaydi. Xorazm esa xonlik tasarrufidan chiqib, 

davlat  mustaqilligini  tiklab  oldi.  Ayni  paytda,  qozoq  xoni  Tavakkal  Movarounnahrga  qo'shin  tortib,  Axsi,  Andijon,  Toshkent, 

Samarqandni egallab, Buxoro tomon yurdi. Xurosondan Buxoroga yetib kelgan Pirmuhammadxon Buxoro himoyasiga kirishdi. 

Xonlikning ko'pgina amirlari o'z qo'shinlari bilan Pirmuhammadxonga qo'shildi. Tavakkal Buxoroni 2 oy davomida qamal qilsa- 

da,  uni  ololmay  Samarqand  tomon  chekindi.  Pirmuhammadxon  qo'shinlari  uni  ta'qib  etib,  1599-yil  avgust  oyi  oxirlarida 

Miyonqolning Uchqora mavzeyiga yetib oldilar va shu yerda bo'lgan jangda Tavakkal qo'shinlari tor-mor keltirildi. Movarounnahr 

hududi ozod etildi, qozoq lashkarlari Dashti Qipchoqqa chekindi. Pirmuhammad Buxoro xonligini yana ikki yilcha idora qildi. 

Tez orada Jaloir, Do'rmon qabila boshliqlarining ig'vosi bilan Pirmuhammadxon bilan Boqi Muhammad o'rtasidagi munosabatlar 

buzildi.  Oxir-oqibatda  Pirmuhammadxon  bilan  ashtarxoniy  Jonibek  Sultonning  o'g'li  Boqi  Muhammad  o'rtasida  1601-yilda 

Samarqand  yaqinidagi  Bog'i  Shamol  mavzeyida  jang  bo'ladi.  Jangda  Pirmuhammadxon  yengiladi  va  80  yoshida  qatl  etiladi. 

Ubaydullaxon davrida davlat  Buxoro xonligi deb atala boshlandi.  Abdullaxon II davlatchiligimiz tarixida  yirik  markazlashgan 

davlat barpo etdi. Shayboniylar sulolasi hukmronligi bir asr davom etdi. 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling