Tarix va falsafa
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed
boshqaruvi shakliga o`tishi respublika suvereniteti va davlatchiligida mohiyatan yangi bosqich ekanligi
ta’ kidlandi. 1990-yil 24-mart kuni O`zbekiston SSR Oliy Sovetining XII chaqiriq 1-sessiyasi SSSR doirasida birinchi bo`lgan siyosiy hujjatni – «O`zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi ta’ sis etish to`g’ risida»gi qarorni qabul qildi va O`zbekiston Kompartiyasi MK birinchi kotibi Islom Abdug’ aniyevich Karimov O`zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. Shu tariqa, O`zbekiston SSSR respublikalari ichida birinchi bo`lib o`zining milliy huquqiy va demokratik davlatiga mustahkam zamin yaratdi. Mustaqillik deklartsiyasi. O`zbekistonning mustaqillikka erishishida qo`yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri bu-1990-yil 20-iyunda respublika Oliy Soveti tomonidan «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ning qabul qilinishi edi. Deklaratsiyada har bir millatning o`z taqdirini o`zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O`zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’ lon qilindi 2 . Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo`lib, mazkur hujjat O`zbekiston qonunlarining Ittifoq qonunlaridan ustuvorligini ta’ minladi. Shu bilan birga, «Mustaqillik Deklaratsiyasi» O`zbekistonning 1991 yil 31 avgustga qadar mavjud bo`lgan boshqaruv, huquqiy faoliyatini ta’ minladi, barcha sohada mustaqil siyosat olib borish imkonini berdi. Deklaratsiyada har bir millatning o`z taqdirini o`zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O`zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’ lon qilindi. Deklaratsiyaning qabul qilinishi bilan O`zbekistonda respublikaning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshlandi. Respublikada «Ish bilan ta’ minlash» dasturi ishlab chiqildi. Ana shu dasturga binoan 1990-yilda 300 ming kishi, asosan yoshlar ish bilan ta’ minlandi. Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy jihatdan himoyalash uchun 1990-yilda byudjetdan va korxonalr hisobidan 142 mln. so`m qo`shimcha mablag’ ajratildi. 1991-yilga kelib O`zbekistonda respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlarini tayyorlash va qa bul qilish borasida dadil ishlar qilina boshlandi. 1991-yil 15-fevralda O`zbekiston Oliy Kengashi «O`zbekistonning davlat ramzlari to`g’ risida» maxsus qaror qabul qildi. O`zbekistonning o`z suvereniteti uchun kurashi, avvalo, respublikada qabul qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq Ittifoq qonunlaridan tubdan farq qilishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek Ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaati ifoda etilganligi bilan ajralib tura boshladi. Xususan, 1991 yilning 22 iyulida O`zbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining «O`zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo`ysunuvchi davlat korxonalari, 2 O`zbekistonning yangi tarixi. 2-kitob.O`zbekiston Sovet mustamlakachiligi davrida.-Т., “Sharq”, 2000. 669-bet. 17 muassasalari va tashkilotlarini O`zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o`tkazish» to`g’ risida qabul qilgan qarori ham O`zbekiston SSR Prezidenti I.A. Karimov, O`zbekiston SSR Oliy Kengashi va hukumati O`zbekistonning siyosiy-iqtisodiy mustaqilligi, uning milliy suvereniteti uchun dadil qadamlar tashlaganligining isbotidir. Sovet imperiyasining tanazzulga yuz tutishi. 1991 yilning aprel oyiga kelib, Markaz o`zining ta’ sir doirasini saqlab qolish maqsadida mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intildi. 1991 yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S. Gorbachevning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo`ldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling