Tarixiy manbalarda Oʻrta Osiyo tabiati haqida maʼlumotlar
Download 219.89 Kb. Pdf ko'rish
|
Oʻrta Osiyo tabiati
Tarixiy manbalarda Oʻrta Osiyo tabiati haqida maʼlumotlar Eraliyev Sarvar Ravshan oʻgʻli Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti 304-guruh talabasi sarvareraliyev@gmail.com +998337814942 Annotasiya.Oʻrta Osiyo tabiatining tarixiy manbalarda aks etishi.Oʻrta Osiyo tabiatini oʻrgangan olimlar. Kalit soʻzlar:relef,daryo,Kvint Kursiy Ruf,Politimet, chink,Klavdiy Ptolemey Eng qadimgi davrda Orta Osiyo geografiyasi haqidagi nisbatan kengroq malumotlarni miloddan oldin yashagan yunon va rim olimlari: Kvint Kursiy Ruf, Arrion, Ptolemeylarning asarlarida uchratish mumkin. Ularning asarlarida Sugdiyona davlatining sodda bolsa-da, orografik kartalari berilib, unda Amudaryo-(Oks), Sirdaryo-(Yaksart), Zarafshon- (Politimet) deb korsatilgan. Arrion Zarafshon daryosi sersuv bolishiga qaramay qumlar orasiga singib ketadi, deb yozgan bolsa, Kvint Kursiy Ruf (mil.av. 3 asr) esa, (Politimet)-Zarafshon daryosi togli qismida tor va chuqur ozanda oqishi haqida yozib qoldirgan. Orta Osiyo hududlaridagi chollar, vohalar, daryolar haqidagi geografik malumotlarni Strabon (mil.av. 1 asr)ning «Geografiya» va boshqa bir qancha asarlarida uchratish mumkin. Orta Osiyo geografiyasini organishda, ayniqsa, Klavdiy Ptolomeyning (mil.av. II asr) ilmiy ishlari alohida ahamiyatga ega. Ptolomeyning 8-jildli «Geografiya» asarida va unga ilova qilingan kartalarida Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon kabi daryolar tilga olinib, ular Kaspiy dengiziga quyiladi, deb korsatilgan. Kartada yana Sugdiyona, Baqtriya davlatlari va Turkistonning sharqida joylashgan toglar korsatilgan. Orta Osiyo geografiyasi boyicha xitoylik sayohatchilar ham kop malumotlar topladilar. Shuni aytish kerakki, xitoyliklarning Orta Osiyo geografiyasi haqidagi malumotlari yevropalik olimlarda yoq edi. Orta Osiyoga kelgan birinchi sayohatchi xitoylik Chjan Syan edi. U mil.av II asrda Tyanshan toglaridan oshib otib, Fargona vodiysiga tushadi, undan Xorazmga otadi. Chjan Syanning sayohati, kopgina xitoylik elchilarning, savdogarlarning va boshqalarning Orta Osiyoga kelishiga yol ochdi. Chjan Syanning sayohatidan keyin xitoyliklarning Orta Osiyo bilan savdo aloqasi juda tez rivojlanib ketdi. Xitoy va Orta Osiyo bilan savdo aloqasining rivojlanib ketishi esa, Xitoyda juda qimmatli geografik malumotlarning toplanishga olib keldi. Orta Osiyo haqida kopgina mazmunli qolyozmalar qoldirgan sayyoh Syuan Szan (629-645 yillar) hisoblanadi. Syuan Szan yevropaliklardan 1200 yil avval Qashqardan Tyanshan orqali Issiqkolga va Boam darasiga, undan Semirechega, Toshkent va Samarqand orqali Amudaryoga chiqib, undan Hindistonga yol oladi. U orqaga qaytishida Vaxan, Pomir, Sariqkol, Qashqarga boradi. Syuan Szanning sayohati 16 yil davom etib, Orta Osiyoning yirik rayonlari va borish qiyin bolgan joylari bilan tanishib, vatandoshlariga «Garb» mamlakatlari haqida haqqoniy malumotlar beradi. Orta Osiyo tabiiy sharoitini organishda orta asrlarda yashab otgan mahalliy va arab sayyoh olimlarning ham olib borgan kuzatishlari muhim ahamiyatga ega. Orta asrlarda yashab otgan arab va eron sayyohlari Ibn Xurdodbeh, Ibn Rustod, Al Masudiy, Abu Istaxriy, Yoqut Ibn Abdullo, Ibn Batuta kabilar yozib qoldirgan malumotlar diqqatga sazovordir. Arab sayyohi va geografi Ibn Xurdodbeh ozining «Masofalar va mamlakatlar kitobi» asarida Turkiston tabiati, xususan uning zamin va havosi, chollari va daryolari haqida malumot beradi. Yana arab sayyohi Ibn Rustodning geografiyaga oid asarlarida esa, Quyi Amudaryo vohasi, uning deltasidagi zaxkash yerlari, kollari, Amudaryoning Orolga quyilishi va Orolning janubiy sohillari hamda Ustyurt chinklari haqida malumotlar keltirilgan. Mashhur arab geografi Ibn Batuta Turkistonga qilgan sayohatida Ustyurt, Quyi Amudaryo, Zarafshon vodiysi tabiati, Urganch, Buxoro, Samarqand shaharlari, u yerdagi obidalar haqida juda qiziqarli malumotlar yozib qoldirgan. Xulosa qilib aytganda Oʻrta Osiyo tabiatini olimlar qadim-qadimdan oʻrgangan.Bu oʻrganishlar antik davrdan to hozirgi kunga qadar ham davom etmoqda.Har doim ham qaysidir hududni oʻeganishdan maqsad unda mavjud imkoniyatlarni bilish,imkon qadar tabiat neʼmatlaridan kengroq foydalanish yoʻllarini qidirish boʻlgan.Oʻrta Osiyo oʻlkasini oʻeganish ham ayni mana shu maqsadda amalga oshirilgan.Shuni ham takidlash joizki Oʻrta Osiyo tabiati toʻgʻrisidagi qadimgi maʼlumotlar bugungi kundagi izlanuvchilarga poydevor vazifasini oʻtaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Alibekov L.A. Orta Osiyo tabiiy geografiyasi (birinchi qism). Samarqand. 2006. 2.Baratov P., Mamatkulov M., Rafikov A. Orta Osiyo tabiiy geografiyasi. T.: Oqituvchi, 2002. https://uz.m.wikipedia.org Download 219.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling