Tarix fanlaridan bitiruv nazorat imtihon materiallari va javoblar


Download 0.72 Mb.

bet7/12
Sana16.04.2018
Hajmi0.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

2.

 

Kompozitor Lyudvik van Betxoven ijodidagi bosh g’oya. 

23 

 

 



Betxoven — nemis kompozitori, pianinochi va dirijyor. Vena klassik maktabining vakili. 1792-yilda Venaga koʻchgan va tez 

orada oʻzining erkin va taʼsirchan, yangi ijro uslubi bilan isteʼdodli pianinochi, badihachi-improvizator sifatida tanilgan. Venada 

(1795—1800) yaratgan fortepiano konsertlari, 8-chi „Patetik“ fortepiano sonatasi, kvartetlari, 1-chi simfoniyasi, „Prometeyning 

yaratmalari“ baletidayoq Betxovenga xos, Buyuk Fransuz inqilobi gʻoyalari taʼsiri ostida shakllangan ijodiy uslubi koʻzga 

tashlandi. 27 yoshidan qulogʻi ogʻirlashib, keyinchalik butunlay kar bulib qolsada, ichki uquv, his-tuygʻu bilan birtalay asarlar 

yaratdi, dirijyorlik qildi. Betxoven ijodi, ayniqsa 1801—1812 yillarda kamol topdi. Qahramonlik va demokratizm ruxi bilan 

yug'rilgan 3-chi („Qahramonnoma“), 5-chi simfoniyalari, „Fidelio“ operasi, I. Gyotening „Egmont“ fojiasiga yozgan musiqasi, 

„Appasionata“ fortepiano sonatasi, skripka va fortepiano uchun „Kreyserov“ sonatasi mashhur. Chuqur fojiaviylik va adolat 

tantanasiga ishonch ruxi bilan sugʻorilgan 9-chi simfoniyasi Betxoven ijodining choʻqqisidir. Soʻnggi asarlari (28—32 

fortepiano sonatalari, 12—16 kvartetlari, bagatellar)da kompozitorning yangi ifoda vositalari topishga intilishi seziladi. 

Musiqiy qahramonlik uslubini yaratgan Betxoven simfonik musiqa tafakkuri (q. Simfonizm) koʻlamini nihoyatda kengaytirgan, 

kamercholgʻu va vokal musiqasi, konsert janrlarining gʻoyaviy mazmunini teranlashtirgan, mavjud musiqa shakllari va janrlarini 

isloh etgan. 

Ijodida turli (ingliz, venger, italyan, nemis, polyak, rus, ukrain) xalq kuylarini qayta ishlagan, Sharq mavzulariga murojaat 

qilgan (Saʼdiy sheʼrlariga 2 kanon). Betxovenning 5, 7, 8, 9-chi simfoniyalari, fortepiano va skripka konsertlari, birtalay 

fortepiano va skripka sonatalari, kamer ansambl va boshqa asarlari Oʻzbekistonda ijro etiladi. 



3.

 

Rojer Bekon ilmiy ijodidagi asosiy goya. 

Oksford universiteti professori Rojer Bekon (XIII asr) fandagi yutuqlarga faqat ilmiy kuzatishlar va tajri- balar yo‘li bilan erishish 

mumkinligini is- botladi. Uning o‘zi optika, fizika, kimyo fanlariga oid tajribalar o'tkazadi. Bekon o‘zi suzadigan kema, suv osti 

kemasi va havo- da uchadigan apparatlar qurish mumkinligini aytgan. Bekonning hayoti qiyinchiliklar va xavf-xatarlar ichida, 

cherkov ta’qibida o'tgan. U uzoq yillar qamoqda ham bo'lgan. 

4.

 



“Ekspansiya” atamasiga izoh bering. buyuk davlatlarning o’zgalar hududi va bozorlarini, xomashyo  manbalarini bosib 

olishga,siyosiy va iqtisodiy ta’sir doiralarini kengaytirishga qaratilgan siyosatlari 

 

18-

 

bilet 


1.

 

XVI  asrda  Yaponiya  davlati.  XVI  asrda  Yevropada  yangi  jamiyat  -  kapitalizmning  tarkib  topish  jarayoni  davom 

etayotgan  bir  sharoitda  Osiyo  davlatlarida  hamon  o'rta  asr  davri  feodal  jamiyati  munosabatlari  davom  etardi.  Yaponiya  ham 

bundan mustasno emas edi. XVI asr boshlarida Yaponiya о'zaro ichki urushlar oqibatida amalda qator mayda-mayda davlatlarga 

bo'linib ketgan. 1507- yildan boshlab Yaponiya tarixida notinch davr boshlandi. Bu davr Yaponiya tarixiga «Kurashuvchi 

viloyalar davri» nomi bilan kirgan. O'zaro ichki urushlar faqat 1573- yilda ikkinchi syogun Asikaga sulolasi hokimiyatining 

ag'darilishi bilan nihoyasiga yetdi. Yaponiyani yagona davlatga birlashtirishdek tarixiy vazifani amalga oshirish ishiga qudratli 

xonadon yetakchilaridan biri Oda Nobunaga rahbarlik qildi. Shiddatli va shafqatsiz kurashlardan so'ng Oda Nobunaga 1573- yilda 

Asikagani  syogunlikdan  mahrum  etdi.  XVI  asr  oxirlariga  kelib  u  mamlakat  viloyatlarining  deyarli  yarmini  birlashtirishga 

muvaffaq  bo'ldi.  Oda  Nobunaga  mamlakatda  qator  islohotlar  o'tkazdi.  Chunonchi,  iqtisodiy  taraqqiyotga  to'sqinlik  qilayotgan 

mahalliy soliq va bojxona to'lovlarini bekor qildi. Savdo yo'llari va ко'priklar ta'mirlandi. Shaharlarga bozorlar ochish huquqi 

berildi.  Shaharlarning  tashqi  savdo  faoliyati  rag'batlantirildi.  Ayni  paytda  tilla  va  kumush  tangalarni  muomalaga  kiritdi.  Oda 

Nobunaga o'tkazgan islohotlar Yaponiyaning siyosiy birlashuvi va iqtisodiy taraqqiyotiga yordam berdi. Yevropaliklarning kirib 



kelishi.  XVI  asrning  40-  yillaridan  boshlab  Yaponiyaga  birinchi  bo'lib  Portugaliya  savdogarlari  kirib  keldilar.  1543-  yilda 

portugaliyalik Mendish Pintu Bungo viloyati hukmdori bilan Yaponiyaga turli tovarlar qatori qurol-aslaha, porox olib kelish va 

ularni oltin hamda kumushga ayirboshlash to'g'risida shartnoma imzoladi. Yevropaliklarning Yaponiyaga kirib kelishining eng 

ahamiyatli jihati, о'qotar qurolning Yaponiyaga keltirilishi hamda shu yerda ishlab chiqarishning yo'lga qo'yilishi bo'ldi. Mendish 

Pintu  yaponlarga  о'qotar  qurollar  yasash  san'atini  o'rgatdi.  Ayni  paytda  Yaponiyaga  yevropalik  savdogarlar  ortidan  katolik 

cherkovi ruhoniylari ham kela boshladilar.Ular yaponlar orasida xristian dinini targ'ib etishga kirishdilar. Ulardan so'ng esa ispan 

katolik ruhoniylari ham bu mamlakatga kirib kela boshladilar. Syogun Oda Nobunaga Yaponiyada xristian dinining tarqalishiga 

homiylik qildi. Chunki bu davrda budda dini peshvolari Oda Nobunagaga dushman bo 'lgan kuchlarni qo'llab-quvvatlamoqda edi. 

Ular Yaponiyani yagona davlatga birlashtirishga qarshi kuchlarning tayanchiga aylangan edilar. Bundan tashqari, Oda tezlik bilan 

qo'shinini Yevropa qurol-aslahasi bilan to'la qurollantirish maqsadida ham shunday qilgan edi.Yaponiyani birlashtirish uchun 



kurashning davom etishi. 1582- yilda Oda Nobunaga fitna qurboni bo'ldi. Yaponiyani birlashtirish yo'lidagi ishni uning yaqin 

yordamchisi Toyotomi Xidayosi davom ettirdi. U Odaga qarshi til biriktirgan  guruhni  tor-mor etdi. Xidayosi Yaponiyani to'la 

birlashtirishga  erisha  olmagan  bo'lsada,  bu  borada  katta  muvaffaqiyatlarga  erishdi.  Xidayosi  1587-  yilda  barcha  xristian 

ruhoniylarining Yaponiyani tark etishi haqida qonun chiqardi. Mamlakatda faqat Portugaliya savdogarlarining qolishiga ruxsat 

etildi.  Buning  sababi  har  ikki  tomonning  o'zaro  manfaatdorlikka  asoslangan  savdo  munosabatlarining  o'rnatganligi 

edi.Yaponiyani birlashtirishning tugallanishi. 1598- yilda Xidayosi vafot etdi. Uzoq kurashlardan so'ng syogunlik hokimiyatini 

Tokugava Iayasu egalladi. Shu tariqa 1603- yilda Yaponiyada uchinchi syogun sulolasi - Tokugava xonadoni hukmronligi 

boshlandi. Bu sulola Yaponiyada 1867- yilgacha hukmronlik qildi va Yaponiyani birlashtirish ishini tugalladi. Mamlakatda 

Tokugava sulolasining mutlaq hokimiyati о'rnatildi. Biroq bu sulola nomiga bo'lsada, imperator hokimiyati daxlsizligini saqlab 

qoldi.  Chunki  yapon  xalqi  uchun  imperator  xudoning  avlodi  hisoblanardi.  Shuning  uchun  ham  imperator  hokimiyatini  bekor 

qilgandan  ко'ra,  uning  nomidan  о  'z  siyosatini  yuritish  oson  kechardi.  O'zini-o'zi  ajratib  qo'yish.  Tokugava  Xidayosining 

xristianlikni ta'qib etish siyosatini davom ettirdi. 1614- yilda syogun xristian dinini taqiqlovchi qonun chiqardi. Qonun xristian 

dinini imperiya dushmani deb e'lon qildi. Budda dinini hurmat qilmaydigan barcha shaxslarning Yaponiyadan chiqib ketishi talab 

etildi. Shu tariqa Yevropa mustamlakachilari Yaponiyadan quvib yuborildi.Bu hol Yaponiyaning Yevropa bilan munosabatlariga 

ta'sir  etmay  qolmadi.  Natijada  Yaponiya  tashqi  dunyodan  о'zini-o'zi  ajratib  qo'ydi.  Xo'sh,  bunday  siyosat  yuritilishiga  nimalar 

sabab  bo'ldi?  Avvalo,  Tokugava  xonadoni  bunday  siyosat  tufayli  markaziy  hokimiyatga  bo'ysunmaslikka  intilayotgan  kuchlar 

harakatiga barham berib, Yaponiyani birlashtirish ishini nihoyasiga    yetkazish mumkin, deb hisoblardi. Ayni paytda bu siyosat 



http://imtihon.basbro.ru/

 

http://basbro.ru/



 

http://telegram.me/imtih

 

Bizni telegramda kuzating 



@imtih

 

 



 

24 


Yevropa  bilan  savdo-sotiq  ishlarini  to'la  о'z  qo'llariga  olgan  va  shu  tufayli  markaziy  hokimiyatga  bo'ysunishni  istamagan 

kuchlarning iqtisodiy qudratini sindirishi ham kerak edi. Syogun o'zini-o'zi ajratib qo'yish siyosati yo'li bilan Yaponiyaning 



yevropaliklar  mustamlakasiga  aylanib  qolish  xavfining  oldini  olish  maqsadini  ham  ko'zlagan  edi.  Syogunning  bunday 

xavfsirashiga asos bor edi. Yosimune islohotlari. Yosimune Tokugava sulolasining eng mashhur davlat arbobi sifatida tanildi. U 

bu  suloladan  chiqqan  sakkizinchi  syogun  bo'lib,  1716-1745-  yillarda  hukmronlik  qildi.  U  qo'riq  yerlarni  о'zlashtirish  hisobiga 

dehqonchilik  qiluvchilarni  rag'batlantirish  siyosatini  yuritdi.  Sug'orish  inshootlari  tizimini  takomillashtirdi.  Yerni  sotish,  sotib 

olish  yoki  garovga  qo'yishni  taqiqlovchi  qonun  chiqardi.  Mamlakat  va  jamiyat  hayotini  tartibga  solishda  u  joriy  etgan  «100 

moddali Farmon» deb ataluvchi qonunlar to'plami katta ahamiyatga ega bo'ldi. 



2.

 

Shoir Jiyan Jirov ijodidagi asosiy g’oya. 

u o’z sherlarida jamiyatdagi nohaqliklarni, hukmron tabaqalarning kirdikorlarini,xalqqa o’tkazgan jabr-zulmlarini fosh etdi. 



3.

 

Samarqandning tiklanishida Amir Temur faoliyati. 

Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyosdir. Tarix bu qoʻhna dunyoda oʻtgan koʻp jahongirlarni biladi. 

Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr buyi bunyodkorlik bilan mashgʻul bulgan. Uning 

"Qay bir joydan bir gisht olsam, oʻrniga un gʻisht qoʻydirdim, bir daraxt kestirsam, oʻrniga unta kuchat ektirdim" degan soʻzlari 

buning yorqin isbotidir. Amir Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham meʼmorlik obidasi barpo etish bilan 

nishonlash odat  boʻlgan. Shu  maqsadda  Hindiston, Sheroz, Isfahon va  Damashqning  mashhur  ustahunarmandlari  mamlakatda 

hashamdor imoratu inshootlar bino qilganlar. Amir Temur zabt etgan mamlakatlarning bir qator shaharlari (Bagʻdod, Darband, 

Baylaqon)ni qayta tikladi. Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bagʻdodda Madrasa, Turkistonda mashhur shayx Ahmad 

Yassaviy  qabri  ustiga  maqbara  qurdirgan  boʻlsada,  lekin  asosiy  eʼtiborini  ona  shahri  Kesh  va  poytaxti  Samarqandga  qaratdi. 

Keshda otasining qabri ustiga maqbara, oʻgʻli Jahongirga maqbara bilan masjid qurdirdi. Amir Temur hukmronligining ilk davrida 

Kesh shahrini poytaxtga aylantirish niyatida boʻlib, uning obodonchiligiga katta ahamiyat berdi, bu yerda mashhur Oqsaroy qad 

koʻtardi. Amir Temur Keshni Movarounnahrning madaniy markaziga aylantirishga harakat qildi. Shu boisdan bu shahar "Qubbat 

ul-ilm  val-adab"  unvoniga  ega  boʻldi.  Saltanat  poytaxti  Samarqand  Amir  Temur  davrida  ayniqsa  gullab  yashnadi.  Shaharda 

Isfahon,  Sheroz,  Halab,  Xorazm,  Buxoro,  Qarshi  va  Kesh  sh.larining  meʼmoru  binokorlari  qoʻli  bilan  saroylar,  masjidlar, 

madrasalar,  maqbaralar  quriladi.  Shahar  tashqarisida  esa  bogʻ-rogʻlar  va  boʻstonlar  barpo  etiladi  (q.  Amir  Temur  bogʻlari). 

Xususan Shohizinda meʼmoriy majmuasiga mansub Shodimulk ogʻo maqbarasi, Shirinbeka ogʻo maqbarasi va boshqa quriladi. 

Shaharda Bibixonim jome  masjidi, Amir Temurning qarorgohi Koʻksaroy va Boʻstonsaroylar qad koʻtaradi. Umuman olganda 

Samarqand sh. Amir Temur davrida oʻzining qad. oʻrni Afrosiyobyaan birmuncha jan.roqda butunlay yangitdan qurildi. Shahar 

tevaragi mustahkam qalʼa devori bilan oʻralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, Soʻzangaron va Feruza kabi nomlar bilan 

ataluvchi  6  ta  darvoza  oʻrnatildi.  Movarounnahrning  dehqonchilik  vohalarida,  xususan  Zarafshon  vodiysida  oʻnlab  sugʻorish 

tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Yangi qishloqlar barpo etildi. Ibn Arabshohning yozishicha, Amir 

Temur Samarqand atrofida qad koʻtargan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr, 

Bagʻdod,  Sultoniya  va  Sheroz  nomlari  bilan  atadi.  Amir  Temurning  fikricha,  Samarqand  kattaligi,  goʻzalligi  hamda  tevarak- 

atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmogʻi lozim edi. 

4.

 

“Irredentizm” atamasiga izoh bering. Italiyaga  qo’shni bo’lgan davlatlarda italyanlar qisman yashaydigan hududni qo’shib 



olish targ’ib qiluvchi millatchilik harakati 

 

19-



 

bilet 


1.

 

Chingizxon boshqaruvi davrida Mo’g’uliston davlati. 

Chingizxon davlati. Mo‘g‘ul qabilalari orasidagi o‘zaro urushlarda, XIII asrning boshlarida Temuchin (1155-1227) g‘olib 

chiqadi.  1206-yilda  Onon  daryosi  bo‘yidagi  qurultoyda  u  ulug‘  xon  deb  e’lon  qilinadi.  Bosh  shomon  butun  xalq  oldida 

Temuchinga Chingizxon unvonini beradi. Chingizxon so‘zi “kuchli”, “qudratli”, toza ma’nolarini anglatadi. 

Mamlakatni markazlashtirish maqsadida Chingizxon Qoraqurum qal’asini o‘z davlatining poytaxtiga aylantiradi. Mo‘g‘ullar 

qo'shinni kuchaytirishga katta e’tibor qaratishgan. Tinch paytda chorvachilik bilan shug'ullangan mo‘g‘ullar umsh boshlanishi 

bilan  o'nlik  tizimdan  iborat  muntazam  qo'shinga  aylanar  edi.  Qo'shin  yuzboshi,  mingboshi,  tumanboshilar  tomonidan  bosh- 

qarilgan. Talonchilik bosqinlari ko'chmanchilar uchun aso- siy mashg'ulot hisoblangan. 

Mo‘g‘ullar qo‘shini. Ko‘chmanchilar qo‘shini uchun urushga uzoq tayyorlanish zarurati ham bo‘lmagan. 

Mo‘g‘ullar turmush tarzi har qanday vaqtda otni egarlab yo‘lga tushishga mos edi. Mo‘g‘ullar ko‘chma uy-o‘tovlarda yashagan. 

Harbiy yurishga tayyorlanganda yoki ko‘chish paytida o‘tovni o‘matish uchun nari borsa bir soat, yig‘ib yukni tuyasiga ortish 

uchun undan ham kam vaqt ketardi. 

Mo‘g‘ullaming sevimli quroli kamon edi, jangchi raqibini yuzlab metrdan nishonga ola bilgan. Jangchilarning ko‘pchiligi 

nayza va qilich bilan qurollangan. Har bir kо‘chmanchining kundalik hayotida ham, jang paytida ham, albatta, arqoni bo‘lishi 

lozim  edi.  Qo‘shni  mamlakatlarni  istilo  qilish  jarayonida  Chingizxon  qo‘shini  devomi  buzishda  maxsus  moslama  — 

palaxmonlardan foydalanishni yaxshi o‘zlashtirgan. 

Ко‘chmanchilar  qo‘shini  odatda  uchta  qismga  bo‘lingan:  markaz  va  ikki  qanot.  Jang  boshlanganda  markaz  yolg‘ondan 

chekingan, dushman uni ta’qib eta boshlasa, qanotlardan hujumga uchrar, chekinayotganlar ham to‘xtab, jangga kirishardi. Asosiy 

qo‘shindan  tashqari  Chingizxon  ixtiyorida  “keshik”  deb  yuritilgan  maxsus  gvardiya  ham  tashkil  etiladi.  Keshik  favqulodda 

vaziyatlar uchun doimo jangovar holatda tutib turilar edi. 

Jangni mohirona boshqarish, kuchli va intizomli otliq qo‘shinning bo‘lishi, qo‘shni mamlakatlardagi siyosiy tarqoqlik 



25 

 

 



mo‘g‘ullarga g‘alaba keltirgan. 

Istilolar. Chingizxon 1211-yilda Shimoliy Xitoyga qarshi urush boshlaydi. Mamlakatning batamom istilo qilinishi uning 

vorislari davrida tugatiladi. 

Yettisuv va Sharqiy Turkistonga qarshi 1218-yilda boshlangan bosqinlar, Xorazmshohlar davlatiga 1219—1221-yil- larda davom 

etadi.  Afg‘oniston,  Sharqiy  Eron  egallanib,  Kavkaz  orqali  1223-yilda  Dashti  Qipchoqqa  chiqadi.  Kalka  daryosi  bo‘yida 

qipchoqlarning ittifoqchisi sifatida ularga yordamga kelgan ruslar qo‘shini mag‘lub etiladi. 1224-yilda Chingizxon zabt etilgan 

hududlarni o‘z o‘g‘illari: Jo‘ji, Chig‘atoy, O‘qtoy va Tuliga uluslarga bo‘lib, taqsimlab beradi. O'qtoyni taxt vorisi etib tayinlaydi. 

 

 



 

2.

 

Toshkentdagi Mustaqillik maydonidagi “Motamsaro ona” monumenti. 

Motamsaro ona haykali – ikkinchi jahon urushida halok bo'lgan O'zbekistonlik jangchilar xotirasiga bag'ishlab Toshkent 

shahrida 1999 yilda bunyod etilgan, “Xotira va qadrlash” maydoniga o'rnatilgan haykal. Unda farzand(lar)i urushdan qaytmagan 

motamsaro ona qiyofasi aks ettirilgan. Onaning yuzlarini ajin bosgan, qaddi bukilgan, g'amga to'la nigohlari yerga qadalgan. 



3.

 

Ajiniyoz Qusibay o’g’li ijodidagi asosiy g’oya. 

Ajiniyoz shoirning „Kerak", „Bo'ladi", „Yaxshi", „Yigitlar" she'riarida vatanparvarlik, insonparvarlik g'oyalari, falsafiy qarashlari 

ifodalangan 

4.

 



“Kontributsiya” so’ziga izoh bering.-urushda yetkazilgan zarar o’rnini qoplash uchun mag’lub davlat tomonidan 

to’lanadigan to’lov 

 

20-

 

bilet 


1.

 

XIX asrning II yarmida Turkiston general gubernatorligi. 

Bosib  olingan  hududlarda  imperiya  hukmronligini  o'rna-  tish,  mustahkam  o'rnashib  olish,  istilo  qilingan  joylarni  qo'ldan 

chiqarmaslik uchun, eng avvalo, mustamlakachilar o'zlariga mos boshqaruv tartiblarini ishlab chiqishi va uni o'lkada joriy qilishi 

kerak  edi.  Mustamlakachilik  siyosatini  to'liq  amalga  oshirilishida  boshqaruv  tartiblari  asosiy  tayanch  hisoblangan.  Boshqaruv 

tartiblari  istilochilik  yurishlari  bilan  birga,  turli  ko'rinishlarda  tashkil  qilinib,  tajriba-sinovlarda  o'tkazilgan  holda  o'zgartirib 

borilgan. Rossiya imperiyasining O'rta Osiyoda olib borgan bosqinchilik siyosatining davom ettirilishi natijasida mustamlakaga 

aylantirilgan hududlar kengayib borgan. Bosib olingan hududlarni boshqarish tartiblari va uning qanday bo'lishi kerakligi masalasi 

juda ko'p hamda uzoq vaqt imperiya hukmron doiralarida turli soha vakillari ishtirokida muhokama qilingan. Ushbu masalani hal 

qilishda ehtiyotkorlik bilan uzoqni ko'zlab ish ko'rish, hech nimada tavakkal qilmaslik tamoyiliga tayangan holda ish olib borilgan. 

Turkiston  general-gubernatori  S.M.Duxovskoy  (1898-1901)  «Turkiston  o'lkasi  boshqa  o'lkalarga  nisbatan  tarixiy  o'tmishi, 

etnografik xususiyat- larini hisobga olgan holda alohida e'tibor berilishini talab qiladi», degan edi. Podsho hukumati Toshkentni 

bosib  olgandan  so'ng,  1865-yil  6-avgustida  Aleksandr  II  «Turkiston  viloyatini  idora  qilish  to'g'risidagi  Muvaqqat  Nizom»ni 

tasdiqlaydi.  Boshqaruv  harbiy  zobitlar  qo'liga  o'tadi.  Ushbu  nizomda  boshqaruv  tizimi  «harbiy-xalq  boshqaruvi»  nomi  bilan 

gubernator qo'lida harbiy va fuqarolik ishlari mujassamlashtiriladi. Viloyat bo'limlarga bo'linib, ularning boshliqlari bir vaqtning 

o'zida harbiy komendant ham hisoblangan. Bo'lim boshliqlariga mahalliy aholi ustidan nazorat qiluvchi mustamlakachi hukumat 

vakillaridan  tayinlanadigan  boshqaruvchilar  bo'ysungan.  1908-1910-yillarda  Turkiston  o'lkasini  podsho  topshirig'i  bilan  taftish 

qilgan  senator  K.Palen  ta'kidlaganidek,  «O'lkada  eng  kichik  ahamiyatga  ega  bo'lgan  boshqaruv  ham  harbiy  boshliqlar  qo'lida 

bo'lgan».  Mahalliy  aholi  vakillariga  boshqaruvning  eng  quyi  bosqichidagi  lavozimlar  berilgan.  Bularga  volost  boshliqlari 

(mingboshilar), qishloq oqsoqollari, ovul boshliqlari, qozi, biy va ularning yordamchilari kirgan. General-gubernatorlik devoni 

katta  vakolatlarga  ega  bo'lgan  asosiy  ijrochi  organ  hisoblangan.  Rossiya  imperiyasidagi  hech  bir  guberniyada  bunday  katta 

vakolatga ega bo'lgan boshqaruv organi mavjud bo'lmagan. Turkiston o'lkasi ma'muriy- hududiy jihatdan viloyatlarga bo'linib, 

ularni o'z qo'lida fuqarolik va harbiy hokimiyatni birlashtirgan harbiy gubernatorlar boshqargan. Viloyatlar uyezdlarga bo'linib, 

ular  harbiy  zobitlar  boshqaruvida  bo'lgan.  Uyezdlar  uchastkalarga,  volostlarga,  qishloq  va  ovullarga  bo'lingan.  Uchastkalarni 

uchastka pristavlari boshqargan. Rossiya imperiyasi O'rta Osiyoning bosib olingan hududlarida o'z hukmronligini saqlab qolish, 

uni  mustahkamlashni  birinchi  darajali  vazifa  hisoblagani  uchun  dastlab  boshqaruv  sohasida  katta  o'zgarishlarni  amalga 

oshirmagan. Yuqori organlar nazoratida bo'lgan mahalliy aholi vakillaridan iborat quyi boshqaruv organlari va soliq tizimi saqlab 

qolingan.  Quyi  boshqaruvning  saqlab  qolinishiga  asosiy  sabab  mahalliy  aholining  ichki  hayotiga  dastlabki  davrda  keskin 

aralashish va aholining an'anaviy turmush tarziga katta o'zgartirishlar kiritish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi. 

Bundan  tashqari,  yangi  bosib  olingan  yerlarda  hali  qarshilik  va  norozilik  harakatlari  davom  etayotganligi,  boshqaruv  tizimida 

faoliyat  olib  boruvchi  odamlar  bo'lmagani,  o'lka  sharoitini  to'liq  bilmasliklari  dastlabki  vaqtda  mahalliy  aholi  vakillarini  quyi 

boshqaruvda ishtirok etishiga yo'l bergan. Quyi boshqaruv tizimining saqlab qolinishi o'lka ma'muriyatiga imperiya manfaatlari 

uchun  xizmat  qiladigan,  o'lkadagi  sharoitlarni  yaxshi  biladigan  mahalliy  aholi  vakillaridan  o'zlariga  eng  ishonchli  bo'lgan 

kishilarni topish muammosini ko'ndalang qo'yardi. Uni hal qilishda imperiya hukumati Turkistondagi hukmronlikning dastlabki 

vaqtidayoq  ishlab  chiqilgan  saylov  tizimi  yordam  berdi.  Uyezdlar  volostlarga,  volostlar  o'troq  aholi  yashaydigan  hududlarda 

qishloqlarga, chorvador aholi yashaydigan hududlar esa ovullarga bo'lindi. Boshqaruv tizimining quyi bosqichida volost boshlig'i, 

qishloq  oqsoqoli,  ovul  boshlig'i,  xalq  sudyalari  va  ularning  yordamchilari,  ariq  oqsoqoli,  mirob,  o'nboshi,  ellikboshilar  kabi 

lavozimlarda yerlik aholi vakillari isholib borgan. 1867-yilgi «Nizom» loyihasi asosida o'troq aholi bir bosqichli tizim shaklida, 

ya'ni oqsoqolliklarga, chorvador aholi esa ikki bosqichli tizim ko'rinishidagi volost va ovullarga birlashtirilgan. Har bir oqsoqollik 

100-200  xonadon,  ovul  100-200  o'tov,  har  bir  volost  esa  1000-2000  o'tovdan  iborat  holda  tashkil  qilinishi  belgilangan.  O'rta 

Osiyoning  Rossiya  imperiyasi  tomonidan  bosib  oli-  nishi  bilan  bir  vaqtda  uni  kelgusida  qanday  boshqarish  va  o'z  manfaatlari 

yo'lida foydalanish hal qilib borilgan. Shunga ko'ra, Turkiston o'lkasi bosib olingan davrdan boshlab to'liq mustamlaka sifatida 

boshqaruv tartiblariga asoslangan ma'muriy-hududiy birliklar va ularning boshqaruv tartiblari joriy qilib borilgan. Uning  asosiy 



http://imtihon.basbro.ru/

 

http://basbro.ru/



 

http://telegram.me/imtih

 

Bizni telegramda kuzating 



@imtih

 

 



 

26 


maqsadi  mahalliy aholini qattiq nazoratda va tobelikda ushlab turishga qaratilgan edi. Joriy qilingan boshqaruv tartiblari to'liq 

ravishda harbiy tartiblarga asoslanib, o'lkada imperiyaning siyosiy va iqtisodiy hukmronli- gini o'rnatishga qaratilgan edi. Joriy 

etilgan  mustamlaka  boshqaruvi  Turkiston  o'lkasini  tashqi  dunyodan  to'liq  ajratib  qo'ydi.  O'rta  Osiyoda  Rossiya  imperiyasi 

hukumatining yana bir asosiy maqsadi - bu imperiyaning markaziy rayonlaridan bu yerlarga aholini ko'chirib keltirib joylashtirish 

bo'lgan. O'lka ma'muriyati ko'chirib keltirilgan aholiga erkin yashashi va xavfsiz turmush kechirishi uchun yetarli imkoniyatlar 

yaratib berishga harakat qildi. Ko'chirib keltirilganlar yerlar va kerakli mablag'lar bilan ta'minlangan. Aholini ko'chirib keltirib 

joylashtirishdan  yana  bir  maqsad  bu  o'lkada  mustamlakachilik  siyosatini  amalga  oshirishda  qo'shimcha  tayanch  kuchlarga  ega 

bo'lish edi. Bu siyosat mahalliy aholini ruslashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tadbir bo'ldi.O'rta Osiyoda  bosib 

olingan hududlar ma'muriy jihatdan bo'linib, ular to'liq harbiy zobitlar qo'l ostida bo'lgan. 1877-yilda Toshkentda «Shahar nizomi» 

joriy etilgan bo'lib, unga muvofiq shahar boshqaruvi Dumaga o'tgan edi. Duma a'zolarining 1/3 qismi Eski shahar qismidan, 2/3 

qismi esa Yangi shahar qismidan saylangan. Bunga ko'ra, shaharning 80 ming mahalliy aholi- sidan 21 deputat, 3900 nafari asosan 

ruslardan iborat aholidan esa 48 deputat qatnashgan. Shahar xo'jaligiga oid barcha ishlar Duma qo'lida bo'lgan. Dumaga rahbarlik 

qiluvchi shaxs general-gubernator tavsiyasi bilan harbiy vazir tomonidan tasdiqlangan. 1886-yil 12-iyulda imperator Aleksandr 

III tomonidan yangi «Turkiston o'lkasini idora qilish to'g'risidagi Nizom» tasdiqlandi. Mazkur Nizomning asosiy maqsadi o'lkada 

ma'muriy  boshqaruvni  mustahkamlash  va  yerdan  foydalanish  tartiblarini  o'zgartirishdan  iborat  bo'lgan.  Nizomga  muvofiq 

Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirildi. Xo'jand, Jizzax, Kattaqo'rg'on, Samarqand uyezdlari uning tarkibiga kiritildi. 

Amudaryo  bo'limining  bir  qismi  Sirdaryo  viloyatiga  o'tkazildi.  Qurama  uyezdining  nomi  Toshkent  uyezdi  deb  o'zgartirildi. 

Turkiston  general-gubernatorligining  umumiy  hududi  1,7  million  kv.  km  bo'lib,  aholisining  soni  5,2  million  kishidan  iborat 

bo'lgan.  O'zbeklar  va  boshqa  tub  xalqlar  1897-yilda  5  millionga,  1911-yilda  esa  qariyb  6  millionga  yetgan.  Rus  aholisining 

umumiy soni ukrainlar va beloruslarni ham qo'shib hisoblaganda 1897-yilda 197 ming kishini, 1911-yilda esa 400 ming kishini 

tashkil qildi. Podsho hukumati hamisha ko'chirib keltirilganlar sonining ortib borishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirib 

bordi. Ular mustamlaka siyosatini amalga oshirishda tayanch bo'lib xizmat qilishi lozim edi.m 1886-yilgi «Nizom»ga muvofiq 

Turkiston  general-gubernatorligining  ma'muriy  boshqaruvi  yangi  idora  -  Turkiston  general-gubernatori  Kengashi  bilan 

to'ldirilgan. Viloyat harbiy gubernatorlari, general-gubernator devoni boshqaruv- chisi, Turkiston harbiy okrugi shtabi boshlig'i 

bu Kengashning doimiy a'zolari bo'lishgan. 



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling