Tarixiy manbalarda Oʻrta Osiyo tabiati haqida maʼlumotlar


Download 219.89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.05.2023
Hajmi219.89 Kb.
#1457902
Bog'liq
Oʻrta Osiyo tabiati



Tarixiy manbalarda Oʻrta Osiyo
tabiati haqida maʼlumotlar
Eraliyev Sarvar Ravshan oʻgʻli
Samarqand davlat universiteti geografiya va
ekologiya fakulteti 304-guruh talabasi
sarvareraliyev@gmail.com
+998337814942
Annotasiya.Oʻrta Osiyo tabiatining tarixiy
manbalarda aks etishi.Oʻrta Osiyo tabiatini oʻrgangan
olimlar.
Kalit soʻzlar:relef,daryo,Kvint Kursiy Ruf,Politimet,
chink,Klavdiy Ptolemey
Eng qadimgi davrda Orta Osiyo geografiyasi
haqidagi nisbatan kengroq malumotlarni miloddan
oldin yashagan yunon va rim olimlari: Kvint Kursiy
Ruf, Arrion, Ptolemeylarning asarlarida uchratish
mumkin. Ularning asarlarida Sugdiyona davlatining
sodda bolsa-da, orografik kartalari berilib, unda
Amudaryo-(Oks), Sirdaryo-(Yaksart), Zarafshon-


(Politimet) deb korsatilgan. Arrion Zarafshon daryosi
sersuv bolishiga qaramay qumlar orasiga singib
ketadi, deb yozgan bolsa, Kvint Kursiy Ruf (mil.av. 3
asr) esa, (Politimet)-Zarafshon daryosi togli qismida
tor va chuqur ozanda oqishi haqida yozib qoldirgan.
Orta Osiyo hududlaridagi chollar, vohalar, daryolar
haqidagi geografik malumotlarni Strabon (mil.av. 1
asr)ning «Geografiya» va boshqa bir qancha
asarlarida uchratish mumkin.
Orta Osiyo geografiyasini organishda, ayniqsa,
Klavdiy Ptolomeyning (mil.av. II asr) ilmiy ishlari
alohida ahamiyatga ega. Ptolomeyning 8-jildli
«Geografiya» asarida va unga ilova qilingan
kartalarida Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon kabi
daryolar tilga olinib, ular Kaspiy dengiziga quyiladi,
deb korsatilgan. Kartada yana Sugdiyona, Baqtriya
davlatlari va Turkistonning sharqida joylashgan
toglar korsatilgan. Orta Osiyo geografiyasi boyicha
xitoylik sayohatchilar ham kop malumotlar topladilar.
Shuni aytish kerakki, xitoyliklarning Orta Osiyo
geografiyasi haqidagi malumotlari yevropalik
olimlarda yoq edi.


Orta Osiyoga kelgan birinchi sayohatchi xitoylik
Chjan Syan edi. U mil.av II asrda Tyanshan toglaridan
oshib otib, Fargona vodiysiga tushadi, undan
Xorazmga otadi. Chjan Syanning sayohati, kopgina
xitoylik elchilarning, savdogarlarning va
boshqalarning Orta Osiyoga kelishiga yol ochdi.
Chjan Syanning sayohatidan keyin xitoyliklarning
Orta Osiyo bilan savdo aloqasi juda tez rivojlanib
ketdi. Xitoy va Orta Osiyo bilan savdo aloqasining
rivojlanib ketishi esa, Xitoyda juda qimmatli
geografik malumotlarning toplanishga olib keldi.
Orta Osiyo haqida kopgina mazmunli qolyozmalar
qoldirgan sayyoh Syuan Szan (629-645 yillar)
hisoblanadi. Syuan Szan yevropaliklardan 1200 yil
avval Qashqardan Tyanshan orqali Issiqkolga va
Boam darasiga, undan Semirechega, Toshkent va
Samarqand orqali Amudaryoga chiqib, undan
Hindistonga yol oladi. U orqaga qaytishida Vaxan,
Pomir, Sariqkol, Qashqarga boradi. Syuan Szanning
sayohati 16 yil davom etib, Orta Osiyoning yirik
rayonlari va borish qiyin bolgan joylari bilan tanishib,
vatandoshlariga «Garb» mamlakatlari haqida
haqqoniy malumotlar beradi.


Orta Osiyo tabiiy sharoitini organishda orta asrlarda
yashab otgan mahalliy va arab sayyoh olimlarning
ham olib borgan kuzatishlari muhim ahamiyatga ega.
Orta asrlarda yashab otgan arab va eron sayyohlari
Ibn Xurdodbeh, Ibn Rustod, Al Masudiy, Abu Istaxriy,
Yoqut Ibn Abdullo, Ibn Batuta kabilar yozib qoldirgan
malumotlar diqqatga sazovordir.
Arab sayyohi va geografi Ibn Xurdodbeh ozining
«Masofalar va mamlakatlar kitobi» asarida Turkiston
tabiati, xususan uning zamin va havosi, chollari va
daryolari haqida malumot beradi. Yana arab sayyohi
Ibn Rustodning geografiyaga oid asarlarida esa, Quyi
Amudaryo vohasi, uning deltasidagi zaxkash yerlari,
kollari, Amudaryoning Orolga quyilishi va Orolning
janubiy sohillari hamda Ustyurt chinklari haqida
malumotlar keltirilgan. Mashhur arab geografi Ibn
Batuta Turkistonga qilgan sayohatida Ustyurt, Quyi
Amudaryo, Zarafshon vodiysi tabiati, Urganch,
Buxoro, Samarqand shaharlari, u yerdagi obidalar
haqida juda qiziqarli malumotlar yozib qoldirgan.
Xulosa qilib aytganda Oʻrta Osiyo tabiatini olimlar


qadim-qadimdan oʻrgangan.Bu oʻrganishlar antik
davrdan to hozirgi kunga qadar ham davom
etmoqda.Har doim ham qaysidir hududni
oʻeganishdan maqsad unda mavjud imkoniyatlarni
bilish,imkon qadar tabiat neʼmatlaridan kengroq
foydalanish yoʻllarini qidirish boʻlgan.Oʻrta Osiyo
oʻlkasini oʻeganish ham ayni mana shu maqsadda
amalga oshirilgan.Shuni ham takidlash joizki Oʻrta
Osiyo tabiati toʻgʻrisidagi qadimgi maʼlumotlar
bugungi kundagi izlanuvchilarga poydevor vazifasini
oʻtaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Alibekov L.A. Orta Osiyo tabiiy geografiyasi
(birinchi qism). Samarqand. 2006.
2.Baratov P., Mamatkulov M., Rafikov A. Orta Osiyo
tabiiy geografiyasi. T.: Oqituvchi, 2002.
https://uz.m.wikipedia.org

Download 219.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling