Tarixiy geografiya fanining maqsadi va vazifalari
Download 124.23 Kb.
|
Tarixiy geografiya Majmua 2021-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12 – Mavzu. O’zbekiston Respublikasi tarixiy geografiyasi. Mustaqillik davri tarixiy geografiyasi. Reja
Adabiyotlar.
O`zbekistonning yangi tarixi II-kitob. T. 2000 yil. (O`zbekiston sovet mustamalakachiligi davrida) O`zbekiston SSR tarixi III-tom. T. 1991 yil. Tug`on Z. V. «Bo`linganni bo`ri er». Xotiralar. T. 1997 yil. O`zbekiston Respublikasi . Toshkent 1994 yil. Aminov R. X. O`zbekistonda sovet xokimiyatining agrar siyosati va uni soxalashtiruvchilar. Toshkent. 1972 yil. Qosimov Y. Namangan voxasini sug`orish tarixi. Toshkent 1988 yil. 12 – Mavzu. O’zbekiston Respublikasi tarixiy geografiyasi. Mustaqillik davri tarixiy geografiyasi. Reja: O'zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo'nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. Iqtisodiyotda yuz bergan o'zgarishlar, bozor infratuzulmasining shakllanishi. Qishloq xo'jaligida o'tkazilayotgan islohotlar, uning vazifalari va yo'nalishlari. Aslida mustaqil O'zbekiston hududida, aniqrog'i ko'hna Turon zaminida bozor munosabatlari yangilik emas. Qadimdan ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan turfa xil mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini xorijiy mamlakatlarga olib chiqib savdo qilganlar, mol ayirboshlaganlar. Faqatgina so'nggi mustamlaka yillarida chor Rossiyasining, sho'rolar hokimiyatining iqtisodiy islohotlar o'tkazadigan laboratoriyasiga aylanib qolgan edik xolos. Endi bunday tajriba maydoni rolini o'ynovchilikdan qutildik, o'zimizning milliy an'analarimizni tiklab yana iqtisodiyotni rivojlantirishga kirishdik. O'zbekiston tanlagan yo'l bozor iqtisodini shakllantirishdir. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, bu tamoyillar mazmuni quyidagicha: -iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy tayziqlarsiz, o'ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog'i kerak: -davlat bosh islohotchi o'rnida bo'lib, uning yo'nalishlarini belgilab beradi va amalga oshiradi: -bozor munosabatlariga o'tish qonun ustivorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitusiya va qonunlarga amal qilinishi shart: -bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini kuchli himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o'tkazish; -bozor iqtisodiyotiga o'tish evolyusion yo'l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilmog'i zarur. Bozor munosabatlariga o'tishda iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqilib, uning tub maqsadi-markazlashtirilagan, ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o'tishdan iboratdir. Bozor munosabati bu jihatdan klassik kapitalistik va sosialistik iqtisodiy tizimdan farq qiladi. Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko'ra ustivor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi. Download 124.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling