Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
SHaharlar yuksalishi bilan yangi ijtimoiy tabaqa-shaharliklar soni ko'paya boradi. SHaharliklar tabaqasi esa feodallar o'zbo-shimchaligini cheklaydigan kuchli qirol hokimiyati tarafdori edi. Qirolni, shuningdek, mayda va o'rta feodallar qo'llagan. Ular kuchli qirol hokimiyati o'zlarini graflar, gersoglar tazyiqidan xalos etishiga umid bog'laganlar. Ushbu vaziyatda markazlashitirish jarayoniga faqat yirik diniy va dunyoviy feodallargina qarshi bo'ladi. Yodda tuting! Fransiyada qirol hokimiyatining kuchayishi 12 asrda Lyudovik 6 ning o'z mulklaridagi vassallarini itoat ettirishidan boshlanadi. Filipp 2 (1180-1223) Angliya qiroli Ioann bilan inglizlarning Normandiyadagi mulklari uchun kurash boshlaydi. "Ingliz tojining marvaridi" hisoblangan Normandiya 1202-1214 yillari tortib olinadi. Tez orada qirol mulklariga mamlakat janubidagi Tuluza grafligi ham qaytariladi. Natijada qirol Fransiyadagi eng kuchli feodalga aylanadi. Qirol mulklarining kengayishi umumdavlat boshqaruv tashkilotlari: Qirol kengashi, Oliy sud va Moliya boshqarmasining tuzilishi bilan yakunlandi. Lyudovik 9 (1226-1270) qirol yerlaridagi feodal urushlari-ni taqiqlaydi. Qirol zarb ettirgan oltin va kumush tangalar Fransiya-ning barcha viloyatlarida o'tishi huquqi belgilanadi. Natijada, mamlakatda gersog va graflar zarb etadigan 40 xil pul asta-sekin surib qo'yiladi. 23-§. GENERAL SHTATLAR. TOIFAVIY MONARXIYaNING VUJUDGA KELISHI Filipp 4 va Papa. Fransiyani markazlashtirishni davom ettirgan Filipp 4 (1285-1314) o'z qirolligining boshlarida SHampan grafligi, Lion viloyati va shahrini qirol domeniga qo'shib oladi. Uning keyingi harakatlari mamlakatning shimoliy-g'arbidagi yirik savdo-hunarmand-chilik shaharlarini birlashtirgan Flandriyani egallashga qaratiladi. Urushlar, saroy bazmlari katta mablag'larni talab qilgan. Qirol vaziyatdan chiqish uchun turli usullarni qo'llar edi. Filipp 4 shaharlardan qarz olib ularni qaytarmas, yahudiylarni mamlakatdan chiqarib yuborib, so'ng ularni katta to'lovlar evaziga qaytarar, tanga puldagi kumush miqdorini pasaytirib, uni buzar, qirollikdagi dehqonlarni erkinlikka chiqishi uchun katta to'lov talab qilardi. Nihoyat, Filipp 4 o'z nigohini eng boy tashkilot-katolik cherkoviga qaratadi. U Yevropa hukmdorlaridan birinchi bo'lib, katta yer mulklarga egalik qilayotgan cherkovdan soliq talab qiladi. Rim papasi Bonifatsiy 8 (1294-1303) o'zining mashhur o'tmishdoshlari Grigoriy 7 va Innokentiy 3 lar qabilida ish tutadi. U ruhoniylarga Fransiya qiroliga soliq to'lashni man etishdan tashqari, Filipp 4 dan Flandriyaga qarshi urushni to'xtatishini talab qiladi. Fransiya qirolining Papa xohish-irodasiga bo'ysunmaganligiga javoban Bonifatsiy 8 Filipp 4 ni cherkovdan xoliligini tantanali e'lon qilish uchun tayyorgarlikka kirishadi. General shtatlar. Bunga javoban Fransiya qiroli 1302 yili uch toifa vakillari: ruhoniylar, dvoryanlar va shaharliklarni chaqirib, ularga papa bilan mojaroni muhokama qilishni taklif etadi. General shtatlar papani Fransiyaning ichki ishlariga aralashishini qoralaydi. Keng jamoatchilik ko'magiga tayangan Filipp 4 papaga qarshi harakatni boshlaydi. Qirolga anafema (la'nat) e'lon qilish tayinlangan kun arafasida Italiyaning shimolidagi Anani shahrida joylashgan papa saroyiga Filippning bir guruh askarlari bostirib kiradi. Ular esankirab qolgan papaga qamoqqa olingani va sud oldida javob berishi uchun Fransiyaga jo'natilishini e'lon qilishadi. Rivoyatga qaraganda, fransuzlar yetakchisi ko'z ko'rib quloq eshitmagan narsa-papaga tarsaki tushirishga jazm etadi. CHorasiz Bonifatsiy 8 faqat: "mana mening bo'ynim, mana mening boshim"-deya oladi, xolos. Papani osishmaydi, boshini ham olishmaydi, Fransiyaga olib ketishga ham ulgurishmaydilar. Ananiliklar Bonifatsiy 8 ni qutqaradilar. Lekin papa tahqirni ko'tara olmas-dan, ko'p o'tmay aqldan ozib vafot etadi. Yodda tuting! General shtatlar (Etats Generaux-"yalpi toifalar")-Fransiyadagi oliy tabaqaviy-vakillik muassasasi (1302-1789). Qirollar General shtatlarini qachonki yangi soliq kiritishni istaganlarida chaqirib turishgan. SHu tarzda Fransiyada toifali monarxiya tashkil topadi. Qirollik hokimiyati markazlashtirish jarayonida tabaqa vakillari majlisiga tayangan. Tez orada Filipp 4 ning g'alabasi to'liq tus oladi. Kardinallar Fransiya arxiepiskopini papalikka saylashadi. U esa Italiyadan Fransiyaning janubiga Avinon shahriga ko'chib o'tishga qaror qiladi. Avinon fransuz qiroli mulkiga kirmasa-da, albatta lining bu yerdagi ta'siri katta edi. Zamondoshlari xristian dunyosi boshlig'i fransuz qirolining sodiq xizmatchisiga aylanganidan shikoyat qilganlar. Papalarning Rimga qaytishi uchun deyarli 70 yil kerak bo'ldi. Bu yillar (1309-1377) Rim cherkovi tarixida "papalarning Avinon tutquni" nomini oladi. qarorgohi. Buyuk magistr qarg'ishi. Papalarni "Boqiy shahardan fransuz qiroli himoyasiga" o'tishi Filipp 4 ning zamondoshlariga tayyorlagan so'nggi kutilmagan "sovg'a"si emasdi. U boshlagan 'tamplierlar ishi" ham Yevropada katta shov-shuvga sabab bo'ladi. Qirol kutilmaganda tamplierlar ordenini dahriylikka yo'liqib gunohlarga botganligiga "ishonadi". Bu orden Yaqin SHarqda 1291 yilgacha qolib, so'nggi janglarda qatnashgan va katta talafotlarni boshidan kechirgan edi. 1307 yilning tunlaridan birida ordenning ko'pchilik a'zolari va buyuk magistri qamoqqa olinadi. Ordenning bitmas-tuganmas boyliklari haqidagi mish-mishlar ularning boshiga balo bo'ladi. "Avinon papa"sidan rozilik olib, tamplierlarning mol-mulklari musodara qilina boshlanadi. Ko'plari qiynoqqa solinib, gulxanlarga tashlanadi. Buyuk magistr 1314 yili o'limga mahkum etiladi. Uning o'limidan bir oy o'tib papa, o'n oydan so'ng Filipp 4 vafot etadilar. Mamlakatda Filipp 4 qarg'ishga uchragani, uning vorislarini yanada dahshatliroq fojialar kutayotganligi haqida mish-mishlar tarqaladi. Yodda tuting! Dvoryanlar (nomdor zodagon) -feodallar toifasining imtiyozli qismi. Imtiyozlar merosiy bo'lib avloddan-avlodga o'tgan. General shtatlar doimiy faoliyat ko'rsatmay, zarur paytda qirol tomonidan chaqirilar edi. Dastlab u soliqlar bilan bog'liq muammolarni yechgan, xolos. SHu tariqa 14 asrda Fransiyada toifaviy monarxiya, ya'ni toifa vakillari yig'iniga suyanadigan, markazlashgan davlat shakllana boshladi. 24-§. YuZ YILLIK URUSHNING BOSHLANISHI VA UNING DASTLABKI DAVRI Yuz yillik urush va uning bos-qichlari. Umshning sabablari. Angliya va Fransiya o'rtasida 14 asrning 30 yillari boshlangan urushlar (1337-1453) tanaffuslar bilan yuz yildan ortiq davom etib, tarixda "yuz yillik urush" nomini olgan.Filipp 4 ning o'limidan ko'p da'vogar erkak zurriyot qolmaydi. 10 asrdan buyon davom etayotgan Kapetinglar vorisi deb Valualar oilasi tan olinadi. Ammo inglizlar qiroli Eduard 3 Filipp 4 ning qizidan nabirasi o'zini har qanday valualardan taxtga haqliroq deb e'lon qiladi. Ingliz qiroli talabini rad etish uchun fransuz huquqshunoslari Xlodvig davridagi "Sali haqiqati"dan yerni meros bo'yicha ayol kishiga o'tishi mumkin emasligi haqidagi qonunni topishadi. Huquqshunoslar bu qonunni qirollik ham yer-mulk ekanligi, demak Eduard 3 ning onasi Filipp 4 ning qizi o'g'liga Fransiya taxtiga o'tirish huquqini berishi mumkin emasligi haqida qaror chiqarishadi. Vorislik haqidagi bahs qurol yordamida yechila boshlanadi. Fransiya qiroli 1337 yili inglizlarning mamlakatning janubi-g'arbidagi Akvitaniya yerlarini o'z e'tirofiga olganini e'lon qiladi. Bunga javoban Eduard 3 Fransiyaga qarshi urush boshlaydi. Urushning borishi. Angliya va Fransiya urushi tez orada umumevropa mojarosiga aylanadi. SHotlandiya va Kastiliya Fransiyani, Portugaliya esa Angliyani qo'llaydi. Evropaning barcha hududlaridan ritsarlar kelib yo inglizlar, yoki fransuzlar xizmatiga o'ta boshlaydilar. Inglizlar 1340 yili Fransiya dengiz flotini yengib, quruklikda hujumga o'tadilar. Dastlabki yirik jang 1346 yili Kresi yaqinida boiib, unda fransiyaliklar qo'shini mag'lubiyatga uchraydi. Ingliz qo'shinlarining intizomi, son jihatidan ustun bo'lishi, puxta tayyorgarligi urushning dastlabki davridayoq Angliya ustunligini ta'minlaydi. Erkin dehqonlardan tuzilgan kamonchilar bo'linmasi ham g'alaba omillaridan biri boiadi. Inglizlar qo'shini qiroldan maosh olgan harbiy boshliqlar buyrug'ini so'zsiz bajargan. Fransiya qo'shini alohida ritsarlik bo'linmalaridan tashkil topgan bo'lib, har bir ritsar mustaqil harakat qilgan. Qo'shinda yagona boshqaruv va harbiy intizom bo'lmagan. Kale portini olgan ingliz qo'shinlari 1347 yili Akvitaniyaga yurish boshlaydi. 1356 yili Fransiyaning son jihatidan ikki baravar katta qo'shini shahzoda Eduard bo'linmasini ta'qib etib, unga Puate yaqinida yetib oladi. Eduard fransuzlar uni o'tkazib yuborishi hisobiga barcha o'lja va asirlarni, qo'lga kiritgan hamma qal'a va qasrlarini berishga tayyor ekanligini bildiradi. Lekin Fransiya qiroli shahzodani o'z a'yonlari bilan asirlikka tushib qamoqqa olinishiga rozi bo'lishini talab qiladi. Natijada Eduard jang qilishdan boshqa chora qolmaganiga ishonch hosil qiladi. Jang davomida fransuzlar yana birikmay harakat qilishi ularning eng sara ritsarlarini halokatiga sabab bo'ladi. Fransiya qiroli Ioaan Sahiy va o'g'li Filipp asirga tushadi. Jangdan so'ng inglizlarga ularning Fransiya-dagi ko'plab yer-mulklari qaytariladi. Urush esa fransuzlar uchun xavfli tus ola boshlaydi. Jakeriya qo'zg'oloni. Yuz yillik urush davomida soliqlardan, ayniqsa dehqonlar aziyat chekkanlar. Yevropaga, jumladan Fransiyada 14 asrning o'rtalarida tarqalgan vabo-"qora o'laf'dan aholining deyarli yarmi qirilib ketgan. Ammo xo'jayinlar "Sodda Jakning yelkasi keng, i hamma og'irlikni ko'taradif" deyishgan. Oddiy dehqonga nisbatan ishlatiladigan laqab "Jak", keyinchalik qo'zg'olonning nomiga aylanadi. Fransiyaning Bove okrugida, 1358 yil may oyida boshlangan dehqonlar qo'zg'oloni tarixda "Jakeriya" nomini oladi. Qo'shni viloyatlarga ham tarqalgan qo'zg'olonda yuz mingga yaqin kishi qatnashgan. Qo'zg'olonchilarning shiori "barcha zodagonlami bitta ham qoldirmay qirib tashlash" edi. Bunga ularning dehqonlarga o'tkazgan og'ir zulmi sabab bo'lgan. Qo'zg'olonchilar feodallar qal'alarini talab, soliq hujjatlarini, ro'yxatlarini yondirib yuboradilar. Ammo, odil qirolga ishongan dehqonlar bayroqlariga qirol gerbidagi-oq nilufar tasviri tushirilgan. Ko'p o'tmay feodallar birlashib Gilom Kal boshchiligidagi qo'zg'olonni bostiradi. Qo'zg'olonning yana takrorlanishidan qo'rqqan feodallar dehqonlarni toiov evaziga shaxsiy qaramlikdan ozod etishni tezlatadilar, ular qo'zg'olondan keyin o'z xo'jaliklarini nisbatan muvaf-faqiyatliroq rivojlantirish imkoniga ega bo'ladilar. Yodda tuting! ea 1358 yilda Fransiyada Gilom Kal boshchiligidagi dehqonlarning Jakeriya qo'zg'oloni bo'lib o'tadi. 25-§. URUSHNING KEYINGI DAVRLARI. FRANSIYaNI MARKAZLASHTIRISHNING YaKUNLARI Yuz yillik urushning davomi. Angliya Fransi-yaga 1360 yil taklif etgan tinchlik sulhi bo'yicha mamlakat hududlarining 1/3 qismi inglizlarga o'tadi. Fransiya qiroli Karl 5 harbiy islohotlar o'tkazib, kuchli to'pchilar qo'shini va flot tuzishga kirishadi. Yagona qo'mondonlik joriy etilib, uning vakolatlari kengaytiriladi. Ushbu lavozimga tayinlangan Dyugeklan yirik janglarga kirmasdan kichik janglar orqali deyarli barcha hududlarini inglizlardan ozod qiladi. Lekin urushdagi g'alabalar uzoqqa cho'zilmaydi. Qirol saroyidagi kelishmovchiliklardan foydalangan inglizlar 1415 yilning kuzida Normandiyaga qo'shin tushiradi. Azenkur jangida yana fransuzlar qo'shini tor-mor etiladi. Mamlakatning yarmi Angliya qo'liga o'tib, cherkov va ruhoniylar ingliz qirolini tan olishdi. Burgundiya gersogi ham inglizlar tomoniga o'tadi. Uning ko'magida inglizlar Parijni egallaydi. 1420 yilgi shartnomaga ko'ra, Angliya qiroli Genrix 5 ning o'g'li taxtga kelganda, birlashgan Angliya va Fransiyaning qiroli bo'lishi ko'rsatiladi. Ammo 36 yoshli Genrix 5 1422 yili vafot etganida Lining 10 oylik o'g'li Genrix 6 taxtda qoladi. Fransiya qiroli Karl 6 ning vafot etishi hokimiyat uning o'g'li dofin (shahzoda, taxt vorisi) Karlga o'tishini ta'minlaydi. Yuz yillik urushning xususiyati o'zgarib, ingliz qo'shinlariga qarshi oddiy xalq ko'tariladi. Dofin Karl uchun muhim bo'lgan mamlakat janubiga yo'l ochuvchi Orlean shahri himoyachilari inglizlarga qarshi 200 kunlik qamalda taslim bo'lishmaydi. Orlean qizi. Ingliz qo'shinlari Orleanga hal qiluvchi hujumga tayyorgarlik ko'rayotgan bir paytda Karl huzuriga 16 yoshli oddiy dehqon qizi Janna d' Ark kelib, uni fransuzlar g'alabasi muqarrar ekanligiga ishontiradi. Jannaga ritsarlar bo'linmasi berilib, Orleanni ozod qilish uchun yo'llangan qo'shin tarkibiga kiritiladi. Bir necha kun davomida inglizlar qurgan istehkomlar yanchib tashlanib, shahar qamaldan ozod qilinadi. Bu voqeadan so'ng Jannani "Orlean qizi" deb atay boshlaydilar. Jannaning qah-ramonligidan ilhomlangan fransuzlar barcha hududlarda bosqinchilarga qarshi urush boshlaydilar. Reymsda -Fransiya qirollarining an'anaviy toj kiyadigan shahrida Karlning toj kiyish imkoniyati paydo bo'ladi. Karl 7 (1422-1461) Fransiya qiroli bo'lgach, uning mamlakat va Yevropadagi nufuzi keskin oshadi. Janna d' Arkning shuhrati oshib borishi, qirol saroyi a'yonlarining hasadini kuchaytiradi. 1430 yili Kompen qal'asi uchun janglarda Janna burgundlar tomonidan asirga olinib, inglizlarga topshiriladi. Fransiya qiroli qahramon qizni qutqarishga urinib ham ko'rmaydi. CHerkov sudi Jannani o'limga hukm etib, 1431 yilning 30-mayida Ruan shahri maydonida gulxanda yondiradi. Urushning yakunlari. Jannaning qahramonligi fransuzlarning vatanparvarlik tuyg'usini kuchaytirib, ozodlik urushida keskin burilish yasaydi. Inglizlarning ketma-ket mag'lubiyatlari 1453 yilda sulh tuzilishi bilan tugaydi. Ular ixtiyorida faqat Kale porti qoladi. G'alaba qirol hokimiyatining kuchayishiga olib keldi. Qirolning muntazam qo'shini tuzila boshlangan. Soliqlarning muntazam yig'ilishi orqali davlat daromadlari oshirilgan. 1451 yili urush boigan hududlardagi dehqonlar 8 yilga soliqlardan ozod qilinadi. Bu dehqonlami o'z xo'jaligini tiklashiga yo'l ochgan. Markazlashtirish yakunlari. Qirolning mustaqil gersog va graflarga qarshi kurashi yanada kuchayadi. Xususan, Burgundiya gersoglari qirol vassallari hisoblansa-da, amalda mustaqil siyosat olib borganlar. Karl 7 o'limidan so'ng taxtga o'tirgan o'g'li Lyudovik 11 (1461-1483) o'z siyosatini Bretan va Anju gersoglarini bo'ysundirishdan boshlaydi. Bunga javoban 1465 yili yirik feodallar Jamiyat baxt-saodati ittifoqi'ni tuzadilar. Uning rahbari Karl Burgundskiyga qarshi Lyudovik Lotaringiya gersogi va shveysariyalik yollanma qo'shinni jalb etadi. Karl Jasur 1477 yilda shveysariyaliklar bilan jangda halok bo'lgach, Burgundiyaning g'arbiy qismi Fransiyaga qo'shib olingan. Fransiyaning janubidagi Provans viloyati Marsel porti bilan 1481 yili qirol hukmiga o'tadi. Lyudovikning vorisi Karl 8 ning 1491 yili Bretan gersogining qizi Annaga uylanishi bilan Fransiyaning markazlashuvi yakunlanadi. 26-§. ANGLIYaDA MARKAZLASHGAN DAVLATNING TASHKIL TOPISHI Normandlar istilosi. Angliyada qirol hokimiyatining zaifligi uni daniyaliklarning talonchilik maydoniga aylantiradi. Angl-sakslar bunga qarshi 11 asrning 40 yillarida qo'zg'olon ko'targanida, ularga Fransiyaning shimolidagi Normandiya gersogi yordamga keladi. Ammo ko'p o'tmay bu ko'mak beg'araz bo'lmagani tasdiqlanadi. Normandiya gersogi Vilgelm qo'shinlari 1066 yili Angliyaga kelib tushadi. Gastings jangida normandlarning otliq ritsarlari inglizlar piyoda qo'shinini qurshab oladi. Angliya qiroli Garold va uning qo'shini tengsiz jangda halok bo'ladi. Normandiya gersogi qirollik taxtini egallab, Vilgelm 1 nomini oladi. Yodda tuting! 1066 yili Angliya Normandiya gersogi Vilgelm 1 tomonidan bosib olinadi. Feodal jamiyatining uzil-kesil o'rnatilishi. Vilgelm mahalliy feodallar-angl-sakslar yerlarini tortib olib o'z ritsarlariga bo'lib beradi. Ayni paytda kichik va o'rta yer egalari o'z mulklarini saqlab qolishadi. Mam-lakatni itoatda saqlash uchun kuchli qirol hokimiyati zarur edi. Vilgelm barcha feodallarni qirolga sodiqlikka qasamyod qildiradi. Ayni paytda mamlakat yerlarining 1/7 qismi, qirol mulkiga aylanadi. Qirolning eng yirik mulkdor bo'lishi, baronlarga esa yer mulklarining turli viloyatlardan taqdim etilishi, Fransiyadagi kabi mustaqil grafliklarni tashkil topishiga to'sqinlik qiladi. Normandlar istilosi natijasida Angliya dehqonlariga zulm o'tkazish kuchayadi. O'z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida normandlar Angliya bo'ylab ko'plab qal'alar qurdirgan. Ulardan eng mashhuri Londondagi Tauer bo'lib, u hozirgacha mavjud. Angl-sakslarning doimiy qo'zg'olon ko'tarish xavfi baronlarni qirol tevaragida yanada jipslashuviga olib keladi. Istilo qilingan mamlakat iqtisodiy imkoniyatlarini bilish maqsadida Vilgelm Yevropada ilk marotaba yer-mulk va aholi ro'yxatini o'tkazdi. Ro'yxatga oluvchilar savollariga faqat haqiqatni aytib javob berish haqida qasamyod qildirilishi xalq orasida ro'yxat varaqalarini "Dahshatli sud kitobi" nomini olishiga sabab bo'ladi. Baronlarning aholiga zulmini cheklash uchun grafliklardagi angl-saks mahalliy sudlari saqlab qolinadi. Mamlakat grafliklarga bo'linib, ularning har biriga qirol vakili-sherif tayinlanadi. Angliyada dehqonlar kurashi 12-13 asrlardan kuchayadi. Ularning bir qismi o'z xo'jayinlaridan qochib o'rmonlarda yashaganlar. Qochoqiar birlashib feodallar, yepiskoplar, amaldorlar, qirol sudyalariga hujumlar uyushtirganlar. Ularni aholi qo'llab-quvvatlagan. 14 asrda xalq og'zaki ijodining sevimli qahramoniga aylangan Robin Gud siymosi ana shu boylarning dushmani, ezilgan mehnatkash xalqning himoyachisi sifatida tasvirlanadi. Genrix 2 (1154-1189) qirolligida Angliyada moliya va harbiy islohotlar o'tkazildi. Baronlar harbiy xizmat o'rniga xazinaga "qalqon puli" solig'i to'lashiga ruxsat berildi. Bu qirolga muntazam yollanma qo'shin tuzish imkonini berdi. Normandlarning mahalliy angl-sakslar bilan aralashishi ma'lum muddatni talab etgan. Qirollar 12 asr davomida xalqqa "fransuzlar va inglizlar" deb murojaat qilganlar. Etnik va til borasidagi farqlar 12 asr oxiridan yo'qola boshlaydi. "Buyuk ozodlik xartiyasi". Genrix 2 ning vorislari davrida mamlakatda qirol siyosatidan norozi zodagonlar, hukmdorning o'g'illari boshchiligida qo'zg'olonlar bo'lib turgan. Bunday kurashlar Ioann (1199-1216) qirolligi paytida yanada kuchayadi. O'z kuchiga ishongan qirol gunohkor hisoblangan baronlarning mulklarini tortib olgan, vassallaridan katta to'lovlar talab etgan. Natijada, bu siyosat barchani qirolga qarshi qilib qo'yadi. Baronlar, ritsarlar va shaharliklar ko'magida 1215 yilning bahorida isyon ko'taradilar. Poytaxt London aholisi qo'zg'olonchilarga darvozalar-ni ochib beradilar. Qirol "Buyuk ozodlik xartiyasi" nomini olgan hujjatni imzolashga majbur bo'ladi. Uning asosiy moddalari baronlar va ruhoniylar manfaatini ifodalagan. Qirol cherkovning erkin saylovlariga rioya qilishni, vassallardan odatdagidan ko'p to'lovlar olmaslikni, baronlarni qamamaslik, ularning mol-mulkidan mahrum etmaslik shartlarini qabul qiladi. Yorliq 63 moddadan iborat bo'lib, ritsarlar va erkin dehqonlarga ham ayrim yengilliklarni beradi. Xususan, ulardan belgilanganidan ko'p xizmat va to'lovlar olish taqiqlanadi. Hujjatda erkin kishilarga qirol amaldorlari o'zboshimchaliklari va qo'shimcha jarimalardan himoya va'da qilingan. Lekin unga amalda to'liq rioya qilinmagan. Angliya parlamenti. Angliyada birinchi parlament 1265 yili chaqiriladi. Unga o'xshash qirolga yaqin feodallar yig'ini Vilgelm davridan, 11 asrning oxirida ham chaqirilib turgan. Lekin undan farqli bu parlament tarkibida baronlardan tashqari, ruhoniylar, har bir graflikdan ikki ritsar, hamda yirik shaharlardan ikkitadan vakillar to'plangan. Parlament 14 asrdan lordlar va umumpalatalarga bo'linadi. Lordlar palatasida qirol taklif etgan zodagonlar, yepiskoplar, abbatlar majlis o'tkazganlar. Umumpalatada esa ritsarlar va shaharliklar vakillari qatnashgan. Yodda tuting Parlament-fransuz tilidan parle-"gapirmoq" so'zidan olingan 14 asrdan parlament soliqlar tayinlashdan tashqari, qonumlar ishlab chiqish va qabul qilishda qatnashish huquqiga ham erishadi. 27-§. ANGLIYa 14-15 ASRLARDA Angliya yuz yillik urushlar davrida. Yuz yillik urushlar Angliya iqtisodiyotiga ham katta zarar yetkazdi. Qirol Richard 2 (1377-1399) mamiakatda 1377 yili qo'shimcha jon solig'i joriy etadi. 1380 yili jon boshi solig'i 3 baravarga oshiriladi. Soliqni yjg'ishdagi suiiste'molliklar, nohaqliklar Angliyada xalq qo'zg'oloniga sabab bo'ladi. Kambag'al ruhoniylar va rohiblardan xalq voizlari yetishib chiqadi. Xalq orasida katta obro'ga erishgan Jon Boll o'z va'zlarida "Odam Ato yer haydab, MomoHavo charx yigirganda kirn dvoryan bo'lgan!" deb aytgan kinoyali so'zlari qishloqlarda tez-tez takrorlangan. Kenterberi arxiepiskopi buyrug'i bilan Jon Boll qamoqqa olinadi uot tayler qo'zg'oloni . Qo'zg'olon 1381 yilmng may oyida soliq yig uvchilar bedodligidan boshlanib, tez orada Angliyaning katta qismini qamrab oladi. Qo'zg'olonchilar tomonidan ozod etilgan Jon Boll uning rahbarlaridan biriga aylanadi. Esseks va Kent grafliklari dehqonlaridan iborat qo'zg'olonchilar tunukasoz Uot Tayler boshchiligida poytaxtga yo'l oladi. Londonliklar qo'zg'olonchilarga shahar darvozalarini ochib berishadi. Qirol a'yonlari, taniqii amaldorlar uylariga o't qo'yiladi. Aybdor deb topilgan amaldorlar qatl etila boshlanadi. Birinchilardan bo'lib Kenterberi arxiepiskopi o'ldiriladi. Yosh qirol Richard 2 qo'zg'olonchilar bilan muzokaralar boshlaydi. U o'zini xalqqa do'st qilib ko'rsatishga harakat qiladi. Bu orqali qirol qo'shinini Londonga yetib kelishi uchun vaqtdan yutiladi. Uchrashuvda qabul qilingan "Mayl End" dasturiga binoan: dehqonlarning qaramligini bekor qilish, erkin savdoga ruxsat berish, yer solig'ini kamaytirishga rozilik beriladi. Qirol bilan uchrashuvdan so'ng qo'zg'olonchilarning o'ziga to'q qismi uylariga tarqalishadi. Lekin qo'zg'olonchilarning kambag'al qismi bunga qoniqmay Londonda qoladi va qirol bilan yangi uchrashuv Smitfildda bo'ladi. Yangi ishlab chiqilgan dasturda: feodallar tortib olgan yaylov va o'rmonlarni qaytarish, ibodatxona yerlarini musodara qilib dehqonlarga bo'lib berish, aholini teng huquqli bo'lishini ta'minlash kabi talablar bor edi. Uchrashuv paytida qirol a'yonlaridan biri bilan janjallashib qolgan Uot Tayler to'qnashuvda yaraJanib halok bo'ladi. Sarosimada qolgan dehqonlarga, ularning barcha talablari bajarilishi va'da qilinib, shaharni tark etishga ko'ndiradilar. Lekin qo'zg'olonchilar izidan yuborilgan qo'shin, ulardan ayovsiz o'ch oladi. Qo'zg'olon mag'lubiyatga uchrasa-da, uning ta'sirida Angliyada dehqonlarning mehnat majburiyatlaridan (barshina) voz kechiladi. Qaram dehqonlar 15 asr davomida to'lov evaziga ozodlikka erishadi. Soliqlar tartibga solinadi. Angliya 15 asrda. Yuz yillik urush tugaganidan keyin Angliya tarixida "Qizil va oq gullar" (1455-1485) urushi nomini olgan urushlar bo'lib o'tadi. Unda aholining 1/4, nomdor feodal zodagonlar-baronlarning deyarlik barchasi qirilib bitadi. Urushlar paytida taxtda bo'lgan Yorklarga qarshi hal qiluvchi Bosvort yaqinidagi jangda (1485 yil) g'olib chiqqan Lankasterlar xonadoni qo'llagan Genrix Tyudor Angliya taxtiga keladi. Yodda tuting! Angliya toj-u taxti uchun kurashgan Lankasterlar bayrog'ida qizil, Yorklar bayrog'ida esa oq atirgul rasmi solingan. Genrix 7 Tyudor (1485-1509) davrida qirol hokimiyati kuchayib boradi. Urushlarda qirilib bitgan normand zodagonlari o'rniga, qirol lordlar palatasiga kiritgan yangi angl-saks zodagonlari uning ishonchini qozonishga intilgan. Umumpalatasiga taklif qilingan ritsarlar va shaharliklar ham qirol kiritgan qonunlarni tasdiqlar, unga yangi soliqlar yig'ishga ruxsat berardi. 28-§. YeVROPA MADAN1YaTI 11-15 ASRLARDA. MAORIF VA FAN O'rta asrlarda dunyo haqidagi tasavvurlar. O'rta asr kishilarining tasavvurlari din bilan uzviy bog'liq bo'lgan. Kishilar yerdagi og'ir qismatlari uchun vafotidan so'ng jannatda "haqqoniy" hayot bilan taqdirlanishga ishonganlar. Xususan, aniq vaqt haqida tushuncha faqat o'rta asrlarning so'ngida tarqala boshlaydi. Bu davr kishilari uchun vaqt: tong, kun, kech va kechadan iborat bo'lgan. Oylar tushunchasi ham deyarli hech qanday ahamiyat kasb etmagan. Inson hayoti faqat yil fasllarining: qish, bahor, yoz, kuzning almashinuvi bilan belgilangan. Ayni paytda aholi tomonidan an'analar, urf-odatlar va udumlarning bajarilishiga qat'iyan rioya qilingan. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling