Tarix fanlaridan bitiruv nazorat imtihon materiallari va javoblar


Download 0.72 Mb.

bet8/12
Sana16.04.2018
Hajmi0.72 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

2.

 

Qo’qon xoni Umarxon (Amiriy) ijodidagi asosiy g’oya. 

 

 

 

3.

 

XIII asrda Germaniya imperatori Fridrix II ning hayoti va faoliyati. 

Innokentiy  III  Germaniya  siyosatiga  o‘z  ta’sirini  o'tkazgan  Rim  papasi  bo‘ldi.  U  deyarli  barcha  tomonidan  unutilgan 

Barbarossaning 18 yoshli nabirasini dastlab german knyazlari 1212-yilda qirol deb tan olinishiga erishadi. Uning sodiq xizmatkori 

bo‘lishiga umid qilgan papa Fridrix II ni oradan sakkiz yil o‘tib imperator deb e’lon qiladi. 

“G‘alati” imperator. Fridrix II boshqaruvi davrida german knyazlari o‘zlarini erkin his qila boshlaydilar, bu esa keyinchalik 

hukmdorlaming mamlakatni idora etishiga jiddiy to'sqinlik qiladi. 

Uning  saroyida  arab,  vizantiyalik  va  yahudiy  olimlari  to'plangan.  Fridrixning  o'zi  arab  va  yunon  tillarini  bilgan,  lotin  va 

italyan  tillarida  ijod  qilgan.  Uning  Palermodagi  saroyi  arab  xalifalarining  saroylarini  eslatar  edi.  Imperator  Sharq  musiqasi, 

raqslari, Sharq adabiyoti va she’riyati, Sharq me’morchiligining havaskori bo'lgan. Sharq hukmdorlarining ayrimlari bilan do'st 

tutingan. 

Imperator mamlakat bo'ylab harakatlanganida uni jangchilar va filbonlar o'tirgan fillar kuzatib borgan. Fillar ortidan tuyalar, 

yo'lbarslar, sherlar, qoplonlar yetaklab yurilgan. Fuqarolarda bu jarayon kuchli taassurot qoldirgan. Fridrix II devonxonasida lotin 

tilining  nozik  jihatlaridan  foydalanilib,  maktublar,  hujjatlar  bitilganki,  unga  butun  Yevropa  taqlid  qilgan.  Fridrix  II  yozgan 

“Qushlar bilan ov qilish” asari uning bu sohadan yaxshi xabardorligidan dalolat berib, hozirgacha saqlanib qolgan. Imperator 

qator maktablar va Neapol universiteti asoschisidir. U cherkov yoki shahar kengashi emas, hukmdor tomonidan tashkil etilgan 

birinchi universitet bo‘lgan. 

Zamondoshlari Fridrix II ning g‘ayritabiiy qobiliyati va qudratiga qoyil qolib, unga “Jahon hayrati” deb nom 

berishgan.Fridrix II ning vafotidan so‘ng papalar tarafdorlari shtaufenlar sulolasining barcha vakillarini yo‘qotishga 

tushadilar.Germaniyada 1254—1273-yillarda umuman imperator saylanmaydi. Knyazlar 1273-yilda to‘planib Rudolf 

Gabsburgni taxtga o‘tqazadilar. Ammo Gabsburglar taxtni uzoq davrlar boshqarishi uchun Lyuksemburglar sulolasiga qarshi 

kurash olib borishiga to‘g‘ri keladi. Faqat 1437-yildagiga Gabsburglaming 369 yllik imperatorlik davrlari boshlanadi. 



4.“Dogma” so’ziga izoh bering.   

 

 



 

 

 



27 

 

 



21-

 

bilet 


1.

 

XVI - XIX asrlarda Toshkent shahri. 

XVIII asrning ikkinchi yarmida Toshkent — Shayxontohur, Beshyog'och, Ko'kcha va Sebzor dahalariga bo'lingan.Ularning har 

birini  mustaqil  hokim  boshqargan.  Bu  davr  Toshkent  tarixida  to'rt  hokimlik  deb  nom  olgan.  Shahar  hokimlarining  o'zaro 

urushlaridan tinkasi qurigan va bu kurashda Yunusxojaning qo'li baland kelayotganini ko'rgan xalq boshqa hokimlarni mansabidan 

chetlatib,  butun  shaharga  Yunusxojani  hokim  qilib  ko'tardilar.  Yunusxojaga  „Hazrati  eshon"  unvoni  berilgan,  xon  deb  ham 

yuritilgan. Yunusxoja huzurida xon kengashi tuzildi, kengashga 4 daha mingboshilari kiritilgan. Kengashda Yunusxoja hokim etib 

tayinlandi.To'rt  hokimlik  tugatilib,  1784-yilda  yagona  siyosiy  hokimiyat  ning  vujudga  kelishi  natijasida  mustaqil  Toshkent 

hokimligi tashkil topdi. Anhorning o'ng tomonida baland va qalin devor bilan o'ralgan O'rda, ya'ni davlat mahkamasi qurildi. Unda 

xon  qarorgohi,  devonxona,  zarbxona  joylashgan.  O'rdani  harbiy  qism  qo'riqlab  turgan.1796-yili  Chimkent,  Sayram  va  boshqa 

o'nlab shahar va qishloqlar Toshkentga qo'shib olindi. 1799-yilga kelib Turkiston va uning atroflaridan Chu daryosigacha bo'lgan 

yerlar,  jumladan,  Qorako'l  mavzeyi  Toshkentga  qo'shib  olindi.  Yunusxoja  o'ziga  tobe  bo'lgan  Katta  qozoq  juzi  yerlaridagi 

qabilalarni boshqarish ishini o'sha urug' boshliqlariga topshirdi. Bu bilan u qozoq biylaridan o'ziga tayanch yaratdi. Yunusxoja 

qozoq qabilalari orasida katta obro'ga ega bo'lgan. Ayniqsa, Qorakesak bo'lisi sultoni Bukey Sulton bilan yaqin aloqada bo'lgan. 

Bukey Sulton va uning o'g'illari Toshkentni va rus karvonlarini qaroqchilardan himoya qilib, ularni belgilangan joyga yetgunicha 

kuzatib borganlar.Katta juz qabilalari Yunusxoja qo'shinida asosiy kuchni tashkil etib, uning Qo'qon xoniga qarshi urushlarida 

jonbozlik ko'rsatganlar. Toshkent hokimligi Qo'qon va Buxoro xonliklarini, Orenburg va Sibir bilan bog'laydigan karvon yo'llari 

o'tadigan  Turkiston,  Chimkent  va  Sayramni  o'z  qo'lida  tutib,  Markaziy  Osiyo  bilan  Rossiyaning  savdo  munosabatlarida 

yetakchilikni  qo'lga  olishga  intiladi.  Bu  hol  Qo'qon  bilan  Buxoroning  Toshkentga  munosabatini  keskinlashuviga  olib  keldi. 

Toshkentning Katta qozoq juzi ustidan o'z ta'sirini kuchaytirishi Qo'qon xonligining iqtisodiy va siyosiy mavqeyini chegaralab 

qo'ygan edi. Farg'ona vodiysini Rossiya bilan bog'lovchi asosiy savdo yo'li Toshkent orqali o'tardi. Shuning uchun ham Toshkentni 

bo'ysundirish maqsadida 1799- yili Qo'qon xoni Olimxon qo'shinlari Toshkentga yurish boshlay- dilar. Yunusxoja ularga qarshi 

o'z  qo'shini  bilan  chiqib,  Chirchiq  bo'yidagi  Qorasuv  mavzeyida  ularga  zarba  beradi.  Bu  g'alaba  natijasida  Sirdaryoning  o'ng 

sohilidagi  Qurama  mavzeyi  Toshkentga  qo'shib  olinadi.Bu  davrda  Toshkent  yirik  shaharga  aylantirilgan,  uni  o'rab  turgan 

devorning uzunligi 18 chaqirimga yaqin bo'lgan. Unda 10 ming xonadon istiqomat qilgan. Shahar aholisi Rossiya, Qashqar va 

Xitoy bilan ham savdo qilgan. Yunusxoja davrida ikki xil pul: rupiya va tanga zarb qilingan. Besh tanga bir rupiyaga teng bo'lgan. 

Shahar nazorati va soliq yig'ish Boshchixojaning qo'lida edi. Hokimning to'rt maslahatchisi bo'lgan. Shahar savdosi ustidan qozi 

va devonbegi nazorat qilishgan. Rais shariat qonun-qoidalari va bozordagi narx-navo, o'lchovlar ustidan nazorat qilgan.XVIII asr 

oxiri — XIX asr boshlarida Toshkent bilan Rossiya o'rtasidagi savdo munosabatlari rivojlandi. Masalan, 1786- yili toshkentlik 

savdogarlar B. Ismoilov va Azizxojalar Irbit yarmarkasiga borishgan. 1787- yili Troitskdan Toshkentga 27773 so'mlik rus va chet 

el mollari keltirilgan. Ular rus va nemis movuti, qizil charm, gazmol, mis, baxmal va boshqa mollardan iborat bo'lgan.1795-yilning 

sentabr oyida 24 kishidan iborat Toshkent savdo karvoni Semipalatinsk shahriga kelgani hujjatlarda qayd etilgan. XVIII asrning 

90-yillarida Rahmatulla karvonboshi rahbarligidagi bir guruh Toshkent savdogarlari o'z karvonlari bilan doimo Petropavlovskka 

qatnab turgan.Toshkentning qulay geografik holati Toshkent — Rossiya elchilik munosabatlarining ham rivojlanishiga ijobiy ta'sir 

ko'rsatmay  qolmagan.  Xususan,  1792-yili  Muhammadxoja  va  Azizxoja  boshliq  Toshkent  savdo  karvoni  Sibirga  jo'naganida 

Yunusxoja ular orqali Sibir ma'muriyati nomiga maktub jo'natgan. Yunusxoja bu savdo- garlarga Sibir ma'muriyati bilan har ikki 

tomonni qiziqtiradigan masalalar yuzasidan muzokara olib borish vakolatini ham bergan edi. Yunusxojaning elchilariga javoban 

Sibir ma'muriyati 1794- yilda o'z elchilari T.BeznosikovvaT.S.Burnashevlarni Toshkentga jo'natadi. Biroq ular Toshkentga kela 

olmay  Buxorodan  qaytishga  majbur  bo'ldilar.  Sibir  ma'muriyatining  1796-yilda  ikkinchi  bor  yuborgan  elchilari  nihoyat 

Toshkentga yetib keladi. Ularni O'rta qozoq juzi Qorakesak bo'lisi sultoni Bukeyning o'g'li Eshim Sulton kuzatib keladi. Bu faktlar 

Toshkent  ijtimoiy-siyosiy  nufuzining  o'sib  borganligini  anglatar  edi.  Toshkent  elchilari  1803-yilda  Sankt-  Peterburgga  borib 

imperator Aleksandr I qabulida bo'ladilar. Toshkent mustaqilligi uzoq davom etmadi. Bunga Toshkent — Qo'qon munosabatlari 

sabab bo'lgan. Ular o'rtasida muntazam davom etgan qarama-qarshilik, kurash muhiti hukm surgan. Yunusxoja Qo'qon xonligida 

markaziy  hokimiyatga  bo'ysunishni  istamagan  bekliklar,  viloyatlar  bilan  ittifoq  tuzishga  harakat  qilgan.  Qolaversa,  u  isyonchi 

hokimlarning  markaziy  hukumatga  qarshi  kurashidan  ham  foydalanishga  uringan.  Ayni  paytda,  Qo'qon  xonligi  Toshkentni 

butunlay egallash yo'lini tutgan. Ikki tomon qo'shinlari o'rtasidagi asosiy jang 1800-yilning kuzida Sirdaryo bo'yidagi G'urumsaroy 

(Namangan  viloyatiga  qaraydi)  yaqinida  bo'lgan.  Bu  jangda  Toshkent  qo'shini  yengilgan.  Muvaffaqiyatsizlikka  uchrab, 

Toshkentga  qaytib  kelgan  Yunusxoja  kasallanib,  1803-yilda  vafot  etadi.  Hokimiyatga  uning  o'g'li  Sultonxoja  o'tirdi. 

Yunusxojaning vafot etganini eshitgan Qo'qon xoni Olimxon Toshkentga o'z qo'shinini yuboradi. 1809-yilda Toshkent Qo'qon 

xonligiga qo'shib olinadi. Shu tariqa, Toshkent mustaqilligi butunlay barham topdi.1784-yilda mustaqil Toshkent hokimligi tashkil 

topdi.1809-yilda Toshkent Qo'qon xonligi tomonidan bosib olindi. 



2.

 

Konstantinopoldagi Muqaddas Sofiya ibodatxonasi. 

Meʼmorligi. V. meʼmorligining rivojlangan davri 6-a.ga toʻgʻri keladi. Bu davrda Konstantinopol jahondagi yirik shaharlardan 

biri hisoblangan. Shahar atrofi mustahkam qalʼa devorlari bilan oʻralib, xandaqlar qazilgan (5-a.ning 1-yarmi). Shahar markazi 

(Agustion maydonida Qad. Rim meʼmorligi taʼsirida zafar toki (ark) lari, forumlar, cherkov binolari, imperator saroyi, otchopar, 

akveduklar qurilgan. V. meʼmorlik maktabida "plinfa" (yassi keng gʻisht) koʻp qoʻllanilgan. Ibodatxona qurilishida bazilika 

uslubidan foydalanilgan. Keyinchalik bu uslub qoʻshni mamlakatlar meʼmorligiga taʼsir qilgan. Ibodat-xonalar tashqi koʻrinishi 

qoʻpol va ogʻir boʻlib, ichki koʻrinishi esa, aksincha, oʻta hashamdor boʻlgan (Salonikidagi Avliyo Dmitriy bazilikasi, 5-a; 

Avliyo Georgiy rotondasi, 4-a. oxirida qayta qurilgan). Konstantinopoldagi Ayo Sofiya ibodatxonasi (532— 537) yuksak 

mahorat bilan qurilgan mahobatli inshoot boʻlib, gumbazining diametri 31,4 m, bal. 55 m dir. Turar joy binolari asosan koʻp 

qavatli, bosh tarzi ravoqli qilib qurilgan, pastki qavatida savdo rastalari va ustaxonalar joylashgan. 



3.

 

Abu Rayhon Beruniyning hayoti va faoliyati. 

Turkistonlik ulugʻ alloma abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. 

Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Iroq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani — 


http://imtihon.basbro.ru/

 

http://basbro.ru/



 

http://telegram.me/imtih

 

Bizni telegramda kuzating 



@imtih

 

 



 

28 


amakisining oʻgʻli Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan 

fanlar — astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi. U oʻzining „Geodeziya“ asarida 990-yil Kat 

shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi. Maʼlumki, geografik kenglikni aniqlash uchun geografiya, matematika va 

astronomiyadan yetarlicha bilimga ega boʻlish lozim. 995-yil Katni, Xorazmning ikkinchi poytaxti, Gurganj (Urganch)ning 

amiri Maʼmun ibn Muhammad bosib oladi. Beruniy Iroqiylar xonadoniga mansubligi uchun Maʼmunning gʻazabidan qochib, 

Ray shahriga (hozirgi Tehron yaqinida) keladi. U Rayda mashhur olim — matematik va astronom al-Xoʻjandiy, tabib va 

faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Rayda oʻzining „Al-Faxriy sekstanti“ risolasini yozadi. 997-yil Beruniy Katga 

qaytdi. Bu davrda Xorazmda oʻzgarishlar boʻlib, Maʼmun vafot etib, uning oʻrniga Ali ibn Maʼmun taxtga chiqqan edi. 998- 

yil Beruniy Jurjonga keldi. U Jurjonda 1004-yilgacha yashaydi. Oʻzining oʻn beshga yaqin asarini shu yerda yaratdi. Jumladan, 

olimning „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ asari 1000-yil atrofida shu yerda yozilgan. 1004-yilning bahorida Beruniy 

Xorazmga qaytdi. Bu vaqtda Xorazmning poytaxti Gurganj edi. Gurganjda u Oy tutilishini kuzatdi. Saroyda al-Masihiy, tabib 

al-Hammar, Ibn Iroq va boshqalar ishlar edilar. 1005-yil bahorida buxorolik mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino ham Gurganjga 

keladi. Gurganjda Beruniy matematika, astronomiya bilan bir qatorda fizika va mineralogiyaning baʼzi masalalari bilan 

shugʻullandi. Minerallarni aniqlash, ularni tizimga solishda solishtirma ogʻirliklardan foydalanish gʻoyasi ham mana shu yerda 

tugʻildi. 1017-yil yozida Mahmud Gʻaznaviyning buyrugʻiga koʻra Beruniy asir sifatida Gʻaznaga olib ketildi. U yerda ogʻir 

sharoitda yashadi. 1019-yildan keyin ilmiy ish bilan shugʻullanish sharoitiga erishdi. 1022—1024- 

yillarda Mahmud Hindistonga qilgan yurushida Beruniyni oʻzi bilan olib ketdi. Safarda ham Beruniy ilm bilan shugʻullandi. 

U Panjobdagi Nandna qalʼasi yonida yer shari meridianini bir gradusining uzunligini oʻlchadi va u 110,895 km. ekanini aniqladi. 

Bu maʼlumot hozirgi zamon oʻlchashlari natijasi — 111,1 km bilan taqqoslansa, Beruniy oʻlchashlarining aniqligi qay darajada 

ekani koʻrinadi. 

U Hindistonda boʻlajak asari „Hindiston tarixi“ uchun maʼlumot yigʻdi va uni 1030-yil yozib tugatdi. Oʻsha yili Mahmud vafot 

etdi va uning oʻrniga oʻgʻli Masʼud taxtga chiqdi. Masʼud Beruniyga koʻp iltifotlar koʻrsatdi. Shu sababli, Beruniy oʻzining shoh 

asarini Masʼudga bagʻishlab „Qonuni Masʼudiy“ deb atadi. Bu asar asosan astronomiyaga oid boʻlsa ham 

Beruniyning matematikaga oid, yaʼni trigonometriya va sferik trigonometriyada qilgan anchagina kashfiyotlari shu asarda bayon 

etilgan. Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qoʻshgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham 

koʻrish mumkin. Ulardan eng yiriklari — „Hindiston“, „Yodgorliklar“, „Qonuni Masʼudiy“, „Geodeziya“, „Mineralogiya“ va 

„Astronomiya“. Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari — 22 ta; astronomik asboblar haqida — 

10 ta; astrologiklari — 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) — 38 ta; turli tillardan tarjima 

asarlar — 21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan. Beruniy yoshligidayoq koʻp 

vaqtini turli kuzatishlar bilan oʻtkazgan. U bolaliastronomik asbob yasagan. Xorazmning turli joylari koordinatalarini aniqlash 

bilan shugʻullangan va 995—996-yillarda Kat shahrida diametri 15 ziroʻ (Ziroʻ — qadimgi oʻlchov birligi, 49 santimetr 

chamasida) boʻlgan doira va boshqa asboblar bilan astronomik oʻlchash ishlarini olib borgan. Beruniyning 152 asari maʼlum 

boʻlib, bizgacha uning faqat 30 tasi yetib kelgan. Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi 

geografiya va geodeziyaga, 4 tasi mineralogiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi 

falsafaga, 18 tasi adabiyotga bagʻishlangan. U 50 yoshida qadimiy sanskrit tilini oʻrgandi, bundan tashqari, fors, arab, yahudiy, 

grek tillarini ham bilar edi. 

4.

 

Anneksiya” so’ziga izoh bering. bir davlat hududini zo’ravonlik yo’li bilan butunlay yoki qisman o’z davlatiga qo’shib 



olish 

 

22-



 

bilet 


1.

 

XVIII asr oxirida Fransiya davlati.

 

Lyudovik  .  XVI  qatl  etilgach,  Ispaniya,  Angliya  va  Avstriya  monarxlarining  bosqinchilik  hujumi  kuchaydi.  Jirondachilar 

mamlakat mudofaasini yetarli darajada tashkil eta olmadilar. Buning ustiga, mamlakat janubida yerlarning shahar burjuaziyasiga 

sotilayotganligidan norozi bo'lgan dehqonlarning isyoni boshlandi. Isyonchilar qirolning qatl etilishini jinoyat deb hisoblardilar. 

Yakobinchilar mamlakatdagi bu og'ir vaziyat uchun jirondachilarni aybladi. Ular Parij aholisini qo'zg'olonga chaqirdi. Boshlangan 

qo'zg'olon 1793- yilning 2- iyun kuni jirondachilar hokimiyatining ag'darilishi bilan yakunlandi. Hokimiyat yakobinchilar qo'liga 

о'tdi. M.Robespyer boshchiligida yangi hukumat - jamoat qutqaruv qo'mitasi tuzildi. Favqulodda sudlar yangi kuch bilan ishlay 

boshladi. 



Yakobinchilarning  ichki  siyosati.  1793-  yilda  Fransiyada  yangi  Konstitutsiya  qabul  qilindi.  Feodal  to'lovlar  butunlay  bekor 

qilindi.  Dehqonlar  endilikda  o'z  yerlarining  ozod  egalariga  aylandilar.  Feodallarning  huquqlarini  tasdiqlovchi  hujjatlar  yoqib 

yuborildi.  Chet  ellarga  qochib  ketgan  dvoryanlarning  yerlari  mayda  bo'laklarga  bo'linib  sotildi.  Cherkov  davlatdan  ajratildi. 

Birinchi  iste'mol  buyumlariga  qat'iy  narxlar  o'rnatildi.  Biroq  bu  tadbir  kutilmaganda  aks  sado  berdi.  Savdogarlar  hukumat 

belgilagan  narxda  tovarlarini  sotmay  qo'ydi.  Endi  ular  yashirincha  savdo  qilishga  о'tdilar.  Oqibatda  narx-navo  ко'tarilib  ketdi. 

Hukumat ish haqining eng yuqori darajasini ham belgilab qo'ydi. Biroq bu tadbir yaxshilikka olib kelmadi. Natijada ishchilarning 

ish  tashlashi  boshlandi.  Hukumat  esa  uni  shafqatsizlik  bilan  bostirdi.  Chet  el  bosqinchilarining  hujumi  va  birinchi  iste'mol 

mahsulotlarining yetishmasligi sharoitida ahvolning g'oyatda og'irlashuvi yakobinchilarni diktatura о 'rnatishga majbur etdi. 

 

1793- yil sentabrda Konvent «Shubhali kishilar to'g'risida» qonun qabul qildi. Bu qonun, yakobinchilar fikricha, «shubhali» deb 



hisoblangan  barcha  kishilarni  to  tinchlik  о'rnatilgunicha  qamoqqa  olish  va  saqlashni  ko'zda  tutardi.  Aslida  yakobinchilar  o'z 

raqiblaridan terror yo'li bilan qutilmoqchi edi. Buning tasdig'i о'laroq, Konventdagi barcha jirondachi-deputatlar qamoqqa olindi 

va qatl qilindi. Mamlakat ichkarisidagi isyonlar ham о'ta rahmsizlik bilan bostirildi. Yakobinchilarning shafqatsizligi chegarasiz, 


29 

 

 



ayovsiz va ma'nosiz edi. Yakobinchilar, ayni paytda, qo'shinni mustahkamlash choralarini ко'rdilar. Bu tez orada o'z samarasini 

berdi. 1794-  yilda bosqinchilar  mamlakat  hududidan  surib  chiqarildi. Bu ozodlik  urushlarida  yosh kapitan Napoleon  Bonapart 

shuhrat qozondi. 

Yakobinchilar partiyasi. Yakobinchilar ichida ichki siyosat borasida yagona birlik yo'q edi. Ular aslida turli guruhlarga bo'linib 

ketgan  edilar.  Yakobinchilarni  birlashtirib  turgan  omil  -  bu  chet  el  bosqinchilariga  qarshi  kurash  va  mamlakat  ichkarisidagi 

isyonlarni bostirish zarurati edi, xolos. Bu ikki xavf bartaraf etilgach, guruhlar о'rtasida kurash boshlanib ketdi. Eber va Shomet 

rahbarligidagi yakobinchilar «hech kim boy ham, hech kim о'ta kambag'al ham bo'1maydigan, hamma barcha narsaga yetarlicha 

ega  bo'lishini ta'minlaydigan» jamiyat  tarafdori edilar. 1794-  yilda  M. Robespyer tarafdorlari ularni qamoqqa  oldilar va  o'lim 

jazosiga hukm etdilar. M. Robespyer tarafdorlari yakobinchilarning Danton boshchiligidagi «shafqatlilar» guruhini ham xavfli 

deb hisoblaganlar. Danton mamlakatda faoliyat ko'rsatayotgan guruhlarning o'zaro murosasi tarafdori edi. U barcha partiyadagi 

yaxshi niyatli kishilarning ittifoqini tuzish yo'li bilan o'zaro ziddiyatlarni bartaraf qilishni taklif etdi. Danton inqilobiy diktaturani 

to'xtatishni,  konstitutsiyaviy  tartibga  qaytishni,  terrordan  voz  kechishni  talab  qila  boshladi.  M.  Robespyer  guruhi  Danton 

talablarini rad etdi. Danton hamda uning tarafdorlari qamoqqa olindilar va qatl etildilar. Mamlakatda о'rnatilgan terror siyosati 

dahshatlari hammaning tinkamadorini quritdi. Bu esa, Robespyerning obro'sini tushirib yubordi. M. Robespyer siyosiy kurashda 

qonli  usul  orqali  raqiblarini  yo'qotish  bilan  o'z  shaxsiy  halokatini  ham  tayyorlab  bordi.  Xalq  qonli  boshqaruvga  asoslangan 

respublikani  yomon  ко'rib  qoldi.  Endi  M.  Robespyerning  barcha  dushmanlari  yagona  ittifoqqa  birlashdilar.Yakobinchilar 

diktaturasining ag'darilishi. Konventda M. Robespyer va uning tarafdorlariga qarshi fitna tayyorlandi. 1794- yilning 27- iyulida 

Konvent unga qarshi ayblov e'lon qildi va M. Robespyerni qamoqqa oldi. Shuningdek, Konvent uni qonundan tashqari deb ham 

e'lon qildi. Bu - sudsiz qatl etish degani edi. Hammasi bo'lib yuzga yaqin kishi qatl etildi. Shu tariqa yakobinchilar diktaturasi 

quladi.  Bu  inqilobning  tugashi  ham  edi.  Hokimiyat  tepasiga  inqilob  yillarida  boyib  ketgan  yangi  boylar  deb  ataluvchi  yirik 

burjuaziya keldi. Hokimiyat tepasiga kelgan kuchlar termidorchilar deb nom olganlar. Ular mulkni va erkinlikni, tadbirkorlikni 

himoya  qiladigan  Respublika  tarafdori  edilar.  1795-  yilda  Konvent  yangi  Konstitutsiya  qabul  qildi.  U  mamlakatda  respublika 

tuxumini mustahkamladi. Inqilobning feodal tartiblarni tugatish haqidagi barcha qarorlarini tasdiqladi. Mamlakatda ikki palatali 

parlament  tashkil  etildi.  Ijroiya  hokimiyat  besh  kishidan  iborat  Direktoriyaga  topshirildi.  U  1795-1799-  yillar  mobaynida 

mamlakatni boshqardi. Bu davrda monarxiya tarafdorlari isyon ko'tardilar. Ularning maqsadi monarxiyani qayta tiklash edi. Biroq 

general Napoleon Bonapart Konventning  xaloskori bo'ldi. U isyonchilar kuchini tor-mor etdi. Bu xaloskorlik unga yorqin kelajak 

sari  yo'1  ochdi.  1799-  yil  9-  noyabrdagi  davlat  to'ntarishi.  Direktoriya  Shimoliy  Italiyani  Avstriya  qo'shinidan  ozod  qilishi 

uchun  Napoleon  Bonapartga  umid  bog'ladi.  26  yoshli  general  bu  vazifasini  sharaf  bilan  uddaladi.  U  Avstriyani  tinchlik 

shartnomasi tuzishga va Fransiyaning g'alabasini tan olishga majbur qildi. Shu tariqa Napoleon Italiyadan Parija shon- shuhratga 

ко'milgan holda qaytib keldi. Endi hukmron tabaqalar Fransiyada Napoleondek qattiqqo'l siyosatchining hokimiyatini o'rnatishga 

fursat yetdi, degan xulosaga keldilar va davlat to 'ntarishi tayyorladilar. Napoleon Bonapart bunga rozi bo'ldi. 1799- yil 9- noyabrda 

Davlat to'ntarishi amalga oshirildi. Parlament Konsullik deb ataluvchi hukumat tuzishga majbur etildi. Uning tarkibi 3 kishidan 

iborat bo'ldi va ularning har biri «Fransiya Respublikasining konsuli» unvoniga ega bo'ldi. Uch konsuldan biri Napoleon Bonapart 

edi. Aslida butun hokimiyat uning qo'lida to'plandi. Buyuk fransuz burjua inqilobining tarixiy ahamiyati. Gap fransuz burjua 

inqilobi haqida ketganida, unga nisbatan «Buyuk» so'zi qo'shib ishlatiladi. Xo'sh, nega shunday? Chunki bu inqilob o'rta asr feodal 

tartiblarini  to'la  bekor  qilgan  edi.  Kishining  kishiga  shaxsan  qaramligini  tugatdi.  Monarxiyaning  hech  qanday  ко'rinishi  bilan 

murosa qilmadi. 

Fransiyada respublika tuzumi qaror topdi. Angliya burjua inqilobi burjuaziya va dvoryanlar kelishuvi bilan yakunlangan bo'lsa, 

Fransiyada burjuaziya dvoryanlarni  yengdi. Eski jamiyat va davlat tuzumini to'la buzib tashladi. Sanoat inqilobi uchun sharoit 

hozirladi. 

2.Ulug’bek (Samarqand) madrasasi. XV asr. Amir Temurning nevarasi, Movarounnahr hukmdori Mirzo Ulug'bek tomonidan 

1417  yili  qurib  bitkazilgan.  Uning  peshtoqida  Amir  Temur  davrida  Erondan  keltirilgan  ustaning  avlodi  Ismoil  ibn  Tohir  ibn 

Isfahoniy  al-Bannoiyning  nomi  saqlanib  qolgan.  Madrasa  Abdullaxon  II  davrida  Xo'ja  Sa'd  Jo'yboriy  tomonidan  (1586  yilda) 

butunlay qayta tiklangan. U o'rta asrlarda yirik madaniyat va ma'rifat maskani vazifasini o'tagan. 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling