Tarix kafedrasi “Tasdiqlayman”


Mavzuga doir test savollari


Download 494 Kb.
bet16/21
Sana01.04.2023
Hajmi494 Kb.
#1316180
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Tarixiy o\'lkashunoslik (o\'quv-uslubiy majmua)

Mavzuga doir test savollari.

  1. Buxoroda ilk muzey qachon va kimning tashabbusi bilan ochilgan?

A. 1920 yil, Fitrat.
V. 1922 yil, +ori Yo`ldosh Po`latov.
S. 1925 yil, Fayzullo Xo`jaev.
D. 1930 yil, Akmal Ikromov.
E. 1923 yil, Said Ahroriy.

  1. O`zbekiston Respublikasida muzeylar yo`nalishiga ko`ra necha tipga bo`linadi?

A. 2
V. 3
S. 4
D. 5
E. 7

Manba va adabiyotlar:


1. Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Toshkent «O`zbekiston». 1996 yil.
2. Karimov I.A. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li. Toshkent. «O`zbekiston». 1992 yil.
3. Gless YU.I., Landa L.M. «Muzei Uzbekistana». Toshkent. 1961 g.
4. Jo`raev N. «Agar ogohsen...» Toshkent. «YOzuvchi», 1998 yil.
5. Nabiev A. «Tarixiy o`lkashunoslik» T. «O`qituvchi». 1996 yil.
6. «Mustaqillik izoxli ilmiy-ommabop lu\at». Toshkent. «SHarq». 1998 yil.

9- mavzu: Maktab muzeyini tashkil etish.

REJA:


1. Maktab muzeyining vazifalari.
2. Maktab muzeyini tashkil etish.
3. Maktab muzeyi fondlari.
Maktab muzeyi yoshlar oldiga quyidagi eng muhim vazifalarni: birinchidan, jamiyat hayoti va xalq turmushidagi eng muhim tarixiy voqealarni, davlat arboblari, siyosiy, harbiy arboblarning haeti va faoliyati bilan bo\lik bo`lgan binolar, inshootlar, esdalik joylarni o`z o`lkasiga bo\lab o`rganishni; ikkinchidan, arxeologiya yodgorliklar: ko`hna shaxarlar, qo`r\onlar, qal`alar, qadimiy manzilgohlar, istehkomlar, kanallar, yo`llar, qadimgi dafn joylar, tosh haykallar, qoyalardagi tasvirlarni, qadimiy buyumlarni o`z joyiga bo\lab o`rganishni: uchinchidan, arxitektura komplekslari, tarixiy markazlar, kvartallar, maydonlar, kuchalar, shaharlar va boshqa aholi yashaydigan punktlarni qadimiy tuzilishi va qurilishini: to`rtinchidan, san`at yodgorliklari – monumental, tasviriy, amaliy-dekorativ va boshqa turdagi san`at asarlarini; beshinchidan, yodgorlik hujjatlari-davlat hokimiyat organlari va davlat boshqaruv organlarining aktlari, boshqa yozma va grafik hujjatlar, shuningdek, qadimiy va boshqa qo`lyozmalar, arxivlar, fol’klor va musiqa yozuvlari, xullas, shu kabi nodir materiallarni izlab topish, o`rganish va umumlashtirish vazifalarini qo`yadi.
Maktab muzey oldiga juda katta va ulkan vazifalar qo`yilgan bo`lsada, davlat muzeylaridan o`ziga xos xususiyatlari bilan farq qiladi. Birinchidan, maktab muzeyi o`quvchilar uchun mo`ljullangan, ikkinchidan, bu muzey maktab pedagogika jamoasi, o`quvchilar tomonidan yi\ilgan materiallar asosida tashkil etilgan. Uchinchidan, muzeyda faqat yuksak tarbiyaviy maqsaddagina emas, balki ta`lim jarayonida ham unumli foydalanish mumkin.
Maktab muzeyi-ilmiy qiymatga solingan, barcha materiallar to`planib, namoyish qilishga tayyorlangan, tarix va madaniyat yodgorliklarni iloji boricha, asl nusxasini yoki har xil vositalar yordamida ko`chirma nusxa olib, o`lkashunoslikning manbalaridan biriga aylantirilib, maktab jamoasiga, o`quvchilarga, o`sha territoriyada yashaydigan mahalliy aholiga mo`ljallangan kichik bir boshlan\ich ilmiy, madaniy muasasadir.
Maktabda muzey tashkil etish uchun quyidagi tashkiliy ishlarni amalga oshirish lozim: muzey kengashi maktab pedagogika kengashida muhokama qilinib unga raxbar tayinlanadi; muzey tashkil qilish masalasi yuqori sinf o`kuvchilari yi\ilishlarida muhokama qilinadi.
Ko`pincha o`lkashunoslik to`garagi a`zolari ishning tashabbuskori bo`lib, ular tarix va o`lkashunoslik bo`yicha tashkil qilingan ekskursiya, paxod va ekspeditsiyalardan to`plangan kollektsiyalari, arxeologik, etnografik materiallarni maktab muzeyiga eksponat sifatida topshiradilar. Bu materiallar muzey fondiga aylanadi. Muzey kengashi har yil saylanadi. Uning sostavida 10 – 13 kishidan iborat faqat a`lo o`qiydigan va shu ishga juda qiziqadigan jamoatchi a`zosi bo`ladi.
Muzey kengashi yaqinroqda joylashgan tuman va viloyat o`lkashunoslik muzeyi xodimlaridan ekspozitsiyalarni to`\ri va ilmiy ravishda o`rganish va joylashtirish uchun doimo konsul’tatsiya olib turishlari kerak.
Maktab muzeyi o`zining asosiy fondidan bo`lgan materiallar haqida o`lkashunoslik muzeylariga quyidagi formada ma`lumot berib turish kerak:

  1. Muzeydagi topilmalarni tartib raqami.

  2. eksponatlarning inventar raqami.

3. Topilmalarning nomi.
4. Topilmalar topilgan joyi.
5. Topilmaning kim tomonidan topilib, muzeyga kim tomonidan topshirilgani.
Muzey kengashining asosiy vazifalaridan yana biri o`quvchilarni muzey ishiga doimiy faolligini oshirishdan, ya`ni material to`plash, ekspozitsiya tayyorlash, muzeyni bezash, navbatchilik qilish kabilardan iborat.
Maktab muzeyi fondiga quyidagilar, ya`ni, tarixiy va madaniy yodgorliklarni yoki topilmalarni asl nusxalari, moddiy topilmalar, yozma tarixiy manbalar, tasviriy san`at yodgorliklari moddiy va ma`naviy etnografik va toponimik materiallarni o`z ichiga olgan materiallar: tuman va viloyat o`lkashunoslik muzeylarida mavjud eksponatlaridan ko`chirmalar, nusxalar, fotosuratlar, har xil materillardan o`xshatib yasalgan maketlar ham kiradi.
Maktab muzeyini doimo materiallar bilan boyitish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: o`rganilayotgan soha bo`yicha muntazam material yi\ib borish: uning uchun izchil ravishda ekskursiya va paxodlar uyushtirib borish: muzey materillarini boyitish maqsadida aholi qo`lidagi mavjud topilmalarni yi\ib olish va ularni ham bu ishga jalb qilish zarur. Maktab muzeyi fondi bo`limlarga bo`lib qo`yilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Asosiy bo`limlardan oldin maktab muzeyi tarixi haqida va uni tashkil qilish to`\risida, eksponatlar soni va undan o`quvchilar va o`qituvchilar o`z faoliyatlarida qanday qo`llanilayotganliklari to`\risida qisqacha ta`rif beriladi.
Xulosa qiladigan bo`lsak, maktab muzeyi eksponatlar bilan boyisa, haqiqiy muzeyga aylanadi va maktabning ta`lim-tarbiya ishlarida qo`shayotgan hissasi yanada oshadi.

Download 494 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling