Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”
«Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaliklari» (1403-1406 yy.)
Download 0.99 Mb.
|
Tarix” kafedrasi “manbashunoslik va tarixshunoslik”
«Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaliklari» (1403-1406 yy.)
Lui Gonsales de Klavixoning «Samarqandga Amir Temur saroyiga sayohat kundaliklari» asarida XV asr boshidagi Movarunnahrning ichki ahvoli, uning obod shahar va qigloqlari, xususan Shahrisabz va poytaxt shahar Samarqand haqida, Amir Temur saroyidagi udumlar, sohibqironning xotinlari va ularning jamiyatda tutgan o’rni haqida muhim ma’lumotlar keltiriladi. Masalan, Kesh (Shahrisabz) haqida Klavixoning «Kundaliklar»ida quyidagilarni o’qiymiz; «Ertasi kuni, 1404 yilning 28 avgust payshanba kuni, tushlik paytida Kesh deb atalmish katta bir shahar oldiga kelib to’xtadik. Shahar har bir tarafini soy va ariqlar kesib o’tgan tekislik yerda joylashgan ekan. Shaharning tevaragi obod qishloqlar va bog’lar bilan o’ralgan edi. Uning tevarak atrofi ham tekis bo’lib, ko’pgina obod qishloqlar, nahrlar, o’tloqlar bor. O’zda bu yer juda chiroyli. Sug’oriladigan yerlarida bug’doy, uzum, paxta, qovun-tarvuz yetishtiriladi, katta mevali daraxtlar o’sadi. Shahar paxsa devor va chuqur xandaq bilan o’ralgan, darvozalari qarshisida osma ko’priklar o’rnatilgan. Temurbekning asli Keshdan. Otasi ham shu yerda tug’ilgan. Katta imoratlar va masjudlar ko’p. Imoratlardan biri, Temurbek hali qurib bitirmagan juda katta saroy, uning ichida katta bir maqbara joylashgan. Unga Temurbekning otasi dafn etilgan. Yana bitta maqbara ham bo’lib, uni Temurbek o’zi uchun qurdirgan. Lekin u hali bitkazilmagan. Aytishlaricha, u bundan bir oy oldin Keshda bo’lganida uni ko’rib yoqtirmagan, chunki eshiklari past qilib qurilgan ekan. Temurbek uni qaytadan ko’rishni buyurgan. Hozir qurilishda ustalar ishlab turibdi. Bundan tashqari, mazkur maqbara ichida hozir uning Jahongir ismli to’ng’ich o’g’li yotibdi. Masjid bilan maqbaraning devor va shiplari oltin, lojuvard va koshinlar bilan qoplangan, sahni katta va unga daraxtlar ekilib, hovuzlar qurilgan. U yerga Temurbekning amri bilan har kuni, otasi va o’g’lining ruhini yo’qlab yigirmata pishirilgan qo’y go’shti yuborilib turiladi. Elchilarni ushbu masjidga olib bordilar va ularning oldiga dasturxon yozib, ko’p go’sht va mevalar tortib ziyofat qiladilar. Ziyofatdan keyin ularni katta bir qasrga olib borib joylashtirdilar. Ertasiga, jum’a kuni, elchilarni Temurbekning amr-farmoni bilan qurilayotgan katta bir saroygva olib bordilar. Aytishlaricha, unda yigirma yildan beri ustalar va ishchilar tinim bilmay ishlab turibdilar. Saroyga kirish yo’li uzun, darvozalar baland. Kirishda, darvozalarining o’ng va so’l tarafida pishiq g’ishtdan qurilgan va har xil naqshin koshinlar va naksh bilan bezatilgan peshtoq bor. Peshtoq ostidagi supalarda Temurbek saroyda bo’lgan paytlarda soqchilar o’tirgan. Birinchi darvozaning ketidan ikkinchi darvoza keladi va ulardan o’tib saroyning sahniga o’tiladi. Ustiga oq marmar yotqizilgan va atrofi bezatilgan ayvonlar bilan o’ralgan katta hovliga kiriladi. Hovli o’rtasida katta hovuz bor. Hovlining sahni eniga uch yuz qadam keladi. Saroyning eng katta xonasiga shu hovli orqali kiriladi. Unga katta yo’lak va oltin suvi berilgan, lojuvard va koshin bilan qoplangan, katta san’at bilan ishlangan udkan va baland eshik orqali kiriladi. Eshik tepasida, uning o’rtasida, quyosh fonida turgan sher tasviri tushirilgan. Bu Samarqand podshosining gerbidir...Shu eshik orqali to’rtburchak, oltin, lojuvard va boshqa rangdagi koshinlar bilan qolangan qabulxonaga kiriladi...» Klavixoning bu hikoyasida Amir Temur Shahrisabzda qurdirgan mahobatli va go’zal Oqsaroy kishini ko’z oldida namoyon bo’ladi. Lekin, Klavixo bo’lgan paytda, saroy qurilishi hali oxiriga yetkazilmagan edi. Shuning uchun uning asl mohiyatini, ne maqsadda qurdirilganligini birdan anglash qiyin bo’ladi. Jumboqni taxminan 90 yil o’tib ketgan Zahiriddin Muhammad Bobur yechib bergan. Uning so’zlariga qaraganda hazrat sohibqiron Keshni boshda poytaxt qilmoqchi bo’lgani uchun oqsaroyni ham podshohning ahlu oilasi bilan, turar joyi hamda davlat muassasalari joylashgan rasmiy qarorgoh sifatida qurdirgan. «Boburnoma»da, masalan, mana bunday deyilgan; «Temurbekning zobu budi Keshdin (bo’lg’oni) uchun shahar va poytaxt qilurg’a ko’p sa’y va ehtimollar qildi, oliy imoratlar Keshga bino qildi. O’zining devon o’ltirur uchun bir ulug’ peshtoq va uning yonida va so’l yonida tavochi beklar o’lturub devon so’rar uchun, ikki kichik peshtoq qilibdur. Yana savrun eli o’ltirur uchun bu devonxonaning har zilida kichik-kichik toqchalar qilibdur. Muncha oliy toq olamda kam nishon berurlar. Derlarkim, Kisro toqidin bu biyiroqdur». Klavixo Amir Temurning otasi va xotinlari haqida ham o’ta qimmatli ma’lumotlar keltirgan. Masalan, amir Tarag’ay bahodir haqida bunday deydi; «Temurbekning otasi oliyjanob odam bqlgan, chig’atoy urug’idan. Maishati o’rtacha bo’lgan. Uch-to’rt yigit bo’lib, Shahrisabzdan ko’p ham olis bo’lmagan qishloqlarning birida yashagan.» Hazrat sohibqironning xotinlari qabul marosimlari va podshohning majlislarida erkaklar bilan bir qatorda ishtirok etganlar. Klavixo Amir Temurning xorijiy mamlakatlardan kelgan elchilarni qabul qilish marosimlaridan biri haqida hikoya qilar ekan, unda hazrat sohibqironning xotinlari Saroy mulk xonim (Kano), kichik xotini Cho’lpon Malik va katta kelini Xonzoda begofimlar hozir bo’lib, Amir Temurning yonida o’tirganlar. Temur o’z davrida qonun ustivorligini, u hamma uchun barobar ekanligini ta’minlagan davlat arbobi edi. U yetti yillik (1399-1404 yy.) arbiy yurishdan qaytib kelgach, bozor maydonida mansabini suiiste’mol qilgan bir vazirni, molini ortiq narxda sotgan ber necha kosibni hammaning oldida tergab-tkushirib jazoga buyurgani ma’lum. Bu voqeani o’z ko’zi bilan ko’rgan Klavixo bu haqda quyidagilarni hikoya qiladi; «Podshoh birinchi bo’lib, o’zining mashhur vazirlaridan birini jazoga tortdi. Temurbek yetti yillik yurishga ketayotib uni davlat tepasiga qo’yib ketgan edi. Temurbek yo’q paytida o’sha vazir, aytishlaricha, o’z mansabini suiiste’mol qilgan...Temurbek ba’zi do’kondorlarni, go’shtni qimmat bahoda sotgan qassobni, molini ortiq bahoda sotgan maxsido’zlarni, etikdo’zlarni ham jazoga buyurgan». Klavixoning «Kundaliklar»ida Samarqand osori atiqalari va bozorlari, u yerga ko’p mamlakatlardan olib kelingan mollar haqida ham o’ta qimmatli ma’lumotlar keltiradi. Klavixoning asari bir necha bor ispan tilida nashr etilgan, bir necha yevropa tillariga, ikki marta rus tilida, oxirgi marta 1990 yili I.S.Mirokova tarjimasida chop etilgan. 1881 yilgi K.I.Sreznevskiy tarjimasi asosida kitbni Ochil Tog’aev o’zbek tiliga tarjima qilgan. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling