Tarixiy ahamiyati


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#235930
Bog'liq
1539494715 67844



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING EʼLON QILINISHI VA UNING 

TARIXIY AHAMIYATI

Kirish

I. Bob I.A. Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida “ asar



O’zbekiston tarixini 80-yillardagi davrini o’rganishda muhim manba.

1 Mustaqillikni qo’lga kiritish arafasidagi chuqur inqirozli holatlarning asarda tahlil

qilinishi va shu davr tarixini o’rganishdagi ahamiyati.

2. I.A. Karimovning O’zbekistonning yangi rahbari sifatida jamiyat ijtimoiy-siyosiy, 

iqtisodiy , madaniy hayotini sog’lomlashtirishdagi faoliyati.

II. Bob   O’zbekistonning mustaqillikka erishish yo’lidagi keying qadamlari.

1.  80-yillar ohiri 90-yillar boshidagi siyosiy, iqtisodiy,madaniy hayotdagi

o’zgarishlarning “ O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida yoritilishi.

2. O’zbekistonning huquqiy mustaqillikni kiritishdagi tarixini asarda yoritilishi.

Xulosa. 



Kitob “So’z boshi o’rnida” deb nomlangan kirish so’zi

bilan boshlanadi. Ushbu kirish so’zida kitobning asosiy

ma’no –mazmuni, undan o’rin olgan materiallarning

o’ziga hos xususiyatlari, yurtimizda istiqlol arafasida

hokum surgan chuqur inqiroz holatining haqqoniy

tasviri va tahlili, o’sha davrning siyosiy o’rni siyosiy-

ijtimoiy manzarasi, ushbu asarning yangi tariximizni

yaratishdagi beqiyos o’rni va ahamiyati haqida

atroflicha fikr yuritilgan. Kitobning asosiy qismidan

Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimovning

1989-yilning 24-iyunidan 4-yanvariga qadar , ya’ni

uning respublikamiz rahbari sifatidagi faoliyatining

birinchi kunidan to mamlakatimiz istiqlolga

erishgandan so’ng umuxalq saylovi asosida mustaqil

O’zbekiston Prezidenti etib saylanganligi va o’z

vazifasini bajarishga kirishgan kungacha bo’lgan

davrda so’zlagan nutqlari, ma’ruzalari, maqola va

intervyulari, Yurtboshimiz tomonidan imzolangan

farmon va qonunlar o’rin olgan.



Kitobdan joy olgan barcha chiqishlar chuqur amaliy va paragmatik ruhi, o’sha davrga hos 

bo’lgan komunistik ritorika, balandparvozlik va safsatavozlikdan mutlaqo holi ekani bilan

alohida e’tiborni tortadi. Muallif o’zining har bir fikr va so’zini aniq dalil va raqamlar, 

mantiqiy xulosalar bilan asoslab beradi. Hayotiy fikrlar, uning o’tkir mulohazalari, ehtirosli

kechinmalari, teran mushohadalari, eng muhimi ma’naviy jasorati bilan mushtarak bo’lib, 

o’sha paytdagi so’z bilan ifoda etib bo’lmaydigan o’ta qaltis va murakkab siyosiy-ijtimoiy

holatlarni kitobxon tasavvurida butun ziddiyat va qarama –qarshiligi bilan yaqqol namoyon

etadi. Buni quyidagi misolda yaqqol ko’rish mumkin.

“ Biz Respublikamizda 1500 ta yirik ishlab chiqarish birlashmasi va korhonasi ishlab turgani

haqida, revolyutsiyadan avval bir yil davomida hosil qilingan miqdordagi elektr energiya

hozir to’rt kunda ishlab chiqarilayorgani haqida faxrlanib gapirar edik.  

Har bir kishi o’z joyida o’ziga topshirilgan ishni vijdonan va halol

bajarib, tashabbus ko’rsatishi bilan bugungi kunda g’oyat muhimdir. 

Olg’a tomon borishimizning asosiy sharti mana shundadur.

O’zbekistob Respublikasi prezidenti I.A.Karimov



Bu asardan mustaqillik ne’matidan bahramand bo’lgan, ozod va

erkin hayot qadrini biladigan har bir avlod o’zi uchun kerakli saboq

va hulosalarni chiqarib oladi. Bir so’z bilan aytganda, bu kitob

o’zining mana shu O’zbekiston zaminining farzandi deb biladigan

bironta insonni beparvo qoldirolmaydi. Bu haqida so’z borganda

“2011-yil 28-avgustdagi Xalq so’zi gazetasida chop etilgan

“Istiqlolimiz tarixining erkin ko’zgusi” maqolasida, shu yilning 4-

oktabrida O’zbekiston Fanlar Akademiyasida Prezident Islom

Abdug’aniyevich Karimovning “O’zbekiston mustaqillikka erishish

ostonasida” kitobi va “Mamlaktimiz yangi tarixini yaratishning

dolzarb vazifalari” mavzusida o’tkazilgan ilmiy amaliy

konferensiya materiallari , ommaviy axborot vositalarida, bilim

maskanlari, ilmiy va ijodiy muassasalarda bo’lib o’tayotgan qizg’in

fikr almashuv va muhokamalar davomida bildirilgan fikr-

mulohazalrni esga olish o’rinli bo’ladi. 



Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda ziyolilarimizning o’rni alohida ekanligini e’tiborga olish

kerak. Qaysi rahbar, qaysi amaldor o’z obro’sini to’kmoqchi bo’lsa, u ziyolilar bilan orasini

buzadi. Tarixda ham, hozirgi kunlarda ham bunga misol ko’p. Katta –kichik barcha amaldorlar

ko’zlarini kattaroq ochib, ziyoli zotiga e’tabor bilan qarashni sharaf deb bilmog’I kerak. 

Hammaga ayon: bazan bir og’iz shirin so’z, qo’llab quvvatlash ijodkorni juda kata ishlarga

ilhomlantirishi mumkin. Yoshlarni zamonaviy fan –tehnikaning , umuman ilm-fanning 

yutuqlaridan bahramand qilmasdan turib, ularga yuqori malakli ixtisos egalari bo’lib

yetishishiga sharoit tug’dirmay turib, biz respublikamiz xalq xo’jaligini, sanoat ishlab

chiqarish sohalarini tubdan o’zgartira olmaymiz. Buni ham doim yodda tutish kerak. Chunki

ishsizlik, maosh kamligi, mutaxasisslar yetishmasligi va boshqa ko’p yetishmovchiliklar ana

shundan, deb o’ylayman. Bu ketishda biz uchun yurtimizni sotsial –iqtisodiy va milliy

rivojlantiriahdek muhim vazifani tezroq amalga oshirish juda qiyin bo’ladi. Demak, xalq saylab

qo’ygan deputatlarning birinchi galdagi vazifalaridan biri –yoshlarimiz tarbiyasi milliy

siyosatini, harakat dasturini ishlab chiqish masalasidir.  Bunga xalq maorifi sistemasini tubdan

o’zgartirish, bolalar bog’chalari , maktablar, kasb-hunar –tehnika bilim yurtlariga tehnikumlar, 

oliy o’quv maskanlarining moddiy tehnik bazasini mustahkamlash, maxsus maktab

internatlarini ko’paytirish kabi ko’pgina murakkab vazifalar kiradi.



Davr bugungi kuning muammolarini hal etishga intilish barobarida ona

tarixning ilg’or an’analaridan saboq olishni ham taqozo etadi. Qadimiy

Movarounnahr va Xuroson farzandlarining jahon ilmu ziyosi tarixga zarvaraqlar

ila bitilgan asarlar oz emas. Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn 

Sino, Muso Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Rudakiy, Ulug’bek, Jomiy , Navoiy, 

Bobur, Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat va boshqa yuzlab zotlarni jahon yaxshi

biladi. Bu zakiylar silsilasida Imom at-Termiziy ma’naviy me’roslari hafaqat

ahli din orasida, balki dunyoviy ilm sohiblari, keng miqyosdagi ahli jamoa

orasida ham o’z qadirini topayotur. U kishining shox asarlaridan “Kitob al-jome

as-Sahih” hozirga qadar hadis ilmining asosiy manbaalridan biri hisoblanadi. 

Allomaning asrlar davomida fozilu fuzalolarga dastur bo’lib kelgan aqlu odob, 

insofu diyonat, adolatu insonparvarlikni targ’ib etguvchi g’oyalari serdolg’a

davrimizning murakab va ziddiyatli axloqiy-ma’naviy masalalarini hal etishda

zamonaviy ahamiyat kasb etadi.




Har bir inson- hoh u oddiy fuqaro, hoh u kata kon rahbar bo’lsin- bundan qati’y nazar . O’z

xalqining, shu tuproqda istiqomat qilayotgan elu elatlarning manfaatini ko’zlab, himoya

qilib yashashi va ishlashi zarur. Umuman, kata tarixni olib ko’rsak, xalq qanchalik uyushgan

bo’lsa, rahbariyat bilan bir jonu bir tandek harakat qilsa ,ya’ni hamjihatlik, ahillik qaror

topsa, kamolot yuz beradi, davlat kuchli yurt farovon bo’ladi. Tariximizda shunday hunuk

vaqtlar bo’lganki, ba’zi rahbarlar o’z xalqini badnom qilib ko’rsatadi. “Paxta ishi” deya

butundunyoga jar solib, buning ustiga, ana shu ishni baholashga chetdan “qozi” larni olib

kelib, o’z xalqiga azob berib, o’zi esa tomoshabin bo’lib turishni insonga, rahbarga

yarashmaydigan qiliq deb bilaman. Bu sharmandali ishlardan ham tegishli saboq

chiqarishimiz zarur.Darhaqiqat, o’tmish sarqitlari, eski tuzumning, voqelikning uzoq, soxta

darcha qadriyatlarning qanchalik zararligini Prezidentimiz tomonidan ko’p bora 

ta’kidlandi. Bularni ayniqsa yoshlarimiz aniq anglab yetishlari kerak, chunki mafkuraviy

kurashning ko’p tomonlama qiyofasi, hilma-hil dushman, siyosiy kuchlarning, shu

jumladan, komunistparast yosh avlodning hali pishib yetilmagan ongiga ta’sir etishga

urinishlari jahon amydonida yetakchi o’rin egallab kelmoqda. 



Бухоро, Наманган, Самарқанд, Сирдарё, Тошкент ва Хоразм вилоятлари қишлоқларида

газлаштирилган хонадонлар анча кўпайди. Лекин ҳали қиладиган ишларимиз жуда кўп. 

1991 йилда қишлоқларимизда 4 минг километрдан кўпроқ газ тармоқлари-ни қуриш

керак. Яна 200 минг хонадон газ билан таъминланади. 5,5 минг километрлик ичимлик

суви қувурлари ишга тушади. Хуллас, қишлоқ жойларда мана шу ва пгунга ўхшаш

объектлар қурилиши учун 1 миллиард сўмдан зиёд капитал маблағ сарфланади. Бу

соҳадаги ишларнинг муҳим ва долзарблиги ҳисобга олиниб, Вазирлар Маҳкамасида

махсус ко-миссия тузилди.

Республикамиз мустақиллик сари одим ташлаган экан, мустақиллик, энг аввало, халқ

бирлиги, ҳам-жиҳатлиги эканини унутмаслигимиз керак. Респуб-ликамизда барча миллат

вакиллари билан аҳил-иноқ, дўст-биродар бўлиб, бир-биримизнинг қадриятимиз-ни 

ҳурмат қилган тарзда яшашимиз — эл-юртимиз-га 

тинчлик, осойишталик бахш этади. 

Yangisini yaratmay turib avvalgisini barbod etib tashlash qaysi

aqlga sig’adi. Yangi uyni –imoratni qurmasdan, eski uyni

o’zimiz istiqomat qilayotgan uyni yiqitish, vayron qilish – bu

aqldan emas.

I. A. Karimov




Jamiyat ijtimoiy –siyosiy hayotida tub o’zgarishlar bo’lishiga umidning

so’nishi 80-yillarning boshlarida ayniqsa kuchaydi. Buning oqibatida , bir

tomondan, ma’muriy –siyosiy biqiqlik kuchaygan bo’lsa, boshqa tomondan, 

jamiyat a’zolari mehnat intizomining pasayishi, ijtimoiy loqaydlik, befarqlik

kuchayib bordi. O’zbekiston iqtisodiyoti kata hom ashyo, iqtisodiy

zaxiralariga ega bo’lishiga qaramasdan G’arb mamlakatlaridan juda tez ortda

qola boshladi. Ishlab chiqarish samaradorligi pasaydi, kishilarda jamiyatda

sodir bo’layotgan ijtimoiy voqea va hodisalarga qiziqish kamaydi, ya’ni

tehnik hamda tehnologiyalarni o’zlashtiri juda sust olib borildi. Jahonning

rivojlangan va demokratiya tarkib topgan mamlakatlaridagi ijobiy

o’zgarishlar demokratiya va inson huquqlarini himoya qilishdagi olg’a

siljishlar xalq turmush sharoitidagi ya’ni imkoniyatlar, eski tuzumdan

nafratlanish, jiddiy tub o’zgarishlarni amalga oshirishga moyillik hissini paydo

qildi.



1985-1990-yillar  O’zbek xalqining milliy o’zligini aglashi, milliy ongining o’sishida juda muhim

ahamiyatga ega. Qayta qurish siyosati jamiyat ijtimoi-siyosiy, iqtisodiy hayotida jiddiy sifat

o’zgarishlarini amalga oshirmagan, jamiyatning yangi mazmun jihatdan yangilanishini

ta’minlamagan bo’lsada, biroq uning natijasida o’ziga hos milliy uyg’onish ro’y berdi.

Qayta qurish O’zbekistondagi ijyimoiy-siyosiy voqea –hodisalarga jon kiritdi, jamiyat uyg’ondi. 

Miliy o’zlik ustiga tashlangan pardalar olib tashlandi. 1985-yildan boshlangan jarayonlar eng

avvalo mustaqillik to’g’risidagi g’oyalarining yana tiklanishi, shakllanishi uchun zamin yaratdi. 

80-yillarning 2-yarmida O’zbekistondagi ijtimoiy –siyosiy voqelik xalq milliy ongining keskin

ravishda o’sishi jamiyat a’zolarining ijtimoiy faolligini oshirib yubordi. Mazkur davr ayni paytda

jamiyat a’zolarining ruhiy biqiqlikdan milliy –an’anaviy asoslarga qaytish davri sifatida ham 

izohlanadi. Miliy o’zlik, miliy ongning o’sishi dastavval milliy tarix ma’naviyatining o’rganishga

bo’lgan qiziqishning kuchayishida ko’rinadi. 




Har bir suveren davlatning huquqiy aoslaridan biri unign asosiy qonuni

Konstitutsiyasi hisoblanadi. O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratosh

g’oyasi 1990-yil 20-iyunda Mustaqillikk Deklaratsiyasining qabul qilinishi

munosabati bilan bevosita ilgari surilgan edi.  Oliy kengashning ikkkinchi

sessiyasida Mustaqillik Deklaratsiyasining muhim tamoillari aosida dav;latning

yangi Konstitutsiyasi ishlab chiqish lozim degan hulosa qilindi. Sessiya

prezidenti I.A.Karimov raisligida 64-kishidan iborat Konstitusiya loyihasini

tayyyorlash bo’yisha komissiya tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi. 

Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan Konstitutsiyaning g’oyaviy mag’zi, ya’ni

konsepsiyasining ustida ishlab boshlab yubordi. Konstitutsiyaviy komisiya va

uning raisi tomonidan ma’qullangan president devoni, yuridik bo’limi

tayorlgan Konsepsiya asosida bo’lajak Konstitutsiya layihasini yaratishga

kirishildi va 1992-yil 8-dekbrda Mustaqil O’ZBEKISTON Respublikasining

Konstitusiyasi qabul qilindi.




Xulosa

O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov “ O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

“ kitobi istiqlol tariximizning eng ishonchli manbaasidir. Chunki undagi barcha hujjatlari

birlamchi asl hujjatlardir. Bu hujatlar quyidagi jihatlari bilan o’ta noyob hisoblanadi:

1. Bu hujjatlar 1989-1991-yillar davomida yurtimizda kechgan ijtimoiy –siyosiy jarayonlarga

bevosita guvoh bo’lgan. Ularning markazida turgan inson – president Islom Abdug’aniyevish

Karimov tomonidan bayon qilingan.

2. Bu hujjatlar xalqimizning mustaqillikka erishish jarayonida buyuk tarixiy missiyani ado 

etgan, ya’ni iatiqlol hodisasining siyosiy-huquqiy, ma’naviy-mafkuraviy asoslari bo’lib

hizmat qilgan.

3. Bu hujatlar o’zida juda katta faktik va analitik materiallar, tarixiy jarayonlar tafsilotini

mujassam etgan.

4. Bu hujjatlar murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga qanday yondashish, ularni qanday analiz

va sintez qilish mantiqiy hulosalar chiqarish borasida tarix, falsafa, sotsiologiya, 

siyosatshunoslik va boshqa ijtimoiy fanlar , ularning tadqiqotchilari uchun nazariy metodolik

jihatdan kata bilim manbai bo’lib hizmat qiladi.

5. Bu hujatlar tarixning burilish davrlaridan tarixiy shaxs va xalq ommasining naqadar hal

qiluvchi rol o’ynashi, ana shu 2 kuch , birlashgan , bir maqsad sari intilgan taqdirda har

qanday ezgu maqsadga erishish mumkin ekanliogini yana bir bor tasdiqlaydi.



Foydalanilgan adabiyotlar

1) Karimov.I.A –”O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” NMIU 2011-yil

2) I. Karimov ning “Yuksak ma’naviyat –Yengilmas kuch” Toshkent Ozbekiston

2008 yil


3) “Xalq so’zi”  gazetasi 2011-yil 28-avgust

4) N. Jo’rayev, SH. Karimov “ Ozbekiston tarixi” 2-kitob, Toshkent 2011 yil

5) Q.Usmonov, N.Sodiqov “ O’zbekiston tarixi” Toshkent sharq nashriyoti 2003-

yil


6) “O’zbekiston Sovet mustaqilligi davri” Toshkent, Sharq 2000yil

7) X. Ziyuyev “Tarix- o’tmish va kelajak ko’zgusi” Toshkent G’afur G’ulom



1998 yil.


E’TIBORINGIZ UCHUN  RAHMAT.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling