Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan unumli foydalanish madaniyati


Download 1.63 Mb.
Pdf просмотр
Sana25.12.2019
Hajmi1.63 Mb.

 

 

 

 

 



 

 

 

 

Tarixda suvga bo‘lgan munosabat va suvdan 

unumli foydalanish madaniyati 

 

O‘quvchilar uchun uslubiy tavsiya. 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent-2016 yil 

 

 



Tuzuvchi:    N.N.Narziyev. 



TSHХTХQTUMOI “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta o`qituvchisi. 

 

 



Mazkur metodik qo`llanma TShXTXQTMOI Ilmiy Kengashining 2016 yil 

30 dekabrdagi 8- sonli yig`ilishida muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.   



 

 

Taqrizchilar: 

A.Mamadaliyev – TShXTXQTMOI Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasining katta 

o`qituvchisi    

Qurbomova M  Toshkent shahar 300 maktab o`qituvchisi 



 



Kirish 



 

Aziz o‘quvchi hech siz suv tarixi, jamiyatlar taraqqiyotida suvning 

qanchalik  ahamiyatli  bo‘lganligini  o‘ylab  ko‘rganmisiz?  Ushbu 

tavsiyada  siz  suv  va  suvdan  foydalanish  tarixi,  foydalanish  natijasida 

yuz bergan ixtirolar,suv bilan bog‘liq diniy munosabatlar, udum va urf- 

odatlar  hakida  qiziqarli  malumotlarni  o‘qishga  muyassar  bo‘lasiz. 

Bunday  ma’lumotlar  orqali  siz    qadimdan  ajdodlarimizning    suvdan 

foydalanish madaniyati va suvga bo‘lgan  yuqori e’tiborning sabablarini 

bilib  olasiz.Suvni  asrab  avaylash,  uni  iflos  narsalardan  saqlab  qolish, 

tozaligini saqlash zarur ekanligini tushinib yetasiz degan umiddamiz. 



O‘quv tavsiyamiz umumta’lim maktablarining 6-9 sinf o‘quvchlariga 

mo‘ljallangan bo‘lib, sevimli tarix fani mavzulari asosidagi suv bilan 

bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarni sizga taqdim yetadi. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 



Nega qadimgi odamlar suvni qadriga yetishgan? 

 

Siz    arxeologik  davrlashtirishni  yaxshi  bilasiz.  Dastlab  odamlar  



hovodan  nafas  olganlaridek  suvdan  o‘z  chanqoqlarini  bostirish  uchun 

foydalanganlar.  Suvning  foydali  jihatlari  haqida  bilimlarga  ega 

bo‘lmaganlar.  O‘rta  va  so‘ngi  paleolit  davrida  odamlarning  suvga 

bulgan  qiziqishi  orta  boshlagan  .  Chunki  suvning  muzlab  qolishi  suvga 

bulgan  ehtiyojni  ortishiga  olib  kelgan.  Bu  suvga  bo‘lgan  qiziqishnigina 

emas,  balki  suvdan  oqilona  foydalanish,  isrof  qilmaslik  tabiatning  eng 

qadrli  ne’mati  ekanligi  haqidagi  tasavvurlarini  shakillantira  boshlagan. 

Bunday  munosabatlar  keyinchalik  diniy  tasavvurlarda  turli  urf-odatlar 

asosida  mustahkamlangan.  Ayniqsa  neolit  (yangi  tosh)  davriga  kelib 

dehqonchilik,  chorvachilik  va  hunarmandchilikning  paydo  bo‘lishi 

suvdan kengroq foydalanishga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirgan. 

 

Tarixda suvga bulgan ehtiyojning oshishi 

      Yer yuzida odamlarning  ko‘payishi, ishlab chiqaruvchi  xo‘jalikning 

rivojlanishi  daryo  bo‘ylari  va  tog‘oldi  hududlarda  dehqonchilik 

vohalarini  shakillanishiga  sabab  bulgan.  Suvdan  unumli    foydalanishga 

bulgan  e’tibor  mustahkam    suv  inshootlarini  barpo  yetilishiga  sabab 

bulgan.  Xorazm  vohasi,  Zarafshon,  Farg‘ona  va  Surxondaryoda  olib 

borilgan arxeologik tekshirishlar natijasisa sug‘orish tarmoqlari va unga 

asoslangan dehqonchilik “Jez ” (bronza) davrida, ya’ni bundan tahminan 

3500-3750  yil  muqaddam  vujudga  kelganligi  aniqlangan.    Bunday 

vohalarda suvga bulgan ehtiyoj tabiiy ravishda oshgan. Ekinzorlarga suv 

yetish maqsadida  ariq va kanallarning qazilishi, suvni yuqoriga ko‘tarib 

beruvchi  mustahkam  inshootlarni  barpo  etilishi  Shu  davrlardan 

boshlangan.  Keyinchalik  bu  hududlarda  yirik  qishloqlar  va  shaharlar 

shakillana boshlangan. Shuningdek xuddi Shu davrdan boshlab suv bilan 

bog‘lib  marosim  va  urf-odatlarning  paydo  bulganligini  kuzatish 

mumkin. 

      


“ Suv xotin-suvsiz xotin” marosimi 

 Qadimdan O‘rta Osiyo aholisi bahor fasli kirishi bilan kunlarning 

tezda  isib  tog‘dagi  qorlarning  erishini  va  yomg‘ir  yog‘ib  suvning 

ko‘payishini  sabrsizlik  bilan  kutishgan.  Mabodo,  ba’zi  yillarda 

qurg‘oqchilik  bo‘ladigan  bo‘lsa  qadimdan  odat  bo‘lib  qolgan  yomg‘ir 

chaqiruvchi  turli  xildagi  marosimlarni  ijro  yetishgan.  Soylardagi  suvlar 

qurib, yaylovlardagi o‘tlar qovjirab quriy boshlasa, qishloq ayollarining 


 

keksa  kayvon  (onaxon)lardan  biri  boshchiligida  ibtidoiy  tasavvurlar 



bilan  bog‘liq  bo‘lgan    “Suv  xotin-suvsiz  xotin”    marosimi  o‘tkazilgan. 

Bir-biriga ko‘ndalang bog‘langan ikki tayoqqa ayollar kiyimi kiydirilib, 

boshiga  ro‘mol  o‘ratilgan  va  kattagina    qo‘g‘irchoq  yasalgan.  Bu 

hovodan  yog‘ingarchilik  chaqirib  beradigan  “  Suv  xotin”  ning  ramziy 

tasviri  bo‘lib,  qishloq  ayollaridan  biri  uni  qo‘lida  baland  ko‘tarib, 

kayvoni bilan birga “ Suv xotin” madhiyasini lapar qilib aytib uyma-uy 

yurishgan: 

 

Suv xotin-sulton xotin  



Ko‘lankasi maydon xotin, 

Suv xotin-suvsiz xotin  

Ko‘ylaklari bo‘z  xotin. 

 

YOmg‘ir yog‘sin suv xotin,  



Bug‘doy pishsin suv xotin, 

Xirmon bo‘lsin suv xotin, 

Suv xotin-suvsiz xotin 

 

Hosillar mo‘l bo‘lsin suv xotin, 



Dehqonning uyi to‘lsin suv xotin, 

Kazzobning uyi kuysin suv xotin, 

Suv xotin-suvsiz xotin 

 

Havoni yog‘dirgan suv xotin, 



Bug‘doyni bo‘ldirgan suv xotin, 

Elni to‘ydirgan suv xotin 

Suv xotin-sulton xotin   

 

Ko‘chada    qo‘g‘irchoq  ko‘tarib    “  suv  xotin”    madhiyasini  aytib 



kelayotgan  marosimchilar  namoishini  har  bir  xonadondagilar  chelakda 

suv  olib  chiqib,  ayollar  aralash    qo‘g‘irchoq  ustiga  suv  sepib  qarshi 

olishgan.  So‘ngra  don,  un,  non,  go‘sht  kabi  mahsulotlardan  qaysi  biri 

ro‘zg‘orda  bo‘lsa  ozgina  ehson  qilishgan.  “  Suv  xotin-suvsiz  xotin”  

marosimi  O‘rta    Osiyoliklarning  zardushtiylik  dinidagi  hosildorlik 

ma’budasi  Nohid  (Anaxita)ga    sig‘inishning  Shu  kunlargacha  saqlanib 

qolgan  ko‘rinishi  deyish  mumkin.  Bundan  tashqari  yomg‘ir    yog‘dirish 

uchun  ko‘pgina  toshbaqalarni  tuntarib  qo‘yishar  ,  ba’zan    uni  daraxt 



 

shoxiga  oyog‘idan  osib  qo‘yishgan.  Oynani  osmonga  qaratib  qo‘yish 



hollari ham uchraydi. 

     Bunday 

marosim 

va  urf-odatlar  xalq  o‘rtasida  keyingi 

vaqtlargacha  saqlanib  qolgan  bo‘lsa  ham,  ularning  mehnatkash  xalq 

mushkulini  oson  qilish  uchun  aytarlik  nafi  bo‘lmagan.  Shuning  uchun 

ham qadim zamonlardanoq insonlar suvsizlik va qurg‘oqchilik balosidan 

qutilish  choralarini  qidirib,  suvni  izlab  topish    va  uni  saqlab  qolish 

to‘g‘risida bosh qotirganlar  va bu borada ajoyib natijalarga erishganlar. 

     Aziz  o‘quvchi  quyida  sizlarga  tarixda  ota-bobolarimiz  suvdan 

unimli foydalanish borasida qilgan ishlari , o‘ziga xos suv inshootlarini 

barpo etganliklari haqida fikr yuritiladi. 

 

“Qulfakli ” hovuzlar. 

Jonajon  o‘lkamizning  ko‘pgina  yerlarida  kumushdek  zilol  suvlar 

qaynab chiquvchi chashmalar mavjud. CHashmalardan chiqayotgan suv 

tog‘  oldi  toshloq  yerlarda  singib  ketgan.  Tog‘  oldi  hududlarda 

yashayotgan  dehqonlar  ana  Shu  buloq  suvlarini  bir  joyga  to‘plash  va 

ulardan  kerakli  vaqtda  foydalanish  maqsadida  qadim  zamonlardayoq 

daralar  ichida  va  tog‘    etaklarida    kichik-kichik    hovuzlar  qurganlar. 

Bunday  hovuzlar  “Qulfakli    hovuzlar”  deb  atalgan.  Ular  qurilish 

uslubiga ko‘ra oddiy hovuzlardan tubdan farq qiladi. Odatda hovuz  yer 

yuzidan  chuqur  qilib  kovlanadi.Bu  hovuzlar  yerni  o‘yib  emas,  balki 

aksincha  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  yerning  ustiga  ,  ko‘pincha    buloq  qaynab 

turgan  joyga  yoki  soyning  biror  qirg‘og‘iga    katta    toshlar  va  chimlar 

yordamida qurilgan. 

Chashma  yoki  buloqlardan  chiqayotgan  suv  Shu  hovuzga 

to‘plangan  va  alohida  qazilgan  ariqchalar  orqali  ekinzorlarga  olib 

borilgan.  To‘ldirigan  hovuz  suvi  hammaning  ham  ekilgan  yerlariga 

yetmagan, kimlardir hovuzni yana to‘lishini kutishga majbur bo‘lishgan 

(odatda bunday hovuzlarga bir kechada suv to‘plangan). Shuning uchun 

qura  tashlash  yo‘li  bilan  suvdan  foydalanuvchilar  ketma-ketligi 

aniqlangan. 

 


 

       



 

 

Ushbu rasmda siz “Qulfakli hovuz”ning umumiy ko‘rinishi,uning 



yuqoridan ko‘rinishi hamda hovuzni suvi chiqib ketuvchi toshdan 

kilingan teshik va yog‘och kunda  chizmalari aks yettirilgan. 

     Bunday hovuzlar mayda dehqonchilik xo‘jaligi uchun har tomonlama 

qulay  sug‘orish  inshooti  bo‘lib,  O‘rta  Osiyoning  tog‘oldi    tumanlarida 

hozirgacha  dehqonchilikda  ma’lum  darajada  foydalanib  kelinmoqda. 

Forish tumanida  qulfakli suv inshootlarini Nurak, Qoraxon, Pastko‘cha, 

Yonbuloq, Oqbuloq, Teshiktosh kabi qishloqlarda uchratish mumkin.   

   


 



Tog‘lardan oqib keluvchi suvlarni bog‘lash 



 

  

Tog‘lardan oqib tushgan suvlar toshloq yerlar va cho‘llar bag‘riga 



singib  ketgan.  Ajdodlarimiz    9-10  asrlardan  boshlab  bunday  suvlardan 

unimli  foydalanish  maqsadida  suv  oqib  o‘tuvchi  tog‘ning  darasini  tosh 

yoki  g‘ishtlar  yordamida  to‘sganlar.  Natijada  tog‘lar  bag‘rida  ko‘llar 

hosil  bo‘lgan.  Bunday  to‘siqlar  to‘g‘on  yoki    band  kabi  nomlar  bilan 

atalgan. Bu kabi suv inshootlarni qurishda xonlar, amirlar, beklar bosh-

qosh  bo‘lishgan  va  ko‘pincha  qurilgan  to‘g‘on  ularnig  nomlari  bilan 

atalgan. 

 

 



 

 

 



 

"Juyi arziz" - "Qo‘rg‘oshin novasi" suv inshooti. 

Yozma  manbalar  va  arxnologik  tadqiqotlardan  ma’lum  bo‘lishicha, 

Afrosiyob  tepaligi  ustiga  joylashgan  qadimgi  Samarqandning  atrofi 

chuqur jarliklar bilan o‘ralganligi sababli shaharga suv maxsus ko‘tarma 

kanal  yordamida  olib  kelingan.  Asrlar  davomida  Samarqanddagi  obi 

hayot  bilan  ta’minlab  kelgan  bu  qadimgi  suv  inshooti  10-12  asr 

manbalarida  "Juyi  ariz",  ya’ni  "Qo‘rg‘oshin  anhori",  aniqrog‘i 

"Qo‘rg‘oshin novasi" nomi bilan tilga olinadi. 

G‘ishtband suv ombori-12 asrga oid      

Samarqandning Jom qishlog‘i yaqinida 

joylashgan 

 

Abdullaxon  bandi  suv 



ombori- 16 asr. 

 

 



 

Asrlar davomida Samarqand shahrini suv bilan ta’minlashda yagona 



gidrotexnika inshoot bo‘lib hisoblangan Juyi ariz novasi uning iqtisodiy 

va  siyosiy  hayotida  muhim  rol  o‘ynagan.  Shuning  uchun  ham 

Samarqandning  qadimgi  hukumdorlari  bu  inshootning  mudofasiga  va 

uning  yaxshi  saqlanishiga  doimo  katta  ahamiyat    berganlar.  Juyi  ariz 

anhori  atrofidagi  yerlardan    tushadigan  har  yilgi  daromad  mazkur 

inshootning ta’miri uchun sarflangan. 

10  asr  arab  geogrifi  Istaxriyning  yozishicha,  Samarqandning 

otashparast  aholisiga  yozin-qishin  bu  inshootni  nazorat  qilib  turish  ishi 

yuklanib, bunday xizmatlari uchun ular har yilgi og‘ir jon solig‘i "Juzya" 

dan ozod yetilgan.  

Suv  tarmoqlarining  mana  Shunday  izlari  va  inshootlarining 

qoldiqlarini  tadqiq  qilib  qadimiy  shaharning  suv  bilan  qanday 

ta’minlanganini bilib olish mumkin. Chunki ular o‘z vaqtida shaharning 

barpo bo‘lishi, gullab yashnashi va nihoyat vayron yetilishida muhim rol 

o‘ynagan. Afrosiyobda hamda Registon yaqinida qayd yetilgan qadimgi 

kanal  qatlamlaridan  chiqqan  arxeologik  topilmalardan  ma’lum 

bo‘lishicha  Samarqandning  qadimgi  ko‘tarma  anhori  ilk  bor  miloddan 

avvalgi 6-5 asrlarda barpo yetilgan. Dastavval u soy va buloq suvlaridan, 

so‘ngra  -  milodning  6  asrida  Darg‘om  kanali  orqali  aholini  suv  bilan 

ta’minlagan.  1220  yilda  Samarqandni  qamal  qilgan  Chingizxon 

lashkarlari shaharni mudofaa qilib turgan aholini suvsiz qoldirib, ularni 

taslim  bo‘lishiga  majbur  etish  maqsadida  "Juyi  ariz"  novasini  buzib 

tashlaganlar.  O‘z  davrining  bu  ulkan  gidrotexnika  inshooti  - 

"Qo‘rg‘oshin  novasi"ning  vayron  yetilishi  natijasida  doimiy  oqar 

suvidan  mahrum  bo‘lgan  Samarqand  o‘zining  qadimiy  o‘rnida  qayta 

tiklanmadi. 



Sardobalar - gumbazli hovuzlar 

 

Tarixdan ma’lumki, oqar suvlardan mutlaqo mahrum bo‘lgan cho‘l 



va  dashtlarda  qishki  va  bahorgi  mavsumiy  yog‘ingarchilik  asosiy  suv 

manbai hisoblangan. Cho‘llarda atrofi bir muncha balandliklardan iborat 

bo‘lgan  chuqurlarga  qor  va  yomg‘ir  suvlari  to‘planib  kattagina 

ko‘lmaklar  hosil  bo‘ladi.  Bunday  ko‘lmaklar    “qoq”  deb  ataladi. 

Qoqlarning  suvi  chuchuk  bo‘lib,  aholi  qadimdan  cho‘ldagi  chorva 

mollarini  sug‘orishda  undan  foydalanib  kelgan.  Bundan  tashqari 

o‘tmishda  O‘rta  Osiyoning  Qizilqum,  Qoraqum,  Mirzacho‘l,  Qarshi  va 

boshqa    cho‘llari  orqali  chet  mamlakatlarga  qatnagan  savdo  karvonlari 

ham  qoqlarning  suvidan  foydalangan.  Shuning  uchun  ham  O‘rta  Osiyo 


 

10 


cho‘llarini  kesib  o‘tgan  qadimgi  karvon  yo‘llari  yirik  qoqlar  bo‘ylab 

yo‘nalgan. 

Shuni  ham  aytish  kerakki,  qoqlarda  suv  yil  bo‘yi  saqlanmagan. 

Chunki yoz oylarda qoqlardagi suvning bir qismi quyoshning kuchli nuri 

ta’sirida bug‘lanib ketsa, ikkinchi qismi erga singib, iyun  oyining  oxiri 

va  iyul  oyining  boshlarida  deyarli  qurib  qolgan.  Bunday  ahvol,  savdo 

karvonlarining  suvsiz  cho‘llarni  kesib  o‘tishida  Shubhasiz,  katta 

qiyinchiliklar  tug‘dirgan.  Shu  sababli  cho‘llar  orqali  qatnaydigan 

karvonlarni  yoz  oylarida  suv  bilan  ta’minlash  muhim  ahamiyatga  ega 

bo‘lgan.  Qoqlardagi  suvni  kichikroq  hajmdagi  chuqurroq  joylarga 

to‘plab,  quyosh  parlanishidan  saqlash  maqsadida  qadimgi  suvchilar 

karvon yo‘llari bo‘ylab cho‘llardagi  qoqlarga va ba’zan buloqlar ustiga 

maxsus  suv    inshootlari  qurishgan.  Bunday  inshootlar  “sardoba”  nomi 

bilan mashhurdir.  

“Sardoba”  tojikcha  so‘z  bo‘lib,  suvxona  yoki  muzxona  ma’nosini 

anglatadi.  Sardobalarni  tuzilishiga  qarab  usti  yopiq  hovuzlar  deb  atash 

mumkin.  Chunki  ular  pishiq  g‘ishtdan  doira  shaklida  ishlangan  ichi 

chuqur  va  usti  gumbazli  hovuz  bo‘lib,  cho‘l  manzarasida  xuddi 

ko‘chmanchi chorvador aholining o‘toviga o‘xshab ko‘zga tashlanadi.  

Sardoba  hovuzini    loyqa  bosib,  inshootni    ishdan  chiqarmasligi 

uchun, sardoba oldiga kattagina suv tindirgich - ochiq hovuz kovlangan. 

Atrofdan  oqib  kelgan  qor  va  yomg‘ir  suvlari  avval  suv  tindirgichda  

to‘planib,  undagi  loyqa  hovuz  tubiga  cho‘kkandan  so‘ng,  toza    suv 

sardobaga  quyilgan.  Suv  tindirgichga  chorva  mollari  kirib  qolib  suvni 

ifloslantirmasligi uchun uning atrofi paxsa devor bilan o‘ralgan.  

Sardobalar  sharqda  keng  tarqalgan  suv  inshootlaridan  bo‘lib,  ular 

asosan qadimgi karvon yo‘llari bo‘ylab qurilgan. Xurosonda  (Shimoliy 

Eron)  bunday  suv  inshootlari  “Obanbor”,  Ozarbayjonda  esa  “avdon” 

nomlari bilan yuritiladi. 


 

11 


 

 

 



Ayrim ma’lumotlarga qaraganda O‘zbekiston va uning atrofida 44 

ta  sardoba  bo‘lib,  ularning  yigirma  to‘qqiztasi  Qarshi  cho‘lida,  uchtasi 

Mirzacho‘lda,  yana  uchtasi  Toshkent-Farg‘ona  o‘rtasidagi  qadimgi 

savdo yo‘lida va bittasi Karmana yaqinida Cho‘li Malikda bo‘lgan. O‘z 

vaqtida 

bu 


sardobalar 

joylashgan 

hududlarda 

ravotlar 

yoki 

karvonsaroylar ham qad ko‘targan. Bular, Shubhasiz, cho‘llarda bekat – 



karvonlarning  to‘xtash joyi vazifasini o‘tagan.   

 

 

 

Gumbazli hovuz – sardoba (XVI asr) 

 

12 


Er ostidagi oqar daryo - er osti suv inshooti 

 

Daryo  suvlaridan  uzoqda  joylashgan  tog‘  oldi  va  cho‘lga 



chegaradosh  hududlarda  asosiy  suv  manbalaridan  yana  biri  -  er  osti 

suvlari  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ham  bunday  viloyatlarda  yashagan 

aholi  qadim  zamonlardan  boshlab  er  osti    qatlamlardagi  boy  suv 

resurslaridan o‘z ehtiyoji uchun foydalanishga harakat qilgan. Ular tekis 

yerlarda  quduqlar  qazib,  qovga  (chorva  mollari  terisidan  tikilgan  qop 

yoki mesh) bilan suvni tortib o‘z ehtiyojlarini qondirgan bo‘lsalar, past-

baland  adirlardan  iborat  tog‘  etakalrida  yuzlab  quduqlarni  bir-biriga 

tutashtirgan antiqa suv  inshooti - korizlar vositasida er osti suvlarini er 

yuziga chiqarib, dehqonchilik qilganlar. 

O‘zbekistonda mana Shunday antiqa irrigatsiya inshootlaridan keng 

foydalaniladigan  tumanlardan  biri  Nurota  va  Kitobdir.  Bu  yerlarda 

qadim  zamonlardayoq  barpo  yetilgan  korizlardan  hozirgi  kungacha 

foydalanib  kelinmoqda.  Qashqadaryoning  Kitob  tumanida      hozirgacha 

13  ga  ya’ni  korizlar  saqlanib  qolgan.  Nurotaliklar  korizlar    kovlab  yer 

osti  suvlarini yer yuziga  chiqarish tarixini eramizdan  avvalgi 329-327 

yillarda  O‘rta  Osiyoga  bostirib  kirgan    makedoniyalik    Iskandar  bilan 

bog‘laydilar.  Hikoya  qilishlaricha  Iskandar  Zulqarnayn  Zarafshon 

vodiysiga  qo‘shin  tortib  kelganda    Nurota  tizmasining  janubiy  qanoti  

Oqtog‘ning eng yuqori cho‘qqisiga  chiqqan. U tog‘dan janub  tomonga 

qarab Zarafshon daryosi va obod vodiyni, shimol tomonida esa daraxtsiz  

keng  maysazor  yaylovni  ko‘rgan.  O‘shanda  Iskandar    yam-yashil 

poyonsiz  keng  dashtga    qarab  bu  viloyatning  daryosi    er  ostidan  oqar 

ekan,  degan  emish.    So‘ngra  qo‘shinini  Nurotaga  olib  kelib,  366  ta 

harbiy    qism  sarkardalariga  har  biri  o‘z  otradlari  bilan    bittadan  koriz 

kovlashi haqida buyruq bergan. Natijada 366 ta koriz kovalanib, Oqtog‘ 

etaklariga  suv  chiqarilgan  va  Nurota  atrofi  obod  bo‘lgan.    Korizni 

kovlashda  lag‘m  (qazilgan  quduqlarni  bir-biriga  birlashtiruvchi  teshik)  

o‘tkazish  eng  mashaqqatli  va  eng  ma’suliyatli  ish  bo‘lib,  yer  osti 

suvlarining  yer  ustiga  oqib  chiqishi  lag‘mning  to‘g‘ri  kovlanishiga 

bog‘liq bo‘lgan.    

Buning uchun, birinchidan, quduqlarni birlashtirishda qarama-qarshi 

tomonlardan  kovlanadigan  lag‘mning  biror  yoqqa  qiyshayib  ketishiga 

yo‘l qo‘ymay, quduqlarni bir-biriga to‘g‘ri tutashtira olish, ikkinchidan, 

koriz orqali yer osti suvlarini yer ustiga oqib chiqishini ta’minlash lozim 

bo‘lgan.  Shuning  uchun  ham  lag‘mlar  odatda  0,002-0,005  m  qiyalikda 

kovlangan.  



 

13 


 

 

 



 

   


 

Koriz  kovlashda  bir  qancha  korizchi  jamoalar  oylab  va  yillab 

lag‘m hamda quduqlar qazib, minglab kubomyetr tuproq va shag‘allarni 

qazib  chiqarishgan.  Masalan,  uzunligi  3  km  bo‘lgan  250-300 

quduqlardan  iborat  o‘rta  hajmdagi  korizdan  taxminan  7-8  ming 

kubomyetr  tuproq  qazib  chiqarilgan.  Nurotadagi  korizlardan  birining 

"Zulm"  deb  atalishi  yer  osti  suvlarini  yer  ustiga  chiqarishdagi  mehnat 

jarayonining nihoyatda og‘irligidan bo‘lsa kerak.  

Ma’lumki, korizlardan bir me’yorda suv oqib turishi uchun ular har 

yili  tozalanib,  ta’mirlanadi.  Koriz  tozalash  eng  mashaqqatli  va  og‘ir 

Er sathini 

belgilash 

asbobi– 

soqili tarozi 



Er osti suv inshooti – koriz kesimi va tarhi (rejasi) 

 

14 


ishlardan hisoblanadi. Chunki  korizdor dehqonlar har yili erta  bahorda 

20-30  kun  davomida  korizning  ichida  suv  kechib,  lag‘m  va  quduqlar 

tubiga cho‘kkan loyqalarni qazib chiqarganlar. Ko‘pincha koriz pushtasi 

cho‘kib,  lag‘imning  kattagina  qismini  bosib  qolar  edi.  Bunday  hollarda 

lag‘mning  bosib  qolgan  qismi  qayta  qazilib,  o‘pirilgan  joylari  yog‘och 

yoki toshlar bilan mustahkamlanar edi. 

O‘zbekistonning  tog‘  oldi  hududlarida  qadim  zamonlardan  to 

hozirgi kungacha korizlardan foydalanib kelinmoqda. Masalan, Maston, 

Mastak,  Zulfiqor,  Zulum,  Mozor,  Xayrobod,  Sulton,  Ko‘nchi,  Begli, 

Tayla, 


Korizcha 

singari 


bir 

qancha 


korizlardan 

hanuzgacha 

foydalanilmoqda.  

 

Sepoya, Chorpoya va Chilpoya kabi suv inshootlari 

 

Tezoqar  daryolar,  soylar  va  yirik  sug‘orish  tarmoqlarini  bog‘lab, 



to‘g‘on  va  bandlar  o‘rnatishda  qadimdan  bir  qator  antiqa  suv 

qurulmalaridan  foydalanib  kelingan.    Ular  xalq  amaliyotida  “Sepoya”     

(Uchoyoq),  “Chorpoya”  (To‘rtoyoq),  “Chilpoya”  (Qirqoyoq)  deb 

yuritilgan.  To‘g‘on  o‘rnatish  uchun  sepoyalar  uchiga  arqon  bog‘lanib, 

birin-ketin  suvga  tushirilgan.  Oqimga  qarshi  barqarorlikni  oshirish 

uchun  sepoyalar  birining  oyog‘iga  ikinchisi,  ikkinchisining  oyog‘iga 

uchinchisi  chalkashtirilgan  tartibda  o‘rnashtirilgan.  Suvga  tushirilgan 

har  bir  sepoya  yoki  chorpoya  tag  kismiga  o‘z  navbatida  shox-shabba, 

chim  va  tosh  bosib  chiqilgan.  Natijada  yuki  og‘irlashgan  sepoya  yoki 


 

15 


chilpoya  suv  tubiga  mustahkam  o‘rnashgan  va  oqimni  deyarli  to‘sib 

qo‘ygan. 

Shuning  uchun  ham  tezoqar  tog‘  daryolarining  jo‘shqin  oqimlarini 

tartibga 

solishda, 

xavfli 


suv 

toshqinlari 

 

o‘pirilishlarini 



to‘sib,qirg‘oqlarini  mustahkamlashda  sepoya  va  chorpoyalar  o‘z 

davrining  beqiyos  suv  inshootlari  hisoblangan.  Toshkent  vohasi  va 

Farg‘ona  vodiysida    ular  juda  keng  tarqalgan.  Zarafshon  vodiysida 

qisman, 


Xorazmda 

esa 


mutlaqo 

ishlatilmagan. 

 

Sepma va  Nova  orqali suvdan foydalanish 

Suvdan  foydalanish  tarixida  oqar  suv  sathi  dehqonchilik 

maydonidan  past  bo‘lgan  joylarda  suvni  yuqoriga  chiqarish  masalasi 

hamma  vaqt  muhim  ahamiyat  kasb  etgan.    Natijada  turli  xil  suv 

ko‘targich  gidravlik  moslamalar  kashf  yetilgan.  Masalan,  Xorazimda 

balandroq  yerlarni  sug‘orishda  yaqin  kunlargacha  foydalanib  kelingan 

“Sepma”,  “Nova”  kabi  usullari  mana  Shunday  qadimiy  suv 

ko‘targichlarning oddiygina turlaridan hisoblanadi.  

 

 

Sug‘orish moslamasi - Sepma 



 

16 


 

 

 

 

Charxpalak va Chiqirlar 

Qadimiy suv chiqarish  moslamalarining eng «takomillashgan» usuli 

-  bu  charxpalak  va  chig‘irlar  bo‘lib,  Sharqning  Misr,  Mesopotamiya, 

Eron,  Hindiston,  Xitoy  va  O‘rta  Osiyoning  dehqonchilik  vohalarida 

qadim  zamonlardan  beri  qo‘llanib  kelingan.    Bunday  moslamalar  o‘rta 

asrlarda  Misr  va  Mesopotamiyada  «soqiya»,  Eron  va  Hindistonda 

«charx»,  Xorazmda  «chiqir»,  Toshkentda  «charxpalak»  deb  yuritilgan. 

Ular tuzilish jihatdan ikki turga bo‘lingan: biri suvning oqim kuchi bilan 

aylanuvchi,  ikkinchisi    esa  -  uy  hayvonlari:  ot,  eshak,  ho‘kiz  yoki  tuya 

kuchi bilan harakatga keltiriladigan turidir. 



Ko‘za bilan suvni o‘lchash 

Chashmalardan  har  daqiqada  oqib  chiqadigan  suv  hisobga  olinib 

turib,  qadimdan  aholi  o‘rtasida  o‘rnatilgan  qat’iy  tartib  bo‘yicha 

taqsimlanib  kelingan.  19  asr  oxiri  va  20  asrning  boshlarida    tarixiy 

ma’lumotlar  yozib  qoldirgan  mualliflardan  Mirza  Salimbek  binni 

Muhammad Rahimning  yozishicha, Nurota chashmasining suvi "ko‘za" 

bilan hisob qilinib, dehqonlar o‘rtasida taqsimlangan.  

Sug‘orish moslamasi 



Nova 

moslamasiova



 

 


 

17 


 

 

Chashma suvi ko‘za bilan qanday o‘lchangan?  Ko‘za 5-6 l suyuqlik 



ketadigan  sopol  idishdan  ishlangan  juda  sodda  suv  soati  bo‘lib,  yozda 

suv  taqsimlanayotganda  u  bilan  vaqt  belgilangan.  Sopol  ko‘zadan  suv 

soati  yasash  uchun  ko‘zaning  tubi  yon  tomonidan  dug  bilan  teshilib, 

teshikka  ingichka  qamish  naycha  o‘rnatilgan.  Suv  taqsimoti  paytida 

ko‘za  suvga  to‘lg‘azilib,  suv  naychadan  oqizib  qo‘yilgan.  Ko‘zadagi 

suvning naycha orqali jildirab batamom oqib chiqishi uchun ketgan vaqt 

"bir  ko‘za"  deb  hisob  qilingan.  Bir  kecha-kunduzda  oqib  chiqqan  suv 

160  ko‘zaga  teng  bo‘lib,  kechasidagisi  64  ko‘za  va  kunduzgisi  esa  96 

ko‘za  hisoblangan.  Vaqt  bilan  hisoblanganda  har  bir  ko‘za  9  daqiqaga  

teng  bo‘lgan.  Kunduzgi  uch  ko‘za  va  kechasi  ikki  ko‘za  bir  "qora"  suv 

hisoblangan. Bir kunlik suv 32 qoraga teng bo‘lgan.  

Misr soqiyasi -Chig‘ir 



 

18 


Sug‘orish  mavsumida  chashma  yoki  ariqda  oqayotgan  suvni  ko‘za 

bilan  o‘lchab,  xususiy  dehqon  xo‘jaliklari  o‘rtasida  taqsimlash,  suvga 

tanqis  Zarafshon,  Qashqadaryo  va  Jizzax  vohalari  uchun  ham  xos 

bo‘lgan.  Qashqadaryoda  u  "o‘ndi",  Jizzaxda  "ko‘za"  nomlari  bilan 

yuritilgan. Bu oddiy suv soati ba’zan chilim qovoqdan ham yasalgan.  

 

 



Shunday qilib, ko‘za faqat suv idishigina bo‘lib qolmay, balki sopol 

ko‘za va chilim qovoqlardan yasalgan soddagina "suv soati" bo‘lib, suv 

taqsimoti  mavsumida  mirolblar  qo‘lida  dehqonlar  haqobasini  (suv 

haqini)  o‘lchab  beradigan  asbob  -  vaqtni  belgilovchi  soat  bo‘lib  ham 

xizmat qilgan. 

Er ostidagi muzlagan suv. 

Qadimgi  davrlardan  to  20  asr  boshlariga  qadar  chorvador  aholi 

o‘rtasida  suvdan  unumli  foydalanishning  o‘ziga  xos  usullari  o‘ylab 

topilgan.  Chorva  mollari  hamma  vaqt  ham  suvga  yaqin  erda 

boqilmagan,  ko‘pincha  uzoq  masofalarga  haydab  borilib  chorva 

sug‘orilgan.  Shunday  paytlarda  bir  muammo  bulgan,  ya’ni  tug‘ilgan 

yosh qo‘zichoq-uloq va ularning onalari bunday masofaga haydab borib 

sug‘orishning  imkoni  bulmagan.  Qo‘zilagan  chorva  mollariga  suv 

Sug‘orish moslamasi – ulu (katta) chig‘ir 


 

19 


yetkazib  berishning  antiqa  yo‘li  o‘ylab  topilgan.  Unga  ko‘ra  qish 

faslining  yanvar,  febral  oylarida  maxsus  qazib  tayyorlab  qo‘yilgan  2-3 

myetrli    o‘ra  yoki  xandakka  yog‘ayotgan  qorlar  to‘plangan  va    xandak 

usti  soh-shabba,  kigizlar  bilan  yopilib  ko‘mib  tashlangan.  Qazilga 

xandakda  muz  suvni  toza  saqlash  uchun    ,  xandak  ostiga  va  uning  yon 

tomonlariga butasimon o‘simliklarning shoxlari maxsus quyib chiqilgan. 

Kerakli  paytlarda  muzdan  chopib  olinib  qo‘rada  (chorva  mollari 

saqlanagigan joy) qolgan qo‘y-qo‘zilarga berilgan, oilaviy  yumushlarda 

ham  foydalanilgan.  Muzlab  qolgan  qor  er  ostida  hatto  may  oylarigacha 

saqlangan  .  Bu  antiqa  suv  saqlash  usulini  haligacha  keksa  cho‘ponlar 

eslashadi. Shuning uchun chorvador aholi o‘rtasida suv juda qadrlangan.   

 

 



Aziz o‘quvchi! Qadimdan mehnatkash xalqimiz  turli xil suv 

inshootlari vositasi bilan oqar suvlar, chashma va er osti suvlari, qor va 

yomg‘ir  suvlaridan  unumli  foydalanish,  suvlarni  isrof  bo‘lishiga  yo‘l 

qo‘ymaslik maqsadida yuqorida bayon yetilgan suv inshootlarini yaratib 

dehqonchilik va chorvachilik kabi xo‘jalik sohalarini rivojlantirganlar.  

 

 



Bunday  mashaqqatlar  bilan  suvdan  foydalanish  suvga 

bo‘lgan  ahloqiy  tarbiyani  shakllanishiga  olib  kelgan.  Biz-chi  bugun 

ichimlik suvini, ekinzorlarga borayotgan suvlarni qanday yo‘l va mehnat 

bilan  kelayotganligini  o‘ylab  ko‘rdikmi?  Suvni  asrab-avaylash  haqida-

chi? 

                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                



Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.  Zahriddin Muhammad Bobur . Boburnoma. T. 1991 yil. 

2.  Narshaxiy. Buxoro tarixi . T-1991. 

3.  Ya.G‘. G‘ulomov. Xorazmning sug‘orish tarixi. Qadim 

zamonlardan hozirgacha T, Fan, 1959 yil.   

4.  A.R.Muhammadjonov. Quyi zarafshon vodiysining sug‘orilish 

tarixi.(Qadimgi davrdan to XX asrgacha) “Fan”,T-1972. 

5.  A.R.Muhammadjonov. O‘zbekistonning qadimgi gidrotehnika 

inshootlari. “O‘zbekiston” T-1997. 

6.  A. R.Muhammadjonov. Shayboniyxon suv ayirg‘ich ko‘prigi. 

T.O‘zbekistan. 1969. 

7.  A.Ashirov “Avesto”dan meros marosimlar. T. 2001 y. 

8.  A.Kadirov. Voda i yetika. T-2005. 

 

 



 

 

 



 

20 


Mundaraja 

1.   Kirish ---------------------------------------------------------------3 bet 



     2.  Nega qadimgi odamlar suvni qadriga yetishgan?-------------4 bet 

     3.  Tarixda suvga bulgan ehtiyojning oshishi----------------------4 bet 

     4. “ Suv xotin-suvsiz xotin” marosimi------------------------------4 bet 

     5. “Qulfakli ” hovuzlar.---------------------------------------------- 5 bet 

     6. Tog‘lardan oqib keluvchi suvlarni bog‘lash--------------------8 bet 

     


7

"Juyi arziz" - "Qo‘rg‘oshin novasi" suv inshooti



.

---------------- 

9 bet

 

     8.



 

Sardobalar - gumbazli hovuzlar---------------------------------- 10 bet 

   

9. Er ostidagi oqar daryo - er osti suv inshooti--------------------12bet 



    

10. Sepoya, Chorpoya va Chilpoya kabi suv inshootlari------ -14 bet 

    

11. Sepma va  Nova  orqali suvdan foydalanish------------------ 16 bet 



    12. Charxpalak va Chiqirlar---------------------------------------- 16 bet 

    13. Ko‘za bilan suvni o‘lchash ------------------------------------- 18 bet 

                 

14.


 

Er ostidagi muzlagan suv---------------------------------------- 19 bet 



 

 

 



 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling