Tarix quyidagi qo`zg`olonlardan qaysi biri butun mamlakatni qamrab oladi? A spartak qo`zg`oloni b spitamen qo`zg`oloni c ”sariq ro`molliklar” d ”qizil qoshlilar” qo`zg`oloni 2


Download 30.43 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi30.43 Kb.
#142188
Bog'liq
DTM 17


TUZUVCHI O’QITUVCHI: NODIRBEK JO’RAYEV





TARIX

1. Quyidagi qo`zg`olonlardan qaysi biri butun mamlakatni qamrab oladi?

A) Spartak qo`zg`oloni B) Spitamen qo`zg`oloni

C) ”sariq ro`molliklar” D) ”qizil qoshlilar” qo`zg`oloni
2. Quyidagi fikrlarning qaysi birida xatolik mavjud?

A) Maurya davlati rivojlanishda yuksak pog’onalarga erishgan asrda Zardusht va’zlari matnlari 21 ta kitobga jamlangan;

B) Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, inson umrining tub ma’nosi adolatli turmush tarzidan iborat bo’lishi lozim;

C) Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, Mitra quyosh xudosidir

D) Zardushtiylikning ehtiromga sazovor xudolari Ahuramazda, Mitra va Anaxitadir.
3. Quyidagi qaysi hukmdor Mesopotamiyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo'ladi?

A) Navuxodonosor II; B) Xammurapi ;

C) Gilgamish; D) Yaxmos I
4. Mesopatamiyada qanday buyumlar ayniqsa qadrlangan?

1.Shoyi gazlamalar 2.Chorva mahsulotlari 3.zeb-ziynatlar 4.Qurol-yarog’ 5.metal buyumlar 6.kulolchilik buyumlari

A)1,2,3,4,5,6 B) 2,3,4,5,6

C)1,3,4,5 D) 3,4,5,6


5. Quyidagi qaysi yunon xudolarining ta'rifi noto'g'ri ko'rsatilgan?

A) Afina - donishmandlik ilohasi ;

B) Ares - urush xudosi ;

C) Poseydon-dengiz xudosi ;

D) Gelios-yer ilohasi.
6. Afinada shahar aholisining ko’pchiligini qaysi toifalar tashkil etgan?

A) dehqonlar va savdogarlar

B) hunarmandlar va savdogarlar

C) dehqonlar va hunarmandlar

D) qullar va fuqarolar
7. Qaysi xalq vakillari arpa, bug'doy yetishtirishgan, kanopdan gazlama to'qishgan?

A) Misrliklar; B) Hindlar;

C) Saklar; D) Shumerliklar.
8. Makedoniyalik Aleksandr qaysi hududda o'z lashkarini 3 qismga bo'lib harakat qiladi?

A) Hindistonda; B) Hisor tog'larida;

C) So'gdiyonada; D) Baqtriyada.
9. Mustaqil Xorazm davlatida hunarmandchilik yuksak darajada rivoj topgan bo’lib ularda qanday buyumlarga talab katta bo’lgan?

A) kulolchilik, zargarlik , temir

B) qurollar, mis asboblar ,zargarlik,temir

C) kulochilik,qurollar,mis asboblar ,kumush

D) zargarlik,mis asboblar ,temir,kulolchilik,qurollar

10. Quyidagilar orasidan tarixiy jihatdan to'g'ri fikrni aniqlang:

A) M.a.594-yilda Solon xalq boshqaruvini bekor qilgan qonunlar yozadi va amalga kiritadi;

B) Sinay yarim oroli o’rta podsholi davrida bosib olinadi

C) Nil vodiysi har ikkala qirg'oq bo'ylab 3 km dan 22 km gacha uzunlikdagi va 6 ming km kenglikdagi sug'oriladigan yerlardir;

D) Teyshebaini shahri Urartu davlatining yirik shaharlaridan biri bo’lgan
11. Diogen yashagan davrda mustaqil bo'lgan davlatni aniqlang.

A) Qadimgi Xorazm B) Kushon

C) Dovon D) Qang'
12. Afinada qanday joylarda davlat maktablari tashkil qilingan ?

A) Hukmdor saroyi va ibodatxonalar qoshida;

B) Akropol markazida;

C) Davlat maktablari bo'lmagan;

D) Palestrlarda.
13. Olimp tog'ida yashovchi xudolar taxtdan ag'darmaguncha hukmronlik qilgan yunon xudolarini aniqlang.

A) Zevs va Apollon; B) Zevs va Geya;

C) Uran va Aid; D) Uran va Geya.
14. Faylasuf Suqrotni nima uchun yunonlar o'limga mahkum etishgan?

A) Ezgulik qonunlariga amal qilib yashashga da'vat etgani uchun;

B) Afinadagi ba'zi tartiblarni tanqid qilgani uchun;

C) Fuqarolarning axloqiy - ma'naviy tarbiyasiga katta ahamiyat bergani uchun;

D) Afinadagi Xalq majlisining ba'zi qarorlariga qarshi chiqqani uchun.
15. O’zbekistonning qaysi hududlarida mezolit davriga oid manzilgohlar ko’plab uchraydi?

A) Farg’ona vodiysining tog’oldi va tog’lik tumanlarida, Toshkent vohasida hamda O’zbekiston janubida

B) Surxondaryo vohasida, Toshkent viloyati Ko’lbuloq atroflarida hamda Samarqand viloyatida

C) Buxoro va Xorazm vohalarida, shuningdek Farg’ona vodiysining tog’oldi va tog’li tumanlarida

D) O’zbekistonning shimoli-sharqiy hududlari va Qashqadaryo vohasida
16. Qadimda qaysi omil dehqonchilik texnikasi rivojiga ta'sir o'tkazdi?

A) mehnat unumdorligining oshishi

B) o’troq turmush tarziga o’tilishi

C) dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi

D) mehnat qurollarining temirdan yasalishi

17. Neolit davrida hunarmandchilikning rivojlanishiga olib kelgan omilni aniqlang?

A) metall qurollarning kashf etilishi

B) kulolchihk charxining paydo bo'lishi

C) yog'och va toshga isblov berishning paydo bo’lishi

D) dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi
18. Forslar qaysi jangda Afinani ishg'ol qilganlar.

A) Fermopil B) Plateya

C) Salamin D) Marafon
19. Perikl hukmronlik qilgan davrning "Perikl asri" deya ulug'lanishiga sabab nima edi?

1. Bu davrda Afina eng qudratli davlat bo'ldi. 2. Bu davrda barcha afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyati vujudga kelgani uchun. 3.Bu davrda mamlakatda demokratiya ravnaq topgani uchun. 4. Perikl o'z muxoliflarini ta'qib etmagani uchun. 5. Ko'plab qurilish ishlari qilingani uchun.

A) 1.2.3.4.5. B) 1.4.5. C) 2.4. D) 1.3.
20. Qadimgi Troya joylashgan yerni nemis olimi G.Shlimann qachon aniqlaydi.

A) Mil avv. XIX asr o'rtalari B) Mil XIX asr oxiri

C) Mil avv. XIX asr boshlari D) Mil. XIX asr boshi
21. Afinada Xalq majlisining katta qismi kimlardan iborat edi?

1. Dehqonlar. 2. Zodagonlar. 3. Yollanib ishlovchilar. 4. Harbiylar. 5. Savdogarlar.

6. Amaldorlar. 7. Qullar. 8. Hunarmandlar.

A) 1.2.3.6.7.8. B) 1.3.4.5.6.8.

C) 2.3.5.6.8. D) 1.5.8.
22. Filipp II ning yunonlar bilan tuzgan ittifoqiga tegishli xususiyat qaysi javobda berilgan?

A) Bu ittifoq yunon - shaharlari ittifoqi deb ataladi;

B) Bu ittifoq forslarga qarshi tuzilgan edi;

C) Bu ittifoq yunon - polislari qaramligini mutlaqlashtirdi;

D) To'g'ri javob yo'q. .


23. Yunon harbiylari dengizchilik san'ati asoslarini qayerda o'rganishgan?

A) Spartada; B) Gellespont bog'ozida;

C) Pirey portida; D) Afinada.
24. Axilles botirilgan daryoning nomini aniqlang.

A) Stiks; B) Po; C) Tibr; D) Snikers.


25. Katta-katta maydonlarda ziroatchilikni rivojlantirishga imkon yaratib bergan omilni aniqlang.

A) ariqlar va anhorlar keng tizimining ishlab chiqilganligi

B) urug’larning hududiy qo’shnichilik jamoasiga aylanishi

C) temir uchli omochlar, temir boltalar paydo bo 'lishi

D) yanada rivoj topgan ishlab chiqarish usuliga o’tilishi

26. Qadimgi Yunonistonda Olimpiya o'yinlari o'tkazilishi boshlanganidan qancha vaqt o'tib , uni o'tkazish to'xtab qoldi?

A) 392-yil; B) 1170yil; C) 1184yil; D) 974 yil.


27. Qadimgi Eron hududida tog'oldi vodiylarida yashovchi aholining asosiy mashg'uloti bu ...

A) Dehqonchilik; B) Dehqonchilik va chorvachilik;

C) Chorvachilik; D) Dehqonchilik va savdo – sotiq.
28. Zardushtning so’nggi va’zlari kimlar tomonidan yozilgan?

A) kotiblar

B) kohinlar

C) uning va’zlari yozilmagan

D) Zardushtning o’zi tomonidan
29. Qadimgi Xorazmda yuksak darajada rivjlangan sohalarni aniqlang?

A) hunarmandchilik,dehqonchilik

B) savdo-sotiq,binokorlik

C) binokorlik,hunarmandchilik,savdo-sotiq

D) HJT
30. Qadimgi yunon mifologiyasida qaysi xudo uzumchilik xudosi hisoblanadi?

A) Germes; B) Demetra;



C) Artemida; D) Dionis.


Download 30.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling