Tarix va yuridik fakulteti «arxeologiya va buxoro tarixi» kafedrasi


Download 368.53 Kb.
bet75/107
Sana22.04.2023
Hajmi368.53 Kb.
#1378460
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107
Bog'liq
ma\'ruza davlatchilik (2)

Mustaqillik deklaratsiyasi. Ushbu deklaratsiya O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1990 yil 20 iyunda bo‘lib o‘tgan ikkinchi sessiyasida qabul qilindi. Undan sal oldinroq, ya’ni, 16 iyun kuni O‘zb. KP MKda iqtisodiy mustaqillik xususida maxsus kengash bo‘lib, unda I.A Karimov mustaqillikni qisqa va lunda qilib asoslab bergan edi. Mamlakatda yuzaga kelgan murakkab vaziyatda, degan edi I.Karimov, real hayotga tayanish, umumiy, mavhum hamda balandparvoz so‘zlarga asoslanib emas, konkret sharoit, real imkoniyatlarga amal qilish eng muhim ishdir. Asosiysi esa oyoqda mahkam turishimiz, xalq bilan doimiy ravishda maslahatlashishimiz, uning hayotini yaxshilash uchun aniq-ravshan yo‘llarni izlashimiz va topishimiz kerak.
Biz uchun asosiy yo‘nalish, barcha vazifalarni hal etish kaliti – O‘zbekistonning real siyosiy suvereniteti va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashdir.
Mustaqillik Respublikaga o‘z xalqining faravonligini yaxshilashdek hayotiy muhim masalalarni hal etish, vujudga keltirilgan imkoniyatlar va resurslarni to‘laligicha mustaqil ravishda rejalashtirish va ulardan foydalanish hamda o‘z xalqining farovonligi yo‘lida va o‘zaro foydali negizda markaz bilan, boshqa Respublikalar va xorijiy mamlakatlar bilan o‘z munosabatlarini mustaqil o‘rnatish imkoni beradi.

Mustaqillik Deklaratsiyasi.
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Soveti:
o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari,
har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi,
har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda,
O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda,
xalkaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib,
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik RespublikasiningDavlat mustaqilligini e’lon qiladi.
1. O‘zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi Respublikaning o‘z hududidagi barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlarda-
gi tanho hokimligidir.
2. O‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib, o‘zgartirilishi mumkin emas.
3. O‘zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo‘linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va shu hududda
yashaydigan aholiga taalluqdidir.
4. SSSR Oliy Sovetida qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofik, O‘zbekiston SSR Oliy Soveta tomonidan tasdiq-langanidan keyingina O‘zbekiston SSR hududida kuchga ega bo‘ladi.
5.O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.
6.O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi.
7.O‘zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o‘zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi.
8.O‘zbekiston SSR o‘zining taraqqiyot yo‘lini, o‘z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayrok, madhiya) o‘zi ta’sis etadi.
9.Qoraqalpog‘iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini, Muxtor Respublika Konstitutsiyasi ta’min etadi. O‘zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi asosida Qoraqalpog‘iston LSSR manfaatlarini himoya qiladi.
10.O‘zbekiston SSRning qonun chikaruvchi hokimiyati O‘zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qonunlarni ishlab chiqadi, O‘zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini va qurilishini belgilaydi.
11.O‘zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror qilganini bildiradi, O‘zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlariga hamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi.
12. Ushbu Deklaratsiya O‘zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asosdir.


O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1990 yil 20 iyunda bo‘lib o‘tgan
ikkinchi sessiyasida qabul qilingan

Download 368.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling