Tarix. Maxsus yangi tuzilgan testlar. 1-son Buddaviylik dini vujudga kelgan asrda


Download 19.3 Kb.
Sana17.10.2020
Hajmi19.3 Kb.
#134198
Bog'liq
Tarix fanidan maxsus 30 talik test 1-son


Tarix. Maxsus yangi tuzilgan testlar. 1-son

1. Buddaviylik dini vujudga kelgan asrda ...

A) Yunonistonga Eron bosqini xavfi kuchayib ketdi.

B) Fors podsholigi Aleksandr Makedoskiy tomonidan bosib olindi.

C) Xitoy tarixida "kurashayotgan podsholiklar" davri boshlandi.

D) Tarkviniy tomonidan saylab qo’yilgan hukmdor o’ldirildi.

2. Hozirgi Qozog’istonning janubiy viloyatlari qaysi qadimiy davlat tarkibiga kirgan?

A) Yunon-Baqtriya davlati

B) Kushon davlati

C) Dovon davlati

D) Qang’ davlati

3. a) Sparta va b) Isroil davlatlariga qachon asos solingan?

A) mil. avv. a) XI va b) XII asrlarda

B) mil. avv. a) XII va b) X asrlarda

C) mil. avv. a) XII va b) XI asrlarda

D) mil. avv. a) XI va b) X asrlarda

4. Arab xalifaligida Bosh qo’mondon qanday atalgan?

A) hojibi buzruk

B) amir ul-umaro

C) amir ul-kubro

D) amir ul-vuzaro

5. Hoshim ibn Hakim taxminan qachon tug’ilgan?

A) 719-yilda

B) 721-yilda

C) 717-yilda

D) 723-yilda

6. Abu Rahyon Beruniy qaysi shaharda ta’lim olgan?

A) Kat shahrida

B) Buxoro shahrida

C) Bog’dod shahrida

D) Urganch shahrida

7. Angl-sakslar qachon Daniya qiroliga qarshi isyon ko’tarishgan?

A) X asr 80-yillarida

B) XI asr 20-yillarida

C) XI asr 40-yillarida

D) XI asr 70-yillarida

8. Аrab musiqachisi Ziryab yashagan asrda ...

A) "Ziroatchilik qonunlari" yaratilgan.

B) kirill alifbosi yaratilgan.

C) Yevropada ilk bora aholini ro’yxatga olish tadbiri o’tkazilgan.

D) G’aznaviylar Hindistonga 17 bora hujum uyushtirishgan.

9. Qirol Amvrosiy Avrelian qaysi xalqlarni birlashtirib bosqinchilarga qarshi kurash olib borgan?

A) pikt

B) britt

C) angl

D) yut

10. O’rta asrlarga oid quyidagi me’moriy inshootlardan qaysi biri Samarqand shahrida joylashgan?

A) Nodir devonbegi madrasasi

B) Ko’kaldosh madrasasi

C) Xoja Abdulg`afur madrasasi

D) Abdulazizxon madrasasi

11. V.A.Motsart tomonidan “Figaroning uylanishi” asariga musiqa bastalangan yilda ...

A) Troitskdan Toshkentga 27773 so’mlik rus va chet el mollari keltirilgan.

B) toshkentlik savdogarlar B.Ismoilov va Azizxo’jalar Irbit yarmarkasiga borishgan.

C) 24 kishidan iborat Toshkent savdo karvoni Semipalatinsk shahriga kelgani hujjatlarda qayd etilgan.

D) Rahmatilla karvonboshi boshchiligidagi bir guruh toshkentlik savdogarlar doimo Petropavlovskka qatnab turgan.

12. Angliyada birinchi parlament islohoti o’tkazilgan yili Qo’qon xonligi tarixida yuz bergan voqeani aniqlang.

A) Buxoro amiri Nasrullo tomonidan Qo’qon xoni Muhammad Alixon qatl etildi.

B) Toshkentdan chaqirilgan qo’shin yordamida “Qipchoqlar qirg`ini” uyushtirildi.

C) Pekinda Xitoy-Qo’qon shartnomasi imzolandi.

D) Xitoy hukumati Qo’qonning Sharqiy Turkistonda yuritadigan savdo ishlarini ta’qiqladi.

13. AQSHda ozodlikka erishgan qullarni tarixiy vatani – Afrikaga qaytarish harakati boshlangan yilda mustaqillikka erishgan davlatni aniqlang.

A) Meksika

B) Argentina

C) Chili

D) Paragvay

14. Buyuk davlatlarning zaiflashib borayotgan qaysi imperiya qaram o’lkalariga ega bo’lib olish uchun olib borgan o’zaro kurashlari tarixga “Sharq masalasi” degan nom bilan kirgan?

A) Eron safforiylari imperiyasining

B) Usmonli turklar imperiyasining

C) Boburiylar imperiyasining

D) Xitoy imperiyasining

15. M. Ogahiy o’zbek tilidan tashqari qaysi tillarni ham puxta bilgan?

A) arab, fors va turk

B) fors, arab va rus

C) fors, tojik va pushtun

D) fors, turk va hind

16. Turkiston gubernatorligi sud tizimida sud tergovchisi lavozimi joriy qilingan yilni aniqlang.

A) 1867-yilda

B) 1881-yilda

C) 1886-yilda

D) 1898-yilda

17. 1917-yilda ish boshlagan Musulmonlar Markaziy Sho’rosining ilk yig’ilishida qancha deputat qatnashgan?

A) 200 nafar

B) 250 nafar

C) 300 nafar

D) 350 nafar

18. XIX asr oxirlarida quyidagi qaysi hudud qul savdosiga qarshi kurash bahonasida bosib olingan?

A) Kongo

B) Marokash

C) Zanzibar

D) G`arbiy Sudan

19. XIX asr oxirida Yaponiyada birinchi galda sanoatning qaysi sohasi tez rivojlandi?

A) harbiy sanoat

B) metallurgiya sanoati

C) tog’-kon sanoati

D) to’qimachilik sanoati

20. Bolsheviklar tomonidan “Sho’roi Ulamo” va “Sho’roi Islomiya” tashkilotlari qachon tugatilgan?

A) 1918-yil fevral oyida

B) 1918-yil mart oyida

C) 1918-yil may oyida

D) 1918-yil iyul oyida

21. Milliy-ozodlik harakati yetakchilaridan biri Mulla Abdulqahhor kuchlari qaysi hududlarda qizil askarlarga qarshi kurash olib borishgan?

1) Buxoro; 2) Kitob; 3) Nurota; 4) Hisor; 5) Karmana.

A) 1, 3, 5

B) 1, 2, 4

C) 3, 4, 5

D) 2, 3, 5

22. Iosif Stalin vafot etgach SSSR Ministrlar Sovetining raisi lavozimiga tayinlangan shaxsni aniqlang.

A) Nikita Xrushchev

B) Mixail Suslov

C) Aleksey Gorbunov

D) Georgiy Malenkov

23. Eron shohligiga ingliz va sovet qo’shinlari

a) kiritilgan va b) olib chiqib ketilgan yillarni belgilang.

A) a) 1939, b) 1945

B) a) 1940, b) 1946

C) a) 1941, b) 1946

D) a) 1942, b) 1947

24. Mustamlakachilik davrida ikkiga bo’linib ketgan qaysi Afrika mamlakati XX asrning 60-yillarida mustaqillikka erishgach birlashtirildi?

A) Somali

B) Kongo

C) Nigeriya

D) Gvineya

25. Sharl de Gol Fransiya prezidentiligiga saylangan yili Meksika ...

A) jahon bozorida neft narxining tushib ketishi oqibatida iqtisodiy inqirozga uchradi.

B) hukumati mamlakatni modernizatsiyalashga harakat qildi. Bunda u ilgari ilg’or mamlakatlarda sinovdan o’tgan islohotchilik tizimlariga tayandi.

C) AQSH bilan iqtisodiy va harbiy sohada hamkorlik qilish to’g`risida bitim imzoladi.

D) sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi bo’yicha Lotin Amerikasida birinchi o’ringa chiqdi.

26. “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi qurilib foydalanishga topshirilgan yil Respublikamizda qanday yil deb e’lon qilingan?

A) “Sog’lom avlod yili”

B) “Onalar va bolalar yili”

C) “Obod mahalla yili”

D) “Qariyalarni qadrlash yili”

27. Respublikamizda a) «O’zbekistonda arxeologik tadqiqotlar» yillik to’plamlari nashr etila boshlangan va b) «O’zbekiston Arxeologiyasi» ilmiy jurnali chop etila boshlangan yillarni aniqlang.

A) a) 2000-yil, b) 2008-yil

B) a) 2001-yil, b) 2009-yil

C) a) 2002-yil, b) 2010-yil

D) a) 2003-yil, b) 2011-yil

28. “Pahlavon” nomli sport majmuasi qaysi shaharda joylashgan?

A) Toshkent shahrida

B) Namangan shahrida

C) Termiz shahrida

D) Navoiy shahrida

29. Yevropa Ittifoqidan chiqish masalasida umumxalq referendumi o’tkazilganidan so’ng Buyuk Britaniyada bosh vaziri qaysi shaharda bo’lib o’tgan YI rahbarlari yig’ilishida ilk bor ishtirok etmadi?

A) Bratislava shahrida

B) Buxarest shahrida

C) Budapesht shahrida

D) Belgrad sharida

30. 2015-yili yadroviy dastur yuzasidan Eron bilan kelishuv bitimini imzolagan olti davlatni ko’rsating.

1) AQSH; 2) Rossiya; 3) Italiya; 4) Hindiston, 5) Fransiya, 6) Germaniya; 7) Kanada; 8) Buyuk Britaniya; 9) Xitoy.

A) 1, 2, 3, 6, 7, 8

B) 1, 2, 5, 6, 8, 9

C) 1, 4, 5, 6, 7, 9

D) 1, 2, 4, 6, 8, 9
Download 19.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling