Tariximiz va kelajagimiz yoʻliga baxshida umr.


Download 9.14 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi9.14 Kb.
#1839947
Bog'liq
Antalogiya - maqola


Tariximiz va kelajagimiz yoʻliga baxshida umr.( Birinchi prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bagʻishlanadi)
Bilamizki, mustaqillik- mustaqil davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi demakdir.Mustaqillik insoniyatning azaldan orzu-umidi boʻlib kelgan . 1991- yil 31- avgust mamlakatimiz hayoti va taqdirida tub burilish yasagan tom maʼnodagi buyuk tarixiy voqea yuz berdi. Necha yillar davomida kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan xalqimiz ulugʻ orzusiga erishdi.Oʻzining mustaqilligini qoʻlga kiritdi. Birinchi Prezidentimiz atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdugʻaniyevich Karimov OʻZBEKISTON Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. Shu kundan eʼtiboran jahon xaritasida yangi mustaqil va suveren davlat Oʻzbekiston Respublikasi paydo boʻldi . Jonajon Vatanimizning koʻp ming yillik tarixida yangi davr erkinlik va ozodlik, milliy tiklanish va taraqqiyot davri boshlandi. Biz bugun xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olgan istiqlol yillarida bosib oʻtgan ogʻir va mashaqqatli, shu bilan birga, gʻoyat sharafli yoʻlimizni sarhisob qilar ekanmiz, tarixan qisqa davrda oʻz taqdirimizni oʻzimiz hal etish, jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallash, milliy davlatchiliigimizni, muqaddas dinimizni tiklash, inson huquqi va erkinligini taʼminlash borasida ulkan yutuqlarni va marralarni qoʻlga kiritganimizni faxr bilan tilga olamiz. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk yurtboshimiz gʻoyat qaltis va ogʻir tahlikali bir vaziyatda ogʻir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramasdan tarixan qisqa davrda Oʻzbekistonni jadal va barqaror surʼatlar bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy davlatga aylantirdi.Bugungi mustaqillik kunlarida butun xalqimiz OʻZBEKISTON mustaqilligini eʼlon qilib, tariximizning eng murakkab va ogʻir davrlarida davlatimizni boshqargan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomini, u kishining bevosita rahbarligida, xalqimizning matonati va jasorati bilan amalga oshirilgan ulkan ishlarni esga olishimiz tabiiydir. Tarixdan buyuk arboblar yoki podshoh yurtboshilar vafotidan keyin xalq necha vaqtlar oʻtib oʻziga kelmabdi, xalq tinmasdan koʻz yosh toʻkibdi degan misralarni oʻqisak qaysidir maʼnoda boʻrttirilganday tuyulardi goʻyo...Lekin taqdir taqozosi bilan boshimizga xuddi shunday holat tushdiyu, buni nechogʻlik toʻgʻri ekanligini his qildikIslom Karimov- bu nomni eshitgan biror- bir oʻzbek farzandi yoʻqki, xayolida buyuk insoniy fazilatlarga ega boʻlgan shaxs , ulugʻ yoʻlboshchi va mehribon inson gavdalanmasa . Ha, Islom Abdugʻaniyevich ana shunday: yuksak insoniy fazilatlarni oʻzida mujassamlashtirgan inson edi. U kishi afsuski oramizda yoʻq..2016- yil 2 sentyabr oʻzbek xalqi boshiga ogʻir kulfat tushdi. 25 yil davomida ham otamiz ham onamizdek boʻlib qolgan rahnomamizdan judo boʻldik. Bu kutilmagan judolik esini endi tanigan goʻdakdan tutib barcha-barchani talvasaga solib qoʻydi. Necha kungacha shahar va qishloqlarda, korxona va tashkilotlarda, uy va xonadonlarda yigʻi ovozi eshitildi.3 kungacha televideniyeda eshittirilgan motam ovozi xalqimizning yuragidan chiqayotgan yigʻi va nidoning kuyidan olinganga oʻxshaydi. Xuddi hech kim rahnamosini abadiyatga bergisi kelmayotgandek...Oʻzbekiston xalqining baxti bor ekanki, bizga shunday insonning Prezident boʻlishi nasib etdi.U insonning juda qisqa davrda qilgan ishlarini dunyo tan oldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bizga vatanni sevishni oʻrgatdi. Chunki vatanni sevishni bilgan insongina mamlakatning rivojiga, taqdiriga jonini fido qilib, mamlakatni benuqson sanʼat darajasida boshqara oladi.Men Islom Karimov timsolida mard, bukilmas iroda egasi va sodir boʻlayotgan favqulodda murakkab hodisalarning mohiyatini davlat manfaatlari nuqtai nazardan koʻra oladigan oʻz vatani va xalqi, har bir yurtdoshining taqdiri uchun alohida masʼuliyatni his eta oladigan haqiqiy rahbarni koʻraman desam mubolagʻa boʻlmaydi. Islom Karimov bir inson farzandi oʻz vatani uchun qila olishi mumkin boʻlgan barcha ishlarni amalga oshirdi, chinakam Qahramon boʻldi, deb bemalol ayta olaman.Islom Karimov oʻzining serqirra siyosiy faoliyati, oliyjanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning koʻp asrlik tarixida oʻchmas iz qoldirdi. Yurtboshimiz nafaqat Oʻzbekistonda balki jahon miqyosida katta hurmat va obroʻ-etiborga sazovor boʻlgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi. U koʻp millatli Oʻzbekiston xalqining qalbidan chuqur joy olgan. B uyu k Prezidentimizning " Kecha kim edigu bugun kim boʻldik ʼʼ degan savoli asosida ularning mohiyati va ahamiyatini oʻzimizda chuqur tasavvur etamiz. Ayni vaqtda ertaga kim boʻlishimiz, qanday yangi marralarni egallashimiz kerak? ʼʼ degan savol ustida oʻylashimiz , nafaqat oʻylashimiz , balki amaliy ishlarimiz bilan bunga javob berishimiz kerak ʼʼ degan gaplari doim biz yoshlarga azmu shior boʻlib qoladi. Birinchi Prezidentimiz har doim OʻZBEKISTONdagi barcha yosh avlod bu mening farzandlarimdir, ularning kelajakdagi har bir yutugʻi bu mening yutugʻimdir degan soʻzlarini qatya qayta takidlab oʻtganlar. Bizning eng ulugʻ maqsadimiz eng ulugʻ gʻoyamiz shuki, Oʻzbekistonning bitta yoʻli bor: mustaqilligini mustahkamlab, istiqlol yoʻlida olgʻa yurish. Oʻzbekiston istiqbolini sobitqadamlik bilan barpo etdik deya taʼkidlagan edilar Birinchi Prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimov. Islom Karimovning saʼy-harakatlari evaziga dunyo siyosiy xaritasida yangi mustaqil davlat , yangi nom paydo boʻldi.Islom Karimov mintaqaviy va xalqaro miqyosida katta hurmatga sazovor boʻlgan shaxs edi. Islom Karimov mustaqil yurtimizni chorak asrlik boshqaruvi davrida xalqimizni har tomonlama mustaqil hayotni taʼminlay oldi, deb aytsak xato boʻlmaydi. Ayniqsa, biz yoshlarga berilayotgan eʼtibor samarasi oʻlaroq, barcha sohada yosh avlod vakillari oʻzlarining gʻoya va tashabbuslari bilan nafaqat yurtimizda, balki jahon miqyosida eʼtirofga sazovor boʻlishmoqda. Islom Karimov buyuk davlat yoʻlboshchisi boʻlibgina qolmasdan , chinakamiga xalq otasi, uning maslahatgoʻyi edi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 84 yilligini nishonlash arafasida turgan ekanmiz barchamizning yuragimizni junbushga keltirmay qoʻymaydi. Yurt tayanchi, xalq panohi boʻlgan Islom Karimov endi oramizda yoʻq. Ammo aytgan soʻzlari har bir insonning , xalqning ayniqsa biz yoshlarning qon-qonimizga singib, doimo quloqlarimiz ostida jaranglab turadi. Ayniqsa Oʻzbekistonda yashayotgan million-million yoshlar mening farzandlarimdir degan gaolari yuragimning tub tubida hamon.U insondagi soddalik, qalbi poklik, samimiylik mehr - muhabbat har doim yuzlarida namoyon boʻlardi. Islom Karimovning " Farzandlarimiz bizdan koʻra kuchli, bilimli dono va albatta baxtli boʻlishlari shart ʼʼ deb taʼkidlaganlari yoshlarga buyuk shijoat, kelajakka umid bagʻishlar edi. U inson jannatmakon Vatanimizni , buyuk tariximizni , avliyolar yotgan qadamjolarimizni , tilimiz, dinimiz jamiki Oʻzbekiston goʻzalligini dunyoga tanitgan jasorat sohibidir. Uning xalqqa ishonchi, vatanni eʼzozlashi, bizni mana shunday yorugʻ kunlarga , ozod va obod Vatanda yashash baxtiga yetkazdi. Men yurtimizning shunday birinchi yoʻlboshchisi boʻlganidan faxrlanaman. U insonning fidokorona xizmatlarini, vatanparvarligini qanchalik taʼriflamaylik , bu juda ham oz qalam-u kalom ojizdir. Prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimov ruhlari doimo shod boʻlsin .
Download 9.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling