Tarix kafedrasi “Tasdiqlayman”


-mavzu: Buxoro o`lkashunosligi


Download 494 Kb.
bet20/21
Sana01.04.2023
Hajmi494 Kb.
#1316180
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Tarixiy o\'lkashunoslik (o\'quv-uslubiy majmua)

11-mavzu: Buxoro o`lkashunosligi.
Reja:

  1. Buxoro arxeologiyasi.

  2. Buxoro toponimikasi.

  3. Buxoro tarixiy yodgorliklari (amaliy).

  4. Buxoro muzeylari (amaliy).

Buxoro-asrlar davomida ulkan SHarqning ilm-ma`rifat va madaniyat markazlaridan biri sifatida jahonga don\i ketgan qadimiy shahar. U o`tmishda savdo-sotiq, madaniy aloqalar jihatidan Markaziy Osiyoning mashhur Balh, Hirot, Marv (Mari), Samarqand, Termiz, Nasaf (+arshi), CHoch-SHosh (Toshkent) va Xorazm (Xiva) shaharlari qatoridan joy oladi.
O`rta asrlarda Buxoro Movarounnahrning yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va ma`muriy markazlaridan biri bo`lib, YAqin va O`rta SHarq mamlakatlarini Hindiston va Xitoy bilan bo\lagan qadimiy halqaro savdo yo`li-«Buyuk ipak yo`li» ana shu shahar orqali o`tgan. Mashhur jahongirlarning zafarli yurishlarida harb yo`li sifatida ham xizmat qilgan bu qadimgi karvon yo`li o`tmishda «Oltin yo`l», «SHoh roh», ya`ni «SHoh yo`li» nomlari bilan ham shuhrat topgan.
Buxoroda dastlabki olib borilgan arxeologik tadqiqotlar XX asr 30-yillaridayoq boshlangan edi, o`sha paytdagi qazish ishlari shahardagi ayrim monumental me`moriy obidalarni tadqiq qilish, ularni ta`mir etish bilan bohliq edi. O`sha vaqtlarda Ma\oki Attoriy masjidi yaqinida qazishmalar olib borgan tadqiqotchi V.A.SHishkin ham, so`ngra XX asr 50-yillarida Minorai Kalon poydevorini qazib ochgan arxeologik S.N.YUrenev ham er osti suvlarini buloqdek qaynab chiqishi oqibatida shaharning qadimgi sahnigacha kavlab eta olmaganlar.
XX asr 60-yillarning oxiriga kelib akademik YA./ulomov rahbarligida maxsus arxeologik ekspeditsiya tashkil etildi, u Buxoro shahri hududida ham ko`p yillarga mo`ljallangan muntazam arxeologik qazish ishlarini uyushtirdi. Dastavval 1970-1974 yillarda, so`ngra 1977-1980 yillarda Buxoroning eski shahar qismidagi bir necha joyda keng ko`lamda arxeologik qazishmalar o`tkazildi. Bu vaqtda zamonaviy texnika vositalari bilan qurollangan arxeologlar guruhi yangi usul ishlab chiqishdi. endilikda, odatdagidek mayda quduqlar emas, aksincha katta er maydonlarida surunkasiga qazishmalar amalga oshiriladigan bo`ldi. Aholi zich joylashgan bugungi Buxoroda qazishmalar uchun ochiq maydonlar izlab topish ham oson kechmadi. Nihoyat,sayyohlarga ham yaxshi tanish bo`lgan obidalar-«Zindon» muzey-qo`riqxona, Masjidi Kalon va Mirarab madrasasi,Toqi Zargaron va Abdullaxon timi o`rtasida joylashgan maydonlar,11-13 ga teng qadimiy SHahriston hamda Arkning yalanglikdan iborat sharqiy qismi ma`qul topildi.
Bu uchastkalarda yuqori aralash qatlamlar ekskavatorlar yordamida, ostkisi esa faqat belkurak va ketmonlar vositasida qariyb 20 metr chuqurlikda bir nechta ulkan xandaqlar qazildi, sizib chiqqan er osti suvlari olindi. Xandaqlarning lablari ayrim uchastkalarda o`pirilib, minglab tonna tuproq qazishma uchastkalarida Buxoroning botqoqlik ustida hosil bo`lgan qadimgi ruyizaminini qazib ochishga erishildi.uning bu ona tupro\i ustida asrlar davomida ba`zi joylarida 14 metr, ba`zi uchastkalarida esa 20 metr qalinlikda madaniy qatlam vujudga kelgani aniqlandi. Undan topilgan xilma-xil arxeologik topilmalar shahar hayotining turli tarixiy davrlariga mansub bo`lib, ular shaharning paydo bo`lishidan to asrimizning boshlariga qadar bo`lgan tadrijiy taraqqiyotini namoyish etdi.
Buxoro va uning viloyati bo`ylab arxeologik obidalarni tadqiq etishda YA././ulomov, V.A.SHishkin, A.Asqarov, U.Islomov, M.R.+osimov, I.Ahrorov, T.Mirsoatov, O.V.Obel’chenko, S.K.Kabanov, V.D.Jukov, G.V.SHishkina, X.Duke, J.+.Mirzaahmedov, P.Valiev, G.Dadaboev, U.Olimov, SH.T.Odilov, G.L.Semenov singari olimlarimizning hissasi ayniqsa katta bo`ldi. Ular tomonidan yillar davomida muttassil olib borilgan arxeologik tadqiqotlar o`z samarasini berdi, albatta. O`lkaning qadimgi tabiati, aholisi va uning yaratgan o`ziga xos madaniyati o`zlashtirilib, obod etilishi hamda unda ibtidoiy chorvachilik va dehqonchilik xo`jaliklarining shakllanishi, shuningdek, katta-kichik qishloq va shaharlarning paydo bo`lishi tarixinigina emas, balki Zarafshon vodiysida urbanizatsiya jarayonini vujudga kelishi va uning o`ziga xos xususiyatlarini o`rganishda ham asosiy manba bo`lib xizmat qiladi.
Xalqning turmushi, xujalik faoliyati va o`tmishi haqida ma`lumot beruvchi muhim manbalardan biri joy nomlaridir. O`lkamizdagi eng qadimgi aholi manzillari bo`lgan qishloqlar dehqonchilikning paydo bo`lib, aholini o`troq turmush tarziga o`tishi bilan paydo bo`la boshlaganligi tarixdan ma`lumdir. Bunday joylar turli nomlar bilan atalgan, albatta. Aholi manzillariga nom qo`yganda o`sha erda yashagan uru\-aymoq yoki qabilaning, xalqning nomi, turmush tarzi, xo`jalik faoliyati joyning tabiiy-geografik holati, siyosiy voqealar, mashhur tarixiy shaxslar singari omillar hisobga olinadi. SHuning bilan birga, aholi manzillariga qo`yilgan laqab nomlar ham uchrab turadi.
+uyi Zarafshon vohasi aholining ko`payishi va urbanizatsiya jarayoni shu o`lka tabiiy sharoitiga bo\liq suratda davom etgan. Arxeologik ma`lumotlarga ko`ra, Zarafshon daryosining Vobkentdaryo, Moxondaryo, Gujayli va Gurdush o`zanlarining yoqalarida miloddan avvalgi XII-UII ming yilliklardagi mezolit va U-III ming yilliklardagi neolit davrlarida hayot ancha gavjumlashgan, bu joylarda neolit davridan boshlab ovchi-baliqchi qabilalari kelib o`rnashgan. Miloddan avvalgi II ming yillikning oxiri-I ming yillikning boshlarida O`rta Osiyoning dashtlik erlarida yashayotgan aholi hayotida sodir bo`lganidek, +uyi Zarafshon vodiysida ham chorvachilik xo`jaligi tez rivojlangan. Daryo ado\larining dehqonchilik uchun qulay joylarida yarim ko`chmanchi chorvadorlarning ma`lum qismi o`troqlashib, yangi-yangi dehqon jamoalari shakllana boshlagan. Bu zamonda Moxandaryo, Gurdush va Gujayli o`zanlari qurib qolib, aholi hozirgi Buxoro vohasining shimoli va shimoliy-\arbiy qismlariga siljigan.
Endi quyida Buxoro viloyatidagi ayrim aholi manzillarining nomlari haqida to`xtalib, ularning ma`nosini imkoniyat doirasida izohlashga harakat qilamiz:
Aleli-Buxoro viloyati Jondor tumanidagi qishloq. Turkmanlarning Alieli uru\i nomi bilan bo\liq.
Afshona-Buxoro viloyati Peshko` tumanidagi qishloq. Narshaxiy asarida Afshina shaklida keltirilib, “Katta shahriston va mustahkam Hisorga egadir. Bir qancha qishloqlar unga mansubdir. Bu er duo qabul bo`ladigan joy”, deb ta`riflangan. +ishloq nomi cho`lda o`sadigan afshon degan giyoh nomidan kelib chiqqan bo`lishi mumkin.
Vobkent-Buxoro viloyatidagi shahar. O`\uz shevalarida vob yoki vahob so`zi “bo`z er, quruq er” degan ma`noga ega. Vobkent-“bo`z erdagi qishloq, aholi manzili” demakdir.

Download 494 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling