Tarixiy atamalar lug‘ati
Download 34.48 Kb.
|
TARIXIY ATAMALAR LUG
TARIXIY ATAMALAR LUG‘ATI 1. Avstralopitek – eng qadimgi odam turi. 2. Agora – Qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig‘ilish joyi, markaziy maydon. 3. Akveduk – Rim davrida shaharga suv keltirish uchun qurilgan va ustida arig‘i bo‘lgan baland ko‘prik. 4. Altamir – Ispaniyadagi so‘nggi paleolitga oid qoyatosh rasm- lari topilgan g‘or. 5. Amfiteatr – sahna atrofida tomoshabinlar o‘tirishiga mo‘l- jallangan qurilmalar bilan qurshalgan tomsiz katta inshoat. 6. Animizm – insonni qurshab turgan muhitda jonlar va ruhlar- ning mavjudligiga ishonch. Lotincha «anima» so‘zi «jon», «ruh» tushunchalarini anglatadi. 7. Antik – lotincha «qadimgi» ma’nosini bildiradi. 8. Antik tarix – Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim davri tarixi. 9. Antropologiya – yunoncha «antropos» – odam, «logos» – fan so‘zlaridan iborat bo‘lib, «odam haqidagi fan» ma’nosini angla- tadi. 10. Argonavtlar – oltin mo‘ynani (sehrli qo‘chqor terisini) izlab, «Argo» degan ko‘p eshkakli kemada dengiz sayohatiga chiqqan Ellada qahramonlari. 11. Arxeologiya – yunoncha «arxayos» – qadimgi, «logos» – fan, degan so‘zlardan tashkil topgan, ashyoviy manbalarni o‘rga- nuvchi va ular bo‘yicha tarixiy o‘tmishni qayta tiklovchi fan; qadimshunoslik ma’nolarini anglatadi. 12. Budda – Siddhartha Gautamaning ikkinchi ismi, laqabi; «ma’rifatlangan» tarzida tarjima qilinadi. 13. Buddaviylik – miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda Sidd- hartha Gautama tomonidan asos solingan diniy ta’limot. 14. Varvar – dastlab: yunon tilida so‘zlashmaydigan har qanday chet ellik kishi; keyinchalik bu so‘z madaniylashmagan odam- larga nisbatan ishlatiladigan bo‘ldi. 15. Gilgamish – Mesopotamiyaning afsonaviy qahramoni, tarixiy shaxs, Uruk shahri podshosi. 16. Goplit – Qadimgi Yunoniston va Yunoniston-Makedoniya armiyalarining og‘ir qurollangan piyoda jangchisi. 17. Demokratiya – yunoncha «xalq hokimiyati», har bir fuqaro o‘z mamlakatini boshqarish masalasi bo‘yicha o‘z fikrini bayon eta- digan, shuningdek, davlat boshqaruvida ishtirok etadigan ijtimoiy tuzum. 18. Zikkurat – tepasida ibodatxonasi bo‘lgan zinapoyali yirik va baland inshoot. 19. Zinjantrop – ibtidoiy odam, bu odamning nomi uning suyak qoldiqlari topilgan joy – «Zinj» vodiysi va yunoncha «antropos» – odam so‘zlari bilan bog‘langan. 20. Ibodatxona – odamlar xudolarga sig‘ingan muqaddas bino yoki joy. 21. Ibtidoiy odam – ilk, eng qadimgi odam. 22. Imperator – lotincha «hukmdor», Rimda dastlab – faxriy har- biy unvon, keyinchalik mutlaq hukmdorga tegishli nom. 23. Kohinlar – ibodatxona ruhoniylari. 24. Koloniyalar – qadimgi davrlarda o‘z yurtini tark etgan odamlar tomonidan yangi yerlarda asos solingan manzilgoh va shaharlar. Konsul – Respublika davrida Rimdagi oliy siyosiy lavozim. Har yili saylangan ikki nafar konsul Senat va armiyaga rahbarlik qilgan. 25. Neandertal odami – o‘rta paleolit davrida yashagan ibtidoiy odam. Uning suyak qoldiqlari dastlab Germaniyadagi Neandertal vodiysidan topilgan. 26. N’om – yunoncha «viloyat» tushunchasini anglatagi. Misrdagi ilk davlat. 27. Nomarx – Qadimgi Musrda ilk davlatning hukmdori. 28. Papirus – yozuv yozish uchun ishlatiladigan qamish poya- sining mag‘zi. 29. Patritsiylar – Rimning qadimgi tub aholisi. 30. Piramida – mahobatli tosh inshoot, fir’avnlar maqbarasi. Pitekantrop – Antropologiya fanida zinjantrop va sinantrop singari «tik turib yuruvchi odam» deb atalgan. Ilk paleolit dav- rida yashagan ibtidoiy odam. 31. Plebeylar – Rimga ko‘chib kelgan odamlar va ularning avlod- lari. Polis – yunoncha «shahar». 32. Respublika – «umumiy ish» ma’nosini anglatadi; tuzum nomi. 33. Sinantrop – «xitoy odami» ma’nosini anglatadi. Ilk paleolit davrida yashagan ibtidoiy odam. 34. Senat – «Oqsoqollar kengashi» ma’nosini anglatadi. 35. Sun’iy sug‘orish – kanallar va ariqlar yordamida ekinlarni sug‘orish. 36. Sfinks – gavdasi sherniki va boshi insonniki bo‘lgan, pirami- dalarni qo‘riqlovchi ulkan haykal – afsonaviy mavjudot. 37. Termalar – Qadimgi Rim shahridagi jamoat hammomlari. Falanga – og‘ir qurollangan askarlarning bir necha, odatda 9 yoki 16 qator saf tortishi. 38.Falsafa (filosofiya) – yunoncha «filo» – sevish, «sofiya» – do- nishmandlik tushunchalarini anglatadi. 39. Fir’avn – Misr hukmdori; «ulug‘ xonadon» ma’nosini angla- tadi. 40. Forum – Rimda yig‘ilish joyi va savdo-sotiq maydoni bo‘lib xizmat qilgan shahar markazi. 41. Xronologiya – asrlar, davrlar, vaqt o‘lchovi haqidagi fan; turli- tuman voqealar sanasi xronologiya yordamida aniqlanadi. Sivilizatsiya – qadimdagi jamiyat taraqqiyotining ancha yuk- sak darajasi (shaharlar, yozuv va davlatlarning rivojlanishi). Shahar-davlat – tevaragidagi hududlarni tasarrufiga olgan o‘zini-o‘zi boshqaruvchi shahar. 42. Ellinlar – qadimgi yunonlar; dastlab Yunonistonning barcha aholisi shunday atalgan. 43. Etnografiya – yunoncha atama bo‘lib, «xalqlar tavsifi» ma’nosini anglatadi. 44. Qul – o‘zga bir kishining mulki bo‘lgan va ishchi kuchi sifati- da ishlatiladigan erksiz odam («so‘zlovchi mehnat quroli»); qulni sotib olish va sotib yuborish mumkin bo‘lgan. 45. Abiotik omillar (yunoncha – «a» inkor qo‘shimchasi, «bios» – hayot) – tirik orga nizmlarning hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladigan anorganik tabiat tarkibiy qismlari. 46. Agroekosistema (yunoncha – «agros» – dala) inson tomonidan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish maqsadida yaratilgan sun’iy ekosistemalar. 47. Adaptatsiya (lot. «adaptatio» – moslanish) – tirik organizmlarning muayyan yashash muhitida yashashi va ko‘payishni ta’minlovchi belgi yoki belgilar yig‘indisi. 48. Allogenez (yunoncha – «allos» – o‘zgacha, boshqa, «genesis» – rivojlanish) orga nizmlarda tashqi muhit sharoitiga moslanish jarayonida yangi belgi-xususiyatlar asosida xususiy moslanish (idioadaptatsiya)ni vujudga keltiradigan evolutsion yo‘nalish. 49. Antropogen omillar – odam va uning xo‘jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liq omillar guruhi. 50.Arogenez (yunoncha – «airo» yuksalish, «genesis» – rivojlanish) organizmlarning tuzilishida yirik o‘zgarishlar – aromorfozlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq evolutsion yo‘nalish. 51.Aerenxima (yunoncha – «аeg» – havo, «knchyma» – to‘qima) – suv va botqoqlikda o‘suvchi o‘simliklarning hujayralari orasida havo to‘playdigan to‘qima. 52. Amensalizm – o‘zaro biotik munosabat turi bo‘lib, bu munosabatda bir turning faoliyati ikkinchi turga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan organizmning o‘zi esa bu munosabatdan foyda ham, zarar ham ko‘rmaydi. 53. Bentos (yunoncha – «benthos» – chuqurlik) suv havzalarining tubida yoki suv tubining qatlamlarida hayot kechiradigan organizm. 54. Biogeotsenoz (yunoncha – «bios» hayot, «geo» – yer, «kaynos» – umumiy) tarixiy davrda tarkib topgan o‘z-o‘zini boshqaruvchi tabiiy uyushma, biotsenoz va anorganik tabiat komponentlari bilan chambarchas bog‘langan mustahkam ekologik sistema. 55. Biologik evolutsiya – tirik organizmlar va ular jamoalarining yo‘naltirilgan tarixiy rivojlanish jarayoni. 56. Biologik progress (lotincha – «progressus» – oldinga harakat) – organizmlarning ma’lum sistematik guruhlarining tashqi muhit sharoitlariga moslanishi bilan bog‘liq yuksalishini ifodalovchi evolutsiya yo‘nalishi. 57. Biologik regress (lotincha – «regressus» – qaytish, tubanlashish) – organizmlar yashash sharoitiga moslanishlarining susayishini ifodalovchi evolutsiya yo‘nalishi. 58. Ekosistemaning biomassasi – mazkur ekosistema tarkibiga kiruvchi barcha tirik organizmlar tarkibidagi organik moddalar yig‘indisi. 59. Biosfera (yunoncha – «bios» – hayot, «sphaira» – shar) – yerning tirik organizmlar istiqomat qiladigan va ular tomonidan yaratilgan qobig‘i. 60. Biotik omillar (yunoncha – «biotikos» – tirik, hayotiy). Tirik tabiat (tirik organizmlar)ning biror tirik organizmga ta’sir ko‘rsatadigan tarkibiy qismi. 61. Biotop (yunoncha – «bios» – hayot, «topos» – joy) – bir xil tashqi muhit omillariga ega bo‘lgan hudud. 62. Detrit (yunoncha – «eskirgan») – organizm hayot faoliyati yoki uning halok bo‘lishi natijasida hosil bo‘ladigan organik qoldiq. 63. Detrit tipidagi oziq zanjiri – detritdan boshlanadigan va detritofag, redutsentlarhamda mineral moddalar bilan tugallanadigan oziq zanjiri. 63. Divergensiya (yunoncha – rad etish, ajralish) – turli xil ekologik muhitda yashovchi, kelib chiqishi yaqin bo‘lgan organizmlar va ularning guruhlarida belgilarning ajralishi. 64. Genlar dreyfi – populatsiya genofondida genlarning uchrash chastotasining tasodifiy va kutilmaganda o‘zgarishi. 65. Tirik modda – Yerda tarqalgan barcha tirik organizmlarning yig‘indisi. 66. Zakazniklar – insonning xo‘jalik faoliyati vaqtinchalik taqiqlangan, davlat tomonidan himoya qilinadigan hududlar. 67. Qo‘riqxona – insonning xo‘jalik faoliyati butunlay taqiqlangan maxsus muhofazaqilinadigan hudud. 68. Optimum (lotincha – «optimus» – eng yaxshi) – omilning organizm o‘sishi,rivojlanishi va ko‘payishi samarali kechadigan diapozoni. 69. Zoosenoz (yunoncha – «zoo» – hayvon, «koitios» – umumiy) – ma’lum birbiotopda yashovchi hayvonlar populatsiyasi. 70. Sun’iy tanlash – bu inson ehtiyoji uchun eng qimmatli organizmlarni tanlab olib, ularni ko‘paytirib, amaliyotda foydalaniladigan jarayon. Download 34.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling