2-mavzu. Tarixiy antropologiyada muammolarini tanlash va o’rganish
metodologiyasi
Antropogenez jarayonida qadimgi odamlarning jismoniy xususiyatlarining
o’zgarib borishi, ong, til, xulq, irqiy jamoalarning differensiyasi va dinamikasi,
odamlarni yog’och, suyak va toshga ishlov berishiga asoslanishi, mehnat
faoliyatini takomillashuvining, inson tanasidagi o’zgarishlarga asosiy omil
bo’lishi, inson ajdodlari mehnati va ijtimoiy hayoti, bugungi kunda tarixiy
antropologiyada mavjud muammolarni o’rganishning turli metodlari, o’rganish
metodlarining turlari va o’ziga xosligi, arxeologik tadqiqotlar insoniyat o’choqlari
taraqqiyoti, haqidagi ma’lumotlarni berishi, ularni antropologik ma’lumotlar bilan
qiyoslanishi, madaniyatlar va xalqlarni shakllanishida paleoantropologik
ma’lumotlarni qiyosiy tahlili, madaniyatdagi o’zgarishlar insonlarning genetik
qardoshligi asosida ko’plab avlodlar hayoti davomida madaniyatlari o’zgarsada
antropologik xususiyatlari saqlanib qolishi kabi bilimlari tanishtiriladi. Mavzu
tarixiy antropologiya yo’nalishlari va boshqa fanlar bilan aloqasiga doir bilimlarni
qamrab olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |