Tarix fanlaridan bitiruv nazorat imtihon materiallari va javoblar
Download 55.68 Kb. Pdf ko'rish
|
1
2016-2017-O‘QUV YILIDA UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARINING 9-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN TARIX FANLARIDAN BITIRUV NAZORAT IMTIHON MATERIALLARI VA JAVOBLAR TO’PLAMI (Namuna)
Xiva – 2017 http://maktabim.uz/ http://azamat.moy.su/ 2
16-bilet 1.
Qadimgi Rimga asos solinishi Rim shahri Tibr daryosi bo`yidagi shinamgina dehqonchilik manzilgohlaridan boshlangan. Tibr bo`ylab joylashgan kichik manzilgohlar birlashib, katta shaharga aylandi. Rim yettita tepalikda joylashgan. Tibr toshgan kezlarda tepaliklar o`rtasidagi vodiy odam o`tolmaydigan botqoqlikka aylanib qolar edi. Shaharjoylashishi harbiy nuqtayi nazardan juda ham qulay bo`lgan. Da-ryo va botqoqlik lotinlarni qo`shni qabilalar hujumlaridan himoya qilar edi. Rivoyatga qaraganda, miloddan avvalgi 753- yilda Rim shahriga aka-uka Romul va Rem tomonidan asos solingan. Dunyoga kelganlaridan so`ng chaqaloqlarni o`lsin deb Tibr daryosi bo`yida tashlab ketishadi. Daryo bo`yida ularni Ona bo`ri topib oladi, bir cho`pon kelib olib ketmaguncha aka- ukalarni emizadi va boqadi. Voyaga yetganlarida esa Tibr bo`yida shahar barpo etishga ahd qilishadi. Aka-ukalar janjallashib qolib, Romul o`z inisini o`ldirib qo`yadi, shaharga esa o`-z nomini beradi. Bugungi kunda, afsonada aytilganidek, egizaklarni ernizgan Ona bo`ri Rimning timsoli hisoblanadi. Miloddan avvalgi VI asrda Rim aholisi ko`p shaharga aylanadi. Kapitoliy tepaligida esa dushmanlardan himoyalanish uchun qal'a bunyod etiladi.
Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu erda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi (1619-1636), Tilla-kori madrasasi (1647-1660). Registon - qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch- qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, deganlar. 2001- yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan. Registon maydoni- tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi bo’lgan. “Registon ” so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. O’rta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar Buxoro, Shahrisabz va Toshkentda ham bo’lgan. Samarqanddagi maydon esa O’rta Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur podshohligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulug’bek davri (1409-1447)da esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega bo’ldi. Zamonaviy Registon ansambli o’zida Ulug’bek madrasasi (1417-1420), Sherdor madrasasi(1619-1636) va Tillakori masjid-madrasasini (1647-1660) mujassam etadi. Registonning janubiy tomonida xalq orasida “Childuxtaron” deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan edi. Ularni Ko’chkunjihon (1527-1530) qurdirgan edi va Tillakori madrasasiga qo’sh qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan so’ng xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va o’rni maydon bo’lib qolgan. 100 yil orasida oxirgi ko’rinishini olgan bu Registonni ko’rish ishtiyoqida butun dunyo sayyohlari tashrif buyurishadi. 3.Isaak Nyuton hayoti va faoliyati. Buyuk ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanika asoschisi Isaak Nyuton Grantem (Angliya) shahri yaqinidagi Vulstorn qishlog‘ida fermer oilasida tug‘ildi. 12 yoshida Grantem maktabida o‘qiy boshladi, 1661-yilda Kembrij universiteti kollejlaridan biriga kirib, uni tugallaganidan so‘ng bakalavr ilmiy darajasini oldi. Nyuton Isaak (1643–1727) Butun olam tortishish qonunini maktabda o‘qigansiz. Ana shu qonunning kashf etilishiga tasodifan daraxtdan uzilgan olma sabab bo‘lganligi ham sizga ma’lum. Nima sababdan olma hech qayoqqa og‘masdan to‘ppa-to‘g‘ri yerga tushadi, deb o‘yladi olimlardan biri. U yoshlik yillaridayoq bu masala ustida o‘ylay boshlagan, lekin uning javobini yigirma yildan keyingina e’lon qilgan. Bu olim buyuk ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanika asoschisi Isaak Nyuton edi. U Grantem (Angliya) shahri yaqinidagi Vulstorn qishlog‘ida fermer oilasida tug‘ildi. 12 yoshida Grantem maktabida o‘qiy boshladi, 1661-yilda Kembrij universiteti kollejlaridan biriga kirib, uni tugallaganidan so‘ng bakalavr ilmiy darajasini oldi. 1668-yilda Nyutonga magistr unvoni berildi, 1672-yilda u London Qirollik jamiyati a’zosi etib saylandi, 1703-yilda esa uning prezidenti bo‘ldi. Isaak bolalik chog‘laridanoq varrak, mexanik o‘yinchoqlar yasashni xush ko‘rardi. Keyinchalik u ko‘zgu, prizma va linzalarni sayqallovchi mohir usta bo‘lib yetishdi. Ko‘zgularni sayqallash san’ati Nyutonga, ayniqsa, yulduzli osmonni kuzatishga mo‘ljallangan ko‘zguli teleskopni yasashda asqotdi. Teleskopning har bir qismini ishlash juda katta mehnat va sabr-toqat talab qilardi. Matonati tufayligina u ajoyib teleskop yasashga muvaffaq bo‘ldi.
17-bilet 1.
mamlakatni kuchsizlantirgan edi. Hindistondagi ichki siyosiy ahvolni sinchkovlik bilan kuzatib turgan Kobul hukmdori Zahiriddin Muhammad Bobur vaziyatdan foydalanishga qaror qildi va Hindistonni egallash uchun harbiy yurish boshladi. Bu davrda Shimoliy Hindistondagi Dehli sultonligida Hindistondagi afg 'on qabilalaridan chiqqan lo'diylar sulolasi hukmronlik qilardi. Bobur Mirzo 1526- yilning 21- aprelida Panipat jangida Ibrohim Lo'diy qo'shinini tor-mor keltirdi. 27- aprel kuni esa Dehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba о'qildi. Shu tariqa tarixda 332 yil yashagan yangi imperiya - Boburiylar imperiyasiga asos solindi. Bobur Hindistonda o'zi bilan qolgan qo'shinga jogir tarqatdi. Bu yerlarda xo'jalik yuritish ishlariga rahbarlik qilish mahalliy urf-odatlarni yaxshi biladigan hindularga topshirildi.Bobur imperiya taxtida uch yil o'tirdi. 1530- yilda Boburning o'limidan so'ng imperiya taxti katta o'g'li Humoyunga o'tdi.Imperiyadagi siyosiy ahvol. Humoyun imperiya sarhadlarini yanada kengaytirishga intildi. Bu kurashda uning asosiy raqibi Bixor va Bengaliyada joylashib olgan afg'on qabilalarining yetakchisi Sherxon Sur bo'ldi. Ikki sarkarda qo'shinlari o'rtasidagi jangda Sherxon Surning qo'li baland keldi. Mag'lubiyatga uchragan Humoyun Eronga qochib ketdi. Sherxon Sur Hindiston taxtini egalladi va shoh deb e'lon qilindi. Bu hodisa 1540- yilda yuz berdi. Surlar davri shiddatli va shafqatsiz ichki kurashlar bilan o'tdi. Oqibatda Hindistonda og'ir siyosiy vaziyat vujudga keldi. Bundan Humoyun ustalik bilan foydalandi. Taxtdan ayrilgan yillarda u turk, fors, turkman va о 'zbeklardan iborat kuchli qo'shin tuza olgan edi. 1555- yilda Humoyun Hindiston taxtining da'vogarlarini tor-mor etib, yana hokimiyatni o'z qo'liga qaytarib oldi. Unga taxtda uzoq o'tirish nasib etmadi. Oradan ко 'p vaqt о'tmay Humoyun tasodifiy falokat tufayli halok bo'ldi.Imperiya Akbarshoh 3
1556- yilda otasi taxtini egalladi. Akbarshoh hamisha uzoqni ко'zlab siyosat yuritdi. Shu tufayli u Hindistonda о 'z hukmronligini to'la va uzil-kesil o'rnata oldi. Shuning uchun ham uni Hindistondagi Boburiy hukmdorlar ichida eng ulug'i - «Buyuk Akbar» deb atashgan. Akbar Hindiston tarixidagina emas, balki jahon tarixida ham eng buyuk shohdir. Agar yevropalik hukmdorlar bilan taqqoslanadigan bo'lsa, Akbar ulug'vorlikda ham, omadbarorlikda ham ulardan ustun turadi. Ishvari Prasad, hind tarixchi olimi. Akbarshoh bunday buyuklikka osonlikcha erishgan emas. Uning asosiy raqibi Hindistondagi afg'on qabilalari yetakchilari edi. Akbarshoh qo'shini 1556- yilda afg'on qabilalari qo'shinini tor-mor etdi. 1559- yilga kelib taxt uchun boburiylarga qarshi kurashning yetakchi kuchlari - afg 'onlarning Sur sulolasi butunlay yanchib tashlandi. Akbarshohning hukmronlik yillari
g'amxo'r ota ham edi. Qo'1 ostidagi xalqlarning turmush farovonligi doimo uning e'tiborida turgan. Kambag'al, beva- bechoralarga muntazam moddiy yordam ko'rsatgan. Akbarshoh falsafa, din, adabiyot va tarix ilmini yaxshi egallagan. U boshqa din vakillariga nisbatan ham adolatli siyosat yuritgan. Akbarshoh musulmon bo'lmaganlardan undiriladigan «jizya» solig'ini bekor qilgan. Hindlarning ziyoratgohlaridan olinadigan soliqni man etgan. Imperiya hududida yagona savdo solig'i joriy etilgan. Ham xolisa, ham jogirdorlar yerlaridan teng miqdorda soliq undirilgan. Davlat idoralaridagi lavozimlar, dini va mazhabidan qat'i nazar, shaxsning salohiyatiga qarab taqsimlangan. Akbarshoh barcha fuqarolarga din erkinligi bergan. Bir so'z bilan aytganda, Akbarshoh hindlar bilan musulmonlarning yonma-yon, tinch-totuv yashashlariga erishgan. Akbarshoh yuritgan bunday adolatli siyosat boburiylar davlatining ulkan imperiyaga aylanishida, uning mahalliy aholi va amaldorlar tomonidan qo'llab- quvvatlanishida katta rol о'ynadi. Bu esa, о'z navbatida, imperiyaning qudrati va shon-shuhratining yanada ortishiga xizmat qilgan.Akbarshoh Hindistonda yuritgan adolatli siyosati evaziga «Milliy podshoh», «Xalq hukmdori» nomlariga ham sazovor bo'lgan. Akbarshoh 1605- yilda vafot etgan. XVII asr ikkinchi yarmidan boshlab imperiyada toju taxt uchun kurash avj oldi. Oxir- oqibatda, bu kurashda 1627-1658-yillarda hukmronlik qilgan Shoh Jahon (Akbarshohning nabirasi)ning o'g'li Avrangzeb g'alaba qozondi. U 1658- yilda Dehli shahrini egalladi va o'zini shoh deb e'lon qildi. Avrangzeb hukmronligi davrida (1658— 1707) imperiya hududi yanada kengaydi. Ayni paytda, Avrangzeb hukmronligi yillarida imperiya inqirozi uchun zamin ham yetila bordi. Xo'sh, bu nimalardan iborat edi? Avvalo, Avrangzebning hech kimga ishonmasligi, hamma narsaga shubha bilan qarashi davlati arkon hamda mahalliy hind hukmdorlarining undan ко'nglini sovitdi. 2.
Kompozitor Lyudvik van Betxoven ijodidagi bosh g’oya. Betxoven — nemis kompozitori, pianinochi va dirijyor. Vena klassik maktabining vakili. 1792-yilda Venaga koʻchgan va tez orada oʻzining erkin va taʼsirchan, yangi ijro uslubi bilan isteʼdodli pianinochi, badihachi-improvizator sifatida tanilgan. Venada (1795—1800) yaratgan fortepiano konsertlari, 8-chi „Patetik“ fortepiano sonatasi, kvartetlari, 1-chi simfoniyasi, „Prometeyning yaratmalari“ baletidayoq Betxovenga xos, Buyuk Fransuz inqilobi gʻoyalari taʼsiri ostida shakllangan ijodiy uslubi koʻzga tashlandi. 27 yoshidan qulogʻi ogʻirlashib, keyinchalik butunlay kar bulib qolsada, ichki uquv, his-tuygʻu bilan birtalay asarlar yaratdi, dirijyorlik qildi. Betxoven ijodi, ayniqsa 1801—1812 yillarda kamol topdi. Qahramonlik va demokratizm ruxi bilan yug'rilgan 3-chi („Qahramonnoma“), 5-chi simfoniyalari, „Fidelio“ operasi, I. Gyotening „Egmont“ fojiasiga yozgan musiqasi, „Appasionata“ fortepiano sonatasi, skripka va fortepiano uchun „Kreyserov“ sonatasi mashhur. Chuqur fojiaviylik va adolat tantanasiga ishonch ruxi bilan sugʻorilgan 9-chi simfoniyasi Betxoven ijodining choʻqqisidir. Soʻnggi asarlari (28—32 fortepiano sonatalari, 12—16 kvartetlari, bagatellar)da kompozitorning yangi ifoda vositalari topishga intilishi seziladi. Musiqiy qahramonlik uslubini yaratgan Betxoven simfonik musiqa tafakkuri koʻlamini nihoyatda kengaytirgan, kamercholgʻu va vokal musiqasi, konsert janrlarining gʻoyaviy mazmunini teranlashtirgan, mavjud musiqa shakllari va janrlarini isloh etgan. Ijodida turli (ingliz, venger, italyan, nemis, polyak, rus, ukrain) xalq kuylarini qayta ishlagan, Sharq mavzulariga murojaat qilgan (Saʼdiy sheʼrlariga 2 kanon). Betxovenning 5, 7, 8, 9-chi simfoniyalari, fortepiano va skripka konsertlari, birtalay fortepiano va skripka sonatalari, kamer ansambl va boshqa asarlari Oʻzbekistonda ijro etiladi. 3.
Oksford universiteti professori Rojer Bekon (XIII asr) fandagi yutuqlarga faqat ilmiy kuzatishlar va tajribalar yo‘li bilan erishish mumkinligini isbotladi. Uning o‘zi optika, fizika, kimyo fanlariga oid tajribalar o'tkazadi. Bekon o‘zi suzadigan kema, suv osti kemasi va havoda uchadigan apparatlar qurish mumkinligini aytgan. Bekonning hayoti qiyinchiliklar va xavf-xatarlar ichida, cherkov ta’qibida o'tgan. U uzoq yillar qamoqda ham bo'lgan. 4.
“Ekspansiya” atamasiga izoh bering. buyuk davlatlarning o’zgalar hududi va bozorlarini, xomashyo manbalarini bosib olishga,siyosiy va iqtisodiy ta’sir doiralarini kengaytirishga qaratilgan siyosatlari Barcha savollarga javoblarni to’liq ko’chirib olish pulli.
5.500 so’m yoki davlat kursida 1,5 $
Ushbu savollarga javob tayyorlash uchun yaxshigina vaqt va mehnat sarf qilingan. Buni o’zingiz ham yaxshi bilasiz. Shartlarimiz ma’qul kelsa va sizga to’liq javoblar kerak bo’lsa dastlab to’lovni amalga oshiring va keyin biz bilan Telegram yoki SMS xizmati orqali bog’laning.
http://maktabim.uz/ http://azamat.moy.su/ 4
To’lovni amalga oshirish tartibi: (To’lovni o’z telefoningiz (ya’ni uzkart) orqali Click, payme, u-pay, (iloji bo’lmasa paynet) orqali qilasiz. Pulni quyidagi tartibda o’tkazasiz: Click orqali: *880*8600 0609 9517 6444*summa# Payme yoki u-pay orqali: Qabul qiluvchining karta raqami: 8600 0609 9517 6444 Karta egasining ism-familiyasi: Arslanova Sanobar
Eslatma: To’lovlar click, payme, u-pay orqali amalga oshirilganda sizga 10% gacha chegirma beriladi. Misol uchun, 1 ta fan 5.500 bo’lsa, sizga 5.000 so’m qilib beriladi.
To’lovning keng ommalashgan paynet tizimi orqali amalga oshirish uchun raqamlar: 1. 9-sinflar uchun to’lov: +99890-716-73-71 2. 7-8-sinflar uchun to’lov: +99897-310-26-26 3. 4-5-6-sinflar uchun to’lov: +99893-901-30-35
Unda yuqorida ko’rsatilgan raqamlarga SMS orqali yoki Telegram orqali Paynet-chek kodini yuboring va javobimizni kuting.
Albatta, bizga xabar berasiz. Xabaringiz taxminan quyidagi shaklda bo’lishi mumkin.
)
5
9-sinflar uchun to’lov: @ziyokor
7-8-sinflar uchun to’lov: @sirdosh
5-6-sinflar uchun to’lov: @imtihon2017
+99890-716-73-71 ( ! Mazkur raqamlarga asosan Telegram yoki SMS xizmati orqali bog’laning. Mazkur raqamlarga telefon qilganingizda sizga javob berish kafilligini olmaymiz, bu bizning ishimizga va faoliyatimizga halal berishi mumkin. Qo’ng’irog’ingizga javob berolmasak yoki qo’ng’iroq qilishining iloji bo’lmasa, aslo xavotir olmang, albatta telegram va SMS orqali siz bilan bog’lanamiz. Kamchiliklar uchun oldindan uzr so’raymiz.) Barchangizga OMAD YOR BO’LSIN! Download 55.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling