Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi
Ma’muriy boshqaruv. Mansab va unvonlar
Download 368.53 Kb.
|
ma\'ruza davlatchilik (2)
Ma’muriy boshqaruv. Mansab va unvonlar.XIV asrning boshlarida Movarounnahrning Muhammad Shayboniyxon tomonidan bosib olinishi bu hududlarning xon urug‘i vakillari bo‘lgan o‘zbek sultonlari tomonidan bo‘lib olinishiga sabab bo‘ldi. Ayrim hollarda Shayboniyxon ba’zi qabila boshliqlariga ma’lum mulklarni ham bergan. XVI asrning 60-yilllaridan boshlab Buxoro shayboniylar davlatining ma’muriy-siyosiy markazi sifatida e’tirof etilgannidan so‘ng qonun kuchiga ega bo‘lgan barcha hujjatlar Buxorodan chiqarilgan. Davlatdagi murakkab boshqaruv apparatini tashkil etgan ko‘p sonli amaldorlar guruhi ham aynan Buxoroda markazlashgan.
Ma’muriy jihatdan Buxoro xonligi viloyatlar va tumanlarga bo‘lingan. Mirza Devonning ma’lumot berishicha, Buxoro xonligi boshqaruvida o‘ziga xos an’ana va qonunlar o‘rnatilgan bo‘lib, joylardagi yuqori mansabga ega bo‘lgan zodagonlar davlat boshlig‘i tomonidan hokimlikka ko‘tarilgan. Yirik hududlarda tashkil topgan shayboniylar davlatixontomonidan boshqarilgan. Xonlikning siyosiy tizimida o‘zbek davlatchiligining somoniylardan temuriylargacha bo‘lgan davrida qaror topgan davlat boshqaruvi qonun-qoidalari hamda xususiyatlari bilan birgalikda ko‘chmanchilarga xos an’analar ham mavjud bo‘lgan. Xon-cheklanmagan hokimiyatga ega bo‘lib, u o‘z atrofida viloyat, tuman hokikimlari hamda nufuzli qabila boshliqlarini birlashtirganidan so‘ng mustaqil siyosat olib borgan. Ammo, ayrim viloyat hokimlari mavqei kuchayib markaziy hokimiyatga bo‘ysunmay qo‘ygan holatlar ham bo‘lib turgan. Bunday holat ayniqsa Abdullaxon II davrida kuchayib bo‘lib, u buysunmas hokimlarning barchasini zo‘rlik bilan bo‘ysundirgan edi. Shayboniylar davlati boshqaruvida islomiy odat va shariat qonun-qoidalariga qattiq rioya qilingan. Davlatdagi oliy hukmdorlik otadan bolaga emas, balki suloladan eng ulug‘ yoshli shaxsga o‘tish tartibi dastlabki shayboniylar davrida saqlanib qolgan bo‘lsada, XVI asrning 40-yillaridan boshlab vorisiylikda otadan bolaga o‘tish an’anasi kuchayadi hamda Abdullaxon II davrida aniq bir shaklga tushadi. Ammo, bu holat uzoq davom etmadi. Davlat boshqaruvida xon saroyidagi oliy darajali amaldorlardan tashkil topganmarkaziy boshqaruv hamda viloyatlar va tumanlar qo‘lida mahalliy boshqaruv asosiy o‘rinda turar edi. Tabiiyki, xon ular yordamida hamda bevosita ishtirokida davlatdagi ma’muriy boshqaruvni amalga oshirgan. Ilgarigi sulolalar davrida bo‘lgani kabi shayboniylar davrida ham eng oliy davlat idorasi-dargohhisoblangan. Dargoh tepasida xon turgan bo‘lib, bu idora saroy devonida jamlangan hamda davlatning ichki va tashqi hayotiga oid barcha masalalarni hal qilgan. Chunonchi, davlatning oliy darajali amaldorlari a’zo hamda odatdabosh vazir tomonidan boshqariladigan bu mahkama davlatning siyosiy, moliyaviy, harbiy, tashkiliy va boshqa masalalarini ko‘rib chiqar edi. Bu yerda qabul qilingan qarorlar xonning tasdig‘i bilan kuchga kirib, hayotga tadbiq etilgan. Ta’kidlash joizki, ko‘plab ko‘kaldosh, otaliq, naqib, vaziri a’zam, vazir, devonbegi kabi oliy darajali saroy amaldorlari, nuyon, tug‘begi, kutvol, dorug‘a, qurchiboshi kabi harbiy amaldorlar, jo‘ybor shayxlari, sadrlar, shayxulislom kabi diniy ulomolarning fikrlari va manfaatlari ham qarorlar qabul qilinishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shayboniylar davlat boshqaruvidagi muhim vazifalardan biri naqibhisoblangan. Naqiblik mansabi xon huzurida juda katta vakolatlarga ega bo‘lib, naqib xonning eng yaqin va ishonchli kishilaridan hisoblangan. Manbalarga ko‘ra, rasmiy qabul marosimlarida naqibning oliy hukmdordan chap tomonda birinchi bo‘lib joy olishi naqibning dargohdagi yuksak martabasidan dalolat beradi. Shuningdek, xon tomonidan chiqarilgan farmon va yorliqlarda ham naqibning nomi birinchi bo‘lib zikr etilgan. Naqibga davlatning ichki va tashqi siyosati hamda harbiy masalalarda oliy hukmdorning birinchi maslahatchisi sifatida qaralgan Ayrim hollarda harbiy muzokaralar uchun ham xon raqiblar tomonga o‘z naqibini jo‘natgan. Harbiy yurishlarni uyushtirish, urushlarni davom ettirish yoki to‘xtatish, raqib tomonning harbiy-strategik tomonlarini o‘rganish kabi vazifalar ham naqibga yuklatilgan hamda xon uning maslahatlari bilan qaror qabul qilgan. Manbalarga ko‘ra, naqiblarga o‘ta ma’suliyatli bo‘lgan elchilik vazifalari ham yuklatilgan. Shayboniy hukmdorlari naqiblik lavozimiga asosan payg‘ambar avlodlari hisoblangan sayidlar xonadoniga mansub shaxslarni tayinlaganlar. Shayboniylar davlatidagi muhim mansablardan yana biriotaliqdir.Bu mansabga tayinlangan shaxs, avvalo, voyaga yetmagan shahzodaning tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan. Mazkur lavozim egasi shahzodaga otaliq qilib, otasining o‘rnini bosadigan darajada tarbiya bergan. Otaliqlar shahzodalarga mulk qilib berilgan viloyatlardagi xon hokimiyati siyosatini belgilash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega bo‘lganlar. Xonlar voyaga yetmagan shahzodalarga viloyatlarni mulk sifati taqsimlab berganda ularni doimiy nazorat qilish uchun o‘zining ishonchli kishilarini otaliq qilib tayinlagan. Bunday hollarda shahzodalar voyaga yetguniga qadar ma’lum viloyatlardagi boshqaruv ishlari otaliqlar qo‘lida bo‘lgan. Otaliqlar amalda butun bir viloyat taqdirini, uning markaziy hokimiyat bilan munosabatlarini hal qilganlar. Davlat ishlarida ko‘kaldosh(aynan ma’nosi-bir onadan sut emgan) mansabi ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ko‘kaldoshlar davlat bilan do‘stona va dushmanlik munosabatida bo‘lganlar haqida ma’lumotlar to‘plagan. Shuning uchun ham ko‘kaldosh dargohning eng ishonchli kishilaridan hisoblanib, bu amaldagi kishilarning vazifasi mamlakatda oliy hukmdor olib borayotgan siyosat daxlsizligi, unga fuqaroning munosabatlarini o‘rganishdan iborat bo‘lgan. Ko‘kaldoshlar yuqori mavqega ega bo‘lib, badavlat kishilar bo‘lgan. Toshkent va Buxoroda ko‘kaldoshlar o‘z mablag‘lari hisobidan madrasa qurdirgani ma’lum. Download 368.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling