Tarixiy aziziy
Asar yozishda muallif foydalangan manbalar
Download 52.54 Kb.
|
5. Asar yozishda muallif foydalangan manbalar.
Asar yozishda muallif foydalangan manbalarni shartli ravishda quyidagicha belgilash mumkin: a) Kitoblar. Asarda, xususan, birinchi va ikkinchi boblarda, ya’ni Chingiziylar va Temuriylar tarixiga oid fasllarda Sharafiddin Ali Yazdiyning (vaf.1454) “Zafarnoma”, Muhammad bin Xovandshohning (1438-1498) “Ravzat us-safo”, Mavlono Ahmad ibn Muhammad al-G‘afforiyning “Tarixi Nigoriston”, Mirzo Muhammad Haydarning (1500-1551) “Tarixi Rashidiy”, Minhojiddin Juzjoniyning (1193 y.t.) “Tabaqoti Nosiriy”, Xondamirning (1475-1536) “Habib us-siyar” kabi o‘nlab kitoblarning nomlari qayd etilgan. Lekin bu muallif mazkur kitoblarning barchasini bilgan va ulardan foydalangan, degani emas. U kitobdagi boblar nomida o‘zi ochiq-ayon ko‘rsatib o‘tganidek, asosan, “Tarixi Nigoriston”dan foydalangan. Yuqorida zikr etilgan va qo‘lyozmada keltirilgan “tarix”larning aksari “Tarixi Nigoriston”ning manbalaridir. Shunga ko‘ra yuqorida nomlari zikr etilgan va fasllar ichida “Min al-Badoe’”, “Min al-Nuzhat ul-qulub”, “Min al G‘aroyib6” tarzida qayd etilgan asarlarning aksari “Tarixi Nigoriston” manbalaridir. Aziz Marg‘inoniy o‘zi foydalangan manbalarni, odatda, imkon qadar aniqlik bilan ko‘rsatgan: masalan, “Tuzuki Temuriy”ning Mulla Abdunabi Xotif amalga oshirgan turkiy tarjimasidan (55b-57a), Sirojiddin Alixon Orzuning “Siroj ul-lug‘at”, G‘iyosiddin Muhammadning “G‘iyos ullug‘at” (106b) asarlari hamda “Devoni Mir Alisher” kabi kitoblardan foydalangan. Aziz Marg‘inoniy Qo‘qon xonligining Muhammadalixongacha bo‘lgan hukmdorlari tarixini xonlik davrida mirzaboshi va ustozlardan bo‘lgan Domulla Hojinazar oxund asaridan olganini aytadi; hatto uning asarining sahifalariga iqtibos beradi biroq asar nomini keltirmaydi. b) Marv, Samarqand, Sayram, Avliyoota, O‘sh kabi qadimiy shaharlar va turli kasb-hunarlarning xalq orasida keng tarqalgan risolalari. “Tarixi Aziziy”ni Qo‘qon tarixnavisligi sirasiga qo‘shish ham munozaralidir. Chunki asar Qo‘qon xonligi rasman tugatilgandan (1876 y.) keyin 30 yil o‘tib yozilgan. Muallif asarni, asosan, o‘lkaga ruslar kirib kela boshlagan paytdan boshlab Qo‘qon xonligining so‘nggi davridagi ichki nizolar, Rossiya bilan bo‘lgan muhorabalar va Farg‘ona vodiysining Chor ma’muriyati qo‘li ostidagi chorak asrlik real hayotini yoritishga bag‘ishlagan, xonlik davri va mustamlaka davridagi hayotning qiyosiy analizini bergan. Joriy 2016-yilda D.Sangirova 1999-yilda chiqarilgan nashrni qayta ishlab va dissertasiyasi asosida ma’lumotlar bilan to‘ldirib, “Muhammad Aziz Marg‘iloniy va uning “Tarixi Aziziy” asari (Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davriga oid muhim manba)” nomi bilan nashr ettirdi. Xulosa. Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, Muhammad Aziz Marg‘inoniyning “Tarixi Aziziy” asari XIX asr o‘rtalari va XX asr boshlarida Tukiston va asosan Qo‘qon xonligida yuz bergan siyosiy jarayonlar aniqlik bilan tasvirlangan. Muhammad Aziz Marg‘inoniyning o‘zi ham bu siyosiy jarayonlarning guvohi bo‘lgan va yuqori lavozimlarda faoliyat yuritib, davlat ishlariga oid hujjatlar bilan bevosita tanish bo‘lgan. Bu asarda asosan Ruslarning Turkistonga bosqini Buxoro amirligi, Toshkent va Qo‘qon xonligi xududlariga bostirib kirib, u joylarni egallashi va u joylarda rus hukumatining o‘rnatilishi va Qo‘qon xonligining tugatilishi kabi voqealar haqqoniy tarzda yoritilgan. Biz yosh tarixchilarga u davrni o‘rganishimizga va u davr haqida tasavvurlarga ega bo‘lishimizga yordam beruvchi asosiy manba hisoblanadi. Bundan tashqari Chingiziylar va Temuriylar davriga oid qiziqarli ma’lumotlarni ham uchratishimiz mumkin. E’tiborlisi shundaki, muallif XIX asrning ikkinchi yarmiga tegishli tarixiy voqea-hodisalarni bevosita shohid va ishtirokchi sifatida bayon etadi. Qo‘qon xonligi va uning Rusiya ma’muriyati ostida XX asr boshlarigacha bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-maishiy, ma’naviy-ma’rifiy voqeahodisalar bilan tarixiy jarayonlar bayoni tadqiqotchilar uchun muhim manba vazifasini o‘taydi. Download 52.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling