Tarix va falsafa


Imperator Pindi boshqaruvi xronikasi (168-169 yillar)


Download 166.5 Kb.
bet7/10
Sana30.04.2023
Hajmi166.5 Kb.
#1409171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
XITOY SIVILIZATSIYASINING VUJUDGA KELISHI VA ILK DEHQONCHILIK MADANIYATLAR

Imperator Pindi boshqaruvi xronikasi (168-169 yillar)
…Chjunpinning boshqaruvini birinchi yilida (184-yil) ikkinchi oyda Chjan Szyao, Szyuyli (Xubey provinsiyasidagi u`yezd) da tug‘ilgan, o‘zini “ Sariq osmon” deb atadi. Unga uch yuz oltmish ming kishidan iborat qo‘shin bo‘ysundi. Ularni hammasi sariq peshonabog‘ o‘rab bir kunda qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Ularnin chaqirig‘iga javoban An`pin (Xubey provinsiyasidagi u`yezd) va Gan`lin (Xubeayni janubidagi uyezd) da aholi o‘z knyazlarini ushlab oldi. Uchinchi oyda lashkarboshi Xe Szin Xenan provinsiyasi hokimini bosh qo‘mondon etib tayinladi. Shahar minoralari yonida qo‘shin to‘plandi. Sakkiz muhim zastavalarga komendantlar belgilandi. Qamoqqa olingan olimlarga katta amnistiya e`lon qilindi, surgun qilinganlarni barchasi qaytarildi. Faqat Chjan Szyao amnistiya olmadi. Barcha zodagon va a`yonlarga otlar va o‘q otuvchi qurollarni quyish, komandir va amaldorlarni jang taktikasini biladigan o‘g‘illarini ko‘tarish va askar oladigan amaldorlarga yuborish farmoni e`lon qilindi. Lashkarboshi Lu Chji Chjan Szyaoga qarshi yurishga yuborildi. Lashkarboshilar Xuanfu Sun va Chju Szyuin In`chuan (Xenan provinsiyasi) viloyatiga “Sariq peshonabog‘lilar” ga qarshi yurishga jo‘nadilar. (184 – yil boshida qo‘zg‘olonchilar muvaffaqiyatli harakat qildilar. Ular viloyat hokimlarini o‘ldirdilar,lashkarboshi Chju Szyunni tor- mor qildilar. Keyinchalik qo‘zg‘olonchilar yengila boshladilar. Chjan Szyao qo‘zg‘olon boshlanganiga yarim yil o‘tgach vafot qildi. Uning aka- ukalari 184- yil oxirida halok bo‘ldilar).
… Xuanfu Sunga Chjan Syoga qarshi piyoda borish farmoni berildi. Qishda, o‘ninchi oyda Xuanfu Sun “Sariq peshonabog‘lilar” bilan Guanszunda urushdi. Chjan Szyaoni kichik ukasi Chjan Lyanni qo‘lga oldi. Kasallikdan vafot qilgan Chjan Szyaoni boshini kesdilar. Xuanfu Sunni suvoriylarning katta lashkarboshisi unvoniga ko‘tardilar. O‘n birinchi oyda Xuanfu Sun yana “Sariq peshonabog‘lilar”ni Syatsyuyyan (Xubey provinsiyasi)da tor-mor qildi. Chjan Szyaoni kichik ukasi Chjan Baoni qatl qildi. O‘lja yuz ming boshdan ko‘proqni tashkil qildi. Xuan Fu ulardan shaharni janubida minora qurdi. Chju Szyun Van (Xubey provinsiyasi) shahrini bosib oldi va “Sariq peshonabog‘lilar”ni yana bir qo‘mondoni Sun Syani boshini kesdi. Chjunxin (185-yil) ni bovhqaruvini ikkinchi yilida ikkinchi oyda “Sariq peshonabog‘lilar”dan qolgan qaroqchi Go Da boshqalar bilan birga Sixe (Shansi provinsiyasi)da “Oq to‘lqinlar” vodiysida ko‘tarildi.

Download 166.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling