Tarixdan referatlar mavzulari #1 O’zbekistonda amalga oshiralayotgan islohotlarning yangi bosqichlari haqida #2


Download 267.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi267.26 Kb.
#207844
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tarixdan referatlar mavzulari 1 qism new

Oldingi

 tahrirga qarang. 

3. Maslahatchining bo‘linmalariga quyidagi huquqlar berilsin: 



(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-

sonli 

Farmoni

 tahririda) 

davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan statistik, tahliliy va boshqa ma’lumotlarni, jumladan 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshqaruvi tizimi, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalarini 

isloh qilish bo‘yicha qarorlari ijrosiga oid ma’lumotlarni so‘rab olish; 

davlat boshqaruvi tizimining samarali faoliyat yuritishiga, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq sohalaridagi 

islohotlarning to‘liq amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi huquqiy bo‘shliqlarni to‘ldirish, tizimli 

kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yangi normativ-huquqiy 

hujjatlarni yoki boshqa hujjatlarni qabul qilish hamda amaldagilarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ko‘rilishi 

majburiy bo‘lgan takliflar kiritish; 

respublika davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning qonun hujjatlariga, amalga oshirilayotgan 

islohotlarning maqsad va vazifalariga nomuvofiq bo‘lgan, jumladan individual imtiyoz va preferensiyalar 

berishni nazarda tutuvchi hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish hamda bekor qilish to‘g‘risidagi takliflarni 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ko‘rib chiqish uchun kiritish; 

davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqish hamda 

optimallashtirish, rasmiyatchilik, sansalorlik, sarf-xarajatlar va korrupsiya ko‘rinishlarining ko‘payishiga olib 

keluvchi ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritish; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarining ijro etilmaganligi holatlari bo‘yicha materiallarni 

aybdor shaxslarning javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun davlat organlariga, jumladan huquqni 

muhofaza qiluvchi organlarga kiritish. 

4. Belgilab qo‘yilsinki: 

Oldingi

 tahrirga qarang. 



(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi  PF–5650-

sonli 

Farmoniga 

asosan chiqarilgan) 

Oldingi

 tahrirga qarang. 

(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-

sonli 

Farmoniga 

asosan chiqarilgan) 

umummajburiy ko‘rsatmalar, jumladan individual imtiyoz va preferensiyalar berishni nazarda tutuvchi 

ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan hukumat va idoraviy bayonnoma qarorlari, yozma topshiriqlarni qabul qilishga 

yo‘l qo‘yilmaydi; 

hukumat  bayonnoma qarorlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy 

tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi va ular imzolanganidan keyin hisobga olinishi shart; 



Oldingi

 tahrirga qarang. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Davlat organlarining ekspert-tahlil 

faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3628-son 

qaroriga


  muvofiq davlat 

organlarida tashkil etiladigan doimiy faoliyat yurituvchi ekspert-tahlil guruhlarining ishini tashkil etish va 

muvofiqlashtirish Maslahatchining bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. 

(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-

sonli 

Farmoni 

tahririda) 

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti 

bo‘shatilayotgan 35 nafar shtat birligi, Institut tomonidan amalga oshirilayotgan va muvofiqlashtirilayotgan 

loyihalar, shuningdek, Institut balansida bo‘lgan mol-mulk va boshqa tovar-moddiy qimmatliklar Xizmatga 

o‘tkazilgan holda tugatilsin. 

Oldingi

 tahrirga qarang. 

6. Belgilab qo‘yilsinki, Maslahatchining bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga 

oshirishda quyidagi idoralar: 

(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-fevraldagi PF–5650-

sonli 

Farmoni 

tahririda) 

a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan, jumladan: 

tegishli  sohalardagi ahvolni birgalikda o‘rganish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilish 

bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini monitoring qilish; 

ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va 

boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlashni tashabbus qilish va ularni ishlab chiqish; 

rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasini hamkorlikda o‘rganishni, tegishli sohalarda xorijiy 

(xalqaro) tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga ilg‘or 

xorijiy tajribani kiritish hamda tashkilotlarning tavsiyalarini amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha takliflar 

tayyorlashni tashkil etish; 

yetakchi mutaxassis (konsultant)larni, jumladan xorijiy mutaxassis (konsultant)larni hamkorlikdagi 

ishlarga jalb etish orqali; 

b) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan, jumladan: 

joylardagi ahvolni tanqidiy o‘rganishni, qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishiga 

to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolar va kamchiliklarni aniqlashni tashkil etish, shuningdek, mamlakatni 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar 

ishlab chiqish; 

qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning ayniqsa, joylarda so‘zsiz ijro etilishini va ushbu 

hujjatlar amalga oshirilishining sifati, muddati hamda samaradorligi ustidan ta’sirchan nazoratni tashkil qilishga 

qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali yaqindan hamkorlik qiladi. 

7. Xizmat: 

bir hafta muddatda Xizmatning tuzilmasi, uning Nizomi va shtat jadvali tasdiqlanishini nazarda 

tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, shuningdek, Xizmatning mas’ul xodimlari 

lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflar; 

Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha 

boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Hukumatning sifat jihatidan yangi, zamonaviy va 

samarali faoliyat yurituvchi tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori 

loyihasining, jumladan uning ijro etuvchi apparatini optimallashtirish, vazirliklar va mahalliy davlat hokimiyati 

organlarining ishonib topshirilgan sohalar uchun mas’ulligi va mustaqilligini kuchaytirish, shuningdek, qarorlar 

qabul qilishda vakolatlar hamda mutasaddi bo‘lgan sohalarni aniq belgilab berishni nazarda tutgan holda

kiritilishini ta’minlasin. 

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi 

organlari, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari ishtirokida katta mablag‘ va resurslarni 



jalb qiladigan, asossiz hamda samarasi past yig‘ilishlar va majlislar o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida 

qat’iy ogohlantirilsin. 

9.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga

  ilovaga 

muvofiq o‘zgartishlar va 

qo‘shimcha kiritilsin. 

10. Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun 

hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 

11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.R. Inoyatov va O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin. 

 


Download 267.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling