Tarix va falsafa
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed
Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’ analarning qayta tiklanishi. Dunyoda, xalqni hyech
shubhasiz, uning ma’ naviyati, madaniyatidek tanituvchi, ibrat etuvchi va asrab qoluvchi omil bo`lmasa kerak. Bugun biz iftixor tuyadigan ma’ naviyatimiz daholari — ajdodlarimiz sharofati ila boy o`tmish an’ analarimizdan, tarix sinovlariga dosh berib, bizgacha yetib kelgan urf-odat va qadriyatlarimizdan har qancha faxrlansak, oz. Istiqlol sharofati bilan qo`lga kiritilgan erkinlik xalqimizga boshqa ne’ matlar qatori o`tmish an’ analarimiz, milliy qadriyatlarimizni ham qaytarib berdi, shu bilan birga, tarixiy, milliy va axloqiy qadriyat hamda an’ analarning, muqaddas dinimizning jamiyatni ma’ naviy yuksalishidagi o`rni va ahamiyati qayta tiklandi. Quvonarlisi shundaki, ayni vaqtda butunjahon uchun global muammoga aylanib ulgurgan ma’ naviy qoloqlik, milliylikni unutish va bu orqali o`zlikni unutish kabi illatlar uch ming yillik urf-odatlarini e’ zozlagan bizning xalqimiz uchun yotdir. Istiqlolning ilk yillaridanoq O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov “ Yangisini yaratmay turib, eskisini buzmaslik” tamoyilini ilgari surdi. Shuning natijasi o`laroq, O`zbekistonning ma’ naviy-ma’ rifiy yangilash va rivojlantirishning o`z yo`li belgilanib, to`rt asosiy negizi ko`rsatib o`tilgan edi: - umuminsoniy qadriyatlargi sodiqlik; -xalqimizning ma’ naviy me’ rosini mustahkamlash va rivojlantirish; - insonning o`z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; -vatanparvarlik. Xalqimiz siyosiy mustaqillik va ozodlikni qo`lga kiritgach, o`z taqdirining chinakam egasi, o`z tarixining ijodkori, o`ziga xos milliy madaniyatining sohibiga aylandi. Mustaqillikka erishilganidan so`ng O`zbekiston rahbariyati, eng avvalo, xalqimizning ehtiyoji, orzu-istaklakrini hisobga olib, azaliy bayramlarni tiklashga va yangi istiqlol bayramlarini shakllantirishga katta e’ tibor bera boshladi. Milliy o`zligimizning ajralmas qismi hisoblangan Navro`z bayrami sho`rolar davrida ta’ qiqqa uchragan edi. 1990 yillar boshlarida Navro`z qayta tiklandi va umumxalq bayrami sifatida keng nishonlana boshladi. Navro`z bayramida juda ko`pgina milliy o`yinlarimiz bo`y ko`rsatadi. Bu shodiyona «Kurash», «Ko`pkari», «Arqon tortish», «Chillak», «Xo`roz urishtirish», «Oq terakmi, ko`k terak», «Beshtosh», «Tez aytish», «Kim oladi-yo, shuginani-yo?», «Varrak uchirish» kabi quvnoq o`yinlarning bardavomligini ta’ minlaydi. Shu tufayli BMT Bosh assambleyasi 21 mart sanasini Xalqaro Navro`z kuni deb belgiladi va barcha mamlakatlarni ushbu qadimiy bayramni butun dunyoda ommalashtirishga chorladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilgi Navro`z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g’ risidagi 2018 yil 23 fevraldagi qaroriga muvofiq Navro`z bayrami yurtimizda o`zgacha shukuh, ko`tarinki kayfiyat, milliy bayramimizdan faxr va iftixor tuyg’ ulariga to`la bo`lib o`tdi. Ma’ naviy merosning tiklanishi uning bir bo`lagi bo`lgan diniy qadriyatlarga ham e’ tibor kuchaytirildi. 1992 yil Prezident farmoni bilan ramazon va qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami deb e’ lon qilindi. «Movarounnahr» diniy boshqarmasining ham faoliyati respublikamiz hayotida o`z o`rnini egalladi. Yurtimiz hali ittifoq tarkibida bo`lgan, Kremlning hukmronligi hali kuchini yo`qotmagan bir paytda 1990-yil iyun oyida Respublika Prezidenti Islom Karimov "Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga Haj qilishi to`g’ risida"gi farmonga imzo chekdi. O`zbekiston hukumatining har tomonlama qo`llab-quvvatlashi bilan 1991-yilda Haj qilish baxtiga 350 kishi sazovar bo`lgan bo`lsa, 2001-yili hojilarning soni 3801 kishiga yetdi. Shuningdek, istiqlolni sharaflaydigan bayramlar “ Mustaqillik kuni” va “ Konstitusiya kuni” joriy etildi. O`z navbatida, davlatimiz rahbariyati sovetlar davrida paydo bo`lgan barcha bayramlarni 80 ta’ qiqlamadi. Ular orasida umuminsoniy g’ oya va qadriyatlarni targ’ ib qiluvchi “ Yangi yil bayrami” , “ Xotin-qizlar bayrami” kabilar saqlab qolindi. Davlat tili haqidagi qonun chiqqan kun – 21 oktyabr tabiiy ravishda “ Til bayrami” ga aylandi. Tilimizga Davlat tili maqomining amalda qaytarilishi, o`zbek tilida rasmiy idoraviy ish yuritish, boy adabiy-tarixiy merosimizni o`qib o`rganish, milliy qadriyatlarni tiklash va izchil davom ettirish imkoniyatini berdi. 2.Tarixiy merosning tiklanishi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling