Tarix fanlaridan bitiruv nazorat imtihon materiallari va javoblar


Download 0.72 Mb.

bet9/12
Sana16.04.2018
Hajmi0.72 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

3.Mahmud Zamaxsharining hayoti va faoliyati. 

Xorazm vohasida azaldan jahon fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ko‘plab allomalar yetishib chiqqan. Ayniqsa, 

o‘rta asrlarda bu diyor ilm-fanning turli sohalari bo‘yicha samarali ijod qilgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon al- 

Beruniy,  Abu  Abdulloh  al-Xorazmiy,  Ibn  Miskavayh,  Abu  Nasr  al-Iroq,  Abu  Sayhl  Masihiy,  Abul  Xayr  ibn  al-Hammor 

kabilarning dong‘i butun Mag‘ribu Mashriqqa tarqalgan. Xorazm zaminida tavallud topgan buyuk allomalardan biri Abul Qosim 

Mahmud az-Zamaxshariydir. Uning to‘liq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar ibn Muhammad (ba’zi manbalarda Ahmad) bo‘lib, 

u hijriy 467-sana rajab oyining yigirma yettinchsiesda- chorshanba kuni (milodiy hisobda 1075 yilning 19 martida) Xorazmning 

katta qishloqlaridan biri Zamaxsharda tavallud topgan. Shu boisdan ham az-Zamaxshariy taxallusini olgan. U Makkada yashagan 

paytda iskandariyalik bir shogirdi, “Al-Aqd as-samiyn fi ta’rix al-balad al-amiyn” nomli tarixiy asarning muallifi Shahobuddin 

Ahmad ibn al-Husniy al-Molikiyga yo‘llagan maktubida o‘zi haqida “Men Mahmud ibn Umar ibn Muhammad ibn Ahmad al-

Xorazmiyman,  keyin  az-Zamaxshariyman.  Xorazmning  bir  qishlog‘iga  (Zamaxsharga)  mansubman.  Zamaxshar  to‘g‘ilgan 

yurtimdir”,-deb yozgan. 

Tarixiy  manbalarda  ko‘rsatilishicha,  Mahmud  az-Zamaxshariy  avval  o‘z  yurti  Xorazmda,  undan  keyin  Buxoroda  taxsil 

ko‘rgan. Ko‘pgina xorijiy ellarga, jumladan, Marv, Nishopur, Damashq, Bog‘dod, Makka va Hijozga safar qilgan. U tilshunoslik, 

lug‘atshunoslik, adabiyot, jo‘g‘rofiya, tafsir, hadis, fiqh ilmlarida ellikdan ortiq yirik asarlar yaratgan bo‘lib, ularning aksar qismi 

bizgacha yetib kelgan. Az-Zamaxshariy 1144 yilda Xorazmda vafot etgan. 

Buyuk  mutafakkir  az-Zamaxshariy  biz  avlodlarga  boy  va  ulkan  me’ros  qoldirgan.  U  tilshunoslik,  lug‘atshunoslik  , 

adabiyot, aruz, jo‘g‘rofiya, tafsir, fiqh va ilm-al qiroatga oida oltmishga yaqin asar yaratgan bo‘lib, baxtimizga ularning aksariyati 

bizgacha yetib kelgan. 

Darhaqiqat, o‘z bilim tafakkurining chuqurligi va noyob iste’dodining keng qamrovligi tufayli az-Zamaxshariy o‘z davrida 

“ustoz  ul-arab  va-l-ajam”(“arablar  va  g‘ayri  arablar  ustozi”),  “Faxru-l-Xvarazm”(“Xorazm  faxri”),  Makkada  o‘zoq  vaqt 

yashaganligi  uchun  Jorulloh  (“Allohning  qo‘shnsies”)  kabi  sharafli  nomlarga  sazovor  bo‘lgan  edi.  Hind  Xusayn     Toho 



http://imtihon.basbro.ru/

 

http://basbro.ru/



 

http://telegram.me/imtih

 

Bizni telegramda kuzating 



@imtih

 

 



 

ta’kidlaganidek, u o‘z yurti Xorazmda bo‘lsa ham yoki o‘zi ziyorat qilgan Sharqning ko‘plab shaharlarida ham doimo mashhur 

olimlar shoir va adiblar davrasida bular, ular bilan qizg‘in ilmiy bahslar, munozaralarda ishtirok qilardiyu ilm ahllari uning fikriga 

qo‘loq solar edilar. Manashu ulkan obro‘-e’tibor va buyuk daho e’timol unga o‘z asarlaridan birida “va inniy fi Xorazm kaabat 

ul-adab” “rostdanham men Xorazmda adiblar uchun (bir) Ka’baman” deb yozishga asos bo‘lgan bo‘lsa kerak. 

Xajm jixatidan juda katta bo‘lgan va ba’zi hollarda iboralarni idrok etib chuqur anglash murakkablik tug‘dirganidan 

az-Zamaxshariydan  so‘ng  o‘tgan  ba’zi  mualliflar  bu  asarni  qisqartirib,  soddalashtirib,  uni  muhtasar  xolga  keltirganlar.  Shular 

jumlasidan Mavlona Muhiddin ibn al-Xatiyib Qosim ibn Yaqub (U 940/1534 yilda vafot etgan) az-Zamaxshariyning ushbu asarini 

muxtasar holga keltirib, uning g‘oyatda foydali o‘rinlarini  olib, “Ravzu-l-axbor al-muntaxab  min  Rabiy’u-l-abror” (“Rabiy-ul- 

abror ” dan tanlab (saralab) olingan xabarlar chamanzori) deb nomlab, 92(tuqson ikki) bobdan iborat bo‘lgan asar aslini “50(ellik) 

chamanzor”  (ravza)ga  keltirib  qisqartirgan.  Bundan  tashqari  asarning  boshqa  qisqartirilgan  nushalarini  ham  ko‘rish  mumkin. 

Jumladan Turkiyaning Stanbul shahridagi OYA So‘fiya nomli kutibxonasida 4331 raqami ostida saqlanayotgan bir qo‘lyozma 

“Nuzhatu-l-musta’nis va nuzhatu-l-muqtabis” (“Sururga intilganlar oromi va talabgorlar uchun (qulay) fursat ”) nomi bilan atalgan 

va  u  “Robiy’  ul-abror”  ning  qisqartirilgan  muhtasar  nusxasidir.  Shuningdek  Hindiston  (Dehlidagi)  Xudabaxsh  kutibxonasida 

saqlanadigan 2607 raqami ostidagi qo‘lyozma “Nafahatu azhor Rabiy’ul abror” (“Rabiy’ ul-abrordagi gullar xushbuyliklari”) deb 

atalib, u ham az-Zamaxshariyning “Rabiy’ ul-abror” asarining soddalashtirilgan nusxasi hisoblanadi. 



4.“Dekodentlik” so’ziga izoh bering.  (lotincha tanazzul) yevropa madaniyatidagi inqiroz holatini umumiy tarzada ifoda etuvchi 

tushuncha. tanazzulga yuz tutishlik,umidsizlik kayfiyati,hyotdan bezikishni aks ettiruvchi oqim 

 

23-

 

bilet 


1.

 

XVII asrda Rossiya imperiyasi. 

XVII  asrdan  Rossiya  iqtisodiyotida  yangi  alomatlar  paydo  bo'la  boshladi.  Bu,  avvalo,  tovar  ishlab  chiqarishning,  ya'ni  bozorda 

sotish uchun mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanishida namoyon bo'ldi.Shahar hunarmandchiligi yoppasiga mayda tovar ishlab 

chiqarishga  aylana  boshladi.  Mamlakat  ehtiyoji  uchun  zarar  mehnat  qurollari  ishlab  chiqarishga  mo'ljallangan  manufakturalar 

vujudga  keldi.  Endi  hunarmandlar  buyurtmaga  ishlashdan  bozor  uchun  ishlashga  о'tdilar.  Ayni  paytda  o'zlari  hambozordan 

xomashyo sotib oladigan bo'ldilar. Bu jarayondan qishloq xo'jaligi ham chetda qolmadi. Tirikchilik uchun eng zarar narsa - g'alla 

hamma yerda tovarga aylandi. Ayrim pomeshchiklar (feodallar) qishloq xo'jalik mahsulotlari savdosi bilan shug'ullana boshladilar. 

Krepostnoylardan endi obrok mahsulot bilan emas, balki pul bilan ham olina boshlandi. Yuqorida qayd etilgan omillar  natural 

xo'jalik negizlariga zarba bera bordi. Rossiya tarixida XVII asr shaharlarning rivojlanishi boshlangan asr hamdir. Shaharlar tobora 

mamlakatning savdo-sanoat  markazlariga aylana bordi. Ular orasida Novgorod, Yaroslavl, Pskov, Qozon, Nijniy Novgorod  va 

boshqalar  ajralib  turardi.  Eng  katta  shahar  Moskva  bo'lib,  unda  hunannandchilikning  250  turi  bilan  shug'ullanilar  edi. 

Hunarmandchilikning rivojlanishi mamlakatning rivojlanishiga va bu, о'z navbatida, turli viloyatlar о'rtasida xo'jalik aloqalarining 

kengayishiga  olib  keldi.  Bu  esa,  oxir-oqibatda  hunarmandlarning  bozorga  qaramligini  oshirdi.  XVII         asrda  Rossiyada 

m

30



anufakturalar ham paydo bo'ldi. Bular birinchi bo'lib qora metallurgiya sohasida paydo bo'lgan manufakturalar edi. Manufaktura 

ishlab chiqarishi mehnat unumdorligining о'sishiga olib keldi. Savdogar, davlat, podsho xonadoni va ayrim yirik pomeshchiklar 

ham manufaktura egalari edilar. XVII asrda tashqi savdo ham rivojlana boshladi. Astraxan (Ashtarxon) va Arxangelsk shaharlari 

mamlakat tashqi savdosida muhim rol о'ynadi. Boltiq va Qora dengizga chiqish imkoni bo'lmagan Rossiya dengiz savdo flotiga 

ega emas edi. Shuning uchun ham G'arbiy Yevropa davlatlari bilan savdo-sotiq ishlari Buyuk Britaniya va Gollandiya savdogarlari 

vositachiligida amalga oshirilardi. Shunga qaramay, davlat Rossiya savdogarlarining manfaatini chet el savdogarlaridan himoya 

qilishga  qaratilgan  qator  choralarni  ko'rdi.  Chunonchi,  1667-  yilda  «Yangi  savdo  Nizomi»  joriy  etildi.  Unga  ko'ra,  chet  el 

savdogarlarining  rus  bozorlarida  chakana  savdo  qilishlari  taqiqlandi.  Shu  tariqa  Rossiya  iqtisodiyotida  ham  asta-sekinlik  bilan 

bo'lsa-  da,  yangi  -  kapitalistik  munosabatlar  shakllana  bordi.  Ichki  savdoning  rivojlanishi  oxir-oqibatda  butun  Rossiya  yagona 

ichki bozorining tarkib topishiga olib keldi. Biroq Rossiya iqtisodiy taraqqiyotda G'arbiy Yevropa mamlakatlaridan orqada edi. 

Bunga krepostnoylik tartiblarining tobora mustahkamlanishi asosiy sabab bo'lgan. Sobor nizomi. Buning yorqin isboti 1649- yilda 

Zemstvo  sobori  qabul  qilgan  yangi  nizom  edi.  Nizomga  ко'ra,  dvoryanlar  о'zlari  egalik  qilayotgan  yer-mulklarni  votchinaga 

aylantirish va meros qoldirish huquqiga ega bo'ldilar. Dehqonlar dvoryanlarga uzil-kesil biriktirilib qo'yildi. Ularning xo'jayindan 

xo'jayinga  o'tishi  taqiqlandi.  Krepostnoylik  nasldan  naslga  о'tadigan  bo'ldi.  Shu  tariqa  Sobor  nizomi  Rossiyada  krepostnoy 

huquqning shakllanishi jarayonini tugalladi.Mutlaq monarxiyaning qaror topib borishi. Rossiyada mutlaq monarxiyaning to'la 

qaror topishi Aleksey Mixaylovichning o'g'li Pyotr I nomi bilan bog'liqdir. U 1689- yilda taxtga o'tirdi. Pyotr I tashqi siyosatining 

asosiy maqsadlaridan biri, Rossiyani kuchli harbiy- dengiz flotiga ega davlatga aylantirish edi. U bu vazifani muvaffaqiyat bilan 

amalga oshirdi. Pyotr I Polsha va Daniya bilan Shvetsiyaga qarshi  kurash uchun ittifoq tuzishga erishdi. Shundan so'ng Pyotr I 

Boltiq dengiziga chiqish uchun Shvetsiyaga qarshi urush boshlashga qaror qildi. 1700- yilda Rossiya - Shvetsiya urushi boshlandi. 

Bu urush tarixga «Shimoliy urush» nomi bilan kirdi. Urushgacha Rossiya kuchli harbiy- dengiz floti yaratishga muvaffaq bo'lgan 

edi. Urush taqdirini Poltava (hozirgi Ukraina davlati  hududidagi shahar) jangi hal etdi. 1709- yilda bo'lib o'tgan bu jangda rus 

qo'shini Shvetsiya qo'shinini tor-mor etdi. Bu mag'lubiyat Shvetsiya qudratiga o'nglanmas putur yetkazdi. U endi buyuk davlat 

maqomini yo'qotdi. Nihoyat, Shimoliy urush 1721- yilda Rossiyaning g’alabasi bilan tugadi. Shu yili Finlyandiyaning Nishtadt 

shahrida Rossiya - Shvetsiya tinchlik shartnomasi imzolandi.Urush yakuni Pyotr I ga о 'z orzusini amalga oshirish imkonini berdi. 

Rossiya Boltiq dengiziga chiqish yo'liga ega bo'ldi. Ayni paytda Rossiya Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga aylandi. 1721- 

yilda Pyotr I imperator deb e'lon qilindi. Rossiya imperiyaga aylandi va Rossiyada mutlaq monarxiya ham to'la qaror topdi. 



Pyotr  I  islohotlari.  Rossiya  ma'muriy  boshqaruv  jihatidan  gubernyalarga  bo'lindi.  Ular  podsho  tomonidan  tayinlanadigan, 

general- gubernator tomonidan boshqariladigan bo'ldi. Podsho huzuridagi Boyarlar dumasi tugatildi. Uning o'rniga Senat tuzildi. 

Senatga  qonun  chiqarish  va  hukumatni  boshqarish  vakolati  yuklatildi.  Pyotr  I  zamonaviy  qo'shin  ham  tuzdi.  Qo'shinda  harbiy 

xizmat umrbod muddatda о'taladigan bo'ldi. Qo'shin rekrutlikka olish yo'li bilan shakllantirildi va zamon ruhiga  mos ravishda 

qurollantirildi. Pyotr I islohotlari Rossiyaning taqdirida muhim rol о'ynadi. Pyotr I vafotidan so'ng XVIII asr oxirigacha  (1725- 


31 

 

 



1800) yana 8 nafar Romanovlar sulolasi vakillari imperatorlik qilishdi. Bu о 'tgan 75 yillik davr islohotlarning mustahkamlanishi 

davri  bo  'ldi.  Ayniqsa,  Yekaterina  II  hukmronligi  davri  (1762-1796)  Rossiya  tarixida  alohida  iz  qoldirdi.  Biroq,  Rossiyada 

krepostnoy  tuzum  hukmron  bo'lib  qolaverdi.  Dehqonlar  og'ir  hayot  kechirdilar.  Oxir-oqibatda  ular  bir  necha  marta  qo'zg'olon 

ko'tarishga majbur bo'lganlar. Ularning ichida eng mashhuri Ye.Pugachev boshchiligidagi qo'zg'olon edi (1773-1775). Qo'zg'olon 

Yekaterina II tomonidan shafqatsizlik bilan bostirilgan. Ye. Pugachev esa qatl etilgan. Rossiyaning tashqi siyosati. XVII-XVIII 

asrlarda  ham  Rossiya  tashqi  siyosatining  asosini  unga  tutash  bo  'lgan  yerlar  hisobiga  kengaytirish  uchun  kurash  tashkil  etgan. 

Chunonchi, 1654- yilda Ukraina va Sharqiy Belorussiya Rossiyaga qo'shib olindi. XVII asr davomida Rossiya G'arbiy Sibirdan 

Tinch  okeani  qirg'oqlariga,  Kamchatka  va  Kuril  orollariga  qarab  siljishni  davom  ettirdi.  XVII  asr  oxiridan  boshlab  Rossiyani 

kuchli dengiz davlatiga aylantirish uchun kurash boshlandi. Bu vazifa ham bosqichma-bosqich amalga oshirila borildi. Pyotr I o'z 

tashqi siyosatining tig'ini O'rta Osiyoga ham qaratdi. O'rta Osiyo oltiniga ega bo'lish maqsadida 1714- yilda Xiva xonligiga harbiy 

ekspeditsiya  yubordi.XVIII asrning ikkinchi choragida Qozog'istonning bir qismi Rossiya tarkibiga qo'shib olindi. 1768-  yilda 

Rossiya  -  Turkiya  urushi  kelib  chiqdi.  1774-  yilda  Turkiyani  Rossiya  o'ziga  qulay  Kuchukqaynarji  shartnomasini  imzolashga 

majbur etdi. Unga ko'ra, Rossiya Qora dengiz bo'yida harbiy flot qurish huquqini qo'lga kiritdi. Shuningdek, uning savdo kemalari 

O'rta Yer dengiziga olib chiquvchi Qora dengiz bo'g'ozlaridan hech qanday to'siqsiz o'ta olish huquqiga  ega bo'ladi. 1783- yilda 

Qrim xonligi qo'shini tor-mor etildi va u Rossiya tarkibiga qo'shib olindi. 

 

2.



 

Qo’qon xonligida Maxmur (Maxmud) ijodidagi asosiy g’oyalar. 

Maxmur (asl ismi Mahmud) XVIII asr oxirida tug'ilib, 1844-yili vafot etgan. Qo'qondagi MadrasayiMirda o'qigan, keyin Amir 

Umarxon qo'shinida sipohilik qilgan. Maxmurning hajviy she'rlar devoni saqlangan bo'lib, unda 69 asar (3717 misra) jamlangan. 

She'riarida  xalqqa  jabr  yetkazgan  amaldorlarni  keskin  tanqid  ostiga  oladi.  U  milliy  adabiyotda  ijtimoiy 

hajviyaniyuksakpog'onagako'taradi.  „Hapalak"  she'rida  Hapalak  qishlog'idagi  manzarani  aks  ettirsa-da,  aslida  bu  she'r  butun 

xonlik hududidagi manzarani ifodalar edi. Mazkur she'rda quyidagi satrlar bitilgan edi: 



Xalqini ko'rsang agar, o'lasi-yu qoq-u xarob, Ochligidan egilib, qomati misli kamalak. 

Bori yo'q uylarini banda bayon gar qilsam, Bir katak, ikki кара, uch olachuq, to 'rt katalak. 

O'zbek mumtoz adabiyotining tanqidiy yo'nalishini rivoj- lantirgan Maxmur merosi keyingi davrdagi qalam ahlining hajviygo'ylik 

ijodiga samarali ta'sir ko'rsatdi. 

3.

 

XIII asrda Marko Poloning hayoti va sayohatlari. 

Venetsiyalik savdogarlar — Pololar oil- asi vakillari XIII asrda mo‘g‘ullar xonin- ing Osiyoning ichkarisidagi qarorgohiga 

yetib  boradi.  Marko  Polo  25  yil  davom  etgan  sayohatining  17  yilini  Xitoyni  egal-  lagan  mo‘g‘ullar  xoni  Xubilay  saroyida 

xizmatda o'tkazib, yevropaliklardan birin- chi bo'lib bu sirli o'lkalarni o'z kitobida tavsifLaydi. Yevropaliklar faqat XIX asrda- 

gina dengiz orqali o'tib, XIII asrda Marko Polo sayohat qilgan o'lkalarni o‘z ko'zlari bilan ko'radilar. Marko Poloning kitobidagi 

Sharq  mamlakatlarining  afsonaviy  boyliklari  200  yildan  so'ng  genuyalik  dengizchi  Xristofor  Kolumbda  shun-  chalik  katta 

taassurot qoldiradiki, u nima bo Uganda ham Hindistonning boy sohillariga yetishga qaror qiladi. 

4.“Shomanizm” so’ziga izoh bering.  din jon va ruhlarga, ota bobolar ruhiga sig‘inish 

 

 



24-

 

bilet 


1.

 

XIV-XVI asrlarda Shahrisabz shahri. 

Shaxrisabz shahrining qadimiy qismi uzoq vaqt davomida shakllangan bo'lib turli me'moriy qatlamlarning ustma-ust bo'lishi 

oqibatida, shahar devorlari ichida o'ziga xos yaxlit bir shaklga kelgan. Uning kompozitsiyasining asosini, Temur va temuriylar 

davrida bunyod etilgan, unikal me'moriy obidalari tashkil qilib, ular o'zining asli ko'rinishini saqlab qolagn va shaharning o'ziga 

xos tarixiy ko'rinishini belgilab beradilar. 2000 yilda «Shaxrisabz shahrining tarixiy markazi» Umumjahon medaniy meros 

ro'yxatiga kiritilgan.Shaxrisabzning tarixiy va me'moriy obidalari: Oq-Saroy saroyi (1380-1404 yy.), Dorus-Saodat majmuasi 

(14-19 asr.), Dorus-Tilavot majmuasi (14-15 asr.), Gumbazi-Saidon maqbarasi (1437-1438 yy.). Shams-ad-din qulol maqbarasi 

(1373 y.), Xanako Arslan-Xon (15 asr.) Chor-Su savdo rastasi (15-18 asr.), Xammom (15 asr.), Xanako Mirxamid (1914 

y.), Malik-Ajdar masjidi (1903-1904 yy.), Koba madrasasi (16 asr),Chubin madrasasi (19 asr), Kunchiqar masjidi (19 

asr), Xazrati Imom masjidi (19 asr). 

 

2.

 

Qadimgi greklarning quyosh xudosi Geliosning haykali. 

Miloddan  avvalgi  304-  yilda  Rodos  aholisi  shaharning  bir  yillik  qamaldan  xalos  bo'lganligi  sharafiga  shahar  homiysi, 

Quyosh xudosi Geliosning haykalini yaratishga qaror qilgan. Haykal bronzadan ishlangan. 

Haykalning bo'yi 35 metr bo'lgan. Uni haykaltarosh Xeres 12 yil davomida bunyod etgan. Haykalda Quyosh xudosi Geliosning 

boshi Quyoshga tegib turgandek tasvir- langan. 

3.

 

Muhammad Narshaxiyning hayoti va faoliyati. 

Narshaxiy, Abu Bakr Muhammad ibn Jaʼfar ibn Zakariyya al-Xattob ibn Sharik annarshaxiy (899—959) — tarixchi olim. 

Buxoroning Narshax qishlogʻida tugʻilgan. Tarjimai holiga oid maʼlumotlar kam. Somoniylar saroy-ida kotiblik qilgan. N. 

943—944 yillarda "Buxoro tarixi" ("Tahqiqi viloyati Buxoro") nomli asarini arab tilida yozib, uni somoniylar amiri Nuh ibn 

Nasr (hukmronlik davri: 943—954)ga bagʻishlagan. N.ning oʻgʻli Abu Bakr Mansur va nevarasi hadisshunos olim Abu Rafi al- 

Ala ibn Mansur ibn Muhammad ibn Jaʼfar asarni arab tilida davom ettirishib, Mansur ibn Nuh (hukmronlik davri: 997—999), 

yaʼni soʻnggi somoniylar davrigacha toʻldirishgan. Nasafiyning "Kitob al-qand" ("Samarqandiya") va Abu Saʼd as-Samʼoniy 

(1113— 1167)ning "Kitob al-ansob" asarlarida N. haqida maʼlumotlar mavjud. N. oʻz tugʻilgan qishlogʻida vafot etgan. 

Asarning asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. 1128 yil quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Qubaviy asarni fors tiliga 

qisqartirib tarjima qilgan. 1178—79 yillarda asar 2-marta qisqartirilgan. Tarjimonlar qisqartirish bilan birga uni yangi 


http://imtihon.basbro.ru/

 

http://basbro.ru/



 

http://telegram.me/imtih

 

Bizni telegramda kuzating 



@imtih

 

 



 

maʼlumotlar bilan maʼlum maʼnoda toʻldirganlar. "Buxoro tarixi" 36 bobdan ibo-rat boʻlib, asosan, Buxoro vohasining tarixiga 

bagʻishlangan. Ki-tobning bir necha bobi Buxoroning barpo etilishi, qad. nomlari, qad. podshox,lariga bagʻishlangan. Asarning 

maxsus bir bobi Buxoro atrofidagi Karmana, Hyp, Tavois, Iskajkat, Shargʻ, Zandana, Vardona, Afshona, Barkat, Romitan, 

Varaxsha, Baykand (Poykend), Forob va boshqa 

"Tarixi Narshaxiy" kitobining birinchi begi (Yangi Buxoro, 1904). "Buxoro tarixi" kitobining birinchi beti (Toshkent, 

1966).shahar va qishloklarning tasviriga ba-gʻishlangan. Unda bu joylarning tarixi, axrlisi va uning mashgʻuloti, faoliyati hamda 

tashqi shaharlar bilan munosabatlari hikoya qilinadi. Buxoro aholisining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida sodir 

boʻlgan muhim tarixiy voqealar bayon qilinadi. Kitobda Oʻrta Osiyoda arab xalifaligi hukmronligining oʻrnatilishi, islom 

dinining yoyilishi va Buxoroning arablar tomonidan taqsimlab olinishi hamda xalifalikka qarshi kurashlar, ayniqsa, Muqanna, 

Abu Muslim va boshqa boshchiligidagi xalq qoʻzgʻolonlari batafsil hikoya qilinadi. "Buxoro tarixi"da 9-asrda Oʻrta Osiyoning 

arab xalifaligidan ajralib chiqishi, Movarounnahr va Xurosonda somoniylar davlatining barpo boʻlishi va somoniylar davrida 

Buxoroning iqtisodiy va madaniy hayoti tasvirlangan. Asarda Buxoroning tarixiy topografiyasiga oid maʼlumotlar boʻlib, unda 

Buxoro shahrining darvozalari, ichki va tashqi devorlarining qurilishi ham ark va shah-ristonning bino qilinishi hikoya qilinadi. 

Asar faqat Buxoro tarixi-nigina emas, balki butun Oʻrta Osiyo tarixini oʻrganishda hamda nodir manbadir. "Buxoro tarixi" Parij 

(1892)da fransuz, Buxoro (1904) va Tehron (1939)da fors, Toshkent (1897)da rus, Kembrij (1954)da ingliz, Toshkent (1966, 

1993)da oʻzbek tilida, Dushanba (1979)da tojik tilida nashr etilgan. 

4.

 



“Ishlab chiqarishga asoslangan xo’jalik” atamasiga izoh bering. ancha vaqt urug‘ni oziq-ovqat mahsulotlari bilan 

ta’minlab kelgan ziroatchilik va chorvachilikdir. 

 

25-

 

bilet 


1.

 

Qadimgi Sparta. 

Miloddan avvalgi XII asrda Janubiy Yunoniston (Lakonika) hududiga doriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular mahalliy qabilalarni 

bo`ysundirib, Sparta davlatiga asos soldilar. Sparta eng yirik yunon davlatlaridan biriga aylandi. Spartaliklar qulga aylantirgan 

mahalliy aholi - ilotlar ham aslida yunonlar bo`lib, ular bilan bir tilda so`zlashar edi. 

Miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda qullar soni uncha ko`p bo`lmagan Afinadan farqli o`laroq Spartada qulga aylantirilgan aholi 

ko`pchilikni tashkil etar, ular ham spartaliklardan qattiq nafratlanar edi. Bunday sharoitda o`z hukmronligini faqat kuch bilan 

saqlab qolish mumkin bo`lgan. Shuning uchun ham spartaliklar o`z davlatida alohida shart-sharoitlar yaratdilar: jumladan, 

hamma amal qilishi lozim bo`lgan qat'iy intizom, aniq-raso rejalashtirilgan turmush tarzi hamda yengilganlarga qarshi shafqatsiz 

bo`lish. 

Sparta urushga tayyorgarlik ko`rayotgan bir shaharga o`xshab qolgan. Ajnabiylar Spartaga kiritilmagan. Savdo-sotiq sust 

rivojlangan, san'at asarlari, chiroyli ibodatxonalar va turar joy binolari ham yo`q edi. Hamma uylar bir-biriga o`xshash edi. 

S

3



p

2

artada faylasuflar ham, rassomlar ham, olimlar ham yo`q edi. 



  

Eslab qoling! Spartaliklar tomonidan asoratga solingan tub aholi ilotlar yunonlardan iborat bo`lgan. Ulardan tashqari Spartada 

fuqarolikka tola ega bo`lmagan - perieklar ham yashaganlar. 

Ilotlar mamlakat bo`ylab joylashgan kichik-kichik qishloqlarda yashar edilar. Ular alohida spartaliklarni emas, balki butun 

boshli davlatning mulki hisoblanardilar. Ilotlar alohida spartaliklar oilasi yeriga ishlov berar, chorvani boqar va boshqa ko`plab 

majburiyatlarni bajarar edilar. Spartaliklar esa faqat jangchi edilar. Ular dehqonchilik bilan ham, chorvachilik bilan ham 

shug`ullanmas, qurolni hech qachon qo`ldan qo`ymasdilar. 

Ilotlardan tashqari, Spartada to`la-to`kis huquqlarga ega bo`lmagan fuqarolar — periyeklar ham yashardi. Ular shaxsan ozod 

kishilar bo`lsa-da, Xalq kengashida ishtirok eta olmas, armiyada xizmat qilolmas edilar. 

Qadimgi Spartada kuchli va chidamli odamlar qadrlanar edi. Bolalar ancha qattiq sharoitda voyaga yetishgan. Boshidan 

mustaqillikka o`rgatish maqsadida ularni deyarli boqishmasdi. Bolalar o`zlariga yegulikni topishga majbur etilgandilar. Bunday 

sharoitda bolalarning o`g`rilik qilishdan boshqa chorasi qolmasdi. Sparta maktablarida bolalarni harbiy ishlarga o`rgatishar, 

ularni kuchli va chidamli etib tarbiyalashardi. Spartalik ayollarni ham jismoniy mashqlar bilan shug`ul-la-nishga va sport 

musobaqalarida qatnashishga majbur qilishgan. 



2.

 

Qo’qon xonligida Gulxaniy (Muhammad Sharif) ijodidagi asosiy g’oyalar. 

U 1770-yilda hozirgi Tojikistonning Tavildara tumanida tug'ilgan. Boshlang'ich ta'limni qishlog'ida olgan. Muhtojlik oqibatida 

Namanganga kelib mardikorlik qilgan. Keyinchalik Qo'qonda istiqomat qiladi. Bu yerda hammomda go'lax (o't yoquvchi) bo'lib 

ishlaydi. Shu boisdan „Gulxaniy" taxallusi bilan ijod qilgan.Gulxaniy o'zbek adabiyotida poeziyaga masalni mustaqil janr sifatida 

birinchi bo'lib kiritgan ijodkor edi. Gulxaniyning butun sharq adabiyotida mashhur hisoblangan asari ,,Zarbulmasal"dir. Asardagi 

„Maymun  va  Najjor",  „Tuya  bilan  Bo'taloq",  „Toshbaqa  bilan  Chayon"  kabi  masallari  chuqur  axloqiy-ta'limiy  ahamiyatga 

ega.Asardagi Yapaloqqush va Boyo'g'li, Ko'rqush va Hudhud, Kulonkir sulton  va Malik shohinlarning o'zaro murakkab muno- 

sabatlari asosida o'z davri ijtimoiy hayotining haqiqiy manzarasini tanqidiy ifodalab beradi. 




Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling