Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
“Tarixiy antropologiya” fanini o’rganuvchi talabalar auditoriyada olgan
nazariy bilimlarini mustahkamlash va sohalardagi amaliy masalalarni yechishda
ko’nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra
o’qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular qo’shimcha
adabiyotlarni o’rganib hamda internet saytlardan foydalanib referat, ilmiy
dokladlar tayyorlaydilar, seminar mashg’ulot mavzusiga doir uy vazifasilarini
bajaradilar, ko’rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda “Tarixiy antropologiya” fanini
xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi faoliyat turlaridan foydalanishlari
mumkin:
─ fan bo’limlari, boblari va mavzularini xorijiy tillarda (ingliz, rus va h.k.o) chop
etilgan darslik va qo’llanmalarga tayanib chuqur o’rganishi.
─ ma’ruza mavzulari oid antropologik tadqiqotlar natijalarini etnogenetik
jarayonlar bilan bog’lab o’rganishi.
─ tarixiy antropologiyaga oid monografiyalar, asarlar asosida Markaziy Osiyo
xalqlari etnik shakllanishi bosqichlarini qiyosiy tadqiq etish;
─ Talabalarni tarixiy antropologik ma’lumotlardan foydalanib, dissertasiya ,
ilmiy maqolalar yozishiga jalb etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |