Tarix va arxeologiya instituti


Download 9.57 Mb.
Pdf просмотр
bet1/27
Sana27.12.2019
Hajmi9.57 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Навигация по данной странице:
  • HAMID
79717

НДМ[[)'/( 
([) 

Г '
»
4

0 ‘ZBEKIST0N  SSR 
FANLAR AKADFM1YASI 
TARIX VA ARXEOLOGIYA INSTITUTI
HAMID  ZIYOYEV
O ZBEKISTON 
VA  SIBIR
(XVI-XIX asrlar)
Mas’ul  muharrir  0 ‘zSSR  FA  korrespondent  a’zosi 
YA.G‘.G ‘ulomov

K
1
RISH
> G ^ — --------- --------- *--------- *"----- -------- ‘------ -------
0 ‘zbeklar o‘zlarining ko‘p asrli tarixi davomida hunarmandchilik 
sanoati, qishloq xo‘jaligi, fan va madaniyat sohasida muhim yutuqlarga 
erishib, jahon madaniyati xazinasiga  munosib hissa qo'shdi.
Eramizdan  oldingi  vaqtlardayoq  Xorazm,  Farg‘ona,  Toshkent, 
Samarqand va Buxoro singari shaharlarda savdo, hunarmandchilik va 
madaniyat  markazlari  vujudga kelgan  edi.  Bu shaharlarda mohirlik 
bilan  ishlab  chiqarilgan  nafis  buyumlar  ko‘p  mamlakatlarda  dong 
chiqardi. Shu bilan bir qatorda, o‘zbek xalqi o‘zining ajoyib olimlari, 
yozuvchilari,  shoirlari  va  arxitektorlari bilan  ham  shuhrat  qozondi. 
Xullas, 0 ‘zbekiston xalqaro maydonda e’tiborli o‘rin egalladi. Shuning 
uchun ham bu o‘lka bosqinchilar diqqatini o'zigajalb etdi. Jumladan, 
eronlik Kir, makedoniyalik Aleksandr, arab hokimlari va Chingizxon 
singari  bosqinchilar  0 ‘zbekistonni  bosib  olish  va  bu  bilan  o‘z 
shuhratlarini oshirish  uchun  barcha kuchlarini  ayamaganlar.
0 ‘zbek  xalqi  chet  el  bosqinchilari  va  mahalliy  hukmronlarga 
qarshi  qahramonona  kurash  olib  borgan.  Shuningdek,  u  xalq 
xo‘jaligi va madaniyatning turli tarmoqlarida erishgan yutuqlarini 
lvloddan-avlodga o‘tkazib hamda takomillashtirib bordi.  Natijada 
0 ‘zbekiston  ko‘p  asrlar  mobaynida  Eron,  Xitoy,  Hindiston, 
Arabiston,  Kavkaz,  Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan siyosiy, 
iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lib keldi.
XVI-XIX asrlarda 0 ‘zbekistonda ko'plab  ishlab chiqariladigan 
mollarga, jumladan,  gazlamalarga  Sharq  mamlakatlarida  ehtiyoj 
kamroq edi.  Bularga ko'chmanchi bo‘lib yashaydigan qozoq, qitg‘iz, 
turkman,  qoraqalpoq  va  qalmoqlar,  hozirgi  ma’muriy  bo‘linish

b o 'y ich a  aytganda:  D nepr  b o ‘ylari,  A straxan,  Vo2gagrad, 
Kuybishev  viloyatlari  hamda  Sverdlovsk,  Perm,  Chelyabinsk, 
Orenburg  viloyatlari,  Udmurtiya,  Boshqirdiston,  Tatariston 
Avtonom  Respublikalari,  Qrim va Sibirda talab katta edi.
Bu  joylar  bilan  aloqa  qilish  0 ‘zbekistonda  ishlab  chiqarish 
kuchlarining rivojlanishiga ta ’sir etgan edi.  U yerda savdo qiluvchi 
savdo-hunarmandchilik doiralari shakllandi.
0 ‘lkaning  yuqorida  qayd  qilingan joylar  bilan  aloqasi  chuqur 
tarixiy ildizlarga ega.  Masalan, arxeologiya ma’lumotlariga qaraganda, 
eneolit davrida 0 ‘zbekiston bilan  Ural bo‘yi xalqlari o'rtasida aloqa 
mavjud  boMgan.  Buni  har  ikki  tomonda  arxeologiya  qazuvlari 
natijasida  topilgan  mehnat  qurollarining  bir-biriga  o‘xshashligi 
yaqqolisbotlaydi1.  Bunday holat  Bronza davrida yanada  kuchaygan2. 
Shu davrning qurollari 0 ‘rta Osiyoning G'arbiy Sibir,  Volga bo‘yi 
bilan  ham aloqa qilganligidan dalolat beradi3.
Shu narsa ma’lumki, eramizdan avvalgi  IV asrning 20-yillarida, 
ya’ni makedoniyalik Aleksandr 0 ‘rta Osiyoga yurish qilgan davrda, 
Xorazm  davlatining  hukmronligi  to  Qora  dengiz  atrofidagi 
qavmlargacha borgan edi4.  Bu holat  0 ‘zbekistonning o‘sha joylar 
bilan ham iqtisodiy,  siyosiy aloqada boMganligidan dalolat  beradi.
0 ‘zbekistonning  bevosita  rus  knazlikluri  bilan  aloqasi  ham 
qadimdan o‘matilgan bo‘lib, bunga VIII asrda 0 ‘zbekistonda zarb 
etilgan tangalarning rus yerlarida topilishi guvohlik beradi5.
IX—X asrlarda Toshkentda,  Samarqandda va,  umuman,  0 ‘rta 
Osiyo  shaharlarida  zarb  qilingan  tangalarning  M oskvada6, 
Novgorodda7,  Ryazanda8, Vladimir gubernyasida9  va  Rostovda10
1 A .V .Zbruyeva,  D revniye kulturniye svyazi S redney Azii  i  P riuralya,  «Vestnik 
drevney istorii».  M.  -L.,  1946,  №   3, str.  186.
2  0 ‘sha joyda,  18 9 -bet,
3  0 ‘sha joyda,  o ’sha bet.
4  A rrian,  A nabazis A leksandra  IV,  str.  15;
5  Y A  V.  Xanikov,  Poyasnitelnaya zapiska  к karte Aralskogo m orya i Xivinskogo 
xanstva,  «Zapiski  R G O »,  kn.  V,  1851,  str.  282.
6  A .K .M arkov,  Topografiya  kladov  vostochnix  m o n e t,  S P b.,  1910,  str.  27; 
«lstoriya  M oskvi»,  to m   I,  P eriod  feodalizm a,  X II-X V III  w .,  М .,  1952,  str.  15.
7  A.V.Arsixovskiy.  D oklad  n a aprelskom   P len u m e  G A IT K  A N   Rossii.
8 P.Savelyev, Arxeologicheskiye i numizmaticheskiye otrivki, kn.  1,. SPb.,  1853, str. 23.
9 0 ‘sha joyda.
10  0 ‘sha joyda.
4

arxeologiya qazuvlari  vaqtida topilganligi bu aloqalarning keyingi 
davrlarda ham davom etganligini ko‘rsatadi.
0 ‘zbekistonning  rus  knazliklari  bilan  aloqasi  Volga  bo‘ylariga, 
Bulg‘or va Xazar davlatlari orqali olib borilgan.  Bulg'or davlagi Volga
—  Kama havzasidagi qadimiy davlat hisoblanib, birinchi ming yillikda 
tashkil topib, XVasr boshlariga qadar mavjud bolgan.  Uning poytaxti
—  Bulg‘or shahri edi.  Bu Yevropaning shimoli-sharqidagi yirik savdo 
markazi hisoblanib,  bu yerga 0 ‘zbekiston,  rus knazliklari,  Kavkaz, 
Vizantiya va boshqa joylardan savdogarlar turli mollar bilan kelardilar. 
U yeming bozorida tangalar ko‘p yuritilgan. Chunonchi,  IX asrning 
oxiri  —  X  asr  boshlarida  o‘tgan  geograf  ibn  Rustaning  so‘zicha: 
«ularga  (bulg‘orlarga  —  H.Z.)  dumaloq  oq  dirhamlar  musulmon 
mamlakatlaridan keltirilgan va mollarga almashtirilgan»11.  Buni  XI 
asr  fors  geografi  va  tarixchisi  A.Gardizi  ham  qayd  qilib,  shunday 
yozgan edi:  «Dirhamlarni ruslarga va slavyanlarga beradilar, chunki 
ular o‘zlarining mollarini zarb qilingan dirhamlarga sotadilar»12.
0 ‘zbekistondan  tangalar  bilan  bir  qatorda,  ip,  jun  vai pak 
gazlamalar,  paxta,  guruch  va  quruq  mevalar  keltirilgan.  Bulg‘or 
davlatidan Xorazmga olib keltiriladigan mollarning turlari to‘g‘risida 
ham ma’lumotlar bor.  Bular har ikki tomon o‘rtasida savdo aloqalari 
ancha keng bo‘lganligini ko‘rsatadi. X asrning ikkinchi yarmida yashagan 
arab  geografi  Almakdisiyning  so‘zicha,  Bulg‘ordan  Volga  orqali 
Xorazmga «sobol, oqsichqon (oq suvsar), sassiqkuzan, latcha, savsar, 
tulki,  bobr,  quyon va echki  mo‘ynalari,  shuningdek,  shamlar,  o‘q- 
yoylar,  oq  terak  po‘stlog‘i,  cho‘qqayma  telpak,  balia  yelimi,  baliq 
tishlari,  kanakunjut,  ambra,  ot  terisidan  tayyorlangan  ko'n,  asal, 
yong‘oq  mag‘zi,  lochinlar,  qilich  va  qalqonlar,  dubulg‘alar,  qayin 
po‘stlog‘i,  slavyan  qullari,  qo‘y-sigirlar»  keltirilardi13.  Ushbu 
mollarning  turlarini  A.YU.Yakubovskiy ham  o‘z  asarida  sharhlab, 
har ikki tomon o‘rtasidagi savdo-sotiq faqat zeb-ziynat mollari  bilan 
chegaralanmaganligini to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tgan edi14.
11  A.Y U .Y akubovskiy,  F eodalnoye  obshyestvo  Sredney  Azii  i  yego  torgovlya 
s  V ostochnoy  Y evropoy  v  X —XV  w .,  sm.  «M ateriali  po  istorii  U zbekskoy, 
Tadjikskoy  i  T urkm enskoy  SSR»,  (M IU T T )  chast  I,  L.,  1932,  str,  12.
12  0 ‘sha joyda.
11 
V.V.Bartold,  Turkestan  v  epoxu  mongolskogo  nashestviya,  SPb,,  1909,  str.  295; 
B.D.Grekov, AYU.Yakubovskiy, Oltin 0 ‘rda va uning qulashi, Toshkent,  1956, 21-bet.
14  B .D .G rekov,  A.Y U .Y akubovskiy,  O ltin   0 ‘rda  va  u ning  qulashi,  21-bet.
5

Bulg‘or  shahriga  ko‘p  joylardan  va,  shuningdek,  rus  knazlik- 
laridan turli  xildagi  mollar keltirilardi. Jumladan,  ibn  Rusta slavyan 
qullarining ruslar tomonidan Bulg‘oiga keltirilganini uqtirib o'tgan15.
Bulg'ordagi ichki va tashqi bozorda xorazmliklar qizg'in savdo- 
sotiq olib borganlar.  Hatto, xorazmliklarning bevosita qatnashuvi 
bilan  Bulg'or davlatida islom dini o'rnatilgan edi.
Shuningdek,  xorazmliklar  Volga  bo'yidagn  ikkinchi  bir  yirik 
qadimiy davlat hisoblangan Janubi-sharqiy Yevropaning yirik savdo 
markazi  bo'lmish  Xazar  podshohligining  poytaxti  Itil  shahrida 
salmoqli  o‘rin  egallaganlar.  Ular  Xazar  podshohligining  davlat 
apparatida, qo'sh.nida, ichki va tashqi savdosida faol qatnashganlar. 
Masalan,  Xazar  xoqonining  vaziri  va  12.000  kishilik  gvard./asi 
xorazmliklardan  tayinlangan  edi.  Shuningdek,  ular  savdoda  hal 
qiluvchi o'rinni egallaganlar’6.  Xorazmliklarning Xazar podshoh- 
ligidagi  mavqei  shu  darajada  kuchli  ediki,  u  yerda  20000  kishini 
o'z  ichiga olgan xorazmliklar jamoasi vujudga kelib,  bular savdo- 
hunarmand kishilari va oddiy ishchilardan  iborat bo'lgan.
Xorazmliklar  Bulg'or  va  Xazar  davlatlari  hunarmandchilik 
sanoati va madaniyatining o'sishiga katta hissa qo'shganlar.
Shunday  qilib,  xorazmliklar  O'rta  va  Quyi  Volga  bo'ylaridagi 
yirik savdo markazlari —  Bulg'or va Xazar davlatlarida katta mavqega 
ega bo'lganlar.  Ular shu ikki davlat orqali  rus knazliklari,  Kavkaz 
va boshqa mamlakatlaming savdogarlari bilan savdo-sotiq qilganlar.
O'zbekistonning O'rta va Quyi Volga bo'ylari bilan aloqasi XI—
XII  asrlarda ham  davom etgan.  Bu aloqalarda  ham  xorazmliklar 
faol qatnashganlar.  Shu vaqtlarda Dneprdan boshlanib, Volgadan 
o'tib, sharqqa tomon yiroq-yiroqlarga cho'zilib ketgan juda  katta 
territoriyaDashti qipchoq deb yuritilganl7.Dashti  Qipchoqdaturkiy 
tilda so'zlashuvchi  qipchoqlar  hukmronlik  qilib,  ularning  bir 
nechta xonliklari bo'lgan.  Bu davrlarda Volga bo'ylarining Sharq. 
mamlakatlari  bilan  savdo  va  madaniy  aloqasi  shu  qadar  rivoj 
topganki,  O 'rta   Osiyo,  Eron  va  Kavkazda  q o 'llan ad ig an  
zambaraklar  qipchoq qo'shinidahambo'lgan18. A.Yakubovskiyning
15  A .Y U.Y akubovskiy,  o ‘sha  m aqola,  16-bet  .
16  0 ‘sha  m aqola,  13-bet.
17  B .D .G rekov,  A .Y U .Y akubovskiy,  o 'sh a   jo y d a,  17-bet.
18 0 ‘sha joyda.

ko'rsatishicha,  zam baraklarni  ishga  solgan  ustalar  orasida 
xorazmliklar  ham  bo‘lan19.
Dashti Qipchoq orqali O'zbekiston bilan  rus knazliklari o'rtasida 
savdo  aloqalari  davom  etib,  bunda  ham  xorazmliklar  salmoqli
0  rin egallagan.
Dashti Qipchoqdan o‘tadigan karvon yo‘li Volgaorqali  Bulg‘ordan 
0 ‘rta Osiyo,  Kavkaz,  Eron va Uzoq Sharqqa borgan,  ikkinchi yo‘l 
esa  Dashti  Qipchoq  orqali  Qrimga,  undan  Kichik  Osiyodagi 
Trapezund,  Konstantinopolga borgan. Shu har ikkala karvon yo'llari 
orqali 0 ‘rta Osiyo rus knazliklari bilan ham savdo-sotiq qilgan.
Bu savdo yo‘llarini egallash katta daromad keltirshini anglagan 
mo‘g‘ul hukmronlari Volga bo‘yini o‘z qarorgohlariga aylantirish 
uchun qattiq kurash olib bordilar.  Natijada ular u joyda o‘zlarining 
Oltin 0 ‘rda nomli davlatini barpo etdilar.
Oltin  0 ‘rdada  Botusaroy  (Astraxan  yaqinida)  va  Berkasaroy 
(Volgagrad  yaqinida)  kabi  shaharlar  vujudga  kelib,  bular 
mo‘g‘ullaming poytaxti va savdo markazlariga aylandi.  Oltin 0 ‘rda 
tarkibiga  shimoli-sharqda  Bulg‘or  va  uning  viloyatlari  kirgan, 
shimolda uning chegarasi  rus knazliklaridan o‘tgan, janubda  Oltin 
0 ‘rda  chegarasi  bir  tomondan  Qrim  va  uning  dengiz  bo‘yidagi 
shaharlari, ikkinchi tomondan Darbandga qadar cho‘zilib,  Kavkaz 
va  ba’zan  Bokugacha  borgan.  Shuningdek,  Shimoliy Xorazm  va 
uning  Urganch shahri, g‘arbda Dnestrdan boshlangan dashtliklar 
ham Oltin 0 ‘rda qaramog‘ida bo‘lgan.  Sharqda unga G'arbiy Sibir 
va Sirdaryo etaklarigachaboradigan yerlar  kirgan20.
Bunday juda ulkan yerlarni o‘z ichiga olgan Oltin 0 ‘rda hayotida 
o ‘zbeklar,  ayniqsa,  xorazm liklar  m uhim   rol  o ‘ynab.  ular 
Botusaroy va Berkasaroy shaharlarining qurilishiga jalb qilingan21. 
Bu  shaharlarga  o ‘zbek  savdogarlari,  hunarmandlari,  olimlari, 
naqqoshlari,  ziyolilarining  turli  xil  namoyandalari  kelib  turgan. 
Oltin  0 ‘rdada  o‘zbek  savdogarlarining  ta ’siri  kuchli  bo'lib,  ular 
mo‘g‘ullaming ruslardan oladigan soliqlarini yalpisiga sotib oluvchi 
asosiy  kishilar  hisoblangan22.  Shubhasiz,  bu  savdogarlar  rus
|IJ O 'sha joyda.
O 'sha joyda.  53-bet.
21  A.YU.Yakubovskiy,  o 'sh a  m aqola. 45-bet.
22 Jum al  iVl VD.  1839. №   10, pr.  357;  S.  B. Jukovskiy, Snosheniya Rossii s Buxaroy
1  Xivoy  za  posledneye  trexsotletiye,  Pg.,  1915,  str.  2.

yerlarida  soliqlarni  to'plash  bilan  bir  qatorda,  savdo-sotiq  bilan 
ham  shug'ullanganlar.
0 ‘zbek  savdo-hunarmandchilik  ahlining Oltin  0 ‘rdada tutgan 
mavqei haqida to‘la tasavvur hosil qilish uchun A.Yakubovskiyning 
quyidagi so‘zlariga e ’tibor qilish kifoya:  «Feodalizm davrida 0 ‘rta 
Osiyo,  —  deb  yozgandi  u,  —  hech  vaqt  XIII  asrning  ikkinchi 
yarmi  vaqtidag;dek  va,  ayniqsa,  XIV  asrdagidek  Janubi-sharqiy 
Yevropa bilan qizg‘in savdo qilmagan edi.  Masalan  Botusaroy va 
Berkasaroy kabi shaharlarda, Xitoydan, 0 ‘rta Osiyodan,  Kavkaz- 
dan va  Erondan  keluriladigan  mollarni  sotib oluvchi  va sotuvchi 
juda yirik savdo kompaniyalari to ‘plangan edi.  Bular ichida 0 ‘rta 
Osiyo hunarmandchilik sanoatining hissasi esa juda katta boigan»23.
Bu  vaqtlarda Oltin  0 ‘rdagaip,  ipakvajun  gazlamalar,  charm 
buyumlar va  boshqa  tayyor  mahsulotlar ko‘plab  keltirilgan.
0 ‘zbeklar  Oltin  0 ‘rda  orqali  bevosita  rus  knazliklariga  borib 
savdo-sotiq qilganlar.  Chunonchi, XIV asrning birinchi yarmida 
Nijniy Novgorodda ko‘p sonda Xorazm va  Buxoro savdogarlari 
bo‘lganligi to‘g‘risida m a’lumotlar mavjud24.  Shuni ham  ko‘rsatib 
o‘tish  lozimki,  Oltin  0 ‘rda  poytaxti  —  Saroyga  ruslar  ham 
ko‘chib  kela  boshlaganlar.  Shuning  uchun  1261  yilda  Saroyda 
maxsus  pravoslav  yeparxiyasi  tashkil  qilingan  b o ‘lib,  bu 
yeparxiyaga Saroydan tashqari,  Pereyaslav  Kiyevskiy shahri ham 
qaragan25.
Shubhasiz, bu holat Saroyda yashovchi xorazmliklarning ruslar 
bilan  iqtisodiy  va  m adaniy  aloqa  qilish  im konini  berardi. 
Shuningdek,  savdogarlar  Oltin  0 ‘rdaga  qatnab  turadigan  rus 
savdogarlari bilan bevosita savdo-sotiq qilardilar.  Rus savdogarlari 
o‘zlari  keltirgan  mo‘yna,  mum,  ikravaboshqatovarlar  evazigaip 
vaipakgazlatnalar,  bo‘yoq singari mollarni  olib ketar  edilar26.
XIII 
asrning  ikkinchi  yarmi  —  XIV  asrning  boshlarida  rus 
savdogarlarini  Urganchda ham  uchratish  mumkin edi27.
Oltin 0 ‘rda qulagandan so‘ng uning o‘mida bir-biridan mustaqil
23 A.YU.Yakubovskiv, o ‘sha m aqola. 45-bet.
24 M IU T T , str.  61.
25  Y E .G olubinskiy,  lstoriya  russkoy  serkvi,  1900,  to m   II,  str.  41,  60.
26  V.V.Mavrodin,  Obrazovaniye  yedinogo  russkogo  gosudarstva,  L.,  1951,  str.  52.
27 O 'sh a  ioyda,  52-bet.

boMgan 
Q r i m ,  
Astraxan,  Qozon va Sibir xonliklari vujudga keldi. 
Rus esa kuchli va mustaqil davlatga aylandi.
0 ‘zbekiston  bilan  bu  uch  xonlik  o'rtasidagi  aloqalar  qanday 
bo‘lganligi  to ‘g‘risida  fikr  yuritish juda  qiyin,  chunki  bu  masala 
hanuzgacha  yoritilmay  kelayotir.  Buni  yoritish,  albatta,  maxsus 
tekshirishni talab qiladi.  Lekin, aytish mumkinki, 0 ‘zbekistonning 
o‘sha  xonliklar  bilan  aloqasi28  Oltin  0 ‘rda  vaqtidagiga  nisbatan 
ancha  sust  bo'lgan.  Bunga  Volga  b o ‘ylaridagi  yirik  savdo- 
hunarmandchilik markazlarining urushlar natijasida vayron qilinishi 
va tarqoqlik sabab boigan.  Shuningdek,  0 ‘zbekistondagi  vaziyat 
ham  Volga bo‘ylari bilan bo‘ladigan aloqani susaytirgan edi.
Bu davrlarda 0 ‘zbekiston bilan rus davlati o'rtasida bevosita elchilik 
m unosabatlarini  o ‘rnatishga  kirishilganligi  to ‘g‘riGida  ayrim 
m a’lumotlarga egamiz.  Chunonchi,  1464 yilda  ms hukumati  o‘z 
elchisini 0 ‘zbekiston orqali Hirotga yuborgan.  Bu yerda u Temur 
avlodi  Abu  Said tomonidan  katta  hurmat  bilan  qabul  qilingan29. 
1490  yilda  Xuroson  hukmdori  Temurning  nevarasi  Husayn 
nomidan Moskvaga elchi kelgan edi30.
1532  yilda  Hindiston podshosi  Bobir nomidan  Xo‘ja  Husayin 
nomli elchi maxsus yorliq bilan Moskvaga kelgan. Yorliqda «do‘st 
va  ittifoq»  bo‘lish  va  har  ikki  tomon  savdogarlarining  bemalol 
qatnashlariga yo‘l berish rus podshosiga taklif etilgan edi31.
Xo‘ja Husayn Moskvada yaxshi qabul qilinib, unga o‘z mollarinn 
sotish  uchun  ruxsat  berilgan32.  Rus  podshosi  o‘zining  Bobirga 
yozgan javob yorlig‘ida savdoning yo'lga qo‘yilishiga rozilik bildirdi, 
lekin u bilan ittifoq  bo'lishga ko‘nmadi.
Rus  solnomasining  yozishicha,  ulug‘  knaz  Vasiliy  Ivanovich 
«Bobir  bilan  birodarlashuvga  farmon  bermadi,  chunki  u  uning 
davlatining bor-yo‘qligini bilmaydi»33.
28  1552  y ild a  rus  a sk arlari  Q o z o n n i  eg allagan  v aq tid a,  u  yerda  o 'z b e k  
savdogarlarini  uchratg an lar.  J u m a l  M V D ,  SPb.,  1859,  №   10.
29  «Zapiski  V ostochnogo  o td   A rxeologicheskogo  obshyestva»,  tom   I,  vip. 
I, str.  30—31;  Sb.  «V .V .Bartoldu, Turkestanskiye druzya,  ucheniki i pochitateli», 
Tashkent,  1927. str  25.
30  S.M .Solovyev,  Istoriya  Rossii,  М .,  1872,  to m   V,  str.  113.
31  «Russko-indiyskiye  otn o sh en iy a  v  X V II  v.»,  Sbom ik  d okum entov,  М ., 
1958, str.  6.
32  Sb.  «V.V.Bartoldu...», str.  27.
33  «R ussko-indiyskive o tnosheniya v X V II v.».  str.  6

Bu davrlarda rus davlati Hindiston to‘g‘risida yetarli  ma’lumotlarga 
ega emasligi sababli  Bobirning kim  ekanligini bilmagan.  Natijada 
Bobirning  Rossiya bilan  aloqani  o‘rnatish uchun  qilgan harakati 
muvaffaqiyatsiz  tugallangan.  0 ‘zbekistonning  uzoq  vaqtlar 
davomida  Bulg'or,  Xazar  podsholigi  va  Oltin  0 ‘rda  bilan  aloqa 
qilishi  natijasida Bobir ruslar to ‘g‘risida ancha to ‘la ma’lumotlarga 
ega bo‘lgan. Акэ holda u elchi yubormagan bo‘lar edi.  Shuni aytish 
lozimk;,  elchi  Xo‘ja  Husayn  Moskvaga  yuborilgan  vaqtda  Bobir 
vafot  etgan  edi.  Aftidan,  Bobir  hayot  vaqtida  Xo‘ja  Husaynni 
Moskvaga yuborishga qaror qilingan, shunga binoan, u elchi sifatida 
Bobir nomidan  Rossiyaga jo ‘natilgan.
Astraxan,  Qozon  va  Sibir  xonliklari  Rossiya tomonidan  bosib 
olingandan  so‘ng  0 ‘zbekistonning  Volga  bo‘ylari  bilan  aloqasi 
yangidan  rivojlanib  bordi.  Bu  vaqtlarga  kelib,  Rossiyaning  shu 
chekka  o‘lkalari  bilan  0 ‘zbekiston  qadimdan  o‘rnatilgan  savdo- 
sotiq  aloqasini  yo‘lga  qo‘yish  davlat  ahamiyatiga  molik  muhim 
masalalardan biri bo‘lib qoldi.
Rus  davlati  XVI  asrda  Sharq  mamlakatlari  bilan  ham  savdo- 
sotiqni kuchaytirishga harakat qildi.  Bu masalani  maxsus tekshirgan 
M.V.Fexner  quyidagicha  ko‘rsatib  o ‘tadi:  «Biz  knazlarning 
yorliqlarini,  monastirlarning  kirim-chiqim  kitoblarini,  podsho, 
boyar,  cherkov  mol-mulklari  ro‘yxatlarini,  kasaba ahlining  mol- 
mulklari  ro‘yxatlarini o‘rgana turib, shunga ishonch hosil qilamizki,
XVI asrda rus turmushida  G ‘arb mollariga nisbatan Sharq mollari 
ancha  ko‘p  tarqalgan.  Bu  holat,  albatta,  Rossiyaga  Sharq 
mollanning G ‘arb mollariga nisbatan ko‘proq keltirilishi orqasida 
yuz  berishi  mumkin  edi»14.
G ‘arbga  qaraganda  Sharq  bilan  savdo  qilish  rus  davlatining 
iqtisodiy jihatdan rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega edi. Chunki 
G ‘arb  mamlakatlari  Rossiyadan,  asosan,  xom  ashyo  olib  ketgan 
bo‘lsa,  Sharq  mamlakatlari  Rossiyadan  tayyor  mahsulotlarim 
olib  ketgan35.  Bu  narsa  Rossiyada  ishlab  chiqarish  kuchlarining 
o‘sishiga  m a’lum  darajada  ijobiy  ta ’sir  ko‘rsatgan  edi36.  0 ‘z
14  M .V .Fexner.  Torgovlya  russkogo  gosudarstva  so  stran am i  V ostoka  v  XVI, 
М .,  1952,  5-bet.
35  O ’sha jovda,  6-bet.
36 0 ‘sha joyda.
10

navbatida,  Rossiyaga  tayyor  mahsulotlarning  keltirilishi  Sharq 
mamlakatlarida ham hunarmandchilik sanoatining rivojlanishiga hissa 
qo‘shgan.
XVI—XVII asrlarda Rossiyaning 0 ‘zbekiston bilan asosiy savdo 
markazlari Astraxan, Qozon,  Sibir va Irbit yarmarkasi hisoblanardi. 
Bu joylarga o‘zbek xonliklaridan ko‘plab savdogarlar turli  mollar 
bilan  kelar  va  savdo-sotiq  qilar  edi.  Rus  hukumati  davlat  man- 
faatlari  nuqtai  nazaridan  bu joylarda  0 ‘zbekiston  bilan  savdoni 
rivojlantirishga qaratilgan tadbirlami amalga oshirib bordi.  Natijada 
Rossiya bilan o‘zbek xonliklari o'rtasida elchilik va savdo aloqalari 
tobora kuchayib  bordi. XVIII  asrda Orenburg,  Troitsk,  Semipa­
latinsk,  Petropavlovsk,  Ust-Kamenogorsk va Buxtarminsk singari 
bir  qator  yangi  savdo  markazlari  vujudga  keldi  va  0 ‘zbekiston 
bilan  Rossiya 
0
‘rtasidagi  savdoning  yanada  kengayishiga  imkon 
tug‘ildi.
XVI—XVII  asrlarda va bundan  keyingi  yillarda  o‘zbek xonlik­
larining  Rossiya bilan aloqasi kuchaydi, Astraxan,  Boshqirdiston, 
Orenburg,  Sibir  va boshqa joylarda  buxoroliklarning  bir  qancha 
turar joylari tashkil topdi. Savdogar, hunarmand, dehqon va boshqa 
toifadagi  kishilarni  o ‘z  ichiga  olgan  bu  joylar  uzoq  vaqtlar 
mobaynida  0 ‘zbekiston  bilan  Rossiya 
0
‘rtasidagi  aloqalarda 
vositachilik qilib,  har ikki tomonni bir-birlariga yaqinlashtirishda 
xizmat  qildi.  XVIII  asr oxirlarida  Rossiyada yashovchi  buxorolik 
erkak kishilarning soni  20000 kishidan ortiq bo‘lgan.
Rus hukumatn buxorolik va toshkentliklarning Rossiyaning 0 ‘rta 
Osiyo,  Xitoy,  Hindiston,  Eron singari  mamlakatlar bilan  aloqasida 
tutgan mavqeini  hisobga olib,  ularga bir qator imtiyozlar berdi.
Rossiyadagi savdo markazlari, tabiiy joylanishiga qarab, o'zbek 
xonliklari  o ‘rtasida  taqsimlangan  edi.  Jumladan,  Xiva  xonligi 
Astraxandagi,  Buxoro  xonligi  Orenburgdagi  va  Qo‘qon  xonligi 
Sibirdagi  savdo-sotiqda  salmoqli  o‘rin  egallardi.  Qo‘qon  xonligi 
tashkil  topgunga  qadar  Sibirda,  asosan,  Buxoro  xonligi  savdo- 
sotiq  olib  borardi.  Bu  belgilangan  savdo  markazlarida  faqat  bir 
xonlik savdo qilib qolmasdan,  u joyda uchala xonlik savdogarlari 
ham savdo-sotiq qilar edi.  Lekin ko‘pchilikni bir xonlik savdogarlari 
tashkil etardi.

Xonliklarda o‘zaro feodal urushlar va tarqoqlik hukm surayotgan 
bu davrlarda 0 ‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi savdo aloqalarining 
samarali yo‘lga qo‘yilishi mamlakat hayotida muhim ahamiyatga ega 
bo'ldi. Q‘rta Osiyo shaharlarida Rossiya bozori uchun ko‘plab mollar 
ishlab  chiqarilardi.  Bu  esa  ishlab  chiqarishning  o‘sishiga,  shahar 
savdo-hunarmandchilik faoliyatining kengayishiga ta ’sir etardi.
Shuni  aytish  lozimki o‘zbek-rus aloqalar tarixi  yetarli  darajada 
yoritilmagan.
Bu  ko‘p  asrlarni  o‘z  ichiga  olgan  yirik  masalaning  ayrim 
tomonlarigina  o‘rganilib,  bularning  ko‘pchiligi  maqolalardir. 
S.V Jukovskiy  o ‘zbek  xonliklarining  Rossiya  bilan  elchilik 
munosabatlari haqida kitob yaratdi37.  Bunda har ikki tomon elchilik 
munosabatlari tarixi umumiy ravishda bayon etilgan bo‘lib, masalaga 
yuzaki  yondashilgan.  Avtor  elchilarning  faqat  kelib-ketgan 
vaqtlarini va ayrim hollarda ularning faoiiyatlarini qisqacha bayon 
qilish bilan chegaralangan, xolos. Avtorning tan  olishicha,  asarga 
qisman  spravochnik  xarakter  berishga  harakat  qilgan.  Bizning 
fikrimizcha,  bu  maqsad  asarda  o‘z  ifodasini  topgan.  Umuman 
olganda,  O'zbekiston  bilan  Rossiya  o‘rtasidagi  aloqalar  tarixini 
o'rganishda ma’lum qimmatga ega.
Maqolalar  orasida,  ayniqsa,  N. I. Veselovskiy38,  V.A.U1yanits- 
kiy34,  N.Zalesov40, A.N.Popov41  va A.Shepelov42  kabi avtorlarning 
ishlarini  ko‘rsatish  mumkin.
17  S .V .Jukovskiy,  S n o sh e n iy a   R ossii  s  B u xaroy  i  X ivoy  za  p o sle d n ey e 
trexsotletiye,  Pg.,  1415.
18  N.I.Veselovskiy,  Posolstvo v Xivu  Ivana  Matveyevicha  Fedotova i yego statsyniy 
spisok  prebivaniya  v  Xive  1669-1670  g.,.  «Turkestanskiye  vedomosti»,  1882,  №   20; 
Yego je,  Priyem  v  Rossii  i  otpusk  sredneaziatskix  poslov  v  XVII  i  XVIII  stoletiyax, 
SPb..,  1884; Yegoje,  Ivan Danilovich Xoxlov, SPb.,  1891; Yego je, Tatarskoye vliyaniye 
na  russkiv  posolskiy seremonial v  Moskovskiy period  russkoy istorii.  SPb.,  1911.
39  V .L .U lyanitskiy,  S nosheniya  Rossii  s  Sredney  Aziyey  i  Indiyey  v  X VI- 
XVII w ...  «Chteniya»,  1888.  kn.  3.
40  N .Zalesov,  O cherki  diplom aticheskix snosheniy  Rossii  s  Buxaroy  s  1836- 
1843 gg.,  «Voyenniy sbomik»,  1862. tom .  27; Y egoje, Posolstvo v Xivu Danilevskogo 
v  1842,  «Voyenniy  sbomik»,  1866.  №   5;  Yego  je,  Posolstvo  v  Xivu  i  Buxaru 
polkovnika  Ignatyeva v  1858  g,  «Russkiy vestnik»,  1871,  tom   91  i  92,  str.  421.
41  A .N .P opov,  S nosheniya  Rossii  s  Xivoyu  i  B uxaroyu  pri  P etra  velikoy, 
«Zapiski  RG O >,  1853,  kn.  IX.
42  A .S hepelov,  O ch e rk i  voyen n ix   i  d ip lo m a tic h e sk ix   sn o sh e n iy   R ossii  s 
Sredneyu  Aziyu  do  nachala  XIX  v.,  1895
12

Bularning  aksariyati  O'zbekiston  bilan  Rossiya  o'rtasidagi 
aloqaning ma’lum yillari va ba’zi masalasini o‘z ichiga olgan bo'lsa 
ham, aloqani o‘rganishga qo‘shilgan ma’lum hissadir.  Lekin ulardan 
tanqidiy ravishda foydalanish kerak. Chunki ularda qo'pol xatolarga 
yo‘l  qo‘yilgan,  O'zbekiston  va  Rossiya  o'rtasidagi  aloqalarning 
mohiyati va maqsadi tamomila buzib ko'rsatilgan.
Masalan,  N. Veselovskiy  O'zbekiston  —  Rossiya  aloqasidan 
Rossiya  hech  qanday  manfaat  ko'rmagan,  hatto,  Rossiyaning 
O 'rta Osiyoni  mutlaqo esdan chiqarib yuborgan davrlari  bo'lgan, 
deydi.  Uning fikricha, bu aloqaning tashabbuskori o'zbek xonliklari 
hisoblangan va bundan uning o'zigina manfaatdor bo'lgan:  «XVII 
asrda  va  XVIII  asrning  birinchi  yarmida,  —  deb  yozgandi 
N. Veselovskiy,  —  bizning  hukumatimiz  va  xonlar  o'rtasida  biz 
uchun ancha zararli aloqalar bo'lgan.  Biroq aloqaning qizg'inligiga 
kelganda,  shuni  aytish  lozimki,  bunga  bizga  nisbatan  ko'proq 
O 'rta  Osiyo xonlari  sabab bo'lgan.  Bizda ba’zan shunday davrlar 
bo'lganki, biz O'rta Osiyoni mutlaqo unutganmiz...  Shunday bo'lsa 
ham,  xonlar  bizni  hech  qachon  unutmaganlar  va  ketma-ket 
elchilarini  yuborib  turganlar»43.
N. Veselovskiy  o'zbek  xonliklarining  Rossiyaga  elchi  vuborish 
maqsadlarini buzib ko  rsatdi.  Uning fikricha:  «hamma elchilarning 
maqsadi  (Rossiyadan)  go'yo  sovg'alar  olishdan  iborat  bo'lgan» 
emish44.
Bundan tashqari, N. Veselovskiy yana shunga o'xshash bir fikrni 
aytadi.  Uningcha,  savdo  qilish  Rossiyaga nisbatan  ko'proq O'rta 
Osiyoga kerak bo'lgan emish45.
Arxiv hujjatlari va, hatto, N.I.Veselovskiy hayot vaqtida mavjud 
bo'lgan  adabiyot  m a’lumotlari  uning  fikrlari  mutlaqo  asossiz 
ekanligini  ko'rsatadi.  Amalda O'zbekiston  va  Rossiya  bir-birlari 
bilan savdo olib borishdan barobar manfaat ko'rgan, o'zaro aloqani 
rasmiylashtirish  va  kuchaytirish  maqsadida  bir-birlariga  elchilar 
yuborib turganlar.  To'g'ri,  O'zbekiston  Rossiyaga tez-tez elchilar 
yuborib  turgan.  Bunga  savdoning  muntazam  ravishda  rivojlanib
43  N .I.V eselovskiy,  Priyem   v  Rossii  i  otpusk  sredneaziatskix  poslov  v  XVI! 
i  X V III  stoletiyax,  str.  11.
44 O 'sh a joyda, 2-bet.
45  O 'sh a joyda.
«tc 0 P

borishini ta’minlashga urinish va o‘zbek xonlarining o‘z elchilari 
orqali bevosita savdo bilan shug‘ullanishlari sabab bo‘lgan edi.
0 ‘sha  davrlardagi  elchilik  odatlariga  ko'ra,  har  qanday  davlat 
boshlig‘i bir-birlariga elchilami sovg‘alar bilan yuborardi.  Bunday 
qilinmagan  taqdirda  elchi  orqaga  qaytarilardi  yoki  sovuq  qabul 
qilinardi.  Elchining  keltirgan  sovg‘asiga  qarab,  uni  yuborgan 
hukmdorga javob sovg‘a qilinardi. Xuddi shunga o‘xshash odat o‘zbek 
xonliklari va Rossiya o'rtasidagi elchilik munosabatlarida ham mavjud 
edi.  Rus  podsholari  hech  vaqt  bekordan-bekorga  o‘zbek xonlari 
elchilariga sovg‘a bermagan va bunday boMishi ham mumkin emas. 
Qisqacha  qilib  aytganda,  elchilar orqali  sovg‘alar yuborish  o‘sha 
davrdagi elchilik munosabatlarida rasmiylashtirilgan odat va hurmat 
belgisi sifatida  muhim o ‘rin o‘ynagan.  Ular hech vaqt elchilarning 
asosiy  m aq sa d in i  ifo d a  e tm a g a n .  S h u n in g   u c h u n   ham  
N.Veselovskiyning  o ‘zbek  elchilari  faoliyatiga  bergan  bahosi 
tamomila asossizdir.
Shunga  o ‘xshash,  uning  Rossiya bilan  savdo  qilishdan  birgina 
0 ‘zbekiston  manfaatdor bo‘lgan deyishi  ham  noto‘g‘ridir.  Butun
XVII—XVIII  asrlar va bundan  keyingi  vaqtlarda Astraxan,  Sibir, 
Orenburg va Troitsk orqali 0 ‘zbekiston bilan bo‘lgan savdoga oid 
hujjatlardan  ravshanki,  rus  davlati  ham   bu  aloqadan  juda 
manfaatdor  bo‘lgan.  Hatto,  rus  hukumati  savdoni  kuchaytirish 
uchun o‘zbek xonlariga  nisbatan  ko‘proq  amaliy choralar ko‘rdi. 
Buni  Sibir  orqali  olib  borilgan  savdo  aloqalaridan  ham  bilish 
mumkin.
S.V.Jukovskiy  Rossiyaning  0 ‘zbekiston  bilan  aloqasiga 
Hindistonga  boradigan  savdo  yo‘li  va  o ‘zbek  xonliklaridagi  rus 
asirlarini  ozod qilish  harakatini  asos qilib qo‘ydi46.  Bunday fikrni 
N.Veselovskiy  ham   aytgan  edi47.  Amalda  esa  rus  elchilarini 
yuborishdan  asosiy  maqsad  0 ‘zbekiston  bilan  savdo-sotiqni 
kuchaytirish  va  bu  bilan  Rossiyaning  chekka  o'lkalarini  zarur 
mollar bilan ta ’minlash edi.  Rus asirlarini ozod etish esa ikkinchi 
masala boMgan.
46  S.V.Jukovskiy,  o ‘sh a jo y d a, 44-95-betlar.
47  N .V eselovskiy,  Russkiye  nevolniki  v  sredneaziatskix  xanstvax,  T ash k en t, 
1883,  str.  9-10.

Sovet  davrida  0 ‘zbekiston —  Rossiya  aloqalariga  doir maxsus 
yirik  asar  yaratilm agan  b o ‘lsa-da,  sovet  olimlari  bir  qator 
m aqolalar  yozdilar  A.V.Pankovning48,  A.A.Semenovning49 
maqolalari shular jumlasidandir.  L.V.Pankov o‘z maqolasida XVI—
XVII asrlarda  Rossiya:  0 ‘rta Osiyo bilan  Hindistonga yoM ochish 
uchun  aloqa  qildi  degan  fikrni  noto‘g‘ri  deb  hisobladi,  ammo  u 
0 ‘rta  Osiyoni  bu  aloqani  o‘rnatishda  tashabbuskor  va  ko‘proq 
manfaatdor deb,  xatoga  yo‘1  qo‘ydi5().
0 ‘zbekistonning  Rossiya  bilan  aloqasini  o‘rganishda.  ayniqsa, 
N.Fioletov51,  M.V.Fexner52laming  ishlari  dikqatga  sazovordir. 
M.V.Fexneming asarida  Rossiyaning XVI asrda Sharq mamlakatlari 
bilan  savdo  aloqalari  bayon  etilsa-da,  unda  0 ‘rta  Osiyoga  tegishli 
qimmatli ma’lumotlar va to ‘g‘ri fikrlar bor. Jumladan, avtor Rossiya 
va  0 ‘rta  Osiyo  aloqalariga to ‘xtalib,  har ikki tomon  o‘zaro  savdo 
qilishdan barobar manfaatdor boMgan degan fikrga toMa qo‘shildiS3.
Shuningdek,  N .G .A pollovaning  XVIII  asrda  —  XIX  asr 
boshlarida Qozog‘istonning Rossiya bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalari 
haqidagi monografiyasini  ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir54. 
Asarda boy va hali foydalanilmagan arxiv hujjatlari va, shuningdek, 
adabiyot  m a’lumotlari  chuqur  o‘rganilgan,  qo‘yilgan  masalalar 
to ‘g‘ri yoritilgan.  Lekin asar kamchiliklardan xoli emas. Jumladan, 
asarda o‘zbek xonliklari savdogarlarining QozogMstonning  Rossiya 
bilan aloqasida tutgan katta vositachilik roliga ahamiyat berilmagan. 
Hatto,  avtor ayrim  manbalarga tanqidiy yondashmaslik  orqasida 
XIX  asr boshlarida  Rossiya  0 ‘rta  Osiyoga  nisbatan  Qozog‘ision
48 
A .V .Pankov,  К   istorii  torgovli  S redney  Azii  s  Rossiyey  v  X V I-X V II  vv., 
Sb.  «V .V .Bartoldu»;  Yego je.  К   istorii  torgovli  S redney Azii  s  Rossiyey  v  1675- 
1676,  «Izvestiya sredneaziatskogo geograficheskogo obshyestvo», T ashkent,  1929.
44  A .C huloshnikov,  T orgovlya  M oskovskogo  gosudarstva  s  Sredney  Aziyey v 
XV I-X V II  w .,  «M ateriali  po  istorii  U zbekskoy,  Tadjikskoy  i  T urkm enskoy 
SSR».  L„  1932.
5U  L .L .S e m en o v ,  К  isto rii  d ip lo m a tic h e sk ix   sn o sh en iy   m ejdu  R ossiyey  i 
B uxaroy  v  nachale  X IX   v.,  «IzvestiyaA N   U zbekistana»,  1951,  v ip .l.
51 AV.Pankov, o'sha joyda, 45-bet.
52  N .F io le to v ,  Buxarskoye  i  X ivinskoye  xanstva  i  otnosheniya  ix  s  Rossiyey 
(X V I—X IX   va.),  «Istoricheskiy ju rn al» ,  1941,  №   3.
53  M .V .F exner,  o 'sh a  jo y d a,  9-bet.
54  N .G .A poD ova,  E k o n o m ich esk iy e  i  p o liticheskiye  svyazi  K azaxstana  s 
Rossiyey  v  X V III  —  nachale  X IX   v.,  М .,  1960.

bilan savdo-sotiq qilishga manfaatdor bo‘lgan deb tasdiqlashgacha 
borib yetdi55.  Bunga Rossiyada qozoq chorva mollariga talabning 
kattaligi, o‘zbek gazlamalariga esa go‘yo ehtiyoj yo'qligi dalil qilib 
ko‘rsatildi56.
Rossiya —  0 ‘zbekiston  munosabatlariga oid ishlarning ko‘pida 
Sibir  orqali  olib  borilgan  aloqalar  aks  ettirilmagan.  Ularning 
ayrimlaridagina  0 ‘zbekistonning  Sibir  bilan  aloqasi  yarim  yoki 
bir betda umumiy tarzda gapirilib o ‘tilgan,  xolos.
Bu  masala  Sibir tarixiga  oid  asarlarda  yo‘l-yo‘lakay  uchraydi. 
Bu yerda  G.F.Millerning yirik asarini  ko‘rsatib o‘tish  lozim.
G.F.M iller o‘n yil davomida (1733—1743) butun Sibirni kezib, 
juda  boy va xilma-xil  arxiv hujjatlari to ‘plagan.  So‘ngra  u  Sankt- 
Peterburgga qaytib, o‘zining katta monografiyasini yozgan.  Bu asar 
1750  yilda  bosilib  chiqqan57.  Avtor  asarda  Sibirning,  ayniqsa, 
Kuchumxon vaqtadagi 0 ‘zbekiston bilan aloqasiga ko'proq e’tibor 
bergan.  Bu  asarni  yozishda  u  arxiv  hujjatlaridan  tashqari,  Abul- 
g‘ozining «Shajarai turk» nomli qo‘lyozmasidan ham foydalangan. 
Asarda Sibirga buxoroliklarning o‘rnashib qolishi va ularga berilgan 
imtiyozlar  to ‘g‘risida  arxiv  hujjatlaridan  alohida  nam unalar 
keltirilgan  va  fikr  yuritilgan.  Ammo,  shunga  qaramay,  asarda 
buxoroliklarning faoliyati juda qisqa va umumiy tarzda bayon etilgan.
G.F.Millerning qayta bosilgan asariga58  S.V.Baxrushin va boshqa 
sovet olimlarining kiritgan ilovalari uning qiymatini yanada oshirgan. 
Bu  ilovalarda  bizni  qiziqtirgan  masala  bo‘yicha  ayrim  qimmatli 
m a’lumotlar  mavjud.
0 ‘zbekistonning  Sibir  bilan  aloqasi  to ‘g‘risida  G.F.Millerning 
zamondoshi I.YE.Fisheming asarida ham ba’zi ma’lumotlar uchraydi59.
Sibirdagi buxoroliklar (bu yerda turg‘un bo‘lib qolgan  kishilar) 
to ‘g‘risida  qisqa  va  umumiy  m a’lumotlarni  N.M.Yadrinsev60,
55 0 ‘sha joyda,  330-bet.
56 O 'sh a joyda,  331-bet.
57  «O pisaniye  Sibirskogo  sarstva  i  vsex  proisshedshix  v  n em   del,  o t  n ac h ala  a 
osoblivo,  o t  pokoreniya  yego  Rossiyskoy  derjave  po  siye  vrem en a,  so c h in en o  
G erardorn  F riderixom   M illerom »,  S Pb.,  1750.
58  G .F .M ille r,  lstoriya  Sibiri.  М .,—L .,  to m   1,  1937,  to m   2,1941.
5S 
I.Y E .F isher.  Sibirskaya  istoriya  s  sam ogo  o tkritiya  Sibiri  d o   zavoyevaniya 
vsey  zem li  Rossiyskim  orujiyem ,  S Pb.,  1774.
60  N .M .Y adrinsev,  Sibir  как  koloniya,  S P b.,  1892.

P.SIovsev61  va  I.Zavalshin62  kabi avtorlarning asarlarida uchratish 
mumkin.  Bularda  buxoroliklarning  ko'proq  savdo  faoliyati  qayd 
qilingan.
G .N .Potanin, 0 ‘zbekistorining Sibir bilan aloqasini  XVII  asrda 
Sibirning  O'rta  Osiyo bilan  savdo  aloqasi  va buxoroliklar haqida 
ma’lumotlar mavjud63.
Kuchumxon  vaqtida  Sibirning  Buxoro  xonligi  bilan  bo'lgan 
aloqasiga  doir  ayrim  ma’lumotlarni  Hodi  Atlasiyning  asarida 
u c h ra tish   m u m kin.  T a ta r  tilid ag i  bu  asar,  aso san ,  rus 
adabiyotlaridagi  ma’lumotlarga tayanib yozilgan.
XIX  asr  ikkinchi  yarmida  buxoroliklarning  ahvoli  haqida 
S.K.Patkanovning  olib  borgan  tekshirishlari  muhim  ahamiyatga 
egadir64.  Avtor shaxsan  o‘zi  buxoro  volostlariga  borib,  aholiriing 
m adaniy-m aishiy  ahvoli,  uning  savdo-hunarm andchilik  va 
dehqonchilik  faoliyati  haqida  m a’lum otlar  to'plagan.  Bular 
buxoroliklarning  faoliyatini  o'rganishda  g'oyat  muhim  bo'lib, 
hanuzgacha o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q.  Shuni aytish lozimki, 
S.K.Patkanov buxoroliklar ahvolini maxsus bir tema sifatida emas, 
balki G'arbiy Sibirda yashovchi rus va boshqa xalqlarning iqtisodiy 
turmushini o'rganish jarayonida,  uni shu masalaning bir tarmog'i 
sifatida tekshirgan, xolos.
Bizni  qiziqtirgan  masala bo'yicha,  ayniqsa,  S.V.Baxrushinning 
maqolasi qimmatlidir65.  Maqola arxiv  materiallari va  «Materiali po 
istorii  Uzbekskoy,  Tadjikskoy  i  Turkmenskoy»  kitobida  e’lon 
qilingan arxiv ma’lumotlari asosida yozilgan.
S.V .B axrushinning  ilm iy  asarlarin i  tu zu v ch ilar  so'ziga 
qaraganda, bu maqola qo'lyozma holida  Rossiya Fanlar akademiyasi 
arxivining Moskvadagi bo'limidan topib66,  1959 yilda,  avtorning 
vafotidan  keyin  nashr  qilingan.
61  P.SIovsev,  Istoricheskoye  obozreniye  Sibiri,  kn.  1-2,  М .,  1838.  S Pb  ,  1844.
62  I.Z avalshin,  O pisaniye  Z apadnoy  Sibiri,  М .,  1867.
63 G .N .Potanin, О karavannoy torgovlis Djungarskoy Buxariyey v XVIII stoletiy 
«Chteniya  v  Moskovskom  obshyestva  istorii  i  drevnosti  Rossiyskix»,  М .,  1868.
64 «M ateriali diva izucheniya ekonom icheskogo bita gosudarstvennix krestyan  i 
inorodsev  Z apadnoy  Sibiri»,  S Pb.,  1888,  1889.
65  S.V .B axrushin,  Sibir  i  Srednyaya  Aziya  v  X V I-X VII  w .,  sm ;  «N auchniye 
irudi».  tom   IV,  М .,  1959, str.  195-214.
h6 O 'sha joyda,  3-bet.

Maqolada Kuchumxon vaqtida va keyingi davrlarda 0 ‘zbekiston- 
ning Sibir bilan savdo munosabatlari va Sibirdagi buxoroliklarning 
ahvoli to ‘g‘risida asosli fikrlar aytilgan.  Unda Sibir shaharlaridagi 
arxivlardan  mutlaqo  foydalanilmagan.  Shuningdek,  0 ‘zbekiston 
va Sibir o‘itasidagi savdoga oid Qadimiy hujjatlar Davlat markaziy 
arxivi (SGADA)dagi bir qator bojxona kitoblari va boshqa ko‘plab 
hujjatlardan  foydalanilmagan.  Lekin,  shunga  qaramay,  maqola 
0 ‘zbekiston bPan  Sibir o‘rtasidagi aloqani o'rganishga qo‘shilgan 
muhim  hissadir.
Demak, o‘zbek xonliklarining Sibir orqali  Rossiya bilan iqtisodiy 
va  elchilik  munosabatlari  maxsus  o'rganilm ay  yirik  asarlar 
yaratilmagan.
Shuni  aytish  kerakki,  0 ‘zbekiston juda  og‘ir sharoitlarda  ham 
Rossiya  bilan  samarali  aloqada  bo'lib  keldilar.  Buni  o‘rganish 
0 ‘zbekiston  tarixini  to 'ld irib   savdo  ahlinining  faoliyatini 
oydinlashtiradi.  Shuningdek,  u 0 ‘rta Osiyo xalqlarining rus,  tatar, 
boshqird va boshqa xalqlar bilan  iqtisodiy va madaniy aloqalarini, 
uning  shakllanishini  ko‘rsatish  imkonini  beradi.
Nihoyat,  ko‘rilayotgan  masalaning  o‘rganilishi  chor  hukuma­
tining 0 ‘rta Osiyoni bosib olish zaminlarini ko‘rsatib beradi. Chunki 
rus davlati  iqtisodiy va elchilik munosabatlarini kuchaytirish yo‘li 
bilan 0 ‘rta Osiyoda o‘z ta’sirini o‘tkazish va u yerga suqulib kirish 
siyosatini  qo‘lladi.  U  savdo  karvonlarini  qo‘riqlash.  0 ‘rta  Osiyo 
bilan  savdoni  kuchaytirish  va,  shuningdek,  chegara  xavfsizligini 
ta’minlash  bayrog‘i  ostida Orenburg,  Semipalatinsk,  Petropav­
lovsk,  Ust-Kamenogorsk va shunga o‘xshash ko'p qal’alarni qurib, 
0 ‘rta Osiyoning o‘troq rayonlariga tobora yaqinlashib bordi. Harbiy 
garnizonlari bo'lgan bu joylarda 0 ‘rta Osiyo savdosini rivojlantirishga 
qaratilgan  tadbirlar  amalga  oshirilishi  bilan  bir  qatorda,  o ‘zbek 
xonliklarining  iqtisodiy,  siyosiy va  harbiy ahvoli  o‘rganildi.
Xullas,  chor  hukumati  o‘zining  harbiy  harakatlarini  savdo  va 
elchilik  munosabatlari  bilan  bog‘liq  holda  amalga  oshirib,  asta- 
sekin 0 ‘rta Osiyo ichkarisiga kira boshladi. Shu ravishda 0 ‘rta Osiyoni 
uzil-kesil bosib olish uchun zamin hozirlab pirovardida mamlakat 
chor  qo‘sninlari  tomonidan  tamomila  bosib  olindi.  Bu  zamin 
Astraxan,  Sibir  va  Orenburg  orqali  ko‘p  yillik  aloqalar  tufavli

hozirlangan  edi.  Ushbu  asarda  0 ‘zbekistonning  Sibir  bilan 
aloqalarini,  uning  tarixiii  yoritish  vazifasi  qo‘yildi.
M azkur  ta d q iq o t  b o ‘yicha  M oskva,  S a n k t-P e te rb u rg , 
Toshkent,  Tyumen,  Tobolsk,  Tomsk,  Omsk,  Irbit,  Orenburg, 
O lm a o ta ,  P erm ,  U fa,  A strax an ,  S verdlovsk  va  Q ozon 
shaharlaridagi quyidagi arxivlarda ishlaga to ‘g‘ri keldi.
1.  Rossiya qadimiy hujjatlar Markaziy davlat  arxivi  (Moskva).
2.  Rossiya harbiy tarix markaziy davlat arxivi.  (Moskva).
3.  Rossiya Tashqi  Ishlar vazirligi  arxivi  (Moskva).
4.  Rossiya Markaziy davlat tarix arxivi  (Sankt-Peterburg).
5.  Rossiya Fanlar Akademiyasi  arxivi  (Sankt-Peterburg).
6.  Irbit davlat arxivi. (Sverdlovsk viloyatida)
7.  Perm viloyati davlat arxivi (Perm)
8.  Sverdlovsk viloyat davlat arxivi.
Щ
 Tyumen viloyati  davlat arxivi  (Tyumen)
10. Tobolsk davlat arxivi. (Tobolsk).
11. Tobolsk oMkashunoslik muzeyi qo‘lyozmalar bo'limi
(Tobolsk).
12.  Omsk viloyati davlati arxivi (Omsk).
13. Tomsk viloyati davlat arxivi (Tomsk).
14.  Tomsk davlat  universitetining kutubxonasi qo‘lyozmalar
bo‘limi  (Tomsk)
15.  Orenburg viloyat davlat arxivi.
lb.  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy davlat arxivi.
17.  Qozog‘iston  Respublikasi  Markaziy davlat arxivi.
Mavjud  arxiv  hujjatiarining  aksariyatidan  ilmiy  ishlarda
hanuzgacha foydalanilmagan.
Moskvadagi  Rossiya Qadimiy hujjatlar Davlat markaziy arxivida 
0 ‘zbekistonning  Rossiya  va  shu jumladan,  Sibir  bilan  aloqasiga 
doir  hujjatlar  ko'p.  Bularning  orasida  biz  uchun  «Snosheniya  s 
Buxaroy» degan fond XVII asrda o'zbek xonliklarining rus davlati 
bilan elchilik munosabatlari haqida qimmatli  ma’lumotlar beradi.
Bu fondda har ikki tomon elchilarining faoliyatlariga oid hujjatlar 
va yorliqlaming asli yoki nusxalari mavjud. 0 ‘zbek va rus elchilarining 
0 ‘rta Osiyoning ichki va tashqi ahvoliga oid bergan m a’lumotlari 
saqlangan  bo‘lib,  bu juda  qimmatlidir.  Ular o‘zbek  xonliklari  va

Rossiya  o'rtasidagi  elchilik  munosabatlarining  maqsadlari  va, 
umuman,  har  ikki  tomonning  iqtisodiy  va  siyosiy  aloqalarini 
yoritishda  muhim-manbadir.  XVII  asrda  o‘zbek  xonliklarining 
iqtisodiy, siyosiy va harbiy ahvolini o‘rganishda ham ahamiyatlidir. 
Bunday ma’lumotlarning mahalliy manbalarda yo‘qligi yuqoridagi 
fondning ahamiyatini oshiradi.  Shu fondning m a’lum qismi  1879 
yilda knazXilkovto‘plamida67  va  1932 yilda 0 ‘zbekiston, Tojikiston 
va  Turkmaniston  tarixiga  oid  kitobda68  nashr  etildi.  Bu  kitob 
mazmunan jihatidan uchta yirik mavzuni o‘z ichiga oladi:  1) XVI—
XVII asrlarda  Moskva davlatining 0 ‘zbekiston xalqlari bilan savdo 
aloqalari;  2)  0 ‘rta  Osiyoda  qul  savdosi  va  rus  asirlari;  3)  XVI—
XVII asrlarda 0 ‘rta Osiyoning xalqaro ahvoli.
Hujjatlarning hammasi rus tilida lekin xon yorliqlari, elchilarning 
xatlari,  arizalara va boshqa hujjatlar asl tekstlari bo‘yicha o‘zbek va 
fors tillarida nashr etilgan69. Ammo XVI—XVII  asrlardagi  o‘zbek 
xonliklarining rus davlati bilan elchilik aloqalariga doir o‘sha arxiv 
hujjatlari  hali  yirik  ilmiy  asarlar  uchun  foyda!anilmagan.  Bu 
ishimizda  shu  hujjatlarning  Sibirga  oid  asl  nusxalari  va  e’lon 
qilinganlaridan ham foydalandik.
«Sibirskiy prikaz» fondi ma’lumotlarga juda boy.  Bundagi hujjatlar 
Sibir  mahalliy  hokimiyati  bilan  markaziy  hokimiyat 
0
‘rtasidagi 
yozishmalar,  rasmiy farmonlar, bojxonalaming kitoblari va Sibirda 
yashovchi  xalqlarning,  jumladan,  buxorolik,  toshkentliklarning 
faoliyatlarini ko‘rsatuvchi ma’lumotlami o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, 
Tobolsk,  Tyumen,  Tara  va  Tomsk  shaharlarining  XVII  asrda 
tuzilgan bojxona kitoblari diqqatga sazovordir.  Bularda keltirilgan va 
olib  ketilgan  mollarning turlari,  miqdori  va  ularning  egalarining 
nomlari  batafsil  ro‘yxatga  olingan.  Ularda  mollarning  qayerdan 
keltirilganligi va ulardan olingan bojlarning miqdori qayd qilingan.
Odatda  bojxona  kitoblari  mahalliy  hokim iyat  tom onidan 
tayinlangan  maxsus kishilar,  shuningdek,  Sibirning ichki va tashqi 
savdosining bilimdoni buxorolik savdogarlardan binning qatnashuvida 
tuzilgan.  Bunday kishilarning nomlari o‘sha vaqtdagi tartibga binoan, 
har bir bojxona kitobining boshlanish  qismida  bayon etilardi.
67  «Sbornik knazya Xilkova»,  S Pb.,  1879.
68  M JU T T ,  str.  99-339.
64 0 ‘sha joyda,  418-450-betlar.
2 0

Bojxona kitoblari  Sibirning ichki va tashqi savdosini o‘rganishda 
yagona va nodir manba hisoblanib,  ular asosida 0 ‘zbekiston bilan 
Sibir o‘rtasidagi savdo aloqalarini ham yoritish mumkin.  Bu bilan 
bir qatorda, ularda buxoroliklarning Sibir bozorida tutgan mavqei 
to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar mavjud.
Ko‘rilayotgan  arxivning  «Kommers-kollegiya»,  «Sibirskaya 
gubernskaya  kanselariya»,  «Finansi»  va  «Reyestr  po  delam  tatar» 
kabi fondlarida savdoga, Kuchumxon vaqtida 0 ‘ita Osiyo bilan boigan 
aloqaga  doir  ma’lumotlar  mavjud.  Bularning  orasida,  ayniqsa, 
Abdullaxon bilan  Kuchumxon o'rtasidagi munosabatni ko‘rsatuvchi 
qisqa,  lekin qimmatli ma’lumotlaming ahamiyati  katta.
XV11I 
asr oxirlarida Toshkentning ahvolini va uning Sibir orqali 
rus  davlati  bilan  aloqasini  o ‘rganishda  Rossiya  tashqi  ishlar 
vazirligining arxivdagi hujjatlar juda qimmatlidir.
XV! II asr oxirlarida Toshkent iqtisodiy va siyosiy jihatdan ancha 
ko‘tarilib, bu yerda Yunusxo‘ja boshchiligida mustaqil  hokimiyat 
vujudga kelgan edi.  Bu davrda Toshkentning qo‘shni  mamlakatlar 
bilan savdosi jonlanadi. Ayniqsa,  uning Sibir liniyasi bilan savdosi 
kuchayib,  toshkentliklam ing  u  yerdagi  mavqei  oshib  bordi. 
Toshkentning  Orenburg  va  Troitsk  orqali  Rossiya  bilan  savdosi 
birmuncha o‘sdi. Shu aloqalar orqasida Toshkent hukmron doiralari 
Rossiya  bilan  savdo  aloqalarini  rasmiylashtirish  va  do‘stona 
munosabatlarni  o‘rnatish  uchun  XVIII  asrning  90-yillarida  o‘z 
elchilarini  Sibir liniyasi  orqali  Peterburgga yubordilar.
Rus  hukumati  Toshkent  bilan  aloqani  rasmiylashtirish  va  uni 
kuchaytirishni nazarda tutib, o‘zining javob elchilarini Toshkentga 
yubordi.  Shu  har  ikki  tomonning  elchilik  munosabatlariga  doir 
hujjatlar  «Tashkentskiye  dela»  nomi  bilan  yuqoridagi  arxivda 
saqlanmoqda.  Bu  hujjatlar Yunusxo‘janing  shaxsan  rus  podshosi 
nomiga  yozgan  xatining  asl  nusxasi,  elchilar  bilan  olib  borilgan 
muzokaralaming qarorlari va ularning faoliyatlarini o‘z ichiga oladi. 
Ularda rus podshosining Yunasxo‘jaga yuborgan xati va Toshkentga 
borgan  rus  elchilarining  faoliyatlari  hamda  ularning  to ‘plagan 
ma’lumotlari bor.  0 ‘sha arxivda Sibir mahalliy hokimiyati  hamda 
poytaxtdagi  davlat vakillarining Toshkent bilan aloqa  haqida  bir- 
birlariga yuborgan xatlari va ko'rsatmalari bor. Ko‘rsatiigan hujjatlar

21

Toshkentning Sibir bilan savdosini va karvon yo‘llarini aniqlashda 
katta  ahamiyatga  ega.  Ayniqsa,  rus  elchilari  (Telyatnikov  va 
Beznosikov,  Pospelovva Burnashevlar)ning to ‘plagan m a’lumot- 
lari qimmatli bo‘lib, ular hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. 
Bular Toshkentning o'sha vaqtlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
ahvolini  o‘rganishda muhim manbalar hisoblanmoqda.
Shuni aytib o‘tish lozimki, ko‘rilayotgan «Tashkentskiye dela», 
asosan,  1796—1797  yillardagi  Toshkent  va  rus  elchilarining 
faoliyatlarini o ‘z ichiga oladi.  1800 yilda Toshkentga kelib ketgan 
Pospelov va  Burnashev kabi rus elchilarining faoliyatlari haqidagi 
huijatlar Rossiya Davlat markaziy tarix arxivining Sankt-Peterburg 
boMimida  saqlanmoqda70.  Bu  elchilar  ma’lumotlarining  asosiy 
qismi  e’lon  qilingan71.
1794 yilda Toshkent hokimi Yunusxo‘janing iltimosiga muvofiq, 
Sibir mahalliy hokimiyati  rus hukumatining ko‘rsatmasiga ko‘ra, 
Pospelov  va  Burnashevlarni  elchi  sifatida  Toshkentga jo ‘natgan 
edi.  Ammo Toshkent  bilan  yomon  aloqada bo'lgan  Buxoro xoni 
rus  elchilarini  bu  yerga  o ‘tkazmagan.  N atijada  rus  elchilari 
Toshkentga bora olmay, orqaga qaytganlar.  Ular Buxoroda turgan 
paytlarida  xonlik  to ‘g‘risida  m a’lumotlar  to'plashga  muvaffaq 
bo‘lganlar.  Bular 1818 yildayoq matbuotda77-  e’lon qilinib,  ularning 
m a’lumotlari  Buxoro xonligi  ichki va tashqi ahvolini  o‘rganishda 
ahamiyati katta.  Bizning ishimiz uchun esa savdo va karvon yo‘llari 
haqidagi  m a’lumotlar  qimmatlidir.  Telyatnikov  va  Beznosikov- 
larning  Toshkentga  qilgan  safari  to ‘g‘risida  Omsk  oblast  Davlat 
arxividan  hujjatlar  topishga  muvaffaq  b o ‘ldik.  Lekin  bular 
«Tashkentskiye  dela»dagi  m a’lumotlarning  nusxasidir.  Aftidan, 
Omsk  mahalliy  hokimiyati,  Toshkentga  elchi  yuborish  o‘zining 
zimmasiga yuklatilganligi uchun, u yerga borib qaytgan rus elchilari 
faoliyatini o‘z ichiga oluvchi hujjatlarni ikki nusxada maxsus deloda
70  S entralniy  G osudarstvenviy  istoricheskiy  arxiv  Rossii  v  S an kt-P eterburge 
(SG IA ), f.  1374, d.  2306.
71 «Puteshestviye iz Sibirskoy linii do T ashkenta  i obratno v  1800 g.»,  (Vibrano 
iz  bum ag  g.g.  shixtm eystrov  B urnasheva  i  Pospelova),  Sibirskiy  vestnik»,  izd. 
S passkim ,  1814,  ch ast  4;  V .A .X anikov,  P rim e c h a n iy a   к   statye  «P oyezdka 
Pospelopa  i  B urnasheva  v  T ashkent»,  «Vestnik  R G O »,  chast  I,  SPb.,  1851.
72  «Puteshestviye  ot  Sibirskoy  linii  do  goroda  Buxari  v  1791  i  obratn o  v  1795
g.»  (V ibrano  iz  zapisok  B urnasheva),  «Sibirskiy  vestnik»,  1818,  chast  I.
->2

to‘plagan. Buning biri hisobot tariqasida poytaxtga jo'natilgan. Ammo 
«Tashkentskiye  dela»ning  Omskdagi  nusxasida  xon  yorlig'i  va 
elchining  xati  kabi  ayrim  hujjatlar  yo‘q.  Chunki  bularni  elchi 
Peterburgda hukumat vakillariga taqdim etgan.
Rus  elchilari  Telyatnikov,  Beznosikov  va  Pospelovlarning 
faoliyatlariga oid ma’lumotlar Moskvadagi Rossiya  Harbiy  Davlat 
markaziy tarix arxivida  (SGVIA  Rossiya) ham  mavjud.  Bu yerda 
B eznosikov  to m o n id a n   tu zilg an   x a rita ,  T ely atn ik o v   va 
Pospelovning  kundalik  daftarlari  bor.  Shuningdek,  arxivda  1830 
yilda  Q o 'qon  elchisini  T oshkentgacha  kuzatgan  xorunjiy 
Potaninning to'plagan  m a’lumotlari  saqlanmoqda.
Ko'rsatilgan  hujjatlarning  hammasi  «Voyenno-ucheniy  arxiv» 
fondiga  kiritilgan  bo'lib,  ular  0 ‘zbekiston  va  Sibir  o'rtasidagi 
aloqalami yoritishda muhimdir.  Ushbu asarda Sankt • Peterburgdagi 
Davlat markaziy tarix arxividagi boy hujjatlardan keng foydalanildi. 
Arxivning  «Perviy  Sibirskiy  komitet»  fondida  bizning  ishimizga 
oid bo'lgan m a’lumotlar ko'p.  Ular Sibir general-gubernatorining 
yillik hisobotlarini, buxorolik va toshkentliklaming ahvoli va Qo'qon 
xonligi to'g'risidagi ma’lumotlami tashkil etadi.  «Pravitelstvuyushiy 
senat»  fondi  savdo  va  elchilik  munosabatlari  (Burnashev  va 
Pospelovlar) haqida ko'p ma’lumotlar beradi.  O zbekiston va Sibir 
o'rtasidagi  savdo  aloqalarini  o'rganishda  «Kommers-kontora  i 
Moskovskoye komissarstvo» fondi boy ma’lumotlarga ega.  Bu soha- 
da «Uchrejdeniy pravitelstvuyushyego senata» fondi  qiziqarlidir.
Sibirda  turib  qolgan  buxorolik,  toshkentliklaming  ijtimoiy- 
iqtisodiy  ahvoli  va  buxoroliklar  volostlarini  o'rganishda  «Delo 
proizvodstvo  zemskogo  otdela»  fondidagi  hujjatlar  ahamiyatli 
bo'lib,  ular  rasmiy  ko'rsatmalardan,  ariza  va  shikoyatlardan, 
mahalliy  va  markaziy  hukumat  vakillarining  yozishmalaridan 
iboratdir.  Arxivning  «Sovet  pri  visochayshem  dvore»,  «Ukazi  i 
poveleniya Verxovnoy vlasti»,  «Vtoroy  Sibirskiy komitet» singa 
fondlaridan  ham  qimmatli  ma’lumotlar olindi.  Bu  hujjatlar XIX 
asrga oiddir.
Sankt-Peterburgdagi  Rossiya  Fanlar  akademiyasi  arxivida 
saqlanadigan  G .F .M illerning  shaxsiy  fondi  (№  21)  nodir 
hujjatlarni  olgan.  G.F.M iller  bularni  o'n  yil  davomida  Sibirda
23

mahalliy arxivlardan ko‘chirtirib olgan.  Shu arxiv hujjatlari orasida 
Sibirda  turg‘un  bo‘lib  qolgan  buxoroliklar haqida juda  qimmatli 
m a’lumotlar bor.  Bular buxoroliklarning savdo faoliyati va ularga 
berilgan imtiyozlarni o‘rganishda muhim  manba hisoblanadi.
Bizning  ishimiz  bo‘yicha  Sibir arxivlaridagi  hujjatlar xilma-xil 
va sermazmundir.  0 ‘zbekiston bilan Sibir aloqasiga doir hujjatlar 
Sibir  arxivlarining  hammasida  bor.  Afsuski,  ulardan  hech  ilmiy 
ishlarda  foydalanilmayotir.  Sibirning  eng  keksa  arxivlaridan  biri 
Tyumen  viloyat  arxivi  hisoblanadi.  Bu  arxivning  «Tyumen 
voyevodskaya kanselariya» fondi bilan tanishib chiqildi.  U  1604— 
1782  yillardagi  hujjatlarni  o ‘z  ichiga  olib,  savdo-sotiq  va 
buxoroliklar to ‘g‘risida  qimmatli  ma’lumotlar beradi.  Biz  uchun 
arxivning,  ayniqsa,  «Tyumenskaya tamojnya»  fondi  (1673—1811 
yillar)  ahamiyatli  bo‘lib,  ular  buxoroliklarning  savdo  faoliyatini 
yoritishda muhim manbadir. Tyumenda yashovchi buxoroliklarning 
mahalliy hokimiyat organi — buxoro volostlari faoliyatini yoritishda 
«Buxarskiy volispolkom» fondi diqqatga sazovordir.  Xuddi shunga 
o‘xshash  fond  Tobolsk  oblast  arxivida  ham  bo‘lib,  shu  yerda 
yashovchi buxoro volosti haqida qimmatli  m a’lumotlar beradi.
Tobolsk  viloyat  arxivi  fondlaridagi  mahalliy  va  gubernya 
hokimiyatlariga oid hujjatlar buxoroliklarning Sibirda turg‘un bo‘lib 
qolish  sab ab larin i  va  u larn in g   d e h q o n c h ilik   fao liy atin i 
oydinlashtirishga  katta  yordam  beradi.  Shu  hujjatlar  orasida 
buxoroliklarga tegishli ekin maydonlarining planlari bor.
Sibir  arxivlan  ichida  Omsk  viloyat  arxivi  0 ‘zbekiston  bilan 
bo‘lgan aloqa haqida hujjatlarga boydir.  Ma’lumki, Omsk G ‘arbiy 
Sibirning ma’muriy markazi bo‘igan.  Bu yerga Sibir liniyasi bojxona 
va harbiy boshliqlari 0 ‘zbekiston bilan savdo, elchilik munosabatlari 
to ‘g‘risida  o ‘z  raportlari  va  to ‘plagan  m a’lumotlarini  yuborib 
turardilar.  Bundan  tashqari,  Qo‘qon  xonligining  Rossiya  bilan 
elchilik  munosabatlari  Omsk  orqali  amalga  oshirilardi.  Shuning 
uchun  Omsk  arxivida  boy  hujjatlar  to ‘planib,  bular  «Glavnoye 
upravleniye Zapadnoy Sibiri» fondida saqlanmoqda.  Bu fondda XIX 
asrning 60-yillarigacha boMgan vaqt ichida 0 ‘zbekistonning Sibir 
liniyasi bilan savdo aloqalari va elchilik munosabatlariga oid bebaho 
m a’lumotlar bor.

Irbit davlat  arxiviga kelganda,  shuni aytish lozimki,  o‘t tushish 
natijasida  undagi  ko‘p  hujjatlar  yonib  ketgan.  Shuning  uchun
XVII—XVIII  asrlarda  va  XIX  asrning  60-yillarigacha  Irbit 
yarmarkasida  olib  borilgan  savdo-sotiq  to ‘g‘risida  hech  qanday 
ma’lumotlar  qolmagan.  Bu  juda  achinarii  holdir.  Chunki  Irbit 
yarmarkasi  Rossiyadagi  qadimiy  va  mashhur  yarmarkalardan 
hisoblanib,  unda o‘zbek savdogarlari uzoq  vaqtlar davomida faol 
qatnashganlar. O'zbek mollari Irbit yarmarkasi orqali butun Sibirga 
va,  hatto,  Rossiyaning ichki tomonlarigacha  tarqalardi.
Arxivning «Irbitskiy yarmarochniy komitet» fondida  1870—1916 
yillarga  oid  m a’lumotlar  saqlangan.  Bular  komitetning  har  yili 
tashkil etiladigan yarmarka to ‘g‘risidagi hisobotlari,  mulohazalari 
va tashkiliy ishlarini bayon etuvchi  hujjatlardir.  Ular orasida  Irbit 
yarmarkasiga 0 ‘zbekistondan keltirilgan  mol turlari va miqdorini 
ko‘rsatuvchi  ma’lumotlar  bizning  ishimiz  uchun  muhimdir.
XVIII  asr  oxiri  -  XIX  asr  birinchi  yarmida  0 ‘zbekistonning 
Sibir bilan  aloqasiga  doir ko‘p  hujjatlar Olmaotada,  Qozog‘iston 
Davlat markaziy tarix arxivida saqlanmoqda.  Bu hujjatlar markaziy 
hokimiyat  vakillarining  farmon  va  ko‘rsatmalaridan,  mahalliy 
ma’muriyatning tegishli davlat organlariga yuborgan raportlari va 
hisobotlaridan, savdo-sotiq, o‘zbek xonliklari ichki va tashqi ahvoli 
to‘g‘risida yig‘ilgan xabarlardan va boshqa masalalarga doir xilrna- 
xil ma’lumotlardan tashkil topgan.Ular  «Semipalatinskbojxonasi», 
«Petropavlovsk bojxonasi», «Ust-Kamenogorsk bojxona zastavasi» 
va «Omsk viloyat boshqarmasi» kabi fondlarga kiradi.  Ushbu fondlar 
Sibir liniyasining tashkil  topishini,  u yer orqali  0 ‘zbekiston bilan 
savdo  va  elchilik  munosabatlarining  o'rnatilish  va  kuchayish 
jarayonini aniqlash imkonini beradi hamda u yerda turg‘un bo‘lib 
qolgan  0 ‘zbekiston,  xususan,  Toshkent  savdogarlarining  ichki 
va tashqi  savdodagi  muhim  o‘rni  ko'rsatilgan.  Ular Sibir  liniyasi 
bilan aloqada Toshkentning salmoqli o‘rin egallaganligini va buning 
shaharning o‘sishiga  katta ta ’sir ko'rsatganligini  isbotlaydi.
Xullas,  aytib  o ‘tilgan  fondlardagi  hujjatlar  shu  darajada 
muhimki,  ularsiz  0 ‘zbekistonning  Sibir  bilan  aloqasini  tasaw ur 
etish  mumkin  emas.
XIX  asr  ikkinchi  yarmiga  doir  ma’lumotlar  Sibir  arxivlarida

deyarli  uchramaydi.  Chunki  0 ‘rta  Osiyo  bosib olingandan  keyin 
Sibir liniyasi  va  bojxonalari tugatilib,  endilikda  0 ‘zbekiston  bilan 
savdo, asosan,  Toshkent orqali olib boriladigan boMdi.  Bu vaqtdagi 
savdoni  ko‘rsatuvchi  m a’lumotlar  0 ‘zbekiston  Davlat  markaziy 
tarix arxivining «Turkiston general-gubernatorining kanselariyasi» 
nomli  fondida  bo‘lib,  Toshkentdan  Sibirga  olib  ketilgan  mol 
turlarini va miqdorini ko‘rsatadi.
Asarni yozishda Tomsk, Orenburg, Qozon,  Ufa, Perm, Sverdlovsk 
va  Astraxan  arxivlaridagi  0 ‘zbekiston  bilan  aloqaga  doir  hujjatlar 
ham o‘iganildi. Sibirda islom dini tarqalishida 0 ‘zbekistonning tutgan 
o‘mi  va ta'sirini  ko‘rsatadigan  ma’lumotlar Tobolsk o‘lkashunoslik 
muzeyida saqlanayotgan qo'lyozmada o‘z aksini topgan.  Bu qo‘lyozma 
Sibirdagi  buxoroliklar  —  Sa’di  Vaqqosi  ibn  Rajah  va  Kashshof ibn 
Abu  Said  tomonidan  yozilgan  bo‘lib,  unda  islom  dinini  tarqatish 
uchun  Bahovuddin Naqshbandiy muridlarining G ‘arbiy Sibiiga qilgan 
yurishi haqida hikoya qilinadi73.  Bu asar o‘z vaqtida rus tiliga taijima 
qilinib, e’lon etilgan74. Sibirdagi buxoroliklar jamoasi to‘g‘risida Yevropa 
sayohatchilarining  qisqa,  biroq  qimmatli  ma’lumotlari  diqqatga 
sazovor boMib,  ular rus tiliga taijima qilingan75.
Shuningdek,  G.Georgning  XVIII  asrning  oxirgi  choragida  rus 
davlatidagi  xalqlar  etnografiyasiga  oid  boMgan  nodir  asarida 
Sibirdagi buxoroliklar haqida bebaho rna’lumotlar mavjud76.  Bular 
ulaming turmush tarzi va faoliyatini yoritishda katta ahamiyat kasb 
etadi.  Unda buxorolikning surati ham boMib qiziqish bilan qaraladi. 
Shunday qilib asaming manbalari nihoyatda xilma-xil va boy boMib 
ulaming  deyarlikbarchasi ilk bor. Ilmiy izlanishgajalb etildi. Endilikda 
Tarix  fanida  0 ‘zbekistonning  tashqi  aloqalarini  va  xorijdagi 
vatandoshlarimizning tarixini tadqiqot etishda yangi sahifalar ochildi 
deyilsa aslo mubolag‘a boMmaydi.
71 
S a’di  V aqqosi  ibn  R ajab,  K ash sh o f  ibn  A bu  Said,  Shayx  B ahovuddin
shavxlarining G 'a rb iy  Sibirdagi  diniy jasoratlari,  Tobolsk o ‘lkashunoslik m uzeyida
sa qlanm oqda.
74  N .F . K atanov,  О  religioznix  voynax  uchenikov  sheyxa  Baxavuddina  protiv 
inorodsev  Z ap ad n o y   Sibirii,  «Y ejegodnikT obolsk.gub,  m uzeya»,  vip.X IV .
74  M .P.Alekseyev,  Sibir v  izvestiyax  zapadnoyevropeyskix  puteshestvennikov 
i  pisateley,  Irkutsk,  1941.
7,1 
logann G otlib G eorg, O pisaniye vsex obitayushix v  Rossiyskom  gosudarstve 
narodov,  ix  jiteyskix  obryadov,  obiknoveniy,  odejd,  jilisti,  uprajneniy,  zabav, 
veroispovedeniy  i  drugix  dostapam yatnostey,  SPb.,  1799.
26



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling