Tarix fanlaridan bitiruv nazorat imtihon materiallari va javoblar


Download 0.72 Mb.

bet6/12
Sana16.04.2018
Hajmi0.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

2.

 

Artemida ibodatxonasi. 

Ma’buda Artemida ibodatxonasi. Ma’buda Artemida sharafiga Efes shahrida (bu shahar hozir Turkiya hududida joylashgan) 

ko'Tganlarni lol qoldiradigan ibodatxona qu- rilgan. Afsonalarga ko‘ra Artemida Zevs- ning qizi bo‘lgan. U hosildorlik, ov va Oy 

ma’budasi edi. Ayni paytda hayvonlar ho- miysi, shuningdek, ayollar madadkori ham hisoblangan. Artemida ibodatxonasining 

tomini qoyatoshlardan ishlangan 18 metrli ustunlar suyab turgan. 



3.

 

Baxouddin Naqshbandiy hayoti va ijodi. 

Bahouddin Naqshband, Muhammad binni Muhammad Bahouddin an-Naqshbandal-Buxoriy (koʻproq Bahouddin yoki Xoja 

Bahouddin, Balogardon, Xoʻjai Buz-ruk, Shohi Naqshband nomlari bilan mashhur) (1318 — Buxoro viloyati, hozirgi Kogon 

tumani — 1389) — mashhur avliyo, naqshbandiya tariqatining asoschisi. 

Somoniylar  davlati  (865-999)  -  Movarounnahr  va  Xurosondagi  o‘rta  asr  davlati.  Buxoro  vohasining  yirik  mulkdor 



hukmdorlarining sulolaviy nomi. So- moniylar davlatining tashkil topishi arab xalifaligi- ning qulashi hamda Movarounnahr va 

Xurosonni bosib olgan Somoniylarning davlat tepasiga chiqishi bilan bog‘liq. Ravnaq topgan davrida Movarounnahr, Xuroson, 

Shimoliy va Sharqiy Eronni o‘z ichiga olgan 


http://imtihon.basbro.ru/

 

http://basbro.ru/



 

http://telegram.me/imtih

 

Bizni telegramda kuzating 



@imtih

 

 



 

U tugʻilgan qishloq Qasri Hinduvon (keyinchalik B. N. sharafiga Qasri Orifon) deb atalgan. Uning oilasi va farzandlari 

toʻgʻrisida aniq maʼlumot yoʻq. Lekin B. N. Muhammad paygʻambar avlodlariga mansub sayyidzodalardan ekanligi qayd 

etilgan va ota tomondan 11-chi imom Imom Xasan al Askariyni ikkinchi o'g'li Sayyid Ali Akbarni avlodi hisoblanadi Otasi 

Muhammad Buxoriy toʻquvchi hamda oʻyma naqsh soluvchi (naqshband) boʻlgan. B. N. taqdirida bobosi Sayyid Jaloliddin 

Buxoriyning alohida xizmati bor. U sufiylar bilan yaqin aloqada edi. Shu sababli nabirasida ilo-hiyotga katta qiziqish 

uygʻotdi.B. N. xalq orasida "Balogardon" (yaʼni duo 6-n baloqazoni daf qiluvchi) unvoni bilan ham mashhur. Oʻz taʼlimotini 

yaratishda Yusuf Hamadoniy va Abduholiq Gʻijduvoniy nazariyalariga asoslangan. Taʼlimotining asosida "Dil-ba yor-u, dast-ba 

kor" ("Koʻngil Xudoda boʻlsin-u, qoʻl ish bilan band boʻlaversin") degan shior yotadi.Hozirgi kunda 

B. N. tavalludining 675 yilligi (1993) munosabati bilan Oʻzbekistonda B.N. taʼlimotini oʻrganishga ahamiyat kuchaydi. Buxoro 

davlat unti huzurida "Naqshbandiya" ilmiy markazi ish boshladi. U yerda tasavvufiy-irfoniy merosni tadqiq etish yoʻlga 

qoʻyildi. Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasida ham "Naqshbandiya" markazi tuzildi. 

4.

 

“Piktografiya” so’ziga izoh bering. (lotincha pictus-rasmli va yunoncha grapho-yozaman,rasmli yozuv) ma’lumotlarning 



umumiy mazmunini rasm orqali yoki rasmlarni ketma-ketligi orqali eslab qolish maqsadida tasvirlash. 

 

15-



 

bilet 


1.

 

Toshkentdagi VI-X asrlarda Qarluqlar davlati. 

VIII asr oxiri - IX asr boshlarida Arab xalifaligi og‘ir siyosiy tanglikkauchradi.Bo‘ysundirilgan xalqlarni itoatda tutib turish 

arablar uchun tobora qiyin bo‘lib qoldi. Movarounnahr va Xuroson aholisining tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarib turishi, uzluksiz davom 

etgan o‘zaro urush va ichki ziddiyatlar Arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirdi. Bu esa mustaqil dav- latlarning paydo bo‘lishiga 

olib keldi. 

Movarounnahrning shimoliy va shimoli sharqiy hududlari- dagi hali xalifalikka bo‘ysundirilmagan chegaradosh yerlarda 

bir nechta davlatlar tashkil topdi. Ulardan biri Qarluqlar davl tidir.Qadimda Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining 

o‘rta oqimida yashagan 



qarluqlar qadimiy turkiy qabilalardan hisoblangan. VI-VII asr- larda ular Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. VIII asr o‘rtalarida 

Yettisuv o‘lkasida Qarluqlar davlati tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shah- 

ri edi. Qarluqlar davlati hukmdori «yabg‘u» yoki «jabg‘u» deb _ yuritilgan.X asr o‘rtalariga borganda qarluqlarning kattagina 

qismi  musulmon  bo‘lgan.  Bu  davrda  bir  nechta  shaharlarda  jome  mas-  jidlar  bino  qilingan.Qarluqlar  davlati  shimol  va 

sharqdan Elsuvi daryosi vodiy- sigacha, chigil qabilasi yaylovlarigacha; g‘arbdan o‘g‘uz yurti va Farg‘ona vodiysi; janubda esa 



yag‘molar vohasi va Sharqiy Turkiston bilan chegaralangan. 

X asrda qarluqlar Movarounnahrning shimoliy hududlarini egallagach, Shosh atrofi va Farg‘ona hamda Zarafshon vodiyla- 

riga kelib o‘rnashganlar. Keyinchalik o‘troq tarzda yashaydigan mahalliy aholiga singib ketganlar. 

2.

 

Mustaqillik va ezgulik monumenti. 

20 


Mustaqillik va ezgulik monumenti — Toshkent shahridagi Mustaqillik maydoniaa Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti 

I.

 



Karimov gʻoyasi bilan bunyod etilgan meʼmoriybadiiy maj-mua. Oʻzbekiston istiqbolining dastlabki yillari (1992)da 

maydonda oʻrnatilgan obida Mustaqillik monumenti deb atalgan. Ramziy ravishdagi Yer sharida Oʻzbekiston Respublikasi 

xaritasi aks etgan ushbu obida jahon xaritasida mustaqil Oʻzbekiston mamlakati mustahkam oʻrin olganini ifodalaydi. 2005 yil 

28 dek.da ushbu monument oldiga farzan-dini bagʻriga bosib turgan munis oʻzbek ayoli siymosi — Baxtiyor ona haykali 

oʻrnatildi (haykaltarosh I.Jab-borov). Mustaqillik monumenti va Baxtiyor ona haykali Ezgulik arkasi, oq poyondoz shaklidagi 

keng yoʻlak bilan birga yaxlit ansamblni tashkil qiladi. Mustaqillik va ezgulik tushunchalarini ramziy tarzda uygʻun ifodalagan 

ushbu yodgorlik M. va e.m. deb ataldi. 

2004—2005 yillarda Mustaqillik maydoni pa unga tutash hududda keng koʻlamdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga 

oshirildi. Vazirlar Mahkamasi binosi tubdan qayta taʼmirlandi, Senat binosi, Ezgulik arkasi, Tasviriy sanʼat gʻalereyasi kabi 

muhtasham meʼmoriy inshootlar, yashil maydon va xiyobonlar barpo etildi. Ayni vaqtda yangi Mach.muriy bino, Biznes 

markazi qurilipchi ni-hoyasiga yetmoqda. Bunday katta bunyodkorlik ishlari tufayli maydonning faqat qiyofasi emas, uning 

vazifasidagi mazmun-mohiyati ham oʻzgardi. Mustaqillik maydonining ijtimo-iy-siyosiy hayotimizda tutgan muhim oʻrni va 

ahamiyatini inobatga olib hamda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga istiqlol gʻoyalarini, milliy gʻurur va iftixor, 

vatanpar-varlik tuygʻularini yanada chuqurroq singdirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidsntining 2006 yil 3 fevral 

da "Mustaqillik va ezgulik monu-menti toʻgʻrisida" qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi umumxalq 

bayramlari hamda davlat miqyosidagi boshqa tantanali maro-simlarda, shuningdek, mustaqil taraqqiyotimiz, milliy qadriyatlari- 

miz b-p bogliq muhim sanalar, kasb bayramlarini nishonlash, tantana va anjumanlar oʻtkazish munosabati bilan M. va e.m. 

poyiga 1ulchambar qoʻyish rasmiy marosimini bslgilagan tartibda amalga oshirish joriy etildi va boshqa tad-birlar belgilandi. 



3.

 

Nikolay Kopernikning hayoti va faoliyati. (1473—1543) 

Nikolay Kopernik 1473 yilning 19 fevralida Polshaning Torun shahrida tavallud topdi. Uning otasi savdogar bo’lib, bu shaharga 

Germaniyadan ko’chib kelishgan edi. Nikolay Kopernik oilada to’rtinchi farzand bo’lgan. O’n yoshgacha Nikolay Kopernik 

farovon va to’qchilikda hayot kechirdi. Uning baxtiyor bolaligi, bo’lajak olim roppa rosa o’n yoshga to’lgan vaqtda to’satdan 

qayg’uli yillarga almashindi. Yevropaning deyarli yarim aholisini hayotdan olib ketga o’lat epidemiyasi Torunga ham yetib 

kelib, Nikolay Kopernikning otasini ham o’zining dastlabki qurbonlaridan biriga aylantirdi. Padaridan ayrilgan Kopernikning 

keying taqdiri, uning o’qishi va tarbiyasi muammolari tog’asi Lukash Vachendore zimmasida qoldi.Aynan Boloniyada Kopernik 

astronomiyaga bo’lgan qiziqishlarini o’zining ilmiy faoliyatiga asos bo’ladiga darajada shakllantirdi. 1497 yil 9 mart oqshomida 

astronom Domeniko Mari Novara bilan birgalikda Nikolay Kopernik o’zining ebg dastlabki ilmiy astronomik kuztishlarini olib 

bordi. Bu kuzatishdan keyi Kopernik Oyning kvadraturada joylashgan vaqtidagi yerdan uzoqlik masofasi, yangi oy, yoki to’lin 



21 

 

 



oy vaqtidagilar bilan bir xil ekan. Universitetda o’rgatilgan Ptolimey ta’limoti faktlari bilan bunday nomuofiqlik Nikolay 

Kopernikni chuqur ilmiy mulohazalar qilib ko’rishga undadi.O’zining Italiyada boshlagan astronomik kuzatishlarini Lidzbarkda 

cheklangan miqiyosda davom ettirgan Kopernik, Fromborkda ularni jadal va keng ravishda davom ettirdi. Lekin, bu hududning 

shimolga xo katta kenglikda joylashganligi, Visla qo’ltig’i tez tez tufayli yuzaga keluvchi tumanlik hamda osmonning muttasil 

bulutli bo’lishi Kopernikning tadqiqotlariga jiddiy xalal berardi.Kopernik kuzatuvlar olib brogan vaqtda hali teleskop kashf 

qilinmagan edi. Xattoki teleskopgacha bo’lgan eng ilg’or va aniq astronomik kuzatuv usullari hisoblangan Tixo Bragening 

uskunalari ham Kopernikda bo’lmagan. (Tixo Brage usulidagi noaniqlik ko’pi bilan ikki minut bo’lgan). Uning kuzatuvlari 

uchun qo’llagan asboblaridan biri «Trikvertum» nomli parallaks o’lchovchi uskuna bo’lsa, ikkinchisi ekliptikaning og'ish 

burchagini aniqlash uchun qo’llagan «Goroskopiy» nomli uskuna bo’lib, quyosh soatlari, hamda kvadratning bir turi bo’lgan. 

Yaqqol qiyinchiliklarga qaramasdan, tahminan 1516 yilda yozilgan «Kichik izoh» risolasida, Nikolay Kopernik o’zining 

ta’limotini, to’g’rirog’i hali gipoteza ko’rinishida bo’lgan olamshumul g’oyalarini bayonini keltirdi. Bu asarda u, g’oyalar uchun 

matematik isbotlashlar keltirishga urinib o’tirmadi, chunki, Kopernikning rejasi bo’yicha, ta’limotning to’liq bayoni va uning 

matematik isbotlashlari kattaroq va mukammalroq asarda batafsil yozilishi kerak bo’lgan. 

Osmon jismlarining harakatini kuzatib borib, Kopernik Ptolomey nazariyasi noto’g’ri ekanligi haqida xulosa chiqardi. 30 yillik 

mashaqqatli mehnat va muttasil kuztuvlar, hamda murakkab matematik hisoblashlardan so’ng, Nikolay Kopernik Yer ham oddiy 

sayyoralardan biri ekanligini, va barcha sayyoralar, shu jumladan, Yer ham Quyosh atrofida aylanishini ilmiy isbotlab berdi. 

To’g’ri, u hali yulduzlar qo’zg’almas va harakatsiz ravishda osmon sferasining eng chetki sirtida va Yerdan juda uzoq 

masofalarda joylashgan deb hisoblashda davom etardi. Lekin u o’z zamonasi uchun olamshumul va eng shov – shuvli g’oyani 

o’rtaga tashlagan edi. 

Nikolay Kopernik astronomik tadqiqotlardan tashqari tibbiy bilimlarni ham puxta egallagan bo’lib, 30 yillarga kelib u mahoratli 

hakim sifatida ham dong taratgan edi. U Padiyada olgan tibbiy bilimlarini, keyinchalik ham mustaqil rivojlantirib borib, ko’plab 

zamondosh mashhur insonlarni – Prussiyaning Gertsoglik va Qirollik amaldorlarini, cherkovning ko’zga ko’ringan 

namoyondalarini, xususan Tideman Gize, Aleksandr Skuletti kabilarni xavfli va yuqumli kasalliklardan davolashga muvaffaq 

bo’ldi. Shuningdek Kopernikning oddiy fuqaroga ham ko’rsatgan doimiy tibiy yordami haqida polyak xalqida ko’plab ijobiy 

xotiralar saqlanib qolgan. U o’z davolash tamoyillarida, dori vositalarining ta’sir qilish mexanizmlarini aniqlashga va 

bemorlarning umumiy ruhiy ahvolini doimiy kuzatib borishga asoslangan, ijodiy yondoshuvga tayanar edi. 



4.“Separatizm”so‘ziga izoh bering. (lotincha-ajrataman) ajralip chiqishga intilish. Shuningdek xalqaro huquqda ittifoqchi 

davlatlarning ittifoqchilar ruxsatisiz va ular bilan kelishmay turib urushayotgan davlat bilan tuzilgan bitim. 

 

16-

 

bilet 


1.

 

Qadimgi Rimga asos solinishi

 

Rim shahri Tibr daryosi bo`yidagi shinamgina dehqonchilik manzilgohlaridan boshlangan. Tibr bo`ylab joylashgan kichik 

manzilgohlar birlashib, katta shaharga aylandi. Rim yettita tepalikda joylashgan. Tibr toshgan kezlarda tepaliklar o`rtasidagi 

vodiy odam o`tolmaydigan botqoqlikka aylanib qolar edi. Shaharjoylashishi harbiy nuqtayi nazardan juda ham qulay bo`lgan. 

Da-ryo va botqoqlik lotinlarni qo`shni qabilalar hujumlaridan himoya qilar edi. Rivoyatga qaraganda, miloddan avvalgi 753- 

yilda Rim shahriga aka-uka Romul va Rem tomonidan asos solingan. Dunyoga kelganlaridan so`ng chaqaloqlarni o`lsin deb 

Tibr daryosi bo`yida tashlab ketishadi. Daryo bo`yida ularni Ona bo`ri topib oladi, bir cho`pon kelib olib ketmaguncha aka- 

ukalarni emizadi va boqadi. Voyaga yetganlarida esa Tibr bo`yida shahar barpo etishga ahd qilishadi. Aka-ukalar janjallashib 

qolib, Romul o`z inisini o`ldirib qo`yadi, shaharga esa o`-z nomini beradi. Bugungi kunda, afsonada aytilganidek, egizaklarni 

ernizgan Ona bo`ri Rimning timsoli hisoblanadi. Miloddan avvalgi VI asrda Rim aholisi ko`p shaharga aylanadi. Kapitoliy 

tepaligida esa dushmanlardan himoyalanish uchun qal'a bunyod etiladi. 

2.Samarqanddagi Registon me’moriy majmuasi 

Samarqandning  Registon  maydonida  3  Madrasa  (Ulugʻbek  madrasasi,  Tillakori  Madrasasi,  Sherdor  Madrasasi)  dan  iborat 

meʼmoriy  majmua.  Dastlab  Ulugʻbek  madrasasi  (1417—1420  yy)  bunyod  etilib,  keyinchalik  qarshisiga  —  maydon  sharqiga 

Ulugʻbek xonaqohi (1424 y), shim.ga Mirzoyi karvonsaroyi, jan.ga Alika Koʻkaldosh Juma masjidi (1430 y) kurdirgan, yonida 

esa  yogʻochdan  xotamkori  uslubida  masjidi  Muqatta  va  Abusaid  madrasasi  qurilgan.  15-a.ning  20—40y.larida  Registon 

hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan. 17-a.da Samarqand hokimi Yalangtoʻsh Bahodir vayrona holatdagi Ulugʻbek xonaqohi 

oʻrniga Sherdor Madrasa (1619—1635/36)ni, Mirzoyi karvonsaroyi oʻrniga Tillakori madrasa masjidi (1646/47— 1659/ 60)ni 

qurdirgan. Registon ansambli oʻzining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan Oʻrta 

Osiyo meʼmorchligining noyob yodgorligi hisoblanadi.

[1]


 

Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu erda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek 

madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi (1619-1636), Tilla-kori madrasasi (1647-1660). Registon - qadimiy ilm, taʼlim 

muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. 

U haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch- qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, deganlar. 

2001- yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan. Registon maydoni- tarixda 

shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi bo’lgan. “Registon ” so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. O’rta asrlarda 

hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda ham 

bo’lgan. Samarqanddagi maydon esa O’rta Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda 

bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur podshohligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. 

Ulug’bek davri (1409-1447)da esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega bo’ldi. Zamonaviy Registon ansambli o’zida 

Ulug’bek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi(1619-1636) va Tillakori masjid-madrasasini (1647-1660) mujassam etadi. 

Registonning janubiy tomonida xalq orasida “Childuxtaron” deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan edi. Ularni 

Ko’chkunjihon (1527-1530) qurdirgan edi va Tillakori madrasasiga qo’sh qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan so’ng 

xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va o’rni maydon bo’lib qolgan. 100 yil orasida oxirgi ko’rinishini olgan bu 

Registonni ko’rish ishtiyoqida butun dunyo sayyohlari tashrif buyurishadi. 



http://imtihon.basbro.ru/

 

http://basbro.ru/



 

http://telegram.me/imtih

 

Bizni telegramda kuzating 



@imtih

 

 



 

3.Isaak Nyuton hayoti va faoliyati. 

Buyuk ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanika asoschisi Isaak Nyuton Grantem (Angliya) shahri yaqinidagi Vulstorn 

qishlog‘ida fermer oilasida tug‘ildi. 12 yoshida Grantem maktabida o‘qiy boshladi, 1661-yilda Kembrij universiteti kollejlaridan 

biriga kirib, uni tugallaganidan so‘ng bakalavr ilmiy darajasini oldi. 

Nyuton Isaak (1643–1727) Butun olam tortishish qonunini maktabda o‘qigansiz. Ana shu qonunning kashf etilishiga tasodifan 

daraxtdan uzilgan olma sabab bo‘lganligi ham sizga ma’lum. Nima sababdan olma hech qayoqqa og‘masdan to‘ppa-to‘g‘ri 

yerga tushadi, deb o‘yladi olimlardan biri. U yoshlik yillaridayoq bu masala ustida o‘ylay boshlagan, lekin uning javobini 

yigirma yildan keyingina e’lon qilgan. Bu olim buyuk ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanika asoschisi Isaak Nyuton edi. 

U Grantem (Angliya) shahri yaqinidagi Vulstorn qishlog‘ida fermer oilasida tug‘ildi. 12 yoshida Grantem maktabida o‘qiy 

boshladi, 1661-yilda Kembrij universiteti kollejlaridan biriga kirib, uni tugallaganidan so‘ng bakalavr ilmiy darajasini oldi. 

1668-yilda Nyutonga magistr unvoni berildi, 1672-yilda u London Qirollik jamiyati a’zosi etib saylandi, 1703-yilda esa uning 

prezidenti bo‘ldi. 

Isaak bolalik chog‘laridanoq varrak, mexanik o‘yinchoqlar yasashni xush ko‘rardi. Keyinchalik u ko‘zgu, prizma va linzalarni 

sayqallovchi mohir usta bo‘lib yetishdi. Ko‘zgularni sayqallash san’ati Nyutonga, ayniqsa, yulduzli osmonni kuzatishga 

mo‘ljallangan ko‘zguli teleskopni yasashda asqotdi. Teleskopning har bir qismini ishlash juda katta mehnat va sabr-toqat talab 

qilardi. Matonati tufayligina u ajoyib teleskop yasashga muvaffaq bo‘ldi. 

 

4.

 



“Ekstremizm” so’ziga izoh bering. -o‘z maqsadiga erishish yo'lida eng keskin choralami qo'llashga tarafdorlik. 

 

17-



 

bilet 


1.

 

XVI  asrda  Hindiston  davlati.XVI  asrda  Hindistonda  siyosiy  tarqoqlik  hukm  surardi.  O'zaro  ichki  nizolar  va  urushlar 

mamlakatni kuchsizlantirgan edi. Hindistondagi ichki siyosiy ahvolni sinchkovlik bilan kuzatib turgan Kobul hukmdori Zahiriddin 

Muhammad  Bobur  vaziyatdan  foydalanishga  qaror  qildi  va  Hindistonni  egallash  uchun  harbiy  yurish  boshladi.  Bu  davrda 

Shimoliy  Hindistondagi  Dehli  sultonligida  Hindistondagi  afg  'on  qabilalaridan  chiqqan  lo'diylar  sulolasi  hukmronlik  qilardi. 

Bobur  Mirzo  1526-  yilning  21-  aprelida  Panipat  jangida  Ibrohim  Lo'diy  qo'shinini  tor-mor  keltirdi.  27-  aprel  kuni  esa  Dehli 

shahrida Bobur podshoh nomiga xutba о'qildi. Shu tariqa tarixda 332 yil yashagan yangi imperiya - Boburiylar imperiyasiga asos 

solindi.  Bobur  Hindistonda  o'zi  bilan  qolgan  qo'shinga  jogir  tarqatdi.  Bu  yerlarda  xo'jalik  yuritish  ishlariga  rahbarlik  qilish 

mahalliy  urf-odatlarni  yaxshi  biladigan  hindularga  topshirildi.Bobur  imperiya  taxtida  uch  yil  o'tirdi.  1530-  yilda  Boburning 

o'limidan so'ng imperiya taxti katta o'g'li Humoyunga o'tdi.Imperiyadagi siyosiy ahvol. Humoyun imperiya sarhadlarini yanada 

kengaytirishga  intildi.  Bu  kurashda  uning  asosiy  raqibi  Bixor  va  Bengaliyada  joylashib  olgan  afg'on  qabilalarining  yetakchisi 

Sherxon  Sur  bo'ldi.  Ikki  sarkarda  qo'shinlari  o'rtasidagi  jangda  Sherxon  Surning  qo'li  baland  keldi.  Mag'lubiyatga  uchragan 

Humoyun Eronga qochib ketdi. Sherxon Sur Hindiston taxtini egalladi va shoh deb e'lon qilindi. Bu hodisa 1540- yilda yuz berdi. 

Surlar davri shiddatli va shafqatsiz ichki kurashlar bilan o'tdi. Oqibatda Hindistonda og'ir siyosiy vaziyat vujudga keldi. Bundan 

H

22

umoyun ustalik bilan foydalandi. Taxtdan ayrilgan yillarda u turk, fors, turkman va о 'zbeklardan iborat kuchli qo'shin tuza olgan 



edi. 1555- yilda Humoyun Hindiston taxtining da'vogarlarini tor-mor etib, yana hokimiyatni o'z qo'liga qaytarib oldi. Unga taxtda 

uzoq  o'tirish  nasib  etmadi.  Oradan  ко  'p  vaqt  о'tmay  Humoyun  tasodifiy  falokat  tufayli  halok  bo'ldi.Imperiya  Akbarshoh 



davrida. Boburiylar sulolasi hukmdorlari ichida «Buyuk Akbar» degan unvonga sazovor bo'lgan Humoyunning о'g'li Akbarshoh 

1556- yilda otasi taxtini egalladi. Akbarshoh hamisha uzoqni ко'zlab siyosat yuritdi. Shu tufayli u Hindistonda о 'z hukmronligini 

to'la va uzil-kesil  o'rnata oldi. Shuning uchun ham uni Hindistondagi Boburiy hukmdorlar ichida eng ulug'i - «Buyuk Akbar» deb 

atashgan.  Akbar  Hindiston  tarixidagina  emas,  balki  jahon  tarixida  ham  eng  buyuk  shohdir.  Agar  yevropalik  hukmdorlar  bilan 

taqqoslanadigan bo'lsa, Akbar ulug'vorlikda ham, omadbarorlikda ham ulardan ustun turadi. Ishvari Prasad, hind tarixchi olimi. 

Akbarshoh bunday buyuklikka osonlikcha erishgan emas.  Uning asosiy raqibi Hindistondagi afg'on qabilalari  yetakchilari edi. 

Akbarshoh  qo'shini  1556-  yilda  afg'on  qabilalari  qo'shinini  tor-mor  etdi.  1559-  yilga  kelib  taxt  uchun  boburiylarga  qarshi 

kurashning  yetakchi  kuchlari  -  afg  'onlarning  Sur  sulolasi  butunlay  yanchib  tashlandi.  Akbarshohning  hukmronlik  yillari 



imperiyaning  oltin  davri  bo'lgan.  Akbarshoh  zukko  davlat  arbobi,  mohir  sarkarda  bo'lishi  bilan  bir  qatorda,  itoatkor  о'g'il, 

g'amxo'r ota ham edi. Qo'1 ostidagi xalqlarning turmush farovonligi doimo uning e'tiborida turgan. Kambag'al, beva- bechoralarga 

muntazam moddiy yordam ko'rsatgan. Akbarshoh falsafa, din, adabiyot va tarix ilmini yaxshi egallagan. U boshqa din vakillariga 

nisbatan ham adolatli siyosat yuritgan. Akbarshoh musulmon bo'lmaganlardan undiriladigan «jizya» solig'ini bekor qilgan. 

Hindlarning ziyoratgohlaridan olinadigan soliqni man etgan. Imperiya hududida yagona savdo solig'i joriy etilgan. Ham xolisa, 

ham  jogirdorlar  yerlaridan  teng  miqdorda  soliq  undirilgan.  Davlat  idoralaridagi  lavozimlar,  dini  va  mazhabidan  qat'i  nazar, 

shaxsning  salohiyatiga  qarab  taqsimlangan.  Akbarshoh  barcha  fuqarolarga  din  erkinligi  bergan.  Bir  so'z  bilan  aytganda, 

Akbarshoh hindlar bilan musulmonlarning yonma-yon, tinch-totuv yashashlariga erishgan. Akbarshoh yuritgan bunday adolatli 

siyosat  boburiylar  davlatining  ulkan  imperiyaga  aylanishida,  uning  mahalliy  aholi  va  amaldorlar  tomonidan  qo'llab- 

quvvatlanishida  katta  rol  о'ynadi.  Bu  esa,  о'z  navbatida,  imperiyaning  qudrati  va  shon-shuhratining  yanada  ortishiga  xizmat 

qilgan.Akbarshoh  Hindistonda  yuritgan  adolatli  siyosati  evaziga  «Milliy  podshoh»,  «Xalq  hukmdori»  nomlariga  ham  sazovor 

bo'lgan. Akbarshoh 1605- yilda vafot etgan. XVII asr ikkinchi yarmidan boshlab imperiyada toju taxt uchun kurash avj oldi. Oxir- 

oqibatda, bu kurashda 1627-1658-yillarda hukmronlik qilgan Shoh Jahon (Akbarshohning nabirasi)ning o'g'li Avrangzeb g'alaba 

qozondi.  U  1658-  yilda  Dehli  shahrini  egalladi  va  o'zini  shoh  deb  e'lon  qildi.  Avrangzeb  hukmronligi  davrida  (1658—  1707) 

imperiya hududi yanada kengaydi. Ayni paytda, Avrangzeb hukmronligi yillarida imperiya inqirozi uchun zamin ham yetila bordi. 

Xo'sh, bu nimalardan iborat edi? Avvalo, Avrangzebning hech kimga ishonmasligi, hamma narsaga shubha bilan qarashi davlati 

arkon hamda mahalliy hind hukmdorlarining undan ко'nglini sovitdi. 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling