Tarix fanlaridan bitiruv nazorat imtihon materiallari va javoblar


Download 0.72 Mb.

bet5/12
Sana16.04.2018
Hajmi0.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

2.

 

Qadimgi Bobildagi Semiramida osma bog’lari.

 

Qirol Navuxodonasr II tomonidan er.av. taxminan 600 yilda barpo etilgan. Bobil osma bog'lari tog'ga ayvon usulida qurilgan. 

Qadimgi tarixchilarning xabar berishicha, o'sha paytlarda Bobil buyuk davlat bo'lib, o'zining devorlari, saroy, qasr va dahmalari 

bilan mashhur bo'lgan. Osma bog'lar ustun qilib yuqoriga ko'tarilgan birnecha ayvonlardan tashkil topgan. Ularning balandligi 

24 metrdan 90 metrgacha yetgan. Daraxtlar va gullar ayvon ustida o'sgan va ular Furot daryosi suvi bilan sug'orilgan. 

Arxeologlar Furot daryosi bo'ylaridan osma bog'larga tegishli deb taxmin qilinayotgan devorlarni topishgan. Bu bog'lar qadimgi 

Sharqning eng katta va badavlat shahari — Bobilda (hozirgi Iroq davlati hududida) bo'lgan. Samoviy bog'laming yaratilishi 

rivoyatlarda ayol podsho Semiramida (Shammuramat) nomi bilan bog'lanadi. Aslida esa ular podsho Navuxodonosor farmoyishi 

bilan miloddan avvalgi 6-asrda bunyod etilgan. Podsho o'z saroy- ini baland sun'iy maydon ustiga qurgan. Maydonga qavat- 

qavat ayvonlar orqali chiqilgan. Har bir qavat aylana-qubba shaklida bajarilib, ularni baland tosh ustun tutib turgan. 

Ayvonlarning usti qamish bilan yopilib, ustidan g'isht terilgan, so'ng qo'rg'oshin plastinkalar yotqizilgan. Keyin yuqoriga juda 

ko'r miqdorda tuproq chiqarilib, butun tom bo'ylab qalin qilib solingan. Har bir qavatda daraxtlar o'tqazilib, go'zal bog'lar 

yaratilgan. Bu bog'larni sug'orish uchun suvni Furot daryosidan olganlar. Suvni tepaga ko'tarib beradigan, charm idishlar 

o'rnatilgan ulkan charxpalakni yuzlab qullar kecha-yu-kunduz aylantirib turishgan. Bobildagi samoviy bog'lar shu darajada 

go'zal ediki, uni yetti iqlimda uo'q «bog'i eram» deb madh etishar edi. Afsus, hozirgi zamon sayyohlari bu bog'larni ko'ra 

olmaydilar. Furot daryosining dahshatli suv toshqini uni vayronaga aylantirdi. Hozir u bog'lar o'rnida minora cha ayvonlarning 

xarobalari qolgan, xolos. 

3.

 

Abdulla Avloniyning hayoti va faoliyati. 

Abdulla Avloniy (1874-1934) Yangi davr oʻzbek madaniyati, adabiyotining asoschilaridan bin, bolalar adabiyoti, oʻzbek milliy 

teatri, dramaturgiyasi, matbuoti, oʻzbek milliy pedagogikasining tamal toshini qoʻygan, xalqimizning asl farzandi Abdulla 

Avloniydir. 

Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkentning Mergancha mahallasida toʻquvchi Miravlon aka oilasida tavallud topdi. Avval 

Oʻqchidagi boshlangʻich maktabda, soʻng shahar madrasalaridan birida tahsil oldi. Biroq koʻproq mustaqil oʻqib-oʻrgandi, tez 

orada oʻz davrining savodxon, maʼrifatparvar kishisiga aylandi. Avioniy asrimiz boshlarida oʻlkamizda avj olganjadidchilik 

harakatining faol ishtirokchisi sifatida millat bolalarmi savodxon qilish, ulardan yetuk olimlar, mutaxassislar tayyorlash, Vatanni 

ozod koʻrish, farovon etish yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qildi. Ana shu maqsadda juda koʻp sohalarda faol ish olib bordi. 1907- 

yilda oʻz uyida «Shuhrat» nomli gazeta nashr qildi. U mahallasida yangi usuldagi maktab ochdi. «Usulijadid» maktablari uchun 

toʻrt qismdan iborat «Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar», «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Maktab gulistoni», «Turkiy 

guliston yoxud axloq» kabi darslik va oʻqish kitoblari tuzdi. Maktab-maorif ishlariga yordam koʻrsatish maqsadida xayriya 

jamiyati tashkil qildi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» kitob doʻkonini ochdi. 

Maʼrifatparvar adib, dramaturg, pedagog, noshir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1934-yil 25-avgustda Toshkentda vafot 

etdi. Toshkentdagi Botkina qabristoniga dafn etilgan. 



4.“Shovinizm” atamasiga ta'rif bering. irqiy ayirmachilik va milliy nizoni avj oldirishga urunuvchi o’taketgan millatchilik 

 

12-



 

bilet 


1.

 

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Fransiya. Iqtisodiy ahvol XIX asr so'nggi choragida Fransiyaning iqtisodiy taraqqiyoti 

sekinlashdi. Chunonchi, dunyoda sanoat ishlab chiqarish hajmi bo'yicha ikkinchi o'rindan to'rtinchi o'ringa tushib qoldi. Xo'sh, 

Fransiya iqtisodiy taraqqiyoti sekinlashuvining asosiy sabablari nimalardan iborat edi?Avvalo, Fransiyaning hamon mayda tovar 

ishlab chiqaruvchilar davlati bo'lib qolayotganligi import hajmining eksportdan ortiq bo'lishiga olib kelgan. Bu esa o'z navbatida 

ichki bozorning cheklanishiga sabab bo'lgan. Ikkinchidan, Fransiya tabiiy boyliklari kam davlat edi. Uchinchidan, Prussiya bilan 

bo'lgan urush Fransiyaga juda katta moddiy talafot yetkazdi. Urushda Fransiya 13 mlrd. frank zarar ko'rdi. To'rtinchidan, ichki 

siyosiy vaziyatning beqarorligi mamlakat iqtisodiy ahvoliga katta salbiy ta'sir ko'rsatdi. Beshinchidan, dehqonlar xarid quvvatining 

pastligi  sanoat  ishlab  chiqarishi  o'sishiga  salbiy  ta'sir  ko'rsatayotgan  edi.  Oltinchidan,  Fransiya  chetga  ko'p  kapital  chiqarib 

yuborgan  edi.  Bu  sarmoyadorlarga  katta  foyda  keltirardi.  Shuning  uchun  ham  sarmoyadorlar  (kapitalistlar)  o'z  sarmoyalarini 

(kapitalini) mamlakat ishlab chiqarishiga emas, balki chetga (katta foiz evaziga, albatta) chiqarishni afzal ko'rgan. Prussiya bilan 

urush tugagach, hukmron doiralar о rtasida hokimiyat uchun kurash kuchayib ketdi. Ularni shartli ravishda ikki guruhga bo'lish 

mumkin edi. Birinchisi — monarxiya tarafdorlari, ikkincliisi — respublika tarafdorlari edi. 1873-yilda Germaniyaga tovon to'lab 

bo'lindi.  Nihoyat,  Germaniya  o'z  qo'shinlarini Fransiyadan  olib  chiqib  ketdi. Respublikachilar  mamlakat  parlamentida  (Milliy 

Majlis) ozchilikni tashkil etganlar. Biroq, Fransiya aholisining katta qismi monarxiyaga qarshi bo'lganligi ularga madad bo'lardi. 

Milliy  Majlisda  ko'pchilikni  tashkil  etgan  monarxiyachilar  o'z  nomzodlarini  ikki  bor  prezidentlikka  saylagan  bo'lsalar-da, 

monarxiyani tiklashga urinishi natijasiz tugadi. Keskin ichki siyosiy kurashda oxir-oqibatda respublikachilar 


17 

 

 



g'alaba qozondi. 1875-yil Uchinchi Respublika Konstutsiyasi qabul qilindi. Unga ko'ra prezidentlik lavozimi saqlab qolindi. Ayni 

paytda  ikki  palatali  (Deputatlar  palatasi  va  Senat)  parlament  (Milliy  Majlis)  tashkil  etildi.  Uning  vakolat  muddati  4  yil  etib 

belgilandi.Parlament har ikki palatasining qo'shma yig'ilishi 7 yil muddatga mamlakat prezidentini saylar edi. Ijroiya hokimiyat 

prezidentga  va  hukumatga  tegishli  edi.  Prezident  vazirlarni  tayinlash,  respublika  nomidan  tashqi  siyosat  yuritish,  shuningdek, 

urush e'lon qilish va sulh tuzish, umumiy afv e'lon qilish kabi vakolatlarga ega edi.Hukumat a'zolarini prezident tayinlasa-da, ular 

parlament oldida javobgar edi. „Marselyeza" qo'shig'i mamlakat madhiyasi etib belgilandi. Buyuk fransuz inqilobi boshlangan 

(1789-yil) 14-iyul fransuz xalqining Milliy bayram kuni deb e'lon qilindi. O'sha davr uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan qator 

huquq va erkinliklar e'lon qilindi. Xususan, matbuot va yig'ilish o'tka- zish, siyosiy tashviqot bilan shug'ullanish kabi erkinlik va 

huquqlar shular jumlasidandir. Lekin, xotin-qizlarga saylov huquqi berilmagan 

2.

 

Samarqanddagi Amir Temur maqbarasi. 

Amir Temur maqbarasining qurilishi 1403-yildan boshlangan bo`lib, ushbu maqbarani Sohibqiron bobomiz Amir Temur 

Samarqandda suyukli nabirasi Muhammad Sultonga atab qurdirgan. Maqbarada Sohibqironning piri Mir Sayyid Baraka va 

Sayyid Umarning qabri ham bor. Amir Temurning ustozlaridan bo’lgan Mir Sayyid Baraka 1404 – yilda Mozandaronda vafot 

etgan va Afg’onistonning Andxud shahrida dafn etilgan. Amir Temur vasiyatiga ko’ra jasadi Samarqandga SHohruh Mirzo 

tomonidan keltirilgan. Buyuk Sohibqiron o’z jasadini uning oyog’i uchiga qo’yishlarini vasiyat qiladi. Bundan tashqari, 

maqbaraga A. Temurning o’g’illari Umarshayx, Mironshoh va SHohruh, nabiralari Muhammad Sulton, Mirzo Ulug’bek va 

boshqalar dafn etilgan. 

Amir Temur maqbarasining ichki ko’rinishi to’rtburchak, uning tashqi ko’rinishi esa sakkiz tomonli 

prizma shaklida. Prizma ustida ko’p qovurg’ali gumbazni ko’tarib turuvchi slindr shakldagi qurilma ishlangan. Ziyoratxona 

o’rtasidagi hazira sahniga qator qabrtoshlar qo’yilgan. Maqbara binosi va uning oldidagi peshtoqli darvozasi bor hovli 

saqlangan. Maqbaraning janub va g’arb tomonidagi g’ishtdan ishlangan bezaksiz katta peshtoqli gumbaz qay vaqtda qurilganligi 

aniq emas. 

Maqbara devorlari havorang, zangori va oq sirli koshinlar, geometrik shakldagi naqshlar bilan bezalgan. Maqbara 

quril;ishi Amir temurning nabirasi Mirzo ulug’bek davrida ham davom ettirilgan. Uning davrida qabrlarning turgan joyi 

o’ymakor marmar panjara bilan o’raglan. Uning buyrug’i bilan 1424 –yili maqbaraning sharq tomonida to’rt qubbali galeriya 

qurildi. Ushbu galeriyadan maqbaraga kirish mumkin. Maqbara interyerining sosi havorang, devorlariga esa naqshlar berilgan. 

Maqbaraning tashqi gumbazi qovurg’ali baland doira asos poyasiga o’rnatilgan. 

Amir Temur maqbarasining bugungi 

ko’rinishi XV asrdagi majmuaning saqlanib qolgan bir qismidir. Bu me’moriy ansambl O’rta Osiyoning noyob me’moriy 

durdonalari orasida alohida o’rin egallaydi. 

Mustaqillik yillarida ko’plab tarixiy obidalarimiz singari Amir Temur maqbarasi 

ham qayta ta’mirlandi. O’zining serhasham, mahobatli ko’rinishi qaytadan tiklandi. 

 

3.



 

Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyati. 

Bobur (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — 

oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda; boburiylar sulolasi 

asoschisi, temuriy shahzoda. 

Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent 

hokimi Yunusxonnint qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli va oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol 

koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamroxlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar 

edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda 

oʻtgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqx ilmi, 

arab va fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilmfanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. 

Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ („Sher“) laqabini oladi. 

Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur sufiy — Xoja Ahrorga ixlos qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining 

oxiriga qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi. Keyinchalik, „Boburnoma“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha bor uni muqarrar 

halokatdan, xastalik va chorasizliqdan xalos etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. Otasi Axsida 

bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi (1494-yil 

iyun). 

Bobur Temuriylar saltanatini himoya qilish va uni saqlab qolish uchun astoydil harakat qilib, Shayboniyxonga qarshi bir necha 



yil davomida muttasil kurash olib borsada, ammo mamlakatda hukm surgan ogʻir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik 

sharoitida maqsadiga erisha olmaydi. 1503-yil Toshkent xoni Mahmudxon, Bobur va qalmoqlarning birlashgan qoʻshini 

Shayboniyxon tomonidan Sirdaryo boʻyida tormor qilinadi. Bobur Samarqand taxti uchun kurashayotgan paytda Andijonni 

Sulton Ahmad Tanbal egallab oladi. 1501—04-yillarda Bobur Fargʻona mulkini qaytarib olish uchun Sulton Ahmad Tanbal, 

Jahongir mirzolarga qarshi olib borgan kurashi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi. Temuriylarning toʻxtovsiz janglari va ogʻir 

soliqlaridan toliqqan xalq Boburni qoʻllamadi va u Movarounnahrni tark etishga (1504-yil iyun) majbur buladi. 

1507-yil boshlarida Bobur Hindistonga yurish boshlaydi. Ammo, bu urinishi muvaffaqiyatsiz tugab, yana poytaxt Kobulga 

qaytadi. 

1519-yil bahoriga kelib Bobur Hindistonni zabt etish rejalarini amalga oshirishga kirishadi va keyingi 5—6 yil davomida bir 

necha yurishlar uyushtiradi. Nihoyat, 1526-yil aprelda Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyning yuz ming 

kishilik qoʻshinini 12 minglik askari bilan tormor qiladi hamda Dehlini egallaydi (q. Panipat janglari.). Oradan koʻp oʻtmay, 

ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha boʻlgan qismini 

oʻziga boʻysundiradi. Agrani oʻziga poytaxt sifatida tanlagan Bobur katta qurilish va obodonchilik ishlarini boshlab yuboradi. 

Shu tariqa Bobur Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan qudratli boburiylar sulolasiga asos soladi. 

Hozirda uning 119 gʻazali, bir masnu sheʼri, 209 ruboiysi, 10 dan optik tuyuq va qitʼalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan 

ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham oʻrin olgan. 



http://imtihon.basbro.ru/

 

http://basbro.ru/



 

http://telegram.me/imtih

 

Bizni telegramda kuzating 



@imtih

 

 



 

Hindiston yurishlari davri (1521)da Bobur „Mubayyin“ asarini yaratdi. Masnaviy tarzida yozilgan, islom huquqshunosligi va 

shariat aqidalariga bagʻishlangan bu asarda Movarounnahr va Hindistonga oid oʻsha davr ijtimoiyiqtisodiy hayoti boʻyicha 

qiziqarli maʼlumotlar ham jamlangan. Valiahd Humoyun va Komron Mirzolarga dasturulamal sifatida moʻljallangan 

„Mubayyin“da, ayni zamonda, namoz, zakot va haj ziyorati toʻgʻrisida ham sharʼiy mezonlar bayon qilingan. Shu yillarda Bobur 

Sharq sheʼriyatining asosiy masalalaridan biri aruz vazni, uning nazariyasi va amaliyotiga oid ilmiy risolasini yakunlaydi. Bobur 

nomini dunyoga mashhur qilgan shoh asari „Boburnoma“ ustidagi ijodiy ishini 1518—19-yilarda boshlagan (q. „Boburnoma“). 

Boburning yuqorida keltirilgan asarlaridan tashqari, „Xatti Boburiy“, shuningdek musiqa sanʼati va harb ishlariga maxsus 

bagʻishlangan qator risolalari ham boʻlgan. Ammo keyingi ikki asar matni hanuz topilgan emas. „Xatti Boburiy“da muallif arab 

alifbosini tahrir etib, yozuvni soddalashtirish va osonlashtirish maqsadida uni turkiy til va talaffuz mezonlariga moslashtirgan. 

1526-yil 21-dekabrda Boburga qarshi suiqasd uyushtiriladi. Mahv etilgan Ibrohim Loʻdiyning onasi oshpazlar bilan til biriktirib, 

uning ovqatiga zahar qoʻshtiradi. Shuning asoratimi yoki koʻp yillik mashaqqatli va qoʻnimsiz hayot taʼsirimi, har holda keyingi 

yillarda Bobur tez-tez kasalga chalinib turadi. 1527-yil oktabrida Bobur yana xastalikka uchragach, umrining oxirlab qolganini 

his etadi. Shunda Bobur oʻzi eʼtiqod qoʻygan Xoja Ahror Valiy ruhidan najot tilab, ixlos bilan uning nasrda bitilgan „Volidiya“ 

asarini sheʼriy tarjima qiladi. Boburning mohir tarjimon sifatidagi qobiliyati namoyon boʻlgan 243 baytli bu asar katta ijodiy 

ilhom bilan juda qisqa muddatda yakunlangan. Boburning oʻz eʼtiroficha, tarjima tugashi hamonoq batamom sogʻayib ketgan. 

Bu yillarda u „Boburnoma“ fasllari ustida ishlashni davom ettirdi, yangi-yangi gʻazalruboiylar yaratdi, oʻz iborasi bilan 

aytganda, „Hindistongʻa kelgali aytqon ashʼorni“ tartibga solib, shuningdek, „Volidiya“ tarjimasini, „Xatti Boburiy“ bilan 

bitilgan namuna va qitʼalarni Movarounnahr va Afgʻonistonga, Xumoyun, Xoja Kalon, Hindol va boshqalarga yubordi. 

Humoyun Mirzoga atalgan ijtimoiy-axloqiy masalalarni tahlil etuvchi mashhur maktubi ham Bobur ijodiy faoliyatining yorqin 

qirralaridan biri boʻldi. 

4.

 



“Urbanizasiya”  atamasini  tushuntirib  bering.  jamiyat  hayotida  shaharlar  rolining  va  shahar  aholisi  salmog’ining  ortib 

borishi 


 

13-

 

bilet 


1.

 

Asteklar davlati. 

Asteklar urug‘ jamoa bo‘lib yashaganlar. Jamoa bosh- liqlari saylab qo‘yilgan. Ekin maydonlari jamoa a’zolariga taqsimlab 

berilgan.  Hukmron  qabila  vakillaridan  tlatoani  —  lashkarboshi  saylanib,  u  oliy  hukmdor  bo'lishidan  tashqari,  bosh  kohin 

vazifasini ham bajargan. 

 

Asteklar xo‘jaligining asosi sug‘orma dehqonchilik bo‘lgan. Eng muhim ekin makkajo'xori bo‘lib, undan mo‘l hosil olingan. 



18 

Asteklarda  hunarmandchilikning  kulolchilik,  to'qimachilik,  mis  va  oltindan  zargarlik  buyumlari  yasash  sohalari  yaxshi 

rivojlangan. Ayni paytda ular ma’danlami bilishmaganligi sababli bolta va pichoqlarning toshdan yasalishi davom etgan. Zargarlar 

qimmatbaho  toshlarga  ishlov  berib,  qadalma  naqshlar  (mozaika)  yasab,  saroy  va  ibodatxona  devorlarini  bezashgan.  Astek 

hunarmandlari  ayniqsa  naqshin  idishlar,  ajoyib  gazlamalar,  qush  patlaridan  tovus  kabi  tovlanadigan  kashtalar  tikishda  mohir 

bo'lganlar. 

Quruvchilar to'g'onlar, kanallar qurishib, xom g'isht yoki toshdan yasalgan ustunlar ustida uylar bunyod et- ganlar. Bozorlarda 

mol ayirboshlash orqali savdo yaxshi rivojlangan. 

Asteklar qo'shni mayyalar ixtirosi asosida o'zlarining quyosh taqvimini yaratganlar. Piktografik yozuv shakllangan. Asteklar dini 

ko‘p xudolikka asoslangan edi. Xudolar orasida eng e’tiborlisi, urush xudosi sharafiga hatto odamlar ham qurbonlik qilingan. 

Ibodatxona kohinlari xalq orasida alohida hurmat-e’tiborga ega bo'lgan. Piktografik yozuv (lotincha pictus — rasmli va yunoncha 

grapho — yozaman, rasmli yozuv) — ma’lumotning umumiy mazmunini rasm orqali yoki rasmlarni ketma-ketligi orqali eslab 

qolish maqsadida tasvirlash. Bu yozuv neolit davridan beri ma’lum bo‘lib, biron-bir tilning yozuv vositasi hisoblanmaydi. 

Poytaxt Tenochtitlanda zodagonlarning farzandlari va oddiy xalq bolalari uchun alohida-alohida maktablar bo‘lgan. Xalq bolalari 

uchun  maktablarda  dehqonchilik,  hunarmandchilik  va  harbiy  ish  o‘rgatilgan.  Zodagonlarning  farzandlari  esa  tarix,  husnixat, 

o'qish, hisoblash, astronomiya, she’riyat, notiqlik san’atlari asoslarini o'rganishgan. 

Tenochtitlanda har yili madhiya, qissalar yozadigan shoir-qo'shiqchilar ko'rik-musobaqalari o'tkazilib, g‘oliblar mukofotlangan. 

2.

 

Xivadagi Ichan Qa’la majmuasi. 

Ichan  qal’a.  Jahonning  durdona  yodgorliklaridan  biri  bo'lgan  Ichan  qal’a-  Xiva  shahrining  ichki  qismidir.  U 

o'tmishdaajdodlarimiz  mohirlik  bilan  bunyod  etgan  54  ta  noyob  tarixiy  me’  moriy  obidalar  majmuasidan  iborat.  Bu  majmua 

Ko'hna Ark (arzxona), madrasalar, masjidlar, maqbaralar va boshqa shu kabi inshootlarni o'z ichigaoladi. 

Dunyoda bunday noyob va go'zal obidalari bilan saqlanib qolgan shaharlar juda kam. Shuning uchun ham 1961-yildayoq majmua 

Ichan qal’a muzey - qo'riqxonasiga aylantiiilgan. Bu muzey - qo'riqxonaning maydoni 26 gektami tashkil etadi. 1990-yilda esa 

xalqaro YUNESKO tashkilotining qarori bilan Ichan qal’a jahon merosi ro'yxatiga kiritildi. 

3.

 



Najmiddin Kubroning hayoti va ijodi. (1145—1221)Mashhur shayx, yirik tasavvuf olimi, xalq qahramoni va   otashnafas 

shoir Najmiddin Kubro Xiva yaqinidagi hozirgi Sayot qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning to‘liq ismi  - Ahmad ibn Umar Abuljannob 

Najmiddin al-Kubro  al-Xivaqiy al-Xorazmiy.  «Shayxi valiytarosh» -  «Avliyolar  yetishtiradigan shayx» nomi  bilan    shuhrat 


19 

 

 



qozongan bu ulug‘ inson tasavvufdagi mashhur kubraviya tariqatiga asos solgan. Bu tariqat ahllari xufiya zikrni targ‘ib etganlar. 

Kubraviya ta'limoti asosan Markaziy Osiyo va qisman Eronga tarqalgan.Najmiddin Kubroning o‘nga yaqin asarlari fanga ma'lum. 

Uning, ayniqsa, «Al-usul al-ashara» («O'nta usul»), «Favoyih ul-jamol va favotih ul-jalol» («Jamol xushbo‘yliklari va jalolning 

kashfi»),  «Risolat  ul-hoif  ul-hoim  an  lavmat  il-loim»  («Qo‘rquvchi  ovvoralar  va  malomat  etguvchi  malomatiylar  haqida»), 

«Tafsir», «Sharh us-sunna val-masolik» («Sunna va ezguliklar sharhi») kitoblari mashhur. Kubro o‘z asarlarini asosan arab tilida 

yozgan. Faqat boshlovchi so‘fiylar uchun qo‘llanma sifatida yaratilgan «Fi odob us-solikin» («Soliklar odobi haqida») asari va 

ruboiylarini  forsiyda  bitgan.  Ingliz  sharqshunosi  J.S.Trimingem  «Soliklar  odobi  haqida»  asari  tasavvufning  eroniylashuvida 

muhim bosqich bo‘lganligini qayd etadi. 

4.

 

“Aligarxiya”  atamasiga  izoh  bering.  iqtisodiy  va  siyosiy  hukmronlikning  bir  hovuch  ulkan  sarmoya  egalari  qo’lida 



to’planishi 

 

14-



 

bilet 


1.

 

IX asrda Somoniylar davlati. 

IX asrda Movarounnahrning siyosiy hayotida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Yurt- ga avval Nuh, so‘ngra Ahmad boshchilik qiladi. 

Har biri hukmronligi davrida o‘z nomlaridan misdan cha- qalar zarb etadilar. Ahmad vafotidan (865-yil) keyin uning o‘g‘li Nasr 

Samarqandni  markazga  aylantiradi.  U  Movarounnahrning  barcha  viloyatlarini  birlashtirish  va  uni  Xurosondan  ajratib  olish 

choralarini ko‘radi. 

IX asrning oxirgi choragida Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o‘tadi. Nasr butun 

Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi. U kumush dirham zarb etadi. 

Ko‘p  o‘tmay  aka-uka  Nasr  va  Ismoil  o‘rtasida  toj-taxt  uchun  kurash  boshlanadi.  Unda  Ismoil  g‘olib  chiqadi.  Ismoil 

Somoniy 888-yilda butun Movarounnahrni o‘z qo‘l ostiga birlashtirdi. 

Ismoil  Somoniy  o‘rta  asrlarning  qobiliyatli,  serg‘ayrat  va  nihoyatda  zukko  davlat  arbobi  edi.  U  Movarounnahrni 

birlashtirib, mustahkam davlat tuzishga intildi. Shimoli sharqiy hududlarga yurish qiladi. 893-yilda Taroz shahrini zabt etib, 

dashtliklarga qaqshatqich zarba beradi. 

Movarounnahr aholisining mustaqillikka erishishi, shubhasiz, Arab xalifalariga yoqmas edi. Arab xalifaligini, bir tomondan, 

Movarounnahrdan  muttasil  undirib  olinadigan  katta  boyliklardan  mahrum  bo‘lishi  nihoyatda  ranjitsa,  ikkinchi  tomondan, 

cho‘chitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni to‘qnashtirishga va ularning har ikkisini ham zaiflashtirib, 

bu boy viloyatlarda o‘z ta’sirini qayta tiklashga harakat qiladi. Xalifa Mu’tazid (892-902) safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga 

Xuroson bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi 

gijgijlaydi.  Natijada  900-yilda  ular  o‘rtasida  urush  boshla-  nadi.  Urush  Ismoilning  g‘alabasi  bilan  tugaydi.  Butun  Xuroson 

somoniylar qo‘l ostiga o‘tadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilga hukmdorlik yorlig‘ini yuborishga majbur bo‘ladi. 

 

 



Ismoil Somoniy butun Movarounnahr va Xurosonni o‘z qo‘l ostida birlashtirdi. Buxoro shahri bu ikki davlatning poytaxtiga 

aylandi. 

Somoniylar  mamlakatni boshqarishda  dastavval  ixcham boshqaruv  ma’muriyatini tashkil etdilar. U  amir dargohi  va  devonlar 

(vazirliklar)dan iborat edi. Dargohda amir qarorgohi va harami hamda saroy a’yon- lari, navkar va xizmatkorlarining turarjoylari 

bo‘lardi.  Narshaxiy-  ning  yozishicha,  Somoniylar boshqaruvi asosan  vazir,  mustovfiy, amid ul-mulk, sohibi shurat  kabi o‘nta 

devon  orqali  idora  etilib,  ular  orasida  vazir  devoni  bosh  boshqaruv  mahkamasi  hisoblanar-  di.  Nasr  II  (914-943)  davrida 

Buxoroning  Registon  maydonida  amir  qasri  qarshisida  devonlar  uchun  saroy  qurilib,  mahkama  mana  shu  maxsus  binoga 

joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari arab, fors tillarini puxta egallab olgan, 

Qur’onni va shariatning asosiy qoi- dalarini yaxshi biladigan, turli fan- lardan xabardor bo‘lgan savodli aslzodalardan tanlab 

olingan. 

Movarounnahrning ravnaqida islom dini ruhoniylarining hissa- si katta bo‘ldi. Shu boisdan ularning obro‘yi oshib, poytaxt 

Buxoro Sharqda islom dinining eng nu- fuzli markazlaridan biriga aylan- di. Shaharlarda ko‘plab ibodatxo- 

nalar, shu jumladan, jome masjid, xonaqoh va namozgohlar bino qilindi. Shu davrda Buxoro shahrida musulmon Sharqi- dagi 

ilk  ilmgoh  -  madrasa  bunyod  etiladi.  Buxoroning  bu  qadimiy  madrasasi  X  asrda  shaharning  kavushdo‘zlar  mahal-  lasi 

yaqinida bino qilingan. U Farjak madrasasi deb yuritil- gan. 

 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling