Tarix o’qitishning ko’rsatmali metodlari


Download 245.49 Kb.
bet1/4
Sana21.02.2023
Hajmi245.49 Kb.
#1216681
  1   2   3   4
Bog'liq
тақдимот

Tarix o’qitishning ko’rsatmali metodlari


Tarix o’qitishning ko’rsatmali metodlari
Ko’rsatmalilik deganda, avvalo o’qitish va tarixiy bilimlarning o’rganishning ko’rsatmali usuli, o’qituvchi bayoninng manbai va uni ko’rsatmali bo’lishi, uning o’quvchilardagi aniq, tayyor obrazlarga suyana bilishi, o’quv vositasi materialini bayon qilish vaqtida ko’rsatmali qurollardan foydalanish va ko’rsatmali qurollar vositasida o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish hamda ularning o’rganilayotgan tarixiy faktlarni, voqea va hodisalarni aynan o’zini yoki ularning tasvirlarini ko’rish yordamida o’rganishlari tushuniladi.
Tarixiy hujjatlar va badiiy adabiyotlardan foydalanish o’qituvchi bayonini obrazli qilib aniqlashtirsa,
ko’rsatmali qurollar vositasida o’quvchilarda o’tmish to’g’risida yorqin va aniq tasavvur hosil bo’ladi,
o’quvchilarning eshitish faoliyatiga ko’rish va sezish organlarining faoliyati ham qo’shiladi.
SHu bilan ularning bilimi yanada chuqurlashadi, mustahkamlanadi.
SHuningdek, bezaklardan foydalanmay turib, o’rganilayotgan davrning manzarasini ham to’la, aniq va chuqur tasavvur qilib bo’lmaydi.
O’qituvchining bayoni har qancha to’liq bo’lganda ham o’quvchilarning voqealar to’g’risidagi tasavvurlari to’la bo’lmaydi.
Avvalo ko’rsatmali qurol o’quvchilarning bilim olishida muhim manba bo’lib xizmat qiladi.
Tarix o’qitishning ko’rsatmali bo’lishining ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati ham katta.
Ko’rsatmali qurollar o’quvchilarning tarixiy tasavvurlariga aniqlik kiritish va bu tasavvurlarni aniqlashtirishga yordam beradi.
Ko’rsatmali tasvirlar tarixiy fakt va hodisalarning tashqi ko’rinishinigina emas, balki ularning ichki mohiyatini ham ochib beradi.
Ko’rsatmali qurollar o’quvchilarning murakkab tarixiy hodi­salarni, tarixiy tushunchalarning ma’nosini osonroq tushunib olishlariga yordam beradi.
Ko’rsatmali qurollar o’quvchilarda tarixiy tushunchalarni shakllantirishga,
ularning nazariy xulosalash va umumlashtirishga, yakunlarini, ijtimoiy rivojlanishning ob’ektiv qonuniyatlarini,
o’zaro aloqalarni yaxshiroq tushunib olishlariga yordam beradi,
shuningdek, o’quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalashning muhim vositasi bo’lib ham xizmat qiladi.
SHu tariqa, ko’rsatmalilikning ahamiyati tarixiy faktlarni, hodisalarni ko’rish organlari ishtirokida mushohada etish va ular haqida aniq tasavvur hosil qilish bilan chegaralanmaydi,
murakkab tarixiy hodisalarni, tushunchalarni tushunib olishni ham yengillashtiradi, tarixni haqqoniy tushunishga yordam beradi.

Download 245.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling