Tarixi muhammadiy
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8(1)
www.ziyouz.com kutubxonasi 116 Buni anglab, darhol Hazrati Ali Rasulullohdin ruxsat olib, aning oldiga kelishi bilan bir- birlariga hamla qilishib, qilich solishdilar. Talhaning oyoqlari kesildi. Yiqilgandin so‘ngra Hazrati Ali uni chopib tashladi. Bu yiqilishi bilan uning ukasi Usmon tug‘ni ko‘tardi, uni Hazrati Hamza chopib yubordi. Inisi Abu Sa’d o‘rniga kelib tug‘ tutdi. Hazrati Sa’d ibn Abi Vaqqos otgan o‘q aning bo‘g‘ziga tegib, shul zamon jon berdi. Shundoq qilib, qatori bilan tug‘ tutganlardin to‘rt kishi o‘ldirildi. Ularning barisi bir qabiladan edi. Shu orada Abu Bakr Siddiqning o‘g‘li Abdurahmon maydonga tushib bahodir talab qildi. Otasi Abu Bakr Siddiq qarshi chiqmoqqa tilagan bo‘lsalar ham, Rasululloh ruxsat bermadilar. Mushriklar qo‘shinlarining ichida ikki yuzdan ortiq otliq askarlari bor edi. Musulmonlarning orqa tomonidan ular ham uch qayta hujum qildilar. Barcha hujumlar tepa ustida o‘rnashgan ellik nafar merganlar tomonidan yog‘dirilgan o‘qlar ila qaytarildi. Hujumchi dushman askari ot qo‘yib kelayotganlarida qarshilaridan otilgan sadoq o‘qlariga chidab turolmay orqalariga qochdilar. Shundoq bo‘lsa ham sonlari uch-to‘rt barobar ortiq bo‘lgan dushman askari qizg‘inlik bilan urushga kirishdilar. Islom va kufr, haq va botil qo‘shinlari bir-birlariga yaqinlashdi, har ikki yoqning bahodirlari suron solib qichqirishdilar. Dushman qo‘shinining keyiniga qo‘yilgan qo‘shiqchi xotunlar urush qizdirish uchun dop- childirmalarini chalib, hayajonlik she’rlarni o‘qishur edi. Bundin ilgari Badr urushida o‘ldirilgan Quraysh ulug‘larini yo‘qlab yig‘lashib, alarning urug‘-aymoqlarini shu urushda o‘ch olmoqqa qo‘zg‘ashar edilar. Rasululloh mushrik xotunlarning bu yo‘sinlik qo‘shiqlarini onglaganlarida shu duoni o‘qidilar: «Allohumma bika ahulu va bika asulu va fiyka uqotilu, hasbiyallohu va ne’mal vakil». Ma’nosi: «Ey bor Xudoyo, sen uchun urushurman, sening yordaming bilan hujum qilurman. Alloh yordami har ishda menga yetarlikdur», demakdur. Shuning bilan musulmonlarga iqbol eshigi ochildi. Maydon bo‘yicha g‘alaba qozonib, har joyda dushmanga qattiq zarba berdilar. Tug‘ boshchilaridan ketma-ket to‘rt kishi o‘ldirilganidan so‘ngra dushman askari orqa o‘girib qochishga turdi. Buni ko‘rib, islom askarining ruhi ko‘tarildi. Alarni otib-chopib orqadan quvg‘in qildilar. Dushmanning oldi saflari buzilib, ortqi saflariga qo‘shilmish edi. Qochqinchilar yuziga xotunlar tarafidan sochilgan qum-tuproqqa qaramay, qo‘sh-qo‘lonlarini qoldirib, o‘rdalaridan o‘ta qochdilar. Mana shu chog‘da o‘ljaga qiziqib turgan Islom askari qochgan dushmanlarni qoldirib o‘lja yig‘moqqa kirishdi. Dushman ortidan quvg‘in qilish to‘xtadi. Askar ortini saqlash uchun qo‘yilgan merganlar ko‘rdilarkim, dushmanlari yengildi. Quvguvchi askarlar ham dushmanlarini qo‘yib, o‘lja yig‘ishga kirishmishdurlar. Endi ish bitdi, qarab turish nimaga kerak, o‘ljadan quruq qolgaymiz deyishib, urush uchun qo‘lda saqlamoq eng kerak bo‘lgan joyni bo‘sh qoldirib, o‘lja olish qizig‘ida el orqasidan bular ham yugurdilar. Boshliqlari Abdulloh ibn Jubayr qon qaqshab qancha qaytargan bo‘lsa ham aning so‘ziga quloq soluvchi kishi bo‘lmadi. Yo‘q ersa, Rasululloh aytgan edilar. «Biz dushmanni yengaylik yoki yengilaylik, mendin ruxsatsiz bu joydin siljimagaysiz», deb qayta- qaytadin topshiriq bergan edilar. Dunyoning qizig‘ida bu so‘zni ham unutib qo‘ydilar. Mana shuning bilan butun ishlar ham o‘zgara boshladi. Negakim, g‘alaba qozonmoq uchun eng kerak bo‘lgan narsa: birinchi, askar boshlig‘ining buyrug‘ini bajarish, ikkinchi, kerakli o‘rinlarni qo‘lda saqlash edi. Ish shundoq bo‘lgach, dushman otliq askari boshlig‘i Xolid ibn Valid buni payqab qoldi, agar shu joyga hujum qilib, uni qo‘lga keltirur ersa, Islom askarini o‘rab olishga aniq ko‘zi yetgan edi. Bu joyga qo‘yilgan ellik kishilik merganlardan — boshliqlari Abdulloh ibn Jubayr bilan o‘n ikki kishi qolganligini ko‘rdi. Bunday fursat topilmagay, deb Xolid ibn Valid borliq askari bilan bu o‘ringa ot qo‘ydi. Xiyol o‘tmay ul o‘n ikki kishini urib-yanchib, barchalarini shahid qildilar. Shuning bilan Islom askari o‘ralib qoldi. So‘ngra askar ortidan qizg‘inlik bilan hujum boshladi. Olg‘a safdagi Islom askari bu ishdan xabarsiz edilar. Hazrati Hamza bu urushda ko‘p Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 117 bahodirlik ko‘rsatdi. Dushman bahodirlaridan buning qo‘lida o‘ldirilganlarning soni o‘ttiz birga yetgan edi. Shundoq qilib, to‘g‘ri kelgan dushmanlarni chopib, maydon ichra javlon qilib yurdi. Shu orada buni kutib yotgan Vahshiy qulni ko‘rmay, oldidan o‘taverdilar. Bu habashiy qulning xo‘jasi Jubayr ibn Mut’im anga shart qo‘yib: «Agar Hamzani bu urushda o‘ldirur ersang, sen qullikdan ozodsan», degan edi. Shu maqsadni qo‘lga keltirish uchun, hazrati Hamzaning yo‘lini to‘sib, kutib tosh orqasiga yashirinib yotdi. Bu qulning hunari o‘n-o‘n besh qadam olisda turib, agar dushmanga nayza otar bo‘lsa, ani mo‘ljallagan joyga tekkizur edi. Hazrati Hamza bundin xabarsiz, qilich yalanglab ketayotganida, Vahshiy qul bor kuchi bilan jon yerini poylab, nayza irg‘itdi. Otgan nayzasi o‘q ilondek to‘lg‘onib, kindik ostiga tegib qadaldi. Sovut orasidan kirib, nayzaning uchi orqa tomonidan ko‘rinib qoldi. So‘ngra Hazrati Hamza g‘ayrat ko‘rsatib, Vahshiyga qilich ko‘targan bo‘lsalar ham, yetarlik kuch qolmaganlikdan, yiqilib shahid bo‘ldilar, roziyallohu anhu. Shungachalik Xolid ibn Valid, Ikrima ibn Abu Jahl o‘z askarlari bilan orqa tomondan qamab kelishib qoldilar. Shunda ham o‘ljachilar dunyo qizig‘i — mol yig‘moqqa mashg‘ul edilar. So‘ngra ko‘rdilarkim, orqa tomondin qora bulutdek dushman askari qoplab kelmishdur. Buni ko‘rib boshlaridan xushlari uchdi. Yiqqan mollarini qo‘llaridan tashlab, bog‘lab olmish asirlarini bo‘shatdilar. Tuzilgan cheplari buzilib, orqa-oldilarini dushman qurshab oldi. Kufr qo‘shinlari: «YO, lal-uzzo val hubul», deb butlari nomi bilan qichqirishib, hujumga kirishdilar. Bu holni ko‘rib, orqa-oldilaridan o‘ralgan Islom askari shoshqinlikka tushdi. Buning ustiga shayton mal’un odam suratiga kirib: «Ey mo‘minlar, orqa tomoninglardin dushman askari qoplab keldi», — deb qattiq qichqirdi. Buni eshitgan olg‘a safdagi askarlar orqaga yonib, chang-to‘zon ichida bir-birlarini tanishmay, o‘z aro chopishdilar. Mushriklarning yiqilib yotgan bayroqlari qaytadin ko‘tarildi. Islom tug‘ini ko‘targan Mus’ab ibn Umayrni Ibn Qam’a qilich urib, shahid qildi. So‘ngra: «Muhammadni o‘ldirdim», deb askar ichini oralab, ot chopib yurib jar chaqirdi. Buni eshitgan mo‘minlarning hushlari ketdi. Alardin ba’zilari: «Rasululloh o‘ldirilgan bo‘lsa, endi urushimizni kim uchun qilgaymiz? Yaxshisi shuki, dushmanlarimiz bilan kelishib, alardin omonlik olaylik», dedilar. Yana birmunchalari: «Agar Rasululloh o‘ldirilgan bo‘lsalar, endi dinimiz yo‘lida Alloh uchun urush qilurmiz, Rasululloh oldida urush qilmoqdin asli maqsadimiz ham shul edi», dedilar. Yana bir qanchalari urush maydonidan chekinib, Madina tomoniga qarab qochdilar. Bular ichida Hazrati Usmon ham bor edi. Bu kishining ustiga tushgan fitna kunlarida dushmanlari ko‘proq shu ishni ta’na qildilar. Lekin bu qochqunchilar qilgan ishlaridan uyalishib, Madina bog‘larida yashirinib yurgan edilar. Rasulullohning ruxsatlari bilan uch kundan keyin Madinaga keldilar. Ammo Rasululloh bo‘lsalar bu dahshatlik holda zarrachalik o‘zgarmadilar. Kelgan o‘rinlaridan bir qadam bo‘lsa ham ortga qaytmadilar. Atroflarini sahobalardan bir necha jonfidolar qurshab olgan edi. Ayniqsa, bular ichida Abu Talha ansoriy dushman tomonidan qasdlab otilmish o‘qlarga o‘zini to‘sib, qalqon qilur edi. Dushman otliq, yayov askarlari ersa Islom tug‘ini yiqmoqqa qattiq hujum qilishardi. Shu chog‘da tug‘ Hazrati Ali qo‘lida edi. Tug‘ saqlovchi merganlardan bir qanchalari Rasululloh oldilarida edilar. Bular ichida shul kuni eng ortiq ish ko‘rsatgan kishi hazrati Sa’d ibn Abi Vaqqos bo‘ldi. Sel qoplagandek otliq va piyoda dushman askariga yolg‘iz o‘zi bir mingdan ortiq o‘q otdi. Rasululloh tinmay o‘q yetkazib berur va: «Irmi yo Sa’d, fidoka abiy va ummiy», ya’ni, «Otgil, ey Sa’d, ota-onam senga fido bo‘lsin», der edilar. Rasululohning Sa’d haqida aytgan so‘zlari ikki dunyoda maqtanurlik erdi. Chunki ilgari- keyin bundoq so‘z Rasululloh taraflaridan hech kimga aytilmagan edi. Yana shu chog‘da dushmanlardan bir bo‘limi tog‘ ustidan hujum qilmoqqa chiqib, keldilar. Rasululloh ularni Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 118 ko‘rib: «Ey Sa’d, buni qaytargil», dedilar. Anda u: «YO Rasululloh, men yolg‘iz kishi qanday qaytarolgayman?» dedi. Rasululloh: «Qaytargil», deb uch yo‘l aytdilar. Anda Sa’d o‘q yonchig‘idan bir o‘q chiqarib, dushmanga otgan edi, xato qilmay, jon yeriga tegishi bilan uning joni chiqdi. Ikkinchi, uchinchi otgan o‘qlari ham qoraga tegib, tog‘ ustiga chiqqan dushmanlardin ketma-ket uch kishini o‘ldirdi. Buni ko‘rgach, qolganlari tog‘ ustidan pitrab qochdilar. Yo‘q ersa, alarning qasdi — shu tomondin kelib, Rasulullohga hujum qilmoqchi edilar. Shundoq bo‘lib, Uhud urushi boshlanishi bilan musulmonlar g‘alaba qozongan bo‘lsalar ham, buning sharoitini o‘zlari buzganlikdan, ko‘p xayol o‘tmay qattiq mag‘lubiyatga uchradilar. Saflari buzilib, bosh-oyoqlari qovushmay, tarqoq holda qolishib, tartiblari buzildi. Shuncha qalin dushman hujumiga qarshi Payg‘ambarimizning qoshlarida ushbu o‘n to‘rt kishidan boshqa hech kim qolmagan edi. Ul bahodirlarning yettitasi muhojirlardin bo‘lib, alarning otlari shulardir: 1. Hazrati Abu Bakr Siddiq. 2. Hazrati Umar. 3. Abdurahmon ibn Avf. 4. Sa’d ibn Abi Vaqqos. 5. Talha. 6. Zubayr. 7. Zayd ibn Horisa. Qolgan yetti kishi ansor sahobalardan edilar. Bular: birinchisi, Payg‘ambarimizdan qilich olgan, buni egilguncha chopqayman, deb va’da bergan hazrati Abu Dujona edi, ikkinchisi, Hubob ibn Munzir, uchinchisi, Osim ibn Sobit, to‘rtinchisi, Horis ibn Simma, beshinchisi, Suhayl ibn Hanif, oltinchisi, Sa’d ibn Mu’oz, yettinchisi, Usayd ibn Xuzayr, raziyallohu taolo anhum ajma’iyn. Ko‘pchilik boshqa sahobalar bo‘lsa, Rasulullohdin ajrab, kurash maydonida tarqalib qoldilar. Mal’un Ibn Qam’a: «Muhammadni o‘ldirdim», deb askar ichiga yolg‘on dovruq solgan chog‘da Islom tug‘i Hazrati Ali qo‘lida edi. Urush to‘polonida chopishib yurib, Rasulullohdin adashib qoldilar. Shu orada Ibn Qam’aning yolg‘on so‘zi quloqlariga yetdi. «Bu ish bo‘lg‘ulik emasdur», degan bo‘lsalar ham yana insonchilik, ko‘ngillari vahim olib, o‘liklar yotgan gumonlik o‘rinlarni axtarib, Rasulullohni izladilar: Hech yerdin nishonalarini topmagach, shundoq o‘yladilarkim: «Rasululloh bu urushda hech qachon maydondin qochib ketmaslar, lekin bizning qilgan gunohimiz shumligidin, Alloh taolo Iso alayhissalomdek Rasulullohni ham ko‘kka ko‘targan bo‘lishi kerak. Endi biz Rasulullohdin ajrab, yer ustida tirik yurganimizdan, Xudo yo‘lida o‘lganimiz yaxshiroqdur. Rasulullohni ko‘rmagunimcha qilichimni qiniga solish yo‘qdur», deb qilich qinini sindirdilar. Yalang‘och qilich bilan o‘zlarini dushman to‘piga urdilar. Bu damlarda dushman safi buzilib, ora ochildi. Qarasalar, yuqorigi o‘n to‘rt kishi Rasulullohni o‘rtaga olib, dushmandin mudofaa qilib turibdilar. Ular ichida Sahl ibn Hanif, bu kishi ersa, Madina xalqidan chiqqan atoqlik merganlardin edi, to‘rt tomondin Rasulullohga qasd qilib kelgan dushmanlarni o‘q bilan urib, hech birini yaqin keltirmay turibdi. Abu Dujona bo‘lsa, qaysi yoqdin biror narsa kelsa, Rasulullohni qo‘riqlab, o‘zini qalqon qilur edi. Orqa yelkalariga atrofdin otilgan o‘qlarning bir nechalari tegib qadalgan edi. Shundoq qilib, bu bahodirlar Rasulullohni qo‘riqlashda jon fidolik bilan eng so‘ngi suvliklarigacha (nafaslarigacha) chidamlik ko‘rsatdilar. Ayniqsa, bular ichida Zayd ibn Horisa Rasululloh ustiga bo‘lgan hujumlarda dushmanlar tarafidan otilgan, urilgan, chopilgan qurollarga qarshi turganlikdan qattiq yaralangan edi. Rasululloh o‘zlari bo‘lsalar shul kuni (boshlaridan) eng og‘ir ishlarni o‘tkazdilar. Har qandoq odam ko‘tarolmaslik darajada qattiq yaralandilar. Shundoq bo‘lsa ham, bu Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 119 qiyinchiliklarga chidamlik ko‘rsatib, dushmanga qarshi turdilar. Bu qilishlari bo‘lsa, kelgusi kunlarda ibrat olguvdek bir ishni ummatlariga qoldirish edi. Yana shunday qizg‘in urush bo‘lib turgan chog‘da, Quraysh raislaridan Ubay ibn Xalaf degan kishi: «Endi Muhammad qayon qochib qutila oladi?» deb Rasululloh ustiga ot qo‘ydi. «Agar shul kuni Muhammad mandin qutulur bo‘lsa, man dunyoda tirik tura olmagayman», deb qilich ko‘tarib hujum qilmoqchi bo‘ldi. Buni ko‘rgan sahobalardin bir nechalari uning oldini to‘sib, qarshi chiqdilar. Anda Rasululloh: «Hoy, uni to‘smanglar, yaqinroq kelsun», — dedilar. U ham og‘ziga kelganini aytib, qilichin ko‘tarib, chopgali kelmoqda edi. Rasululloh, yetishiga bir-ikki nayza bo‘yi qolgan chog‘da, yonlarida turgan Horis ibn Simma degan sahoba tutib turgan qisqa nayzani aning qo‘lidan olib, yomon niyatda kelayotgan dushmanni yetguncha qo‘ymay, ul sari otdilar. Nayza yetib, uning bo‘ynini bir oz yaraladi. Ammo qon oqizguvdek yarasi yo‘q edi. Lekin uning og‘rig‘iga chiday olmay orqaga qaytdi. Borgan sari og‘riq oshib, chidolmay baqirgani turdi. Buni ko‘rgan boshqa yo‘ldoshlari ani zonglik (masxara) qildilar: «Sening bo‘yningga tushgan bu yara agar bizning ko‘zimizga tushar bo‘lsa, biz ani eran (pisand) qilmas edik. Yuraging yo‘q, o‘zing bo‘sh kishi ekansan», deb anga kuldilar. Anda ul aytdi: — Lot-uzzo haqqi, agar mening bu olgan yaramning dardini Rabia, Muzar (arablarning ulug‘ qabilasi) xalqi taqsim qilib olur bo‘lsalar, buning ta’siridan barchalari o‘lur edilar. Endi men nechuk bundan tirik qolgayman, — dedi. Bu kishi Rasulullohning eng qattiq dushmanlaridan biri edi. Payg‘ambarimiz Makka shahrida turgan chog‘larida ul har qachon Rasulullohni ko‘rar bo‘lsa, aytur edikim: — Ey Muhammad, mening bir arg‘umoq otim bor, har kuni o‘n qadoqdin ortiqroq yem yegizib, uni toblab turibman, shu ot ustida seni bir kuni chopib o‘ldirgayman, — der edi. Anda Rasululloh uning so‘ziga qarshi: — Sen meni o‘ldira olmagaysan, inshaalloh, men seni o‘ldirgayman, — degan edilar. Payg‘ambarimizning shul aytgan so‘zlarini Alloh taolo chinga chiqardi. Shu bilan Quraysh askari Uhud urushidan qaytishlarida Makka-Madina oralig‘idagi— Saraf degan joyga kelguncha bu kishi jon talashib, bo‘kirib keldi. Shu yerga kelganda jon berdi. Rasululloh umrlari bo‘yi qilgan g‘azotlari ichida, ilgari-keyin bo‘lib, shu bir kishini o‘ldirdilar. O‘z qo‘llari bilan o‘ldirganlari yolg‘iz shu kishi edi. Payg‘ambarimiz aytdilar: — Insonlar ichida o‘lgandin so‘ngra eng qattiq azob tortguvchi kimarsa — payg‘ambarni o‘ldirguvchi yoki payg‘ambar qo‘lidan o‘lguvchi kishi bo‘lur. Buning sababi shuldurki, har bir payg‘ambar o‘z ummatiga ota-onasidan ham mehribonroqdur. Shuning uchun Alloh taolo Payg‘ambarimiz haqlarida shu oyatni tushirdi: «Laqad joakum, rosuvlum min anfusikum, azizun alayhi ma anittum, hariysun alaykum bil mu’miniyna raufur rohiym...» Ma’nosi: Alloh amri bilan, o‘zinglardan aziz bir kishi sizlarga payg‘ambar bo‘lib keldi. Sizlarning og‘ir yukinglar, mehnat-mashaqqatlaring aning ustiga yuklandi. Ul payg‘ambar sizlarga bek omroqdur (mehribondur). Butun dunyo xalqi Islom dinini qabul qilar bo‘lsalar, aning eng ortiq tilagi shuldur, ya’ni mo‘minlarga mehribon, alarga rahmlik, yaxshilik qiluvchi» demakdir. Endi bilmoq kerakkim, aziz, rauf, rahim, bu uchovi ersa, Alloh taoloning sifatlaridandur. Chunki Qur’oni karimda: «Innalloha binnasi la roufur rohim» oyatini keltirdi. Ma’nosi: «Albatta, Alloh taolo odamlarga mehribondur, rahm qilguvchidur» demakdur. Payg‘ambarimizning haqlarida ham: «Bil mu’miniyna roufur rohim» deb Alloh taolo Payg‘ambarimizni o‘z ismi bilan atadi. Boshqa hech bir payg‘ambarni bu sifati bilan atamagan edi. Endi shundoq ulug‘, mehribon, shafqatlik payg‘ambar bir insonni o‘ldirur ersa, undin sira yaxshilik kutmaganligini bildirur. Shuning uchun Payg‘ambarimiz aytdilar: Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 120 — Bir kimsa payg‘ambarni o‘ldirgan bo‘lsa, yoki payg‘ambar tarafidan o‘ldirilgan bo‘lsa, bunday odam go‘rga ko‘milgandan boshlab, qiyomat bo‘lguncha, to‘xtovsiz go‘r azobini ko‘rgay, — dedilar. Yana bu urushda dushman bahodirlaridan Ibn Qam’a degan bir kishi bor edi. Urush qizib turgan chog‘da, payt poylab, Rasululloh ustilariga birdaniga ot qo‘ydi. Qilich bo‘yi yaqinlashib kelib, muborak bo‘yinlariga bir qilich urdi. Boshlariga kiygan dubulg‘a chiltarini qilich kesib o‘tolmagan bo‘lsa ham, qattiq urilganlikdan, qilich salmog‘i bilan biror oy miqdori muborak bo‘yinlari og‘rib yurdi. Qilich urar chog‘ida: «Qam’a o‘g‘lidurman, ol bu qilichni», deb chopgan edi. Uning bu so‘ziga qarshi Payg‘ambarimiz: «Aqmaakallohu vajhaka», ya’ni, «Alloh yuzingni xor qilsin», dedilar. Shuning bilan, urush tarqalgandin so‘ngra bu kishi o‘z uyiga qaytdi, o‘zi ersa arab ko‘chmanchilari — arobiylardin edi, uyiga borgach, xotini aytdikim: «Uch kundan beri qo‘ylarimiz to‘pi bilan o‘tloqqa chiqib yo‘qoldi. Alarni izlab yurib, topolmay charchadik», dedi. Buni onglab, ul o‘zi qo‘ylarini izlamakka otlandi. Aylanib yurib qarasa, yiroqdin tog‘ boshida bir qora ko‘rindi, qo‘y bo‘lgaymi deb, tog‘ ustiga chiqdi. Yaqinlashganda payqab qarasa, ul ko‘ringan qora o‘zining qo‘y-qo‘chqori ekandur. «Hay, jonivor, meni tanib turganga o‘xshaydi», deb yaqiniga kelishi bilan, ko‘kragiga bir suzib erdi, tog‘din uchib, yumalaganicha, chala o‘lik bo‘lib, tog‘ tagiga tushdi. Mugizlari (shoxlari) qayrilgan katta bir tog‘ takasi poylab turgandek, tayyor turmush edi. Chala o‘lik bo‘lib tushgan kishini suzishga boshladi. Allohdin amr bo‘lgandek, yuzidan boshqa joyini suzmas edi. Toshdin- toshga surib yurib, uning yuzini kishi jirkanguvdek qilib, ezib tashladi. Rasululloh buning haqida: «Yuzingni Alloh xor qilsun», degan edilar, ko‘p uzoq o‘tmay, Alloh bu so‘zni chinga chiqarib, shu xorlik bilan o‘ldi. Yana bu urushda Rasulullohga ko‘proq qasd qilib, dushmanchilik qilguvchilardan biri Madinalik Abu Omir Rohib edi. Rohibning ma’nosi obid demakdur. Rasululloh buni fosiq, deb atamish edilar. Aslida bu kishi madinalik ansor sahobalar urug‘idan edi. Iymon bunga nasib bo‘lmagach, oldiga kelgan shundoq ulug‘ ne’matdin o‘z ixtiyori bilan quruq qoldi. Chunki Madina munofiqlarining ikki raislari bor edi. Birisi shu Omir Fosiq, ikkinchisi, Abdulloh ibn Ubay. Rasululloh Madinaga kelganlaridan keyin Islom masalasi qo‘zg‘alib, ular raislikdan ajradilar. Xalqning bular bilan ishi bo‘lmay qoldi. Ana shu kundin boshlab, bularning hasad tomirlari qo‘zg‘aldi. Abadiy davlatni foniy dunyoga sotdilar. Shamchiroq gavharini ko‘r bo‘lib, qora toshga ayirbosh qildilar. Birinchisi ersa, Islom rivojini ko‘rib, chidab turolmay, ellik jonga yaqin butun oilasi bilan Makkaga ko‘chib borib, Quraysh mushriklariga qo‘shildilar. Ikkinchisi bo‘lsa, mol-jonini saqlamoq uchun til uchida bo‘lsa ham musulmon bo‘ldi, lekin Rasulullohga dilida dushmanlik qilib, fursat topar ekan, musulmonlarga ziyon yetkazmakdan hech tortinmas edi. Rasululloh bunga qarshi sabr qilmoqdin boshqa hech qandoq chora qilmadilar. Va u tavfiq topmay, shu munofiqlik bilan dunyodin o‘tdi. Yuqorida aytilgan shu Abu Omir Fosiq, musulmonlarni yiqitmoq uchun urush maydonida bir necha o‘rinlarga yashirin quduqlar qazdirib qo‘ygan edi. Rasululloh bu urushda ikki qavat temir sovut kiygan edilar. Payg‘ambarimiz kiyim og‘irligidan, payqamasdin shu chuqurlarning biriga tushib ketdilar. Qattiq yiqilganlikdan, tizza ko‘zlari yaralanib, bir oz xushlari ketgandek bo‘ldi. YOnlarida qo‘riqlab turgan Hazrati Ali qo‘llaridan tortib, Talha ibn Abdulloh oyoqlaridan ko‘tarib chuqurdan chiqardilar. Shu chog‘da kofirlar tomonidan Utba ibn Abu Vaqqos kelib Rasulullohga bir tosh otdi. Otilgan tosh ostingi ikki tishlarining birini sindirib ketdi. Muborak erinlari (lablari) ham tosh zarbidan anchagina yaralandi. Buni ko‘rib Hotib ibn Balta’a aning ustiga arslondek otilib shundoq qilich urdikim, boshi olmadek uzilib yerga tushdi. Yana dushmanlardin Abdulloh ibn Shihob Rasulullohning yuzlariga qarab tosh otdi, Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 121 buning zarbidan muborak yuzlari ham yaralandi. Buning ustiga, boshlariga kiyilgan temir dubulg‘alari urilgan qilich zarbidan sinib ketib, boshlari ham yorildi. Mengzalariga dushman tomonidan tekkan qilich zarbidan yuz suyaklariga dubulg‘a halqasi botib, yuzlarini qattiq jarohatladi. Qisqasi shuki, hadis olimlari, tarix olimlarining aytishlaricha, Rasulullohning boshlariga, yuzlariga, butun badanlariga qilich, nayzalar, oybolta, cho‘qmorlar, toshlar dushman tomonidan otilib, urilib, yetmishdan ortiq joylari og‘ir-engil yaralangan edi. Endi bu so‘zlarni o‘qib, anglaguvchi odamlarning ko‘ngillariga shundoq kelishi mumkindurkim, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom Xudoning do‘sti, habibi, barcha olamga yuborilgan Allohning haq payg‘ambari — Rahmatul lil alamiyndurlar. Ish shundoq ersa, bundoq ulug‘ darajalik zot shu qadar kulfat, mehnatlarga qolib, kofirlar tomonidan jabru jafolar tortishlariga hikmat na erdi? Mana shu so‘z har kimning ko‘ngliga kelib qolishi ehtimoldur. Bu so‘zning javobida, o‘tgan ulug‘ olimlarimiz shundoq demishlardirkim: — Insonlar ichida payg‘ambarlar Xudo oldida eng ulug‘ martabaga egadurlar. Ayniqsa, alar ichida bizning Payg‘ambarimizning darajalari hammalaridan ham ulug‘roqdir. Endi Alloh taoloning dunyoga qo‘ygan odati shundoqdurkim, aning oldida kimning maqomi balandroq bo‘lsa, dunyoda tortgan jabru jafosi ortiqroq bo‘lgay, alardin qaysi birlari Alloh amrini xalqqa yetkazishda kofir va munofiqlardan ko‘proq aziyat chekkan bo‘lsa, shunga ko‘ra oxiratda ko‘proq ajr-savob topgay. Yana bir hikmati shuldurki, hayot olamidagi borliq narsalar butunlay sababga bog‘lanmishdur. Dushmanni yengishlar yoki ulardan yengilishlar bo‘lsa, albatta, bularning biror sabablari bordur. Bu urush boshlanishida yengish asbobi musulmonlar qo‘lida edi. Buning sababi bilan dastlabda dushmandan g‘alaba qozonmish edilar. So‘ngra musulmonlar qo‘llaridagi zafar sabablarini yaxshi saqlay olmagach, bu davlatdin ajradilar. Chunki Allohning taqdiri bandaning qilmishiga bog‘liqdur. Dunyo yaralgandan beri insonlar ustida bo‘layotgan ilohiy qonun shuldur. Buning rioyasi barcha insonlarga barobar vojibdur. Shuning uchun Rasululloh askarining orqa tomonini saqlamoqqa ellik kishilik bir bo‘lik merganlarni, shu kunning so‘qish yasog‘icha eng keraklik o‘ringa tayinlab qo‘ymish edilar. Har qandoq ahvol yuz bersa ham shu joyni qo‘ldan bermaslikka buyurgan edilar. Mana, Rasulullohning shu buyruqlari amalga oshirilmadi. Zafarning katta bir sababini qo‘ldan chiqardilar. Shu sababdan dushmanlaridan yengildilar. Lekin bu yerda yana bir so‘z bordirkim, Alloh taolo o‘ziga iymon keltirgan mo‘minlarni shundoq o‘rinlarda nega kofirlardan asramaydi? Buning javobi, birinchidan shuldurki, buyongi (keyingi) mo‘minlarga tanbeh bo‘lsin, qolganlar bundan ibrat olsinlar. Musulmonlar hech bir vaqtda, ayniqsa, so‘kish-savash chog‘larida boshliqlarning buyruqlarini buzmagaylar. Alloh amrini dunyo ishlaridan oldin tutgaylar. Ikkinchi javob shuldurki, Rasululloh yaratilishida, muborak nurlari hammadin ilgari yaratilmish edi. Dunyo-ga kelishlarida barcha payg‘ambarlardan keyin keldilar. O‘tgan payg‘ambarlarga ham kofirlar bilan jang qilmoq o‘z shariatlarida farz qilingan edi. Shuning uchun o‘tgan payg‘ambarlar ham Xudo yo‘lida dushmanlariga qarshi jihod qildilar. Alarning ummatlaridan bir qancha mo‘minlarga shahidlik darajasi nasib bo‘ldi. Bu daraja ersa payg‘ambarlardan va dag‘i (yana) siddiqlardin so‘ngi, Xudo oldida, eng ulug‘ daraja shu erdi. Bunday bo‘lgach, bu ulug‘ darajadan bu ummatning eng oldingi saflari quruq qolmagay, deb Alloh taolo bir qancha sahobalarni shahidlik darajasiga yetkazdi. Yana bulardan boshqa hikmatlar ko‘p bo‘lsa ham, shu aytgan so‘zlarimiz mo‘minlar uchun yetarlikdur. Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shundoq qilib, Rasululloh bundoq og‘ir yarador bo‘lishlaridan sahobalar qattiq qayg‘urdilar. Alardin qaysi birlari aytdi: — YO Rasululloh, duo qiling, bu kofirlar qirilsinlar, — dedi. Anda Rasululloh: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling