Tarix fanlaridan bitiruv nazorat imtihon materiallari va javoblar


Download 0.72 Mb.

bet4/12
Sana16.04.2018
Hajmi0.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

2.

 

Dramaturg va shoir Fridrex Shiller ijodidagi bosh g’oya. 

Bu davrda Germaniya 300 ga yaqin mayda-mayda knyazliklarga bo'linib ketgan edi. U yozgan pyesalar nemis xalqi uchun o'ziga 

xos ma'rifat alifbosi vazifasini o'tadi. Teatr o'rindiqlarini to'ldirib o'tirgan tomoshabinlar yoqib qolgan qahramonlari bilan birga 

zulmdan  ozod  bo'lishni  orzu  qilganlar.  Tomoshabinlar  obro'li,aslzodalaming,  aslida  esa  muttahamlarning  ayyorligidan  g 

'azablanganlar.  Oshiq  qalblaming  halokatiga  esa  achchiq-achchiq  yig'laganlar.Asar  qahramonlaridan  biri  Karl  Moor  o'zi 

yashayotgan dunyoning bezagi va pastkashligiga qarshi urush e'lon qilib bunday deydi: «Menga xuddi o'zimdek bir necha shoir 

kishilarni beringlar va Germaniya Respublika bo'ladi». U insonning erki va qadriyatini quyidagi satrlarida himoya qilgan:Inson 

qahrliroq siz о 'ylagandan, Asrlik uyquning yo 'lin buzib u О’zining huquqini so 'rar qaytadan 

3.

 

Boborahim  Mashrabning  hayoti  va  faoliyati.Mashrab  (taxallusi;  asl  ism-sharifi  Boborahim  Mulla  Vali  o‘g‘li)  (1640, 



Namangan — 1711, Balx) — shoir va mutafakkir. Mashrab nomi 18—19-asrlarda tuzilgan tazkira va tasavvufiy yo‘nalishdagi 

asarlarda (masalan, Bade Samarqandiyning «Muzokir ul-ashob» va b.) zikr etiladi. Ammo ularda shoir hayoti va ijodiy faoliyati 

haqida  keltirilgan  ma’lumotlar  nihoyatda  kam.  Mashrabning  qoldirgan  adabiy  merosi  xususida  ham  aniq  ma’lumot  beruvchi 

manba yo‘q. Uning o‘z asarlarini to‘plab, devon yoki biror majmua tuzganligi ma’lum emas. Faqat «Devoni Mashrab», «Devonai 

Mashrab», «Eshoni Mashrab», «Hazrati shoh Mashrab» nomlari ostida xalq orasida qo‘lyozma va toshbosma shaklida tarqalgan 

qissalardagina (ularning kim tomonidan va qachon tuzilganligi noma’lum) shoirning hayot yo‘li va ijodiy faoliyati ma’lum tartib 

va izchillikda bayon etiladi, shu jarayonda asarlaridan namunalar ham keltiriladi. Qissalar keyinchalik o‘zgartirish va tuzatishlarga 


13 

 

 



duch kelgan, turli to‘qimalar, yangi-yangi rivoyat, naqllar, sarguzasht va latifasimon lavhalar bilan to‘ldirila borilgan. Natijada 

qissalarda tarixiy Mashrab va uning ijtimoiy va ijodiy faoliyati xalq tasavvuridagi to‘qima Mashrab hamda u haqidagi sarguzasht 

— rivoyatlar bilan qorishib ketgan. Shunday bo‘lsada, Mashrab haqidagi qissalar shoir hayot yo‘lini nisbatan to‘la va bosqichma- 

bosqich bayon etuvchi, shuningdek, yaratgan asarlarining ko‘pgina qismini o‘zida jamlovchi adabiytarixiy manba sifatida ilmiy 

ahamiyat 

 

 



 

 

 



kasb   

 

 



 

 

 



  etadi. 

Mashrab otadan yosh yetim qoladi, oilaning moddiy qiyinchiliklari yanada ortadi. Onasi ip yigirib tirikchilik o‘tkazadi. Mashrab 

din asoslari va falsafadan yaxshi xabardor bo‘lgan So’fi Eshon Mulla Bozor Oxund (xo‘ja Ubaydullo) qo‘lida diniy ta’lim oladi, 

so’fiy 


tariqatlar 

 

bo‘yicha 



bilimini 

 

oshiradi,  



forsiy 

 

tilni 



o‘rganadi. 

Taxminan  1665  yillarda  Mulla  Bozor  Oxund  tavsiyasiga  ko‘ra,  o‘sha  zamonda  katta  obro‘ga  ega  bo‘lgan  yirik  din  arbobi 

qashqarlik Hidoyatullo Ofoq Xoja eshon huzuriga boradi. Shoir adabiy merosidagi diniy mazmun va tasavvufiy yo‘nalish ruhidagi 

she’rlarning ko‘pchilik qismi Ofoq Xoja dargohida  va uning targ‘ibot-saboqlari ta’sirida  yaratilgan. Ofoq Xoja shaxsiy xislat- 

fazilatlarini  madh  etuvchi,  uni  «piru  rahbar»  deb  tan  oluvchi  baytmisralar  mujassam  bo‘lgan  g‘azal  va  muxammaslar  ham 

(«Koshki»,   «O‘zum»   radifli    g‘azallar,    «Qolmadi»    radifli    muxammas)    shu    muridlik    yillari    mahsulidir.    Mashrab 

taxminan  1672—73  yillarda  Ofoq  Xoja  dargohini  tark  etadi.  Qissalarda  qayd  etilishicha,  bunga  Mashrabning  piri  dargohidagi 

kanizaklarning  biriga  ko‘ngil  qo‘ygani,  sevib-sevilgani  sabab  bo‘lgan.  Ammo  Mashrabning  og‘ir  jismoniy  jazolanib  quvilishi 

zaminida pir bilan murid  o‘rtasida  jiddiy  g‘oyaviy  ziddiyatlar  bo‘lgan  deyilsa,  haqiqatga  muvofiq  bo‘ladi. Mashrab piri 

dargohidan  ketgach,  deyarli  40  yillik  umrini  doimiy  safarda,  turli  o‘lkalarda  darbadarlikda  o‘tkazadi.  Qo‘nimsiz  hayotga 

yuzlangan shoir, asosan, ijodiy ish bilan shug‘ullanadi. Oddiy xalqning qashshoq hayoti, zulmu sitam ostidagi ohu nolasi  shoir      

qalbini      larzaga       soladi       («Dili       tig‘i       sitamdin       pora       bo‘lg‘on       xalqni       ko‘rdum»...).    Mashrab 

asarlarining aksariyati chuqur ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lib, o‘sha davr hayoti, jamiyatdagi voqea-hodisalar bilan chambarchas 

bog‘liq. Xususan, u ba’zi ruhoniylarning kirdikorlari va hiylagarliklarini fosh etadi, tekinxo‘r mulkdorlar va johil amaldorlarning 

zo‘ravonlik faoliyatlarini tanqid qiladi. Mashrabning bu tur asarlari qo‘ldan qo‘lga, og‘izdan og‘izga o‘tib, tez tarqalgan.  Xuddi 

shuning  uchun  ham  Mashrabning  biror  qishloq  yoki  shaharga  kelishi  izsiz  qolmagan,  odil  kambag‘al  xalq  uni  quvonch-

xursandchilik va qiziqish bilan qarshi olgan. Shoir qo‘nimsiz hayotining so‘nggi manzili Balxda ham hokim tabaqa va mutaassib 

shayx-mullalar Mashrabni jisman yo‘qotish payiga tushadilar. Shu teskarichi guruhlarning rasmiy fatvosi va Mahmudbiy 

 

Qatag‘onning 



 

hukmi 


 

 

bilan 



 

dorga 


 

osiladi. 



4.“Reformasiya” atamasiga izoh bering.  isloh qilish 

9-

 

bilet 


1.

 

XVI asrda Angliya.

 

XVI asr Tyudorlar sulolasi asri bo'ldi. Bu yuz  yillik Angliya tarixida chuqur iz qoldirgan uch  yirik tarixiy  hodisa bilan ajralib 

turadi. Bular - reformatsiya, mutlaq monarxiyaning kuchayishi va dengizda Angliya hukmronligining o'rnatilishiedi. Angliyada 

reformatsiya  qirol  Genrix  VIII  hukmronligi  davriga  to  'g  'ri  keldi.  Angliyada  reformatsiya  xalqning  talabi  bilan  emas,  balki 

qirolning xohish va irodasi bilan amalga oshirildi. Genrix VIII qirol hokimiyatini yanada mustahkamlash uchun cherkovni yerdan 

va boshqa mol-mulklardan mahrum etish haqida farmon chiqardi. Ularga qarashli bo'lgan yerlaming 2/3 qismi sotib yuborildi. 

Angliyada protestantlik ta'limotiga amal qiluvchi cherkov anglikan cherkovi deb ataldi. Qirol cherkov boshlig'i deb e'lon qilindi. 

Rim  Papasi  hokimiyati  inkor  etildi.  Katolik  cherkovining  boyliklari  tortib  olindi.  Kontrreformatsiya.  Genrix  VIII  ning  qizi 

Mariya  о  'z  hukmronligi  davrida  (1553-1558)  kontrreformatsiya  о'tkazishgaurindi.  U  o'zining  cherkov  boshlig'i  ekanligidan 

foydalanib, protestantlikni shakkoklik deb e'lon qildi va katolik cherkovini tiklashga kirishdi. Mariya parlamentning Angliyada 

Rim Papasi hokimiyatini qayta tiklash haqidagi qarori chiqarilishiga erishdi. Ayni paytda shakkoklikka qarshi o'rta asrlar qonunlari 

qayta tiklandi. Mamlakatda qatag'on boshlandi, katolik dushmanlari olovda yondirildi. Shunday sharoitda ко 'pchilik protestantlar 

Germaniya  va  Shveytsariyaga  qochib  ketib  jon  saqladilar.  Mariyaning  qatag'on  siyosati  mamlakatda  norozilikni  kuchaytirib 

yubordi. Hukmron tabaqalar endi Genrix VIII ning boshqa qizi Yelizavetani qirollik taxtiga о 'tqazishga qaror qildilar va Maiiya 

vafotidan so  'nggina bunga erishdilar.  Angliya Yelizaveta hukmronligi davrida (1558-1603).  Yangi qirolicha ajoyib shaxsiy 

sifatlarga,  kuchli  irodaga  va  qobiliyatga  ega  edi.  Yelizaveta  I  protestantlikni  davlat  dini  deb  e'lon  qildi.  Qirolichaning  o'zi 

«Cherkov va dunyoviy ishlaming oliy hukmdori» unvonini oldi. Cherkov ibo- datlari endi xalqning katta qismiga tushunarsiz bo 

'lgan lotin tilida emas, balki ingliz tilida о 'tkaziladigan bo 'ldi. Yelizaveta I ning asosiy vazifalaridan biri mamlakat yaxlitligini 

mustahkamlash  edi.  Dengiz  hukmronligi  uchun  kurash.  Angliyaning  bu  davrdagi  ashaddiy  dushmani  katolik  Ispaniyasi  edi. 

Ispaniya qiroli Filipp II «shakkok» Angliya qirolichasi Yelizaveta I ga  nafrat bilan qarardi. Bu davrda Gollandiyada  Ispaniya 

zulmiga qarshi harakat boshlanganda Yelizaveta I Gollandiya tarafida turdi. Oxir-oqibatda bu ikki davlat о 'rtasida 1588- yilda 

umsh kelib chiqdi. Bo'lib о'tgan jangda Angliya g'alaba qozondi. Bu mag'lubiyatdan so 'ng Ispaniya о'zini qayta о'nglay olmadi. 



2.

 

Buxorodagi Minorai Kalon.

 

XII asr. 1127 yil Qoraxoniylar davlati amiri Arslonxon tomonidan qurilgan bo'lib, pishiq g'ishtdan 

naqshdor shakllar uslubida ishlangan. Balandligi 50 metr, aylanma eni 9 metr. Minoraning salla 

shaklidagi yuqori qismi g'isht o'ymakorligi bilan bezatilib, karniz holiga keltirilgan. O'qsimon tirgak 

o'rtasida Arslonxonning nomi hamda binokor ustaning ismi Baqo bitilgan. Minora ichida g'ishtin aylanma 

zinapoya bo'lib, mezanaga olib chiqadi. Minora azon chaqirish uchun masjid va madrasalar yonida yoki 

ularga tutash qilib qurilgan. Minorai Kalon mezanasining qubbasi va devorlari muazzin ovozini yanada 

kuchaytirib berishga xizmat qilgan. 



3.Abu-Nasr Al-Farobiy hayoti va faoliyati. (873—950) 

O'rta Osiyoning ulug' mutafakkiri va qomusiy olimi Forobiy yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi 

va  jahonga  targ'ib  qilgani  hamda  zamonasining  ilmlarini  puxta  o'zlashtirib,  fanlar  rivojiga  ulkan  hissa  qo'shgani  uchun  "al- 

Muallim  as-soniy"  ("Ikkinchi  muallim",  Aristoteldan  keyin),  "Sharq  Arastusi"  nomlariga  sazovor  bo'ldi.  Forobiy  Sirdaryo 

sohilidagi Forob (O'tror) degan shaharda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topdi. Bo'lajak faylasuf 


http://imtihon.basbro.ru/

 

http://basbro.ru/



 

http://telegram.me/imtih

 

Bizni telegramda kuzating 



@imtih

 

 



 

boshlang'ich bilimini O'trorda olgandan so'ng, o'qishini Binkat, Samarqand  va Buxoroda davom ettirdi. Forobiy ilmini  yanada 

chuqurlashtirish maqsadida Bag'dodga yo'l oldi. Olim yo'1-yo'lakay Eronning yirik shaharlari Ray, Hamadon, Isfahon va boshqa 

joylarda  bo'ldi.  Bag'dodda  Yaqin  va  O'rta  Sharq  mamlakatlaridan  kelgan  talaba  va  olimlar  to'plangan  edi.  Bu  yerda  ko'zga 

ko'ringan  olimu  fuzalolar  bilan  tanishdi,  yunon  falsafy  maktabi,  turli  fan  sohalari  namoyandalari  bilan  uchrashib,  ulardan  ilm 

sirlarini o'rgandi. Masalan, Abu Bashar Matta ibn Yunus (870—940)dan yunon tili va falsafasini, Yuhanna ibn Hiylon (860— 

920)dan esa tibbiyot va mantiq ilmini o'rgandi. Ba'zi tarixiy manbalarda keltirilishicha, Forobiy 70 dan ortiq tilni bilgan. 

Olim  941-yildan  Damashqda  muhtojlikda  kun  kechira  boshlaydi.  Shunga  qaramay  ilm  bilan  shug'ullanadi,  falsafa  va 

boshqa fanlar sohasida tadqiqot ishlari olib boradi. U Aleppo (Halab) hokimi Sayf ad-davla Abulhasan Ali (hukmronlik yillari 

943—967) il-tifoti va hurmatiga sazovor bo'ladi. Chunki u olimlarning homiysi sifatida tanilgan edi. Hokim Forobiyni o'z saroyiga 

taklif etadi, lekin, u saroyga bormasdan, erkin hayot kechirishni ma'qul ko'radi. Shunga qaramasdan, allomaning Halabdagi hayoti 

ser-mahsul  bo'ldi,  bu  yerda  o'zining  ko'plab  asarlarini  yozdi.  Forobiy  949—950-yillar  Misrda,  so'ngra  Damashqda  yashadi  va 

umrining oxirgi kunlarini shu yerda o'tkazdi. U Damashqdagi "Bob as-sag'ir" qabristoniga dafn etilgan. 

Mavjud ma'lumotlarga qaraganda, Forobiy 160 dan ortiq asar yozgan. Lekin ularning aksariyati bizgacha yetib kelmagan. Shunga 

qaramay, mavjud risolalarining o'ziyoq uning buyuk olim ekanligidan dalolat beradi. 

4.

 



“Federatsiya” atamasini tushuntirib bering. (lotincha ittifoq) hududiy jihatdan muayyan siyosiy mustaqillikka ega bo’lgan 

bir necha davlatlardan iborat ygona ittifoq davlat 

 

10-

 

bilet 


1.

 

Bobil podsholigi. Miloddan avvalgi II mingyillikda podsholigi Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi. 

Bobil  qulay  geografik  o'ringa  ega  bo'lib,  Frotva  Dajla  daryolari  0‘zanlari  deyarli  bir-biriga  qo'shilib  ketadigan  bir  makonda 

joylashgandi.  Kema-  larda  tovarlari  bilan  birga  suzib  kelgan  aksariyat  sav-  dogarlar  bu  shaharga  qo'nib  o'tishar  edi.  “Bobil” 

so'zining o‘zi esa “xudolar darvozasf' degan ma’noni anglatadi. Bobil shahrida ajoyib saroylar, muhtasham ibodatxonalar bo'lgan. 

Bobilning bosh ko'chasi g'alaba ilohasi Ishtar darvozasi bilan tugallangan. Bobil dav- latida dehqonchilik, hunarmandchilik, ishlab 

chiqarish va savdo-sotiq yaxshi rivojlanadi. Ammo o'zaro urush- lar bunga xalaqit beradi.

 

Miloddan  avvalgi  XVIII  asrda  (mil.  avv.  1792—  1750  yillar)  Bobil  podshosi  Xammurapi  butun  Meso-  potamiyani  yagona 



davlatga birlashtirishga muvaffaq bo'ladi. Xammurapi hukmronligi davrida Bobil eng qudratli davlatga aylanadi. 

Xammurapi tarixda qonunlar tuzuvchi hukmdor sifatida nom qoldirgan. Xammurapi qonunlari          hajmi 

jihatidan, 

hayotning  har  xil  tomonlarini  qamrab  olishi  bilan  ilgari  mavjud  bo'lgan  barcha  qonun-  lardan  ustunlik  qiladi.  Xammurapi 

qonunlari hamma uchun  — badavlat va qashshoq kishilar uchun birdek bo'lgan. Qonunlar matnlari  mamlakatning barcha sha- 

harlarida o'matilgan tosh ustunlarga yozib qo'yilardi. 

Xammurapi qonunlari qat’iyligi bilan kishini lol qoldiradi. Basharti, shifokor amalga oshirgan jarrohlik muolajasi natijasida 

1

be



4

mor bevaqt vafot etsa, shifo- korning qo'llari kesib tashlamshi shart boigan. Mabodo arxitektor qurgan uy to'satdan qulab, biror 

kishini bosib qolsa, arxitektor qatl etilishi lozim bo'lgan. 

Qarzni vaqtida qaytarmagan kishi o‘z oila a’zolarini qarz bergan kishiga uch yil muddatga qullikka beri- shi shart edi. Mabodo 

ayblanuvchi jabrlanuvchining ko'zlariga jarohat yetkazgan bo'lsa, o‘zi ham shun- day jazolanishi, ko'zlariga jarohat yetkazilishi 

shart bo'lgan. Yong'in mahalida o'g'rilik ustida qo'lga tush- gan kimsa o'sha zahoti olovga otilgan. Qulfbuzar o'g'ri esa  bundan 

ham qattiqroq jazoga mahkum etilgan: u o'zganing mulkiga tajovvuz qilgan joyida o'ldirilar, o'sha yerning o'zida ko'mib yuborilar 

edi. 


Xammurapi qonunlari nomigagina podshoning qarori bo'lmasdan, xudolar xohish-irodasi sifatida talqin etilgan, shuning 

uchun  ham  ularni  so'zsiz,  og'ishmasdan  bajarish  talab  qilinardi.  Qat’iyligi  va  ayovsizligiga  qaramay,  Xammurapi  qonunlari 

jamiyat  rivojiga  imkoniyat  yaratib  berdi,  negaki  talon-taroj,  o'g'rilik  va  davlat  mulkini  o'marish  kabi  jinoyatlar  deyarli  sodir 

etilmasdi. 

Xammurapi  deyarli  o'ttiz  yil  davomida  qo'shni  mam-  lakatlarni  o'ziga  bo'ysundirish  uchun  tinimsiz  urushlar  olib  boradi. 

Xammurapi vafotidan keyin tog'lik  kassitlar qabilasi shaharni bosib oladi. Kassitlar bosqini Bobil zavolga yuzlanishiga zamin 

hozirladi,  uzoq  davom  etgan  yemirilish  miloddan  avvalgi  VII  asrda  Yangi  Bobil  podsholigi  vujudga  kelishi  bilan  yakunlandi. 

Navuxodonosor  II  hukmronligi  davrida  Bobil  o'z  ravnaqi  cho'qqisiga  erishadi.  Bu  hukmdor  Misrni  Yangi  Bobil  podsholigiga 

qo'shib  oladi,  lyerusalim  (Quddus)ni  vayron  qilib  tashlaydi,  Bobilni  esa  mustahkam  qal’aga  aylantiradi.  Navuxodonosor  II 

Jangdagi  kamonchilar  turar  joy  binolari  va  mudofaa  devorlari  qurilishida  pishgan  g'isht  ishlatish  to'g'risida  farmon  beradi.  U 

hukmronlik qilgan davrda Bobil shahrining  sakkizta darvozasi bo'lgan, ulardan  har biri mamlakat bosh xu- dolaridan birining 

nomi bilan atalar edi. Ayniqsa, iloha Ishtar nomidagi darvoza chiroyli va nafis bo'lgan, hay- vonlar va qushlar tasviri tushirilgan 

niliy naqshinkor toshtaxtachalar bilan bezatilgan. 

Eronliklar  lashkari  539-  yilda  bostirib  kiradi.  Fors-  lar  Bobilni  zabt  etadilar.  Aytilgan  sanadan  boshlab  Yangi  Bobil 

podsholigi Fors davlati tarkibiga kiradi. Forslarni Bobildan Makedoniyalik Aleksandr haydab chiqardi. Uning vafotidan so'ngra 

Bobil Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. 

Shumer va Akkad Bobil madaniyatining eng qadimiy o'choqlaridan edi. Jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri bo'lmish Shumer 

mixxati mil. avv. 4- mingyillikda vujudga kelgan edi. Bu yozuv dastavval “suv”, “quyosh” va boshqa alohida so'zlarni anglatgan 


15 

 

 



rasmlardan iborat bo'lgan. 

Hukmdorlar  saroylari  va  ibodatxonalarda  zoda-  gonlar  va  badavlat  odamlar  oilalari  farzandlari  ta’lim  oluvchi  maktablar 

tashkil qilingan edi. O'quvchilar qotmagan  loy taxtachalarga  suyak  va  yog'ochdan  yasalgan tayoqchalar bilan  yozganlar. Loy 

taxtacha- lar avval oftobda quritilgan, so'ngra xumdonlarda pi- shirilgan. Bu taxtachalar ilk kitoblar bo'lib, o'quvchilar asotirlar 

va afsonalarni ko'chirib yozishgan, o'simliklar, qushlar, hayvonlar va qurt-qumursqalar nomlari qayd etilgan ro'yxatlar tuzishgan. 

Loy taxtachalarda mamlakatlar, shaharlar va qishloqlar nomlari ham sanab o'tilgan. 

Shumerlar sanoq tizimi, quyosh va oy taqvimlarini ham yaratdilar. Quyosh yili davomiyligi shumerliklar to- monidan 365 

kun, oy yili esa 354 kun etib belgilangan. Shumerlik va bobillik kohinlar — munajjimlar astronomi- yaga oid bilimlarga ega 

bolishgan. Eng qadimgi rasad- xonalar baland, ko'pzinali ibodatxonalar — zikkuratlar yuqorisidagi maydonchada barpo etilgan. 

Mil. avv. 3-  mingyillikdayoq  Mesopotamiyada turli- tuman dori-darmonlarni tayyorlash  bo'yicha dastu- rilamal  tuzilgan 

edi. Geografiya sohasidagi bilimlar shumerliklar va bobilliklarga kemalarda dengiz bo'ylab suzishga im- koniyat bergan. 

Olam yaratilishi haqidagi eng qadimiy asotirlardan biri Mesopotamiyada yaratilgan edi. 

 

2.

 

Rus tilining asoschisi A.S.Pushkin ijodidagi bosh g’oya.

 

A.S.Pushkin oddiy, mehnatkash xalqni yaxshi ko`radi, uni iloji boricha himoya qilishga, yon bosishga harakat qiladi. 

Shuning uchun ham uning ertak-dostonlarida xalqqa bo`lgan cheksiz hurmat tuyg`usi barq urib turadi. 

Chunonchi,  Dadon  shohni  oling  («Oltin  xo`roz  haqida  ertak»).  U  g`irt  ahmoq,  na  xalqni  sevadi  va  na  farzandlariga 

mehribon otalik qila oladi. Dadon o`taketgan darajada maishatparast va kaltabin. U butun podsholigidan, xalqidan, farzandlaridan 

o`zga yurtli makkor ayolni ustun qo`yadi. Buni xalq kechirmaydi. Natijada shoh xalqning qahr-g`azabiga duchor bo`ladi. Oltin 

xo`roz tepkisidan halok bo`lgan shohga birovning rahmi ham kelmaydi, shohning o`limi ularga shodlik va ozodlik baxsh etadi. 

Pop («Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak») obrazini shoir o`ziga xos tarzda aks ettirib eradi. Tekinxo`r, ochko`z, 

o`zgalar hisobiga umr kechiradigan bir pastkash kimsa ekanligini keskin ochib tashlaydi. Unga qarama-qarshi qilib oddiy va halol, 

mehnatkash va bahodir yigit Balda obrazini ijod cho`qqisiga ko`taradi. 



3.

 

Muhammad Rizo Ogahiyning hayoti va faoliyati.

 

Muhammad Rizo Ogahiy (1809—1874) Ulugʻ oʻzbek shoiri, tarixnavis, tarjima maktabining asoschisi va davlat arbobi 

Muhammad Rizo Ogahiy Xiva yaqinidagi Qiyot qishlogʻida Erniyozbek mirob oilasida (1809) tugʻildi. Uch yoshligida otasi 

oʻlib, amakisi Munis tarbiyasida qoldi. 1829 yilda Munis vafotidan keyin Ogahiy bosh miroblik vazifasiga tayinlandi. 1857 

yilda miroblikdan isteʼfo beradi. Qolgan umrini ijodga bagʻishlaydi. 1874 yilda 65 yoshida vafot etadi. 

Ogahiy ijodiy faoliyati davomida devon tuzdi (OʻzFA ShI inv. № 938), 19 ta asarni oʻzbek tiliga tarjima qildi (inv. № 1214; 

809.), 5 ta tarixiy asar yozdi (inv. № 7474). U shoir sifatida Navoiy anʼanalarini davom ettirdi. «Taʼvizul-oshiqin» («Oshiqlar 

tumori») nomli devon tuzgan. Unda 18.000 misra sheʼri jamlangan, shundan 1.300 misrasi forsiy sheʼrlari. U 20 ga yaqin sheʼriy 

janrlarda asarlar yaratgan. 

Oʻzbek mumtoz adabiyotida Ogahiy bilimdon siyosatchi, tarixchi sifatida ham yorqin iz qoldirgan. U «Riyozud- 

davla» (1844), «Zubdatut-tavorix» (1845—1846), «Jomeʼul-voqeoti Sultoniy» (1856), «Gulshani davlat» (1865), «Shohidi 

iqbol» (1873) kabi tarixiy asarlar yozdi. Bu asarlarda Xiva xonlari Olloqulixon (1825—1842), Rahimqulixon (1843—1846), 

Muhammad Aminxon II (1846—1855), Sayyid Muhammadxon (1856—1865), Muhammad Rahimxon II (1865—1872) 

davridagi voqealar bayon qilingan. Mirxond, Xondamirning tarixiy asarlarini tarjima qildi. Bu asarlardan N.Muravev, 

N.Veselovskiy, V.Bartold, R.Ivanov, S.Tolstov, Yahyo Gʻulomovlar oʻz ishlarida foydalanishgan. 

Ogahiy tarjima maktabi yaratgan adib. Yigirmadan ortiq sharq mumtoz adabiyoti namunalari Ogahiy tomonidan tarjima qilindi. 

Ular Nizomiyning «Haft paykar» (nasr bilan), Saʼdiyning «Guliston», Kaykovusning «Qobusnoma», Mirxondning «Ravzatus- 

safo», Muhammad Mahriy Astrabodiyning «Tarixi Jahonkushoyi Nodiriy», Zayniddin Vosifiyning «Badoeʼul-vaqoeʼ», 

Mahmud Gʻijduvoniyning «Miftohut-tolibin», Muhammad Muqim Hirotiyning «Taboqoti Akbarshohiy», Muhammad Yusuf 

Munshiyning «Tazkirayi Muqimxoniy», Rizoqulixon Hidoyatning «Ravzatus-safoyi Nosiriy», Husayn Voiz 

Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy», Muhammad Vorisning «Zubdatul-hikoyat», «Sharhi daloyilul-hayrot», Jomiyning «Yusuf va 

Zulayho», Badriddin Hiloliyning «Shoh va gado», Nizomiyning «Haft paykar» kabi badiiy va axloqiy-falsafiy asarlardir. 

4.

 



“Paleolit” atamasiga izoh bering.- Qadimgi tosh asri, (yunoncha "paleos"— "qadimgi" va "litos" — "tosh" so‘zlaridan) 

11-

 

bilet 


1.

 

Yunon-Baqtriya podsholigi.

 

Miloddan avvalgi III asr o`rtalarida Baqtriya Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqadi. Antik davr tarixchilarining xabar 

berishicha, Diodot — mingta Baqtriya shahri hukmdori o`zini podsho deb e'lon qiladi. Shu voqeadan Yunon-Baqtriya davlati 

tarixi boshlanadi. Mil. avv. 250-yilda Salavkiylar davlati tarkibidan ajralib chiqqan Parfiya Baqtriyaning raqibiga aylanadi. 

Baqtriyadan tashqari, Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga So`g`diyona va Marg`iyona ham kirgan edi. Diodotdan keyin 

Yunon-Baqtriyada hukmronlik davlat tarixida sezilarli iz qoldirmagan Yevtidemga o`tdi. Yevtidemning o`g`li Demetriy 

hukmronIigi davrida (mil. avv. 199—167-yy.) Yunon-Baqtriya podsholigi eng katta sarhadlarga ega bo`ldi. Hindistonning bir 

qismi bu davlatga qo`shib olingan edi. 

 

Parfiyada hokimiyat Mitridat I qo`liga o`tishi bilan u Baqtriyaga harbiy tazyiqni kuchaytiradi. YunonBaqtriya davlati tinimsiz 



urushlar olib borishga majbur ediki, bu hoi uning kuchsizlanishiga sabab bo`ldi. Bundan foydalangan ko`chmanchi yuechji 

qabilalari miloddan avvalgi 140—130- yillarda Yunon-Baqtriya davlatini bosib oladilar. 

 

Madaniyatning rivojlanishi Yunon-Baqtriya davlati 120 yil yashadi. Shu davr mobaynida uning iqtisodiyoti va madaniyati 



yuksaldi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlandi, ko`plab shaharlar barpo etildi. Baqtriya, So`g`diyona va Marg`iyona 

hunarmandlari yasagan buyumlar ko`pgina qo`shni shaharlar va davlatlarga ham tarqaldi. 



http://imtihon.basbro.ru/

 

http://basbro.ru/



 

http://telegram.me/imtih

 

Bizni telegramda kuzating 



@imtih

 

 



 

16 


Eslab qoling! Yunon-Baqtriya davlati hukmdorlari Diodot, Yevtidem, Demetriy. 

Eslab qoling! Yunon-Baqtriya davlati 120 yil hukmronlik qildi. 

Eslab qoling! Baqtra, Maroqanda, Marg`iyona Antioxiysi (Marv) va Termiz - Salavkiylar davlatining yirik shaharlari 

hisoblanadi. 

 

Yunon-Baqtriya davlatida tangalar hukmdor tasviri bilan zarb etilgan. Dajla daryosi bo`yi — Salavkiyadan Baqtriyagacha 



karvon yo`li qurib bitkazilgach, jahondagi ko`pgina davlatlar bilan xalqaro savdo-sotiq va madaniy aloqalar jonlandi. Baqtriya 

orqali Xitoydan Hindistonga boradigan karvon yo`li, shuningdek, Buyuk Ipak yo`lining janubiy tarmoqlari o`tgan edi. 

 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling