Tarixi muhammadiy


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/59
Sana23.09.2017
Hajmi5.12 Kb.
#16304
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59

www.ziyouz.com kutubxonasi 
275
bo‘ldi. Qarasa noma boshiga «Rasululloh» so‘zi yozilmish ekan. Buni ko‘rgach, uning 
g‘azabi qo‘zg‘alib: «Arab qullaridan chiqqan bir kishi nechuk o‘z nomini mening 
nomimdan ilgari keltirgay?!» deb, nomani parcha-parcha qildi. Bu nomani eltgan 
Abdulloh ibn Huzayfani podsho saroyidan haydab chiqazdilar. U kishi ersa bu adabsizlikni 
ko‘rib, saroydan chiqishi bilan tuyalariga minib yo‘lga tushdi. 
Xisravning g‘azabi bosilgandan so‘ngra qilgan ishiga pushaymon bo‘lib, Abdullohni topib 
keltirmakka buyurdi. Lekin uni hech joydan topolmadilar. 
Abdulloh Madinaga salomat kelib, bo‘lgan voqeani Rasulullohga yetkazdi. Anda 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — «Xisrav o‘z podshohligini yirtmushdir», dedilar. 
Yana bu qilgan adabsizligiga qanoat qilmasdan, o‘ziga qarashlik Yaman voliyi Malik 
Bozonga buyruq xat yozdi. U vaqtda Yaman o‘lkasi ham Eron podshosiga qarar edi. Xat 
mazmuni quyidagichadur: 
«Bozonga ma’lum bo‘lgayki, Makkada Quraysh qabilasidan bir kishi payg‘ambarlik 
da’vosini qilib chiqmishdur. Sen uning ustiga askar bilan borib, uni bu so‘zdan qaytib 
tavba qilmoqqa taklif qil. Taklifingni qabul qilsa ko‘p yaxshi, qabul qilmas ersa, boshini 
kesib keltir yoki o‘zini bog‘lab bu yerga keltir. Ul mening qulim bo‘laturib, o‘z o‘rnini 
tanimay, adabsizlik bilan menga xat yozmishdur». 
Bu buyruq Bozonga yetgach, xat keltirgan Xisrav elchisiga o‘z yaqinlaridan ikki kishini 
qo‘shib Rasulullohga yubordi. Bular Yamandan chiqib Makka yaqinida Toyif shahriga 
keldilar. U yerdin anglashib, Madinaga kelishdi. Rasululloh bilan ko‘rishgandan so‘ngra: 
— Podsholar podshosi Xisrav Parviz Yaman podshosi Malik Bozonga seni yuborsin deb 
buyruq bermishdur. Malik Bozon ersa seni podsho oldiga eltmak uchun bizni yubordi. 
Agar qarshilik qilsang o‘zing halok bo‘lursan va qavmingni halok qilursan, ustingga 
kuchlik qo‘shinlar yuborib, el-yurting oyoq ostida qolib butunlay xarob bo‘lur, — dedilar. 
Bu kishilar Eron odaticha soqollarini qirdirgan, murutlarini shopdek o‘stirgan kishilar edi. 
Rasululloh bularni shunday qiyofada ko‘rib jirkandilar. 
So‘ngra alardan: 
— Voy, sizlarga kim bu ishni qilmoqqa buyurdi?»— deb so‘radilar. Alar: 
— Bizni Rabbimiz buyurdi, — deyishdilar. Podshohimiz deyish o‘rniga ani rabbimiz deb 
atadilar. 
Anda Rasululloh: 
— Sizlarning rabbingiz shu ishga buyurmish ersa, lekin mening Rabbim soqolimni 
qo‘yishga, murutimni olishga buyurmishdir. Endi bu kuncha qaytinglar, ertaga kelib 
mendan javob olinglar, — deb alarni qaytardilar. 
Ertasi kuni Rasululloh qoshiga qaytib keldilar ersa, alarga: 
— Allohdan menga vahiy keldi. Mening Rabbim sizlarning rabbinglarni falon oy, falon 
kechada o‘ldirmoqchi bo‘ldi, — dedilar. 
So‘ngra shu mazmunda Yaman voliysi Malik Bozonga xat yozib berdilar. Xatni olib 
elchilar Malik Bozon huzuriga kelishdi. Xatni o‘qib ko‘rib, undagi xabarni bilgach, Malik 
Bozon: 
— Agar bu kishi aniq payg‘ambar bo‘lsa, bu aytgan xabari albatta to‘g‘ri chiqqay. Yo‘q 
ersa uning chorasini ko‘rgaymiz, — deb Eron xabarini kutib turdi. 
Ko‘p o‘tmay, Erondan xat keldi. Naq Rasululloh aytgan oy, kunlarda Xisrav podsho o‘g‘li 
Sherviya tarafidan o‘ldirilmish edi. Xatning mazmuni shunday edi: «Malik Bozonga 
ma’lum bo‘lgayki, otam Xisravni davlat arboblari maslahati bilan o‘ldirdim. Chunki fors 
xalqini jonidan to‘yg‘azdi, boshchilarini o‘ldirdi, alarning yaxshilari tarqalib har yoqqa 
qochdilar. Bu xatni olishing bilan o‘z xalqingdan men uchun bay’at olursan. 
Payg‘ambarlik da’vosini qilib chiqqan kishi haqida Xisrav senga buyruq bermish edi. 
Mendan xat borguncha uni o‘rnidan qo‘zg‘atma». 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
276
Bu mo’jizani ko‘rib Malik Bozon butun oilasi bilan va arkon davlatlari bilan g‘oyibona 
iymon keltirib, Rasulullohga elchi yubordi. Payg‘ambarimiz aytganlaridek, Eron davlati 
Hazrati Umar zamonlarida munqariz bo‘ldi. Alarning mol-dunyo, xazinalariga, butun 
mamlakatlariga musulmonlar ega bo‘ldilar. 
HABASHISTON PODSHOSI NAJOSHIYGA YUBORILGAN NOMA 
«Bismillahir rohmanir rohiym. 
Min Muhammadin rasulillohi ilan Najoshiy malikil Habashati. Salamun anta. Fainniy 
ahmadu ilaykallohullaziy la ilaha illallohu Huval malikul Quddusus salomul mo‘minul 
muhayminu va ashhadu anna Isabna Maryama ruhullohi va kalimatuhu alqoho ila 
Maryamal butulit-tayyibatil hasinati. Fahamalat bi’iso hamalathu min ruhihi va nafhihi 
kama xolaqo adama biyadihi. Va inniy ad’uka vajunudaka ilallohi vahdahu la sharika 
lahu val muvalata ala toatihi va an tatba’ani va tu’qina billaziy jaaniy. Fainniy rasulullohi 
va inniy ad’uka va junudaka illallohi ’azza va jalla va qod ballag‘tu va nasahtu. 
Vassalomu ala minittaba’al xuda». 
Ma’nosi: «Allohning elchisi Muhammadan Habash podshosi Najoshiyga! Salomatmusan, 
men Allohga hamd ayturman. Allohdan o‘zga yaratgan yo‘qdur, haqiqiy podsho Uldir. 
Har bir kamchilikdan, ayb bo‘lg‘udek narsalardan pokdir. Bandalarni barcha ofatlardan 
asraguvchi Allohdir. Yana guvohlik beraman, Iso alayhissalom Maryam o‘g‘li 
Ruhullohdur. «Kun» («Paydo bo‘l!» demak) kalimasini pokdomon, obida, zohida, 
ibodatlik Maryamga tashlagan so‘ngida Isoga homila bo‘lmishdur. Iso Allohning ruhi, 
Allohning kalimasidur. Odam alayhissalomni Alloh qudrati bilan yaratganidek, Isoni ham 
Alloh qudrati bilan yaratmishdur. 
Endi men seni sherigi yo‘q, o‘xshashi yo‘q yagona Allohga iymon keltirmakka, doim 
uning itoatida bo‘lmakka chaqiraman. Men Allohning haq payg‘ambaridurman. Seni va 
sening askarlaringni Allohga undayman. Alloh amrini sizlarga yetkazdim. Borliq 
nasihatimni qildim. Haq yo‘liga ergashgan kishilarga salom». 
So‘ngra bu nomani Amr ibn Umayya degan sahobaga berib, Habash podshosi Najoshiyga 
yetkazgil, deb buyurdilar. Amr ibn Umayya Habashistonga borib, nomani Najoshiyga 
topshirgach, podsho uni ko‘ziga surtib, darrov taxtdan tushdi. Quruq yer ustiga o‘ltirib 
shahodat aytib, Islom diniga kirdi. So‘ngra nomani necha qat ipak raxtlarga o‘rab, fil 
suyagidan yasalgan qutiga solib, xazinachiga topshirdi. Alarga: «Agar bu noma bizning 
qo‘limizda bu yanglig‘ hurmat bilan saqlanar ekan, Habashistondan yaxshilik hech vaqt 
uzilmagay» dedilar. So‘ngra Rasulullohga shu nomani yozib, javob qaytardi: 
«Bismillahir rohmanir rohiym. 
Ila Muhammadin rasulillahi sollallohu alayhi va sallam minan-Najoshiyil asham. 
Assalomu alayka va rahmatullohi va barakatuhu. Ya nabiyyallohillaziy la ilaha illa 
huvallaziy hadani lil-islom. Amma ba’d, faqod balag‘aniy kitobuka ya Rasulalloh. Fama 
zakarta fi amri Isa alayhissalam favarabbis-samoi val arzi inna Isa alayhissalam la 
yazidu ala ma zakarta. Va qod qorrabna ibna ammika va ashabahi fa ashhadus-sodiqon 
va musaddiqon innaka rasulullohi va qod boya’tu ibna amika va aslamtu ala yadihi lillahi 
Rabbil olamin». 
Nomaning tarjimasi budir: 
«Allohning elchisi Muhammadga Najoshiydan salom! Allohning rahmat va barakotlari 
sizga bo‘lsin, ey Allohning haq payg‘ambari. Allohdan o‘zga Yaratguvchi yo‘qdur. U 
yolg‘iz Allohdur. Shundayin Allohga, Islom diniga meni hidoyat qildi. Yubormish 
nomangiz menga yetdi. Iso haqida aytgan so‘zingiz ersa, yer-osmonni yaratgan Alloh 
haqqi, Isoning yaratilishi siz degandekdur, hech boshqa emasdur. Amakingiz o‘g‘li va 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
277
uning yo‘ldoshlarini o‘zimga yaqin qildim. Rostlik bilan guvohlik beraman, siz Alloh 
yuborgan payg‘ambardursiz, sizga bay’at qildim. Amakingiz o‘g‘li qo‘lida Islom diniga 
kirdim, unga ham bay’at qildim». 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu nomani o‘qib eshitgach, shu so‘zni yozdilar: 
«Habash xalqi sizlarga tegmaguncha ularga tegmanglar, ularni o‘z holiga qo‘yinglar». 
Shuning uchun Islom askari futuhot davrlarida ham Habashistonga qadam qo‘ymadilar. 
Musulmonlar bilan habash xalqi orasida qonlik urush bo‘lgani tarixda ham ko‘p 
ko‘rinmadi. Rasululloh zamonlarida noma yuborib dinga da’vat qilingan podsholardan 
nomani o‘qib ko‘rishi bilan darrov iymon keltirgan kishi shu Najoshiy bo‘ldi. Mundan 
boshqalariga bu davlat nasib bo‘lmadi. Shuning sababi bilan Habashistonda Islom dini 
tarqalib qoldi. Shu kungachalik u yerda Islom dini davom etib kelmoqda. 
MISR PODSHOSI MUQOVQISGA YUBORILGAN NOMA 
«Bismillahir rohmanir rohiym. 
Min Muhammadin rasulillahi ila Muqovqis azimil Qibti. Salamun ala manittaba’al xuda. 
Amma ba’d, fainniy ad’uka bidi’ayatil Islomi. Aslim taslam. Yu’tikallohu ajraka 
marrotayni va in tavallayta fainnama alayka ismul qibt». 
Tarjimasi budir: 
«Alloh elchisi Muhammaddan Qibt (Misr) xalqining ulug‘i Muqovqisga. Haqqa tobe 
bo‘lganlarga salom. So‘ngra shulki, seni Islom diniga chaqirurman. Musulmon bo‘l, 
salomat bo‘lursan, yana ikki qat savob olursan. Agar bunga unamasang, barcha qibt 
xalqining gunohini ko‘tarursan». 
Rasululloh bu nomani Muqovqisga yetkurish uchun Hotib ibn Balta’aga topshirdilar. Ul 
esa nomani olib Misr shahriga keldi. Muqovqis Iskandariyaga ketgan edi. Misrdan u 
yerga borib, dengiz ichidagi podsho saroyiga kirib, nomani Muqovqisga berdi. Ul nomani 
o‘qib ko‘rgach, Hotib ibn Balta’aga qarab: 
— Agar bu kishi aniq payg‘ambar bo‘lsa, muni o‘z vatanidan haydab chiqazgan 
dushmanlarini nega duo qilib yo‘q qila olmadi? — dedi. 
Hazrat Hotib javob aytmay unga qaraganicha turdi. Muqavqis yana shu so‘zni qaytarib 
aytgandan keyin hazrat Hotib aytdi: 
— Maryam o‘g‘li Iso alayhissalom Allohning haq payg‘ambari erdi. Aning o‘z qavmi 
yahudlar unga qarshi chiqishib, ko‘p ozor berdilar. Eng oxiri uni ushlab yahudlar 
o‘ldirmoqchi bo‘lganda Alloh taolo uni osmonga chiqarib qutqazdi. Nima uchun Iso 
payg‘ambar alarning halok bo‘lishiga duo qilmagan edi? 
Anda Muqovqis bu so‘ziga rozi bo‘lib: 
— Seni yuborgan hakim kishi oldidan kelgan sen ham hakim ekansan, — dedi. 
Uning bu so‘zidan ilhomlanib: 
— Ey Muqovqis, o‘zing yaxshi bilursan, sendan ilgari o‘tgan bu shaharda Misr fir’avni bor 
edi. U ersa o‘z haddini bilmay, xudolik da’vo qildi. Alloh yuborgan Muso payg‘ambarga 
iymon keltirmadi. Oxiri Xudo g‘azabiga uchrab, dunyo va oxiratda abadiy azobga qoldi. 
Endi sen o‘tganlardan ibrat olg‘udek bo‘l, qolganlarga go‘zal ibrat bo‘l. Aniq guvohlik 
berurman, Muhammad alayhissalom Allohdan kelgan haq payg‘ambardur. Dunyoda 
yashagan barcha insonlarni haq dinga da’vat qilish uchun uni Alloh yuborgan. 
Qur’onning xabaricha, Islom diniga eng qattiq dushman yahudiylardur. Haqiqiy nasorolar 
esa aning do‘stlaridan hisoblanurlar. Xudo haqqi qasam qilurman, Muso payg‘ambar Iso 
payg‘ambarning chiqishini o‘z qavmi yahudlarga xabar bermish edi. Bu ikkovlari ersa, 
Muhammad alayhissalom bashoratini o‘z ummatlariga yetkazdilar. Har payg‘ambarga 
kim zamondosh bo‘lsa, uning ummatidan sanalur. O‘tgan payg‘ambarlarning har birlari 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
278
oxirzamon payg‘ambari Muhammad alayhissalomning chiqishidan o‘z ummatlariga xabar 
berib, ulardan ahd olmish edilar. Endi haqlik shulki, yer ustida yashagan butun 
ummatlar Muhammad alayhissalomga iymon keltirib, shunga itoat qilgaylar, — dedi. 
Anda Muqovqis: 
— Men bu kishining xabarini eshitganimdan beri, ko‘p fikr qilib tekshirishlar o‘tkazdim. 
Aning buyurmish ishlari barchasi foydalik erur. Zararlik har bir ishlardan butun insonlarni 
qaytarmishdur. Payg‘ambarlikning barcha alomatlarini uning qilgan ishlarida topdim. 
Yana bu haqda o‘ylab ko‘rurman, — dedi. 
So‘ngra Rasulullohning nomalarini ipak lattalarga o‘rab, fil suyagidan yasalgan qutichaga 
solib xazinasiga topshirdi. Bu nomaning asl arabcha nusxasi shu kunlarda ham, ya’ni, 
1377 hijriy yilda Turkiya hukumatining xazinasida saqlanmoqdadur. Turkiyaning so‘ngi 
sultonlaridan birisining davrida bu nusxa Misr kalisolarining biridan topilgan edi. Eski 
Qibt kalisolarida shu davrgacha u muborak nomaning asl nusxasi saqlanib qolgan ekan. 
Shu zamonning sulton xalifasi ijozati bilan uning aksi olinib, nusxasi ko‘paytirilgan edi. 
1945 milodiy yilda G‘ulja shahrining qozisi Abdulhakimxoja bu muborak nomaning 
fotograf nusxasidan bir donasini bu kitob yozguvchi Alixon Sog‘uniyga hadya qilib 
keltirdi. O‘zim o‘qib ko‘rgan shu arabcha nomani yuqorida yozdim... 
So‘ngra Muqovqis arabcha yozdirib, Rasululloh nomalariga javob qaytardi. Buning 
tarjimasi quyidagichadur: 
«Muhammad ibn Abdullohga Qibt xalqining ulug‘i Muqovqisdan salom. So‘ngra shulki, 
yuborgan nomangni o‘qib ko‘rdim, yozganingni angladim. Da’vat qilmish dining asosiga 
tushundim. Bundan ilgari ko‘p payg‘ambarlar o‘tib, bir payg‘ambar qolganini bilur edim. 
Lekin men uni Shom tuprog‘idan chiqar deb o‘ylar edim. Arablardan chiqishi xayolimga 
kelmagan edi. Yuborgan elchingni hurmatlab hadyalar berib qaytardim». Shu bilan noma 
javobini tamom qilib, boshqa so‘z yozmadi. 
Misr tansiqlaridan har xil narsalarni tortiq qilib Rasulullohga yubordi. Bular ichida husn 
jamollik ikki kanizak bo‘lib, birisining oti Mariya edi. Buni Rasululloh o‘z nikohlariga 
oldilar. O‘g‘illari Ibrohim Mariyadan tug‘ildi. Rasululloh minishlari uchun yana bir xachir 
ham yubordi. Bundan ilgari arablar xachir ko‘rmagan edilar. Bunga «Duldul» ot qo‘yib 
Hazrati Aliga berdilar. So‘ngra Muqovqis hazrati Hotibga: «Qibt xalqi ersa bu to‘g‘ridagi 
menim so‘zimni qabul qilmagaylar. Yo‘q ersa Muhammadning oxirzamon payg‘ambari 
ekaniga ko‘zim yetdi. Unga iymon keltirur edim. Agar bu qilgan ishlarim alarga ma’lum 
bo‘lsa, ular meni halok qilgaylar. Shuning uchun bu ishim anglanmasdan oldinroq bu 
yerdin chiqib ketishing kerakdur», dedi va bir necha askar qo‘shib hazrati Hotibni sovg‘a 
mollari bilan saqlab arab tuprog‘iga yetkazib qo‘ydi. Shu bilan hazrati Hotib Madinaga 
kelib ko‘rgan ishlarini Rasulullohga bayon qildi. Anda Rasululloh: «Bu kishi ersa 
podsholigini qizg‘anib iymondan mahrum bo‘lmishdur. Lekin aning podsholigi uzoq 
turmagay», dedilar. 
BAHRAYN PODSHOSI MUNZIR IBN SOVIYGA YUBORILGAN NOMA 
«Bismillahir rohmanir rohiym. 
Salomun anta. Fainniy ahmadu ilaykalloha, allaziy la ilaha illa huva. Ammo ba’d, fainna 
man sallo salatana vastaqbala qiblatana va akmala zabiyhatana fazalika muslimun lahu 
zimmatullohi va zimmatur-rasuli, man ahabba zolika minal majusi fainnahu omana va 
man aba fainna alayhil-jizyata, faaslim». 
Ma’nosi: «Salomatmisan. YOlg‘iz Allohgagina hamd-sano ayturman va U maqtashga 
loyiqdur. Bundan so‘ngra har kimarsa bizlardek namoz o‘tasa, qiblamizga yuzini qaratsa, 
biz bo‘g‘izlagan hayvonlarni yesa, ul kishi musulmondur. Allohning ahdi, 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
279
payg‘ambarining omoni ul kishiga bo‘lg‘ay, ya’ni uning mol-joniga hech kim tega 
olmagay. Arablardan boshqalar yaxshi ko‘rib bu dinga kirsalar, mol-jonlariga alar ham 
omon topgaylar. Agar qarshilik qilib, iymon keltirmas ekanlar, alarga jizya qo‘yilgay. 
Islom diniga kirgil, azobdan qutulursan». 
Payg‘ambarimiz: «Bu nomani atalmish kishiga yetkurgil», deb, Alo ibn Hazram ismlik 
sahobaga topshirdilar. Ul kishi ersa Munzir ibn Soviyga yetkurdi. Nomani o‘qib ko‘rib 
mazmuniga tushungandan so‘ngra, darhol iymon keltirib, bu nomani yozdi: 
«Ammo ba’d, ya Rasulallohi. Fainniy qora’tu kitobaka ala ahlil Bahrayni. Faminhum man 
ahabbal Islama va a’jabahu va dahala fihi va minhum man karihahu va biarzi majusun 
va yahudu fa ahdis ilayya fi zalika amraka». 
Ma’nosi: «Salomdan so‘ngra, yo Rasulalloh, sizning nomangizni Bahrayn xalqiga o‘qib 
berdim. Ba’zilari bu dinni yaxshi ko‘rib iymon keltirdilar, ba’zilari ersa bundan yuz 
o‘girdilar. Bu yerda yahudiy, majusiy, otashparast kofirlar bordur. Bular haqida qandoq 
ish qilishga buyurasiz, bizga shuni bildirgaysiz». 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu noma kelgach, javobiga yozdilar: 
— Yolg‘iz Allohga hamd-sano ayturman va guvohlik berurman barcha olamni 
yaratguvchi yolg‘iz Allohdur. Muhammad esa Allohning quli va aning elchisidur. So‘ngra 
shulki, Allohni sening yodingga solurman. Har kim yaxshilik qilur ersa, aning yaxshiligi 
o‘ziga qaytgay. Yuborgan elchilarimga kim itoat qilib bo‘ysunsa, menga bo‘ysungandek 
bo‘lur. Kim alarga yaxshilik qilsa, menga yaxshilik qilmishdur. Yuborgan elchilarim 
qaytgach, sening yaxshi sifatlaringni aytdilar. Qarindoshlaring to‘g‘risida aytgan 
so‘zingni qabul qildim, musulmon bo‘lgan kishilar qaysi holda Islomga kirgan bo‘lsalar, 
o‘shal hol uzra qolsinlar. Ya’ni, alarning molu dunyolari, ilgari olgan xotinlari o‘z 
qo‘llarida bo‘lsin, alarga hech kim tegmasin. Ilgari qilgan gunohlarini kechirdim. Uzrlarini 
sen ham qabul qil. Agar adolatlikda turar bo‘lsang, amirliging uzoq vaqtgacha qolur, 
o‘rning o‘zgartirilmas. Yahudiy yoki majusiy dinida qolguvchilar bo‘lsa, alarga jizya 
qo‘yib, soliq olurmiz». 
UMMON PODSHOLARIGA YUBORILGAN NOMALARI 
«Bismillahir rohmanir rohiym. 
Min Muhammad ibn Abdullohi va rasulihi ila Jayfar va Abn ibna Julandiy, Salamun ala 
manit-taba’al xuda. Amma ba’d fainniy ad’ukumo bidi’ayatil Islomi. Aslimo taslamo. 
Fainniy rasulullohi illan-nosi kaffatan liunzira man kana hayyan va yahiqqol qovlu alal 
kafirina va innakumo in aqrortumo bil Islomi vallaytukumo in abaytullo an tuqirro bil-
islomi fainna mulkakumo zoilun ankumo va Xayliy tahillu bisahatikumo va tazharu 
nubuvvatiy ala mulkikumo». 
Ma’nosi: «Allohning quli va aning payg‘ambari Muhammaddan Ummon o‘lkasining 
podshohlari Julandiy o‘g‘lonlari Jayfar va Abdga. Haq yo‘l topganlarga salom. So‘ngra 
har ikkovinglarni Islom diniga da’vat qilurman, musulmon bo‘linglar, omon qolgaysizlar. 
Men ersam barcha odamlarga Xudo tarafidan kelgan payg‘ambardurman. Qiyomatdagi 
qo‘rqinchlik ishlardan butun xalqqa xabar berurman, bu so‘zni yer ustidagi tirik 
kishilarga yetkuzurman, qarshi chiquvchilarga albatta azob bo‘lg‘usidir. Agar Islomga 
iqror qilur ersangiz, o‘z o‘rningizda qoldirurman. Agar andin yuz o‘girsangiz, 
podsholigingiz qo‘lingizda qolmagay. Islom askari yeringizga kirgaylar. Payg‘ambarligim 
podsholigingizni yenggay». 
Bu nomani Amr ibn Osga topshirdilar. Bu kishi nomani Ummon podsholariga yetkazdi. 
Bular esa Yaman arablarining podsholari erdilar. Ikki tug‘ishgan og‘a-ini bo‘lib, podsholik 
qilishur edi. Nomani olib o‘qib ko‘rgandan so‘ngra inisi Abd ibn Julando Amr ibn Osga: 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
280
— U payg‘ambarman deb chiqqan kishi xalqni nima ishlarga buyurur, qaysi narsalardan 
qaytarur? — dedi. 
Anda Amr ibn Os: 
— Yolg‘iz Allohga toat-ibodat qilmoqqa buyuradur, gunoh ishlardan, zulm va xiyonat, 
zino va aroqxo‘rlik kabi ishlarni qilishdan qaytaradur. Butlarga topinmoqni man qilur, — 
dedi. 
Anda ul: 
— Ul yaxshi ishlar qilur ekan, agar og‘am menim so‘zimni qabul qilar ekan, ikkovimiz 
aning oldiga borib, iymon keltirur edik. Biroq ul hukumatdin ajrab qolishdan qo‘rqib unga 
tobe bo‘lg‘usi kelmaydir,— dedi. 
Anda Amr ibn Os: 
— Agar og‘ang iymon keltirur ersa, uni o‘z eliga hokim qilib qoldirgay. Boy kishilar 
molidan zakot olib, kambag‘allarga bo‘lib bergay, — dedi. 
Anda ul: 
— Undoq bo‘lsa qandoq yaxshi ish bo‘lur edi, biroq aning qabul qilishi gumondur, 
shundoq bo‘lsa ham aytib ko‘rurmiz. Zakot deganing nimadur? — dedi. 
Amr: 
— Islom dinining besh ustuni bordur. Islom dini shular ustiga qurilgan. Iymondan 
so‘ngra eng ulug‘i namozdir, aning yo‘ldoshi zakotdur. Alloh taolo Qur’onda: «Har kuni 
besh vaqt namozni to‘liqlab o‘tanglar. Boy kishilar esa kambag‘allarga zakot beringlar», 
demishdir. Alloh taolo namoz o‘qishni barcha musulmonlarga qanday farz qilgan bo‘lsa, 
zakot berishni ham boylarga shunday farz qilmishdur. Lekin har yerdan olingan zakot 
mollari shu yerning kambag‘allariga berilur, — dedi. 
Bu so‘zlarni anglagach, uning ko‘ngli ham Islomga moyil bo‘ldi. So‘ngra ikkovlari birga 
aning og‘asi Jayfar oldiga bordilar. Islom dinining fazli-kamolini unga ham gapirib berdi. 
Buning ham ko‘ngli yumshadi. Har ikkovlari barobar musulmon bo‘ldilar. 
YAMOMA O‘LKASINING AMIRI HAVZA IBN ALIGA YUBORILGAN NOMA 
«Bismillahir rohmanir rohiym. 
Ila Havza ibn Ali, Salamun ala manit-taba’al xuda, Va’lam anna diniy sayazharu ila 
muntahol xuffi val xofiri. Faaslim taslam va aj’allaka ma tahta yadayka». 
Ma’nosi: «Allohning payg‘ambari Muhammaddan. Ali o‘g‘li Havzaga. Hidoyat topganlarga 
salom. Bilgilkim, Islom dini inson qadami yetgan yerlarni o‘z hukmiga olgay. Islom 
diniga kirgil, qo‘l ostingdagi narsalarga o‘zingni ega qilg‘ayman, salomat bo‘lursan». 
Bu nomani yetkizgil, deb Hazrati Salitga buyurdilar. U kishi ersa Havzaga keltirib 
topshirdi. Yamoma o‘lkasi Makkadan o‘n olti kunlik yo‘l edi. Uni o‘qib ko‘rib, uzoq o‘ylab 
ketdi. Oldida Shom tarafidan kelgan nasoro ulug‘laridan bir kishi o‘ltirgan edi. Bu ersa 
Havzaga: 
— Agar bu nomadagi so‘zni qabul qilur ersang ko‘p yaxshi bo‘lg‘ay. Chunki Iso 
payg‘ambar bashorat berganki, oxirzamon payg‘ambari arabdan chiqqay. Oti Ahmad, 
Allohning elchisidur, deb Injilda yozilmishdur. Agar unga iymon keltirur ersang, 
podsholigingni sendan olmag‘ay, — dedi. 
Yana hazrati Salit: 
— Ey Havza, seni podsho qilib, bu davlatga ega qilgan, kimsalarning suyagi go‘rda 
chirimish, o‘zlari esa tamug‘da azob tortmoqdadurlar. Haqiqatda Allohga iymon keltirib, 
taqvo yo‘lini tutgan kishilar tuganmas davlat egalaridur. O‘zing o‘ylab ko‘rgil, sening 
aqlingdan boshqalar foydalanib, ko‘plari davlat topmishlardur. Agar uning foydasi o‘zinga 
tegmas ersa, sen uchun bu qanday armon bo‘lg‘ay? Bu noma ersa seni eng yaxshi 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
281
ishlarga buyurg‘ay, barcha yomon narsalardan qaytargay. Yolg‘iz Allohgagina ibodat 
qilmoqqa amr qilur. Nafs, shayton yo‘li, buzuqchilik ishlardan seni qaytarur. Alloh amrini 
qilar ersang, jannatga kirarsan; shayton buyrug‘ida bo‘lsang, do‘zax azobida qolursan. 
Agar bu so‘zni qabul qilsang, barcha yaxshiliklarni ko‘rgaysan, umidlik ishlaringga 
erishib, qo‘rqinchlik ishlardan qutulgaysan. Yo‘q esa bir kuni kelur, o‘rtadan parda 
ko‘tarilur, o‘shanda haqiqat ko‘z bilan ko‘rilur, — dedi. 
Shunda Havza: 
— Ey Salit, har kimsaning o‘ziga yarasha aqli bordur. O‘zimga yarashur menim ham 
aqlim bordur. Butun ishlarimni u bilan o‘lchab ko‘rarman. Lekin shu to‘g‘rida aqlim 
boshimdan uchdi, bir ozgina vaqt bergil, aqlimni yig‘ib olib, so‘ngra bu so‘zga javob 
berurman,— dedi. 
Noma javobining mazmuni ushbudir: «Yuborgan nomangni oldim, da’vat qilgan narsang 
ersa na yaxshi ishdur! Men ersam arablar ichida atoqlik shoir, ham xatib erurman. Alar 
oldida haybatim bordur. Uzoq-yaqindagi arablar mendan hayiqqaylar. Agar shu ishingda 
meni sherik qilur bo‘lsang, ul chog‘da senga tobe bo‘lurman» demishdur. 
Shu bilan noma eltgan hazrat Salitga bir qancha sovg‘a-tortiqlar berib qaytardi. Noma 
javobini anglagach, Rasululloh: 
— Ul o‘zini menga sherik qilishni so‘rabdur. U bir parcha yer so‘rasa ham endi 
bermagayman. O‘zi xalok bo‘lur, qo‘lidan davlati ketar, — dedilar. 
Makka shahri fath bo‘lgandan so‘ngra, Jabroil alayhissalom vahiy keltirib, aning kofirlik 
holida o‘lganligidan xabar berdilar. Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
— Mendan keyin u joydan yana bir kazzob chiqur. Payg‘ambarlik da’vosini qilg‘ay, ani 
Islom askari o‘ldirgay, — dedilar. 
Rasululloh deganlaridek, hazrati Abu Bakr Siddiq xalifalik davrlarida u joydan Musaylama 
kazzob chiqib payg‘ambarlik da’vosini qildi. Buni anglab hazrati Abu Bakr Siddiq Xolid 
ibn Valid qo‘mondasida askar yubordilar. Shu urushda o‘zi o‘ldirilib, askari tarqatildi. 
Hozirgi zamonimizda ikki Haramda hukmron bo‘lib turgan saudiylar ham shu joydan 
chiqdilar, o‘shal Musaylama kazzob qavmidan erurlar. 
Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling