Tarixiy hotirasiz kelajak yo’q (8-sinf o’zbekiston tarixi darsligidan)


- XIII asrning birinchi yarmida Buxoro xonligi


Download 108.48 Kb.
bet10/37
Sana31.07.2023
Hajmi108.48 Kb.
#1663841
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
Bog'liq
8-sinf O\'zbekiston tarixi fanidan savol javob.docx (1)

10 - XIII asrning birinchi yarmida Buxoro xonligi

  1. Subhonqulixondan keyin taxtga kim o’tirdi? Ubaydullaxon II

  2. Ubaydullaxon II qachon hukmronlik qildi? 1702-1711-yillar

  3. Ubaydullaxon IIning asosiy maqsadi nimadan iborat edi? Siyosiy tarqoqlikni tugatish

  4. 1706-yili kim o’zini Balx xoni deb e’lon qiladi? Maxmudbiy otaliq

  5. Ubaydullaxon II qachon Balxni egallaydi? 1707-yilda

  6. Buxoro xonligidan Farg’ona qachon ajralib chiqishga harakat qildi? XVIII asr boshida

  7. Ubaydullaxon II dastlab taxtga kelgach qaysi hududni bo’ysundirishga harakat qiladi? Balxni

  8. XVIII asr boshlarida Farg’onada hokimiyat kimning qo’liga o’tdi? Chodak xo’jalari

  9. Farg’onada 1710-yili hokimiyatni kim qo’lga oldi? Shohruxbiy

  10. Shohruxbiy qaysi qabiladan edi? Ming

  11. Ubaydullaxon II qachon o’ldirildi? 1711-yilda

  12. Kim Registon tinch bo’lsa bo’lgani deb aytgan? Abulfayzxon

  13. Buxoroda Abulfayzxon qachon hukmronlik qildi? 1711-1747-yillar

  14. Abulfayzxon davrida kim katta nufuzga ega bo’ldi? Muhammad Hakimbiy

  15. Muhammad Hakimbiy qaysi qabiladan edi? Mang’it qabilasidan

  16. Muhammad Hakimbiy kim deb tan olingan edi? Barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig’i

  17. Abulfayzxonning qaysi ishi barcha qabila aslzodalarining noroziligiga sabab bo’ldi? Muhammad Hakimbiyni barcha shahzodalar otaliqlari boshlig’i deb e’lon qilinishi

  18. Abulfayzxon davrida Shahrisabz hokimi kim edi? Ibrohimbiy

  19. Ibrohimbiy Urgut va Miyonqol hokimi bilan til biriktirib…Buxoro xonligidan mustaqil, poytaxti Samarqand bo’lgan davlat tuzishga qaror qiladi

  20. Ibrohimbiy poytaxti Samarqand bo’lgan yangi davlat tuzish uchun 1716-1719-yillarda qayerga yurish qildi? Qarshi va Buxoroga

  21. Mustaqil Samarqand xonligiga qachon asos solindi? 1723-yilda

  22. Ibrohimbiy 1723-yili Samarqandni egallab kimni xon deb e’lon qildi? Kuyozi Rajab Sultonni

  23. Mustaqil Samarqand xonligi qachongacha mavjud bo’ldi? 1730-31-yillargacha

  24. Ibrohimbiyga qanday unvon berildi? “Amir ul-umaro” – “ulug’ amir”

  25. Ibrohimbiy va Rajab Sultonlar ularga qo’shilganlarga qanday va’da berishadi? Katta boylik va amal

  26. Ibrohimbiy Samarqand xonligini tuzgandan so’ng, uning keying maqsadi nima edi? Buxoro taxtini egallash, Rajab Sultonni Buxoro taxtiga o’tqazish hamda shu yo’l bilan xonlikning eng nufuzli kishisi bo’lib olish

  27. Buxoroni egallay olmagan Ibrohimbiy va Rajab Sultonlar kimdan yordam so’raydi? Ko’chmanchi qozoqlardan

  28. Qozoqlar yetti yil mobaynida qayerga talonchilik yurishlarini uyushtiradilar? Zarafshon va Qashqadaryo vohalariga

  29. Abulfayzxon Hakimbiyni Buxorodan chiqarib yuborgach u qayerga boradi? Qarshiga

  30. Hakimbiydan keyin oliy hokimiyat kimning qo’liga o’tadi? Javshon Qalmoq

  31. 1736-yili kim Buxoroga yurish qildi? Eron shohi Nodirshoxning o’g’li Rizoqul

  32. Qarshi shahrini 15 kun qamal qilgan Eron shohining o’g’li kim edi? Rizoqul

  33. Rizoqul Qarshini qamalgan paytida Buxoro xoni kimdan yordam so’raydi? Xiva xoni Elbarsxondan

  34. Nodirshoh Buxoroga qachon ikkinchi marta yurish qildi? 1740-yil

  35. Nima sababdan Hakimbiy Nodirshoh tomonga o’tib ketadi?Buxoro xonligida yetakchi mavqega ega bo’lib olish maqsadida

  36. Parokandalik bu…mamlakat viloyatlarini markaziy hokimiyatga bo’ysunmasligi, siyosiy tarqoqlik

  37. Samarqand atrofidagi Oqdaryo va Qoradaryo oralig’idagi hududni qanday atashgan? Miyonqol. Keyinchalik Samarqand bilan Xatirchi oralig’idagi yerlar Miyonqol deyilgan




Download 108.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling