Tarixiy geografiya 2 semenar Tayyorladi: Usmonova M
O'rta Osiyo allomalarining tarixiy-geografik asarlari
Download 0.66 Mb.
|
2 semenar geografiya
3. O'rta Osiyo allomalarining tarixiy-geografik asarlariBu asarning faqat bir nusxasi topilgan, uning ham ko'p betlari yo'qolib ketgan ekan. qo'lyozma 1878-yilda Qohirada topilgan, bir necha yildan so'ng Strasburg shahridagi kutubxonaga o'tib qolgan. Izohnomalar to'la saqlangan. Izohlar asosan zij tarzida, ya'ni raqamlar jadvali tarzida yozilgan. Har sahifada ikki qator jadval berilib, unda dunyoning turli mintaqalari iqlimlar bo'yicha joylashtirilgan va koordinatalari ko'rsatilgan. Jami 537 ta eng muhim joyning nomi, g’arbdan sharqqa qarab ketma-ket yozilgan. Avvalo shaharlar birma-bir aytib o'tilgan, so'ngra tog’lar (203 nom), dengizlar va orollarning nomlari, eng oxirida daryolar alohida-alohida yozilgan.J a y h o n i y. X asrda Buxoro Somoniylar davlatining poytaxti edi. 914-yili hokim Ahmad ibn Ismoilning vafotidan so'ng uning go'dak o'g’li – shahzoda Nasr ibn Ahmad taxtga o'tirdi, ammo davlatni boshqarishga yoshlik qilganidan butun ishni ulug’ vazir, ayni vaqtda buyuk geograf Abu Abdulla Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr Jayhoniy bajardi. Jayhoniy taxminan 870-yillarda tug’ilgan. 914-yildan umrining oxiri – 942-yilgacha vazirlik qilgan. Fanimiz tarixida chuqur iz qoldirgan bu ajoyib siymo o'zining yuksak lavozimi va baland qo'lidan ilm-fan manfaatlari uchun foydalana bilgan, xususan, geografik mashg’ulotlarga va sayohatlarga qomiylik qilgan: mashhur Abu Zayd Balxiyni qo'llab-quvvatlagan, Arabistondan Buxoroga kelib qolgan va shu erda xizmat qilgan geograf va shoir Abu Dulafni Xitoy, Tibet, Hindistonga sayohatga yo'llagan, sayyoh ibn Fadlonni 921-yili sentabrda Buxoroda mehmon qilgan (ibn Fadlon X asr arab sayyohi bo'lib, Bag’doddan Eron – Buxoro – Xorazm – Ural orqali Volgagacha etib borgan). Jayhoniy fanning bir qancha sohasiga oid asarlar yaratgan, jumladan, dunyo geografiyasidan taxminan 907 – 922-yillar oralig’ida katta hajmli asar yozgan. Arab geografi Muqaddasiy (947 – 1000) kutubxonada Jayhoniyning etti jildlik geografiya kitobini ko'rganligini e'tirof etganDownload 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling